«Temir yoʻl kesishmalari va Avtomagistrallar» mavzusi boʻyicha YHQ testi

YHQ testidagi «Temir yoʻl kesishmalari va Avtomagistrallar» mavzusiga oid 34 ta savol: toʻgʻri javoblar va izohlar bilan. Izohni oʻqish uchun savolni oching yoki butun mavzuni trenajyorda yeching.

Mavzuni mashq qilish

34 ta savol ketma-ket · toʻgʻri javob darhol koʻrinadi

Mavzuni mashq qilish

Bu mavzu savollari testning 26 ta biletida uchraydi, ulardan 6 tasida rasm bor.

Mavzu savollari

  1. Svetoforning taqiqlovchi ishorasida va shlagbaum ochiq boʻlganda haydovchi nima qilishi kerak?Toʻxtash chizigʻi oldida, «Toʻxtamasdan harakatlanish taqiqlangan» belgisi oldida, agar ular yoʻq boʻlsa, shlagbaumgacha 5 metrdan yaqin boʻlmagan…
  2. Temir yoʻl kesishmasi oldida turgan transport vositalarini qarama-qarshi harakatlanish boʻlagiga chiqib aylanib oʻtishga ruxsat etiladimi?Taqiqlanadi
  3. Temir yoʻl kesishmasida umumiy xatar ishorasi sifatida quyidagi ishoralar turkumi xizmat qiladi:Bitta uzun va uchta qisqa tovushli ishoralari
  4. Temir yoʻl izlarini qayerda kesib oʻtishga ruxsat beriladi?Kesib oʻtish uchun belgilab qoʻyilgan joylarda
  5. Quyidagi hollarning qaysi birida temir yoʻl kesishmasiga kirish taqiqlanadi?Svetoforning taqiqlovchi ishorasida shlagbaum ochiq turgan holatda
  6. Quyidagilar poezdni toʻxtatish ishorasi boʻlib xizmat qiladi:Qoʻlni (kunduzi-bir parcha yorqin mato yoki aniq koʻrinadigan bir narsa bilan, tunda- mashʼala yoki chiroq bilan) gir aylantirish
  7. Xizmat vazifasini bajarayotganda shlagbaumni oʻzboshimchalik bilan ochishga yoki uni aylanib oʻtishga ruxsat etiladimi?Taqiqlanadi
  8. Haydovchi yaqinlashib kelayotgan poezdni oʻtkazib yuborishi uchun «Toʻxtash» yotiq chizigʻi yoki «Toʻxtamasdan harakatlanish taqiqlangan» belgisidan qanday masofada toʻxtashi kerak?Bevosita «Toʻxtash» yotiq chizigʻi yoki belgi oldida
  9. Shlagbaumni oʻzboshimchalik bilan ochish yoki aylanib oʻtishga ruxsat beriladimi?Taqiqlanadi
  10. Temir yoʻl kesishmasi oldida toʻxtagandan keyin harakatni boshlashdan oldin haydovchi:Yaqinlashib kelayotgan poezdning yoʻqligiga ishonch hosil qilishi kerak
  11. Navbatchining haydovchiga qaratilgan qaysi holati temir yoʻl kesishmasi orqali harakatlanishni taqiqlovchi ishora hisoblanadi?Koʻkragini yoki orqasini oʻgirib, tayoqchani (qizil bayroqni) boshidan yuqori koʻtarib turishi yoki qoʻllarini yoniga uzatib turishi
  12. Zanjirli boʻlgan qishloq xoʻjalik, yoʻl qurilishi va mexanik transport vositalariga temir yoʻl kesishmasidan oʻtishga ruxsat etiladimi?Mexanik transport vositalariga yuklab olib oʻtishga ruxsat etiladi
  13. Sekinyurar transport vositalarining temir yoʻl kesishmasi orqali harakatlanishiga faqat temir yoʻl boshligʻining ruxsati bilan harakat tezligi quyidagidan kam boʻlganda yoʻl qoʻyiladi8 km/soat
  14. Temir yoʻl kesishmasidan oʻtishda haydovchi nimaga amal qilishi kerak?Barcha sanab oʻtilgan talablarga
  15. Kesishma orqali harakatlanish hollarida haydovchi toʻxtash chizigʻi 2.5 «Toʻxtamasdan harakatlanish taqiqlangan» yoʻl belgisi yoki svetofor boʻlmaganda, oʻtib ketayotgan poezdni oʻtkazib yuborishga qoida boʻyicha shlagbaumgacha kamida qancha masofa qolganida toʻxtash kerak?5 m
  16. Ushbu holatda Sizga temir yoʻl kesishmasiga chiqishga ruxsat etiladimi?Yoʻq
  17. Avtomagistralda quyidagilar taqiqlanadi:Yuqoridagi barcha holatlar
  18. Avtomagistralda shatakka olishga ruxsat beriladimi?Istalgan usulda ruxsat etilgan
  19. Avtomagistrallarda toʻxtashga ruxsat etilganmi?Toʻxtab turish «Toʻxtab turish joyi» yoki «Dam olish joyi» belgisi qoʻyilgan maxsus maydonchalarda ruxsat etiladi
  20. Avtomagistralda boshqarishni oʻrganish:Taqiqlangan
  21. Qattiq charchoq boshlanishining asosiy tashqi alomatlari qanday?Koʻz sanchib ogʻriydi, yuz terisi oqaradi, uyqu bosadi
  22. «Avtomagistral» belgisi bilan belgilangan yoʻlda piyodalarning harakatlanishiga ruxsat etiladimi?Taqiqlanadi
  23. Ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 t dan kam boʻlgan yuk avtomobilining haydovchisiga avtomagistrallarda nima taqiqlangan?Orqa bilan harakatlanish
  24. Avtomagistralda ajratuvchi boʻlakning uzilishlariga kirishga ruxsat etiladimi?Taqiqlanadi
  25. Bu belgi bilan belgilangan yoʻl qismlarida ajratuvchi boʻlakning uzilish joyida qayrilishga ruxsat etiladimi?Taqiqlanadi
  26. Avtomagistrallarda transport vositalarining atayin toʻxtashi qaysi joylarda ruxsat etilgan?Toʻxtab turish uchun «Toʻxtab turish joyi» yoki «Dam olish joyi» belgilari bilan belgilangan maxsus maydonchalarda
  27. Transport vositalarining tezligi texnik tavsifnomasiga yoki holatiga koʻra 40 km/s dan kam boʻlganda avtomagistral boʻylab harakatlanishga ruxsat etiladimi?Taqiqlanadi
  28. Koʻrsatilgan belgilardan qaysinisi orqaga harakatlanishni taqiqlaydi?1
  29. Avtomagistralda toʻxtashga ruxsat berilgan5.15 yoki 6.11 yoʻl belgilari bilan belgilangan maxsus toʻxtab turish maydonchalarida
  30. Qaysi transport vositasi haydovchisi qoida buzib harakatlanmoqda?Ruxsat etilgan toʻla vazni 3 tonna boʻlgan yuk avtomobili va moped haydovchisi
  31. Haydovchi poyezdni oʻtkazib yuborishi uchun toʻgʻri toʻxtaganmi?Yoʻq
  32. Yuk avtomobillari avtomagistralda chetki chap qatorida harakatlanishga ruxsat etiladimi?Taqiqlanadi
  33. Qizil avtomobil haydovchisi yaqinlashib kelayotgan poyezdni oʻtkazib yuborish uchun toʻgʻri toʻxtadimi?Notoʻgʻri toʻxtadi
  34. Avtomagistrallarda yuk avtomobillariga yoʻlning chetki chap qatorida harakatlanishga ruxsat etiladimi?Taqiqlanadi.

Mavzu uchun kerakli YHQ bandlari

Shu mavzudagi savollar izohlarida eng koʻp tilga olinadigan bandlar:

«Maxsus holatlar» boʻlimidagi boshqa mavzular

Koʻp beriladigan savollar

«Temir yoʻl kesishmalari va Avtomagistrallar» mavzusida nechta savol bor?

YHQ testida «Temir yoʻl kesishmalari va Avtomagistrallar» mavzusiga 34 ta savol berilgan. Har birining toʻgʻri javobi va izohi alohida sahifada.

«Temir yoʻl kesishmalari va Avtomagistrallar» mavzusini qanday mashq qilish mumkin?

«Mavzuni mashq qilish» tugmasini bosing: savollar trenajyorda ketma-ket ochiladi, toʻgʻri javob darhol koʻrinadi. Bepul va roʻyxatdan oʻtmasdan.

Qoʻngʻiroq qilish