Odam va yuk tashish · 14-bilet, 14-savol
Velosipedlarda yuk tashilganda gabaritidan boʻyiga va eniga qanchadan ortiq chiqib tursa, yuk tashish taqiqlanadi?
Javob variantlari
- 1 m
- 0,3 m
- 0,5 m✓ Toʻgʻri javob
- 0,4 m
Izoh
YHQ 28-bobi 168-bandi: Velosipedchilar va individual harakatlanish vositalarini boshqarayotgan shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi:
Rulni ushlamasdan yoki bir qoʻlda ushlab harakatlanish (manevrdan oldin ishoralar berish bundan mustasno);
Odam tashish (ishonchli oyoq qoʻygich bilan jihozlangan velosipeddagi qoʻshimcha oʻrindiqda 7 yoshgacha boʻlgan bolani tashish bundan mustasno);
Gabaritidan boʻyiga va eniga 0,5 metrdan ortiq chiqib turgan yoki boshqarishga xalal beradigan yuklarni tashish.
«Odam va yuk tashish» mavzusidagi boshqa savollar
- Yengil avtomobilning tom qismiga oʻrnatilgan yukxonasidagi ushbu yuk transport vositasining gabaritlaridan oldi va orqasiga necha metrgacha chiqib turishiga ruxsat etiladi?
- Yuk avtomobilining yukxonasida qancha miqdorda odamlarni tashishga ruxsat beriladi?
- Yuk tirkamasida odam tashishga ruxsat etiladimi?
- 12 yoshga yetmagan bolalarni transport vositasining oldingi oʻrindigʻida tashishga ruxsat etiladimi?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.