Odam va yuk tashish · 21-bilet, 4-savol
Yuk transport vositasining oʻlchamlaridan chiqib tursa, kunning qorongʻi vaqtida va yetarli koʻrinmaydigan sharoitda qanday belgilanadi?
Javob variantlari
- Ishora taxtachalari yoki bayroqchalar (diagonal boʻyicha navbatma-navbat tortilgan qizil va oq yoʻlli) bilan
- Orqasiga qizil, oldiga oq bayroqchalar bilan
- «Katta oʻlchamli yuk» taniqlik belgisi bilan belgilanishi, qoʻshimcha ravishda oldiga oq, orqasiga esa qizil chiroqlar yoki yorugʻlik qaytargich bilan✓ Toʻgʻri javob
Izoh
YHQ 26-bobi (yuk tashish) va taniqlik belgilari talablariga asosan, transport vositasi gabaritlaridan chiqib turgan yuk kunning qorongʻi vaqtida va yetarli koʻrinmaydigan sharoitda «Katta oʻlchamli yuk» taniqlik belgisi bilan, qoʻshimcha ravishda oldinga oq, orqasiga qizil chiroqlar yoki yorugʻlik qaytargichlar bilan belgilanadi.
«Odam va yuk tashish» mavzusidagi boshqa savollar
- Qaysi rasmdagi avtomobil haydovchisi yuk tashish qoidasini buzayapti? (28-bilet, 11-savol)
- Kunning yorugʻ vaqtida harakatlanayotgan qaysi rasmdagi avtomobil haydovchisi yuk tashish qoidasini buzayapti?
- Qaysi rasmdagi avtomobil haydovchisi yuk tashish qoidasini buzayapti? (16-bilet, 6-savol)
- Yengil avtomobilning tom qismiga oʻrnatilgan yukxonasida yukning balandligi (maxsus moslamalar bilan mustahkamlangan holda velosipedlarni tashish bundan mustasno) necha metrdan oshmasligi kerak?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.