Odam va yuk tashish · 31-bilet, 18-savol

Qanday holatlarda tashilayotgan yuk ishora taxtachalari yoki bayroqchalar bilan, kunning qorongʻi vaqtida, yetarli koʻrinmaydigan sharoitlarda esa yorugʻlik qaytargich yoki chiroqlar bilan belgilanadi?

Javob variantlari

  1. Yuk transport vositasining oʻlchamidan orqada 0,8 m chiqib qolganda
  2. Yuk transport vositasining oʻlchamidan oldinda yoki orqada 1 m dan koʻp chiqib qolganda✓ Toʻgʻri javob

Izoh

YHQ 27-bobi 163-bandiga asosan: Transport vositasining gabaritlaridan old yoki orqa tomonga bir metrdan, yon tomonga gabarit chiroqlarining chetki qismidan 0,4 metrdan ortiq chiqib turgan yuk “Katta oʻlchamli yuk” taniqlik belgisi bilan belgilanishi, qorongʻi vaqtda va yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda esa bunga qoʻshimcha ravishda old oq chiroq yoki yorugʻlik qaytargich, orqasi esa qizil chiroq yoki yorugʻlik qaytargich bilan belgilanishi kerak.

«Odam va yuk tashish» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish