Odam va yuk tashish · 61-bilet, 20-savol
Yuk avtomobilining yukxonasida 8 nafardan koʻp odamlarni tashish qaysi haydovchilarga ruxsat beriladi?
Javob variantlari
- «D» va «С» toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega boʻlgan va shu toifadagi transport vositalaridan birini 3 yildan ortiq boshqargan haydovchilarga✓ Toʻgʻri javob
- «С» toifadagi transport vositasini boshqarish huquqi guvohnomasi boʻlib, shu avtomobilda uch yillik ish davriga ega boʻlgan haydovchilarga
Izoh
YHQ 26-bobi 152-bandiga asosan: Yuk avtomobilining yukxonasida odam tashish “C” toifasidagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega boʻlgan, odamlar soni kabinadagi yoʻlovchilarni ham qoʻshib hisoblaganda 8 nafardan ortiq boʻlganda esa, “C” va “D” toifalaridagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega boʻlgan va shu toifaga taalluqli transport vositalaridan birini 3 yildan ortiq boshqargan haydovchilar tomonidan amalga oshirilishi kerak. Harbiy haydovchilarga yuk avtomobillarida odam tashishga ruxsat berish Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
«Odam va yuk tashish» mavzusidagi boshqa savollar
- Yuk avtomobili kuzovida yoʻlovchilar tashishda, ularning soni nima bilan belgilanadi?
- Yengil avtomobilning oldingi oʻrindigʻida bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma oʻrnatilmagan boʻlsa, ularni tashish qaysi yoshdan ruxsat etiladi?
- Qattiq yoki egiluvchan ulagichda shatakka olgan yuk avtomobilining kuzovida odam tashishga ruxsat etiladimi?
- Odam tashish uchun moʻljallangan yuk avtomobili yukxonasiga oʻrnatilgan oʻrindiqlar, yukxonasi pastki qismidan qancha balandlikda mahkamlangan boʻlishi kerak?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.