3.27 yoʻl belgisi «Toʻxtash taqiqlangan»

3.27 belgisi nimani anglatadi
Transport vositalarining toʻxtashini va toʻxtab turishini taqiqlaydi.
Qayerda oʻrnatiladi
Toʻxtash taqiqlangan yoʻl qismining boshlanishida, yoʻlning tegishli tomoniga oʻrnatiladi.
3.27–3.30 belgilari yoʻlning qaysi tomoniga oʻrnatilgan boʻlsa, faqat oʻsha tomonga amal qiladi.
Taʼsir oraligʻi oxirida belgi 7.2.3 qoʻshimcha belgisi bilan takror oʻrnatiladi yoki 7.2.2 bilan oraliq uzunligi koʻrsatiladi; 7.2.4 haydovchi belgi taʼsir doirasida ekanini eslatadi. Belgi 1.4 (toʻxtash) yoki 1.10 (toʻxtab turish) sariq yoʻl chizigʻi bilan birga qoʻllansa, taʼsir hududi chiziq uzunligi bilan belgilanadi.
Haydovchi nima qilishi kerak
- Xizmat vazifasini bajarayotgan, koʻk yoki qizil (koʻk va qizil) yaltiroq mayoqcha va maxsus rangli boʻyoq sxemasi bilan jihozlangan transport vositalari bundan mustasno.
- Belgi yoʻnalishsiz yengil taksilarga yoʻlovchi tushirish-chiqarish (yuk ortish-tushirish) vaqtida taalluqli emas.
- 3.1–3.3, 3.18.1, 3.18.2, 3.19 va 3.27 belgilari 3.2–3.8 belgilari taʼsir oraligʻida joylashgan korxonalarga xizmat koʻrsatuvchi transport vositalariga, shuningdek, ushbu belgilar taʼsir oraligʻida yashovchi yoki ishlovchi fuqarolarga xizmat qiluvchi yoki ularga tegishli boʻlgan transport vositalariga taʼsir qilmaydi. Bunday hollarda transport vositalari belgilangan joyga yaqin chorrahadan kirib yoki chiqib ketishlari kerak.
- 7.18 «Nogironlar mustasno» qoʻshimcha belgisi boʻlsa, «Nogiron» tanish belgili transportga belgi taʼsir doirasida toʻxtashga ruxsat etiladi.
- 7.21 «Evakuator ishlamoqda» qoʻshimcha belgisi boʻlsa, belgi taʼsir oraligʻida qoldirilgan transport vositasi majburiy evakuatsiya qilinadi.
- 3.31 «Barcha cheklovlarning oxiri» belgisi 3.27 taʼsirini ham bekor qiladi.
Shu belgiga oid test savollari
Trenajyorda shu belgiga bogʻliq savollar bor.
Yotiq chiziqning uzluksiz sariq chizigʻi nimani bildiradi?
Toʻgʻri javob: Transport vositalarining toʻxtashi taqiqlangan joyni
17-bilet, 16-savolni ochishToʻxtashni taqiqlovchi joylarni bildiruvchi sidirgʻa sariq chiziq qayerda chiziladi?
Toʻgʻri javob: Qatnov qismining chetida yoki bordyur ustidan chiziladi
19-bilet, 19-savolni ochishToʻgʻri javob: «А», «Б», «В»
2-bilet, 9-savolni ochishBelgilardan qaysi birining belgilangan yoʻnalishdagi transport vositalariga dahli yoʻq?
Toʻgʻri javob: 4
4-bilet, 19-savolni ochishBu joyda toʻxtashga ruxsat etilganmi?
Toʻgʻri javob: Taqiqlangan
9-bilet, 2-savolni ochishToʻgʻri javob: Hammasi
19-bilet, 9-savolni ochishQaysi transport vositasiga toʻxtash taqiqlangan?
Toʻgʻri javob: Yuk avtomobili haydovchisi
32-bilet, 6-savolni ochishHaydovchilardan qay biri yoʻlovchilarni tushirish uchun toʻgʻri toʻxtadi?
Toʻgʻri javob: Mototsikl va koʻk avtomobil haydovchilari
36-bilet, 13-savolni ochish





