«Shatakka olish» mavzusi boʻyicha YHQ testi

YHQ testidagi «Shatakka olish» mavzusiga oid 29 ta savol: toʻgʻri javoblar va izohlar bilan. Izohni oʻqish uchun savolni oching yoki butun mavzuni trenajyorda yeching.

Mavzuni mashq qilish

29 ta savol ketma-ket · toʻgʻri javob darhol koʻrinadi

Mavzuni mashq qilish

Bu mavzu savollari testning 24 ta biletida uchraydi, ulardan 1 tasida rasm bor.

Mavzu savollari

  1. Qattiq ulagich transport vositalari orasida qanchadan ortiq boʻlmagan masofani taʼminlashi kerak?4 m
  2. Shatakka olingan avtomobilda odamlarni tashishga ruxsat etiladimi?Yengil avtomobilda ruxsat etiladi
  3. Qanday hollarda haydovchisi boʻlmagan transport vositalarini shatakka olish mumkin?Qattiq ulagichning tuzilishi shatakka olingan transport vositalarining shatakka olgan transport vositalari izidan harakatlanishini taʼminlaganda
  4. Qoidalarga koʻra shatakka olish vaqtida bir-biriga ulangan mexanik transport vositalari tarkibining qanday umumiy uzunligiga yoʻl qoʻyiladi?20 m
  5. Shatakka olish taqiqlanadi?Yon kajavasi yoʻq motosikllarni
  6. Qisman ortish usuli bilan avtomobilni shatakka olishda yoʻlovchilar qayerda boʻlishlari mumkin?Shatakka oluvchi avtomobilning kabinasida
  7. Qaysi javobda shatakka olingan transport vositasidagi yoritish asboblarini yoqishning toʻgʻri holati koʻrsatilgan?Avariya yorugʻlik ishoralari, u nosoz boʻlganda yoki boʻlmagan hollarda uning orqa tomoniga avariya sababli toʻxtash belgisi oʻrnatilishi kerak
  8. Qattiq yoki egiluvchan ulagich yordamida shatakka olinganda, yuk avtomobilining yukxonasida odamlarni tashishga ruxsat beriladimi?Faqat shatakka olgan avtomobil yukxonasida ruxsat beriladi
  9. Shatakka olingan mexanik transport vositasida qanday tashqi yoritish chiroqlari yoqilgan boʻlishi kerak?Falokat yorugʻlik ishoralari
  10. Boshqaruv qurilmasi nosoz mexanik transport vositasi shatakka olinishi kerak:Qisman ortish usuli bilan
  11. Yaxmalak boʻlganda shatakka olishga ruxsat etiladimi?Faqat qattiq ulagichda ruxsat etiladi
  12. Egiluvchan yoki qattiq ulagichda shatakka olingan mexanik transport vositasida odamlar tashishga ruxsat etiladimi?Yuk avtomobili kabinasida va yengil avtomobilda ruxsat etiladi
  13. Mazkur sharoitda shatakka olishni amalga oshirilishning yoʻl qoʻyilgan eng yuqori tezligi qanday?50 km/soat
  14. Egiluvchan ulagichda shatakka olganda transport vositalari orasidagi masofa qanday boʻlishi kerak?4-6 m
  15. Shatakka olish qanday hollarda taqiqlangan?Yaxmalakda egiluvchan ulagichda
  16. Motosikllarni shatakka olishga ruxsat etiladimi?Yon kajavali motosikllarga ruxsat etiladi
  17. Mexanik transport vositasi shatakka olinganda egiluvchan ulagich qanday belgilanishi kerak?Qizil va oq rangli chiziqlar tushirilgan, yorugʻlik qaytaradigan yuzali, bayroqchalar yoki taxtachalar bilan
  18. Tormoz tizimi ishlamayotgan transport vositasini shatakka olish mumkinmi?Agar shatakka olgan transport vositasining haqiqiy vazni shatakka olinuvchi transport vositasi vaznidan ikki barobar ortiq boʻlsa, qattiq ulagich…
  19. Mopedlarni shatakka olishga ruxsat etiladimi?Taqiqlanadi
  20. Sanab oʻtilgan qaysi hollarda egiluvchan ulagichda shatakka olish taqiqlanadi?Yoʻl yaxmalak, sirpanchiq boʻlgan hollarda
  21. Transport vositalari qattiq ulagichda shatakka olinganda shatakka olgan va shatakka olingan transport vositalari orasidagi masofa qancha boʻlishi kerak?4 metrdan oshmasligi
  22. Shatakka olingan avtomobilni falokat yorugʻlik ishoralari nosoz boʻlganda transport vositasi qanday belgilanishi kerak?Shatakka olingan transport vositasi orqa tomoniga falokat sababli toʻxtash belgisini oʻrnatish
  23. Tormoz tizimi ishlamaydigan avtomobilning vazni sizning avtomobilingiz vaznini yarmidan ortiq boʻlsa, uni shatakka olishingizga ruxsat etiladimi?Ruxsat etilmaydi
  24. Nosoz transport vositasini shatakka olgan yengil avtomobil salonida odam tashishga ruxsat etiladimi?Ruxsat etiladi
  25. Qattiq ulagichda shatakka olingan avtobusda yoki trolleybusda odam tashishga ruxsat etiladimi?Taqiqlanadi
  26. Sanab oʻtilgan qaysi hollarda egiluvchan ulagichda shatakka olish taqiqlanadi?Faqat sirpanchiqda
  27. Shatakka olingan avtobusda odam tashishga ruxsat beriladimi?Taqiqlanadi
  28. Mexanik transport vositalarini shatakka olishda egiluvchan ulagichga kamida nechta ogohlantiruvchi qurilma oʻrnatiladi?Kamida ikkita
  29. Qattiq ulagichda shatakka olishda transport vositalari orasidagi masofa qancha boʻlganda harakatlanishi mumkin?3 m

Mavzu uchun kerakli YHQ bandlari

Shu mavzudagi savollar izohlarida eng koʻp tilga olinadigan bandlar:

«Maxsus holatlar» boʻlimidagi boshqa mavzular

Koʻp beriladigan savollar

«Shatakka olish» mavzusida nechta savol bor?

YHQ testida «Shatakka olish» mavzusiga 29 ta savol berilgan. Har birining toʻgʻri javobi va izohi alohida sahifada.

«Shatakka olish» mavzusini qanday mashq qilish mumkin?

«Mavzuni mashq qilish» tugmasini bosing: savollar trenajyorda ketma-ket ochiladi, toʻgʻri javob darhol koʻrinadi. Bepul va roʻyxatdan oʻtmasdan.

Qoʻngʻiroq qilish