32-bilet: YHQ test savollari va javoblari
20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan
32-biletni onlayn yechishMashq bazasidagi 32-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.
1-savol. Qoidalarda nechta asosiy tushuncha va atamalardan foydalaniladi?
- 78
- 65
- 77
- 56
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. 78
YHQ umumiy qoidalar 6-bandi: avariya holatini yuzaga keltirish, avtomagistral, avtopoyezd va boshqalar (umumiy 78 ta).
Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →
2-savol. Bu yotiq chiziq nimani bildiradi?
- Piyodalar oʻtish joyini
- Velosiped yoʻlkasi qatnov qismini kesib oʻtadigan joyni
- Mol haydaladigan joyni
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Velosiped yoʻlkasi qatnov qismini kesib oʻtadigan joyni
YHQ 2-ilovasining 1-boʻlimidagi 1.15 chizigʻi yoʻlning velosiped yoʻlkasi kesib oʻtgan joyini bildiradi.
3-savol. Chorrahaning koʻrsatilgan joyida Sizga toʻxtashga ruxsat etiladimi?
- Taqiqlanadi
- Ruxsat etiladi, agarda Sizning transport vositangiz bilan sidirgʻa chiziq orasidagi masofa 3 metrdan ortiq boʻlsa?
- Ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Taqiqlanadi
Yoʻl harakati qoidalarining 91 bandiga asosan, quyidagilarda toʻxtash taqiqlanadi: qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 30 metrdan kam masofada (uch tomonlama kesishadigan chorrahalarda yondan tutashgan yoʻlning sidirgʻa chiziq yoki ajratuvchi mintaqa bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno).
Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →
4-savol. «Gazel» yuk avtomobilining yuk bilan balandligi yoʻl ustidan 3,8 m boʻlsa, uni tashish mumkinmi?
- Ruxsat berilmaydi
- Ruxsat beriladi, faqat yoʻnalishlarda osma koʻpriklar, osma yoʻl (estakada) boʻlmasa
- Ruxsat beriladi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Ruxsat beriladi
YHQ 27-bobi 164-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Oʻta ogʻir, katta oʻlchamli va xavfli yuklarni tashishda gabarit oʻlchamlari yukli yoki yuksiz holda eni boʻyicha 2,55 (refrijeratorlar va izotermik kuzovlar uchun - 2,6) metrdan va balandligi boʻyicha yoʻl sathidan 4 metrdan, uzunligi boʻyicha yakka avtotransport vositasi uchun - 12 metrdan, tirkama uchun - 12 metrdan, yarimtirkamali avtopoyezd uchun - 20 metrdan, tirkamali avtopoyezd uchun - 20 metrdan ortiq boʻlgan yoki yuki transport vositasining oldi va orqa nuqtasidan 2 metrdan ortiq chiqib turgan transport vositalarining harakatlanishi belgilangan tartibda DYHXX bilan kelishilgan boʻlishi kerak.
5-savol. Koʻk avtomobilning haydovchisiga quvib oʻtishga ruxsat etiladimi?
- Ruxsat etiladi, agar qizil avtomobil 40 km/soatdan kam tezlik bilan harakatlanayotgan boʻlsa
- Ruxsat etiladi
- Taqiqlanadi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Taqiqlanadi
YHQ 10-bobining 66-bandiga muvofiq, harakat ikki tomonlama boʻlgan va chiziqlar bilan belgilangan (1.9 yoʻl chizigʻi bilan belgilanganidan tashqari) uchta tasmali yoʻllarda, ikki yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan oʻrta qatorga faqat quvib oʻtish, aylanib oʻtish, chapga burilish va qayrilib olish uchungina chiqishga ruxsat etiladi. Qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan chetki chap qatorni egallash taqiqlanadi.
Mavzu boʻyicha videodars: 22-dars «Qatnov qismida joylashuv» →
6-savol. Qaysi transport vositasiga toʻxtash taqiqlangan?
- Motosikl haydovchisi
- Yuk avtomobili haydovchisi
- Barcha transport vositalarining haydovchilari
- Yengil avtomobil haydovchisi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Yuk avtomobili haydovchisi
YHQ 1-ilovasidagi 7.4.1 "Transport vositasining turi" qoʻshimcha axborot belgisi, 3.27. "Toʻxtash taqiqlangan" belgisining taʼsiri yuk tashuvchi, shu jumladan, tirkamali, toʻla vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan transport vositalariga tatbiq etilishini bildiradi.
Mavzu boʻyicha videodars: 10-dars «Qoʻshimcha axborot belgilari (jadvallar)» →
7-savol. Transport vositasining haydovchisi oldida «toʻxtash chizigʻi» chizilgan va svetoforning yashil yoritkichi yoniq boʻlgan chorrahaga yaqinlashayotib nima qilishi kerak?
- «Toʻxtash chizigʻi»da toʻxtashi, soʻng esa harakatni qayta tiklashi
- Toʻxtamasdan chorraha orqali harakatni davom ettirishi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Toʻxtamasdan chorraha orqali harakatni davom ettirishi
YHQ 7-bobi 31-bandiga muvofiq, svetoforning doirasimon yashil rangli ishorasi harakatlanishga ruxsat beradi.
8-savol. Tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari yoʻl harakatining boshqa qatnashchilariga nisbatan imtiyozga ega boʻlishi uchun:
- Maxsus tovushli ishora yoqilgan
- Har ikkalasi yoqilgan boʻlishi shart
- Koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar yoqilgan boʻlishi shart
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Har ikkalasi yoqilgan boʻlishi shart
YHQ 6-bobi 25-bandi: Yoʻl harakatining boshqa ishtirokchilariga nisbatan imtiyozga ega boʻlishi uchun tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalarida Tezkor va maxsus xizmatlarning koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishora yoqilgan boʻlishi shart. Ular oʻzlariga yoʻl berilayotganligiga ishonch hosil qilganlaridan soʻnggina imtiyozdan foydalanishlari mumkin.
Mavzu boʻyicha videodars: 32-dars «Maxsus transport: signal va mayoqchalar» →
9-savol. Qaysi transport vositasining haydovchisi birinchi boʻlib harakatlanish huquqiga ega?
- Velosiped haydovchisi
- Avtomobil haydovchisi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Velosiped haydovchisi
YHQ 16 – bobi 104 – bandining birinchi xatboshisiga asosan: Teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorrahada, ikkinchi darajali yoʻlda harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻlda yaqinlashayotgan transport vositalariga, ularning keyingi harakat yoʻnalishidan qatʼi nazar, yoʻl berishi kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 15-dars «Chorraha: asosiy yoʻl burilganda» →
10-savol. Avtomobilni qanday boshqarish usuli yonilgʻi sarfini tejaydi?
- Ohista tezlanish va ohista sekinlashish bilan
- Shiddat bilan tezlanish va ohista sekinlashish bilan
- Ohista tezlanish va shiddat bilan sekinlashish bilan
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Ohista tezlanish va ohista sekinlashish bilan
Harakat xavfsizligi asoslari talablariga asosan, avtomobilni ohista (ravon ) tezlanish va ohista sekinlashish bilan boshqarish usuli yonilgʻi sarfini tejaydi.
Mavzu boʻyicha videodars: 40-dars «Harakat xavfsizligi asoslari» →
11-savol. Tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega boʻlmagan holat:
- Depoga kirishda
- Depodan chiqishda
- Har ikkisida imtiyozga ega emas
- Har ikkisida imtiyozga ega
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Depodan chiqishda
YHQ 22-bobi 131-bandi: Tramvay yoʻllari chorrahadan tashqarida qatnov qismini kesib oʻtadigan joylarda tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega boʻladi (depodan chiqish joylari bundan mustasno).
Mavzu boʻyicha videodars: 31-dars «Yoʻnalishli transport ustunligi» →
12-savol. Qaysi rasmda ikkita qatnov qismiga ega boʻlgan yoʻl koʻrsatilgan?
- ”B” rasmda
- ”A” rasmda
- Hech qaysi rasmda
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Hech qaysi rasmda
Yoʻl harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, ajratuvchi mintaqa — yoʻlning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, transport vositalari harakatlanishi yoki toʻxtashi uchun moʻljallanmagan, yoʻl sathidan koʻtarilgan yoki maysazor, ariq, maxsus toʻsiqlar bilan ajratilgan baland qismi.
Mavzu boʻyicha videodars: 1-dars «Umumiy qoidalar va atamalar» →
13-savol. Suyak singanda qotirib bogʻlash uchun nimadan shina sifatida foydalanish eng qoʻlay?
- Gazmol
- Bint
- Taxta boʻlagi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Taxta boʻlagi
Suyaklar singanda shikastlangan qoʻl yoki oyoqni har qanday qattiq vosita yordamida mustahkamlab, harakatsizlantirish (immobilizatsiya qilish) lozim.
14-savol. Sanab oʻtilgan qaysi hollarda egiluvchan ulagichda shatakka olish taqiqlanadi?
- Barcha sanab oʻtilgan hollarda
- Kunning qorongʻi vaqtida va yetarli koʻrinmaslik sharoitida
- Yoʻl yaxmalak, sirpanchiq boʻlgan hollarda
- Faqat togʻli yoʻllarda
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Yoʻl yaxmalak, sirpanchiq boʻlgan hollarda
Yoʻl harakati qoidalarining 145 bandiga asosan, shatakka olish quyidagi holatlarda taqiqlanadi: yoʻl yaxmalak, sirpanchiq boʻlgan hollarda egiluvchan ulagichda.
15-savol. Koʻrsatilgan belgilardan qay biri ilgari kiritilgan barcha cheklashlarni bekor qiladi?
- 5
- 3
- 4
- 2
- 1
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. 4
YHQ 1-ilovasining 3-boʻlimi 3.31 “Barcha cheklovlarning oxiri” belgisiga muvofiq, 3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 — 3.30 taqiqlovchi belgilaridan bir nechtasiga bir vaqtda amal qiladigan oraliqlarning oxirini bildiradi.
16-savol. Avtomobilga qaysi yoʻnalishlarda harakatlanishga ruxsat etiladi?
- Har ikkisiga ham ruxsat beriladi
- 2-yoʻnalishda
- 1-yoʻnalishda
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. 1-yoʻnalishda
YHQga 1-ILOVA 5.8.2 bandi va 5. Axborot-koʻrsatkich belgilarining 11-xatboshi hamda YHQga 1-ILOVA 3.18.2 bandi va 3.Taqiqlovchi belgilarning 47-xatboshiga asosan: 5.8.2. «Tasma boʻyicha harakatlanish yoʻnalishi». Tasma boʻyicha ruxsat etilgan harakatlanish yoʻnalishi. Boshqa yoʻnalishlar boʻyicha harakatlanish taqiqlanadi.
Yoʻlning chetki chap boʻlagidan chapga burilishga ruxsat beruvchi 5.8.1 va 5.8.2 belgilari shu tasmadan qayrilishga ham ruxsat beradi.
3.18.2. «Chapga burilish taqiqlanadi». 3.18.1 va 3.18.2 belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga oʻrnatilsa, shu kesishmaga tatbiq etiladi.
Mavzu boʻyicha videodars: 8-dars «Axborot-koʻrsatkich belgilari» →
17-savol. Yoʻl yoqasida qaysi transport vositalarining haydovchilari qoidani buzib toʻxtadilar?
- Faqat «А»
- «А» va «Б»
- Faqat «В»
- Faqat «Б»
- «Б» va «В»
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. «А» va «Б»
YHQ 13-bobi 88-bandining birinchi va uchinchi xatboshilariga asosan: Transport vositalariga yoʻlning oʻng tomoni yoqasida, u boʻlmaganda esa qatnov qismining chetida va ushbu Qoidalarning 89-bandida koʻrsatilgan hollarda trotuarda toʻxtash va toʻxtab turishga ruxsat etiladi. Ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 tonnadan koʻp boʻlgan yuk avtomobillari bir tomonlama harakatli yoʻllarning chap tomonida faqat yuk ortish va tushirish uchun toʻxtashlari mumkin.
YHQ 13-bobi 89-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Transport vositalarini yoʻlning qatnov qismida bir qator qilib, qatnov qismi chetiga parallel ravishda kajavasi boʻlmagan ikki gʻildirakli transport vositalarini ikki qator qilib qoʻyishga ruxsat etiladi.
Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →
18-savol. Shokning belgilari:
- Barcha holatlar toʻgʻri
- Ogʻiz qurishi chanqoqlik, nafas olishning tezlashuvi
- Kuchli ter ajralishi
- Teri va shilliq qavatlarining oqarishi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Barcha holatlar toʻgʻri
Yoʻl - transport hodisalarida birinchi yordam faniga asosan, shokning belgilari quyidagilar:
- Teri va shilliq qavatlarning oqarishi;
- Kuchli ter ajralishi;
- Ogʻiz qurishi, chanqoqlik, nafas olishning tezlashuvi;
- Es - hushning noaniqligi, behush holat.
19-savol. Koʻk avtomobil haydovchisiga avtoturargohga kirishga ruxsat etiladimi?
- Ruxsat etiladi
- Taqiqlanadi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Taqiqlanadi
YHQga 1-ILOVA 5.11.1 bandiga asosan: 5.11.1. «Qayrilib olish joyi». Chapga burilish taqiqlanadi.
Mavzu boʻyicha videodars: 8-dars «Axborot-koʻrsatkich belgilari» →
20-savol. Jabrlanuvchiga uning yurak faoliyati yoki nafas olishi toʻxtaganda qanday ketma-ketlikda birinchi yordam koʻrsatish zarur?
- Sunʼiy nafas oldirish, yurakni ustidan massaj qilish, nafas yoʻllarini boʻshatish
- Yurakni massaj qilish, nafas yoʻllarini boʻshatish, sunʼiy nafas oldirish
- Nafas yoʻllarini boʻshatish, sunʼiy nafas oldirish va yurakning ustidan massaj qilish
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Nafas yoʻllarini boʻshatish, sunʼiy nafas oldirish va yurakning ustidan massaj qilish
Oʻpkaning sunʼiy ventilyasiyasi samarali boʻlishi uchun nafas olish yoʻllariga havoning erkin oʻtishini taʼminlash zarur. Ogʻiz boʻshligʻi shilliq, qon, qusuq va boshqa jismlardan holi ekanligiga ishonch hosil qilish kerak. Toʻqimalarga kislorod kelishi va qon aylanishini taʼminlash uchun oʻpkaga kislorod kelishini kuchaytirish bilan birga yurak urish faoliyatini qayta tiklashga darhol kirishish lozim.
20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan
32-biletni onlayn yechish