36-bilet: YHQ test savollari va javoblari

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

36-biletni onlayn yechish

Mashq bazasidagi 36-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.

1-savol. Tumanga qarshi chiroqlardan qanday hollarda foydalanish mumkin?

  1. Sanab oʻtilgan barcha hollarda
  2. Yetarli koʻrinmaydigan sharoitlarda
  3. Mexanik transport vositasini shatakka olganda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Sanab oʻtilgan barcha hollarda

YHQ 23 – bobi 137 – bandiga asosan, quyidagi hollarda tumanga qarshi chiroqlarni qoʻllash mumkin: yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda alohida, shuningdek, uzoqni yorituvchi yoki yaqinni yorituvchi fara chiroqlari bilan; shuningdek, ushbu Qoidalarning 138-bandida koʻzda tutilgan holatlarda yaqinni yorituvchi fara chiroqlari oʻrniga mexanik transport vositalarini shatakka olishda (shatakka olib ketayotgan transport vositasida).

Mavzu boʻyicha videodars: 33-dars «Tashqi yoritish asboblari» →

2-savol. Toʻxtash va toʻxtab turish taqiqlanadi:

  1. Piyodalarning oʻtish joylarida va ularga 10 m dan kam qolganda
  2. Transport vositalari piyodalarning harakatiga xalaqit beradigan joylarda
  3. Hovlidan chiqadigan joylarda
  4. Temir yoʻl kesishmalarida
  5. Barcha sanab oʻtilgan joylarda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 5. Barcha sanab oʻtilgan joylarda

YHQ 13-bobi 91-bandining ikkinchi, beshinchi va oʻninchi xatboshilariga asosan, quyidagi joy va holatlarda toʻxtash taqiqlanadi: tunnellarda, temir yoʻl kesishmalarida; piyodalar oʻtish joylarida va ulardan oldin 10 metrdan kam masofa qolganda; transport vositasi svetofor ishoralari, yoʻl belgilarini boshqa haydovchilardan toʻsib qoʻyadigan, boshqa transport vositalarining harakatlanishiga (kirish va chiqishiga) imkon qoldirmaydigan yoki piyodalarning harakatiga xalaqit beradigan joylarda.

Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →

3-savol. Harakatlanish qaysi yoʻnalishga ruxsat etilgan?

Harakatlanish qaysi yoʻnalishga ruxsat etilgan?
  1. Harakatlanish taqiqlanadi
  2. Barcha yoʻnalishda ruxsat etiladi
  3. Faqat toʻgʻriga va oʻngga
  4. Faqat toʻgʻriga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Harakatlanish taqiqlanadi

YHQ 7-bobi 36-bandi: Tramvaylarning hamda maxsus ajratilgan tasma boʻylab harakatlanayotgan boshqa yoʻnalishli transport vositalarining harakatlanishini tartibga solish uchun “T” harfi koʻrinishida joylashgan toʻrtta doirasimon oq rang ishorali svetoforlar qoʻllanilishi mumkin. Yuqoridagi bir yoki bir nechta va pastki ishora bir vaqtning oʻzida yonganda, harakatlanishga ruxsat etiladi. Ulardan chapdagisi chapga, oʻngdagisi oʻngga, oʻrtadagisi toʻgʻriga yurishga ruxsat beradi. Pastdagi ishora oʻchirilib, yuqoridagi uchta ishora bir vaqtda yonsa, harakatlanish taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →

4-savol. Turar joy dahalaridan chiqishda haydovchilar:

  1. Boshqa harakat qatnashchilariga nisbatan imtiyozga ega
  2. Boshqa harakat qatnashchilariga yoʻl berishi kerak
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Boshqa harakat qatnashchilariga yoʻl berishi kerak

Yoʻl harakati qoidalarining 126 bandiga asosan, turar joy dahalaridan chiqishda haydovchilar boshqa harakat qatnashchilariga yoʻl berishlari kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 29-dars «Turar joy dahalari» →

5-savol. Qaysi rasmda piyodalarning tashkiliy jamlanmasi yoʻlning qatnov qismida qoidani buzmay harakatlanmoqda?

Qaysi rasmda piyodalarning tashkiliy jamlanmasi yoʻlning qatnov qismida qoidani buzmay harakatlanmoqda?
  1. 1,2
  2. 2
  3. 1
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. 1

YHQ 4-bobi 16-bandiga asosan: Piyodalarning tashkiliy jamlanmasiga yoʻlning qatnov qismida bir qatorda toʻrt kishidan ortiq boʻlmasdan, faqat transport vositalarining harakat yoʻnalishi boʻylab oʻng tomondan harakatlanishga ruxsat etiladi. Jamlanmaning oldi va orqasida chap tomondan qizil bayroqcha, sutkaning qorongʻi vaqtida yoki yetarlicha koʻrinmaslik sharoitida esa oldinda oq, orqada qizil rangli chiroq koʻtargan kuzatuvchilar boʻlishi shart. Bolalar guruhini trotuarlar va piyodalar yoʻlkalaridangina, ular boʻlmaganda esa yoʻl yoqasidan faqat sutkaning yorugʻ vaqtida va katta yoshdagilar kuzatuvida olib yurishga ruxsat etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 3-dars «Piyodalarning vazifalari» →

6-savol. Chorrahani ikkinchi boʻlib kesib oʻtadi?

Chorrahani ikkinchi boʻlib kesib oʻtadi?
  1. Yashil avtomobil
  2. Qizil avtomobil
  3. Koʻk avtomobil
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Yashil avtomobil

YHQ 16-bobi 106-, 105- va 104-bandlariga asosan, asosiy yoʻlning yoʻnalishi chorrahada oʻzgarganda, asosiy yoʻlda harakatlanayotgan haydovchilar oʻzaro teng ahamiyatli yoʻllar chorrahasidan oʻtish qoidasiga amal qilishlari kerak. Teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yoʻldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yoʻnalishidan qatʼi nazar, yoʻl berishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 13-dars «Teng ahamiyatli chorrahalar» →

7-savol. Temir yoʻl izlarini qayerda kesib oʻtishga ruxsat beriladi?

  1. Koʻrinish ikkala yoʻnalishda 1000 metrdan kam boʻlmagan joylarda
  2. Haydovchining nuqtai nazaricha eng qulay joylarda
  3. Temir yoʻl bekatiga 1000 metrdan kam boʻlmagan masofada
  4. Kesib oʻtish uchun belgilab qoʻyilgan joylarda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. Kesib oʻtish uchun belgilab qoʻyilgan joylarda

YHQ 18 – bobi 116 – bandiga asosan: Transport vositalarining haydovchilari temir yoʻllarni faqat temir yoʻl kesishmalari orqali poyezd (lokomotiv, drezina) larga yoʻl berib kesib oʻtishlari mumkin.
Shunga koʻra, temir yoʻllarni istalgan joyda kesib oʻtish mumkin emas, faqat belgilangan joylarda, yaʼni temir yoʻl kesishmalaridan oʻtish mumkin.

Mavzu boʻyicha videodars: 27-dars «Temir yoʻl kesishmalari» →

8-savol. Harakatlanish boʻlagi:

  1. Avtomobillarning bir qator boʻlib harakatlanishi uchun yetarlicha keng boʻlgan, yoʻl chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yoʻl qatnov qismining har qanday boʻylama boʻlagi
  2. Yoʻlning relssiz transport vositalari harakati uchun moʻljallangan qismi
  3. Yoʻlning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, transport vositalari harakatlanishi yoki toʻxtashi uchun moʻljallanmagan, yoʻl sathidan baland va (yoki) 1.1 yotiq chizigʻi bilan belgilangan qismi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Avtomobillarning bir qator boʻlib harakatlanishi uchun yetarlicha keng boʻlgan, yoʻl chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yoʻl qatnov qismining har qanday boʻylama boʻlagi

Yoʻl harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, harakatlanish tasmasi — avtomobillarning bir qator boʻlib harakatlanishi uchun yetarlicha keng boʻlgan, yoʻl chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yoʻl qatnov qismining har qanday boʻylama tasmasi.

Mavzu boʻyicha videodars: 1-dars «Umumiy qoidalar va atamalar» →

9-savol. Yoʻlning qarama-qarshi harakat yoʻnalishi tomoniga chiqish qachon taqiqlanadi?

  1. Ikki tomonlama harakatli, qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport vositalari oqimlari ikkita uzluksiz chiziqlar bilan ajratilgan, 4ta boʻlakli yoʻllarda
  2. Ikki tomonlama harakatli, 4ta yoki undan koʻp boʻlakli yoʻllarda
  3. Yuqoridagi barcha hollarda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Yuqoridagi barcha hollarda

YHQ 10-bobi 65-bandiga muvofiq, toʻrt va undan ortiq tasmali, harakat ikki tomonlama boʻlgan yoʻllarda qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan tasmalarga chiqish taqiqlanadi. YHQ 2-ilovasining 1-boʻlimiga muvofiq, 1.3 yotiq chizigʻi toʻrt va undan ortiq harakatlanish tasmasi boʻlgan yoʻllarda qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport vositalari oqimini ajratadi. 1.3 yotiq chizigʻini kesib oʻtish taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 22-dars «Qatnov qismida joylashuv» →

10-savol. Bu belgi qayerlardan oldin oʻrnatildi?

Bu belgi qayerlardan oldin oʻrnatildi?
  1. Bozorlar oldindan
  2. Vokzal oldindan
  3. Maktab va bolalarning dam olish maskanlari oldindan
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Maktab va bolalarning dam olish maskanlari oldindan

YHQ 1 ilova: 1.21. “Bolalar”. Bolalar muassasasi (maktablar, bolalarning dam olish maskanlari va shunga oʻxshashlar)ga yaqin yoʻlning qatnov qismidan bolalarning chiqib qolish ehtimolini bildiradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 4-dars «Ogohlantiruvchi belgilar» →

11-savol. Taqiqlovchi belgi tagiga oʻrnatilgan qoʻshimcha axborot belgisi nima maqsadda qoʻyilgan?

Taqiqlovchi belgi tagiga oʻrnatilgan qoʻshimcha axborot belgisi nima maqsadda qoʻyilgan?
  1. Belgidan uning amal qilish hududigacha boʻlgan oraliqni aniqlash uchun
  2. Taqiqlovchi belgi amal qilish hududini aniqlash uchun
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Belgidan uning amal qilish hududigacha boʻlgan oraliqni aniqlash uchun

YHQ 1-ilovasining 7-boʻlimidagi 7.1.1. "Obʼektgacha boʻlgan masofa" qoʻshimcha axborot belgisi 3.20. "Quvib oʻtish taqiqlangan" belgidan yoʻl harakatiga tegishli cheklov kiritiladigan joygacha boʻlgan masofani koʻrsatadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 10-dars «Qoʻshimcha axborot belgilari (jadvallar)» →

12-savol. Siz chorrahadan chapga burilmoqchisiz. Ushbu vaziyatda kimga yoʻl berasiz?

Siz chorrahadan chapga burilmoqchisiz. Ushbu vaziyatda kimga yoʻl berasiz?
  1. Hech kimga
  2. Faqat qizil avtomobilga
  3. Faqat avtobusga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Hech kimga

Yoʻl harakati qoidalarining 106 bandiga asosan, Asosiy yoʻlning yoʻnalishi chorrahada oʻzgarganda, asosiy yoʻlda harakatlanayotgan haydovchilar oʻzaro teng ahamiyatli yoʻllar chorrahasidan oʻtish qoidasiga amal qilishlari kerak.
Ikkinchi darajali yoʻllarda harakatlanayotgan haydovchilar ham oʻzaro shu qoidaga amal qilishlari kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 15-dars «Chorraha: asosiy yoʻl burilganda» →

13-savol. Haydovchilardan qay biri yoʻlovchilarni tushirish uchun toʻgʻri toʻxtadi?

Haydovchilardan qay biri yoʻlovchilarni tushirish uchun toʻgʻri toʻxtadi?
  1. Koʻk va qizil avtomobillarning haydovchilari
  2. Barcha haydovchilar
  3. Faqat koʻk avtomobil haydovchilari
  4. Mototsikl va koʻk avtomobil haydovchilari
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. Mototsikl va koʻk avtomobil haydovchilari

YHQ 2-ilovasi 1-boʻlimining oltinchi, oʻn ikkinchi va yigirma birinchi xatboshilariga asosan: 1.4 – toʻxtash taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.27 “Toʻxtash taqiqlangan” yoʻl belgisi bilan qoʻllaniladi hamda yoʻlning qatnov qismi chetiga yoki yoʻl chetidagi toʻsiq ustidan chiziladi;

Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →

14-savol. Agar yoʻl boʻlagi sidirgʻa chiziq bilan ajratilib, belgi bilan belgilangan boʻlsa, avtobus haydovchisining boʻlak boʻylab harakatlanishiga ruxsat etiladimi?

Agar yoʻl boʻlagi sidirgʻa chiziq bilan ajratilib, belgi bilan belgilangan boʻlsa, avtobus haydovchisining…
  1. Taqiqlanadi
  2. Agar avtobus belgilangan yoʻnalish boʻyicha harakatlansa, ruxsat etiladi
  3. Ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Agar avtobus belgilangan yoʻnalish boʻyicha harakatlansa, ruxsat etiladi

YHQ 22-bobi 132-bandining birinchi va ikkinchi xatboshilariga asosan: Yoʻnalishli transport vositalarining harakatlanishi uchun 5.9, 5.10.1 - 5.10.3 yoʻl belgilari bilan ajratilgan tasmada boshqa transport vositalarining harakatlanishi va toʻxtashi taqiqlanadi. Agar 5.9 yoʻl belgisi bilan belgilangan tasma qatnov qismining boshqa tasmalardan uzuq-uzuq chiziq bilan ajratilgan boʻlsa, burilmoqchi boʻlayotgan transport vositalari bu tasmaga qayta tizilishlari kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 31-dars «Yoʻnalishli transport ustunligi» →

15-savol. Qaysi holda qoidalar ogohlantirish ishorasini berishni talab qilmaydi?

  1. Qoʻshni harakat boʻlagiga oʻtish oldidan.
  2. Qatnov qismining chekkasida toʻxtash oldidan
  3. «Xavfli burilish» belgisi bilan belgilangan yoʻlning egri burilish joyi oldidan.
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. «Xavfli burilish» belgisi bilan belgilangan yoʻlning egri burilish joyi oldidan.

Yoʻl harakati qoidalarining 67-bandiga muvofiq:

Haydovchi harakatlanishni boshlashdan, qayta saflanishdan (boʻlakka oʻtishdan), burilishdan (qayrilib olishdan) va toʻxtashdan oldin tegishli yoʻnalishni koʻrsatuvchi yorugʻlik ishoralari (povorotniklar) orqali ogohlantirish ishorasini berishi shart.

«Xavfli burilish» (1.11.1, 1.11.2, 1.12.1, 1.12.2) ogohlantiruvchi belgilari bilan belgilangan yoʻlning egri joylarida haydovchi oʻz harakat boʻlagini oʻzgartirmasdan, yoʻlning oʻzini yoʻnalishi boʻylab ketayotgan boʻlsa, manevr bajarilmayotganligi sababli ogohlantirish ishorasini (povorotnikni) yoqish talab etilmaydi.

Mavzu boʻyicha videodars: 18-dars «Avariya va ogohlantiruvchi ishoralar» →

16-savol. Qaysi haydovchi burilishni toʻgʻri bajardi?

Qaysi haydovchi burilishni toʻgʻri bajardi?
  1. Yashil
  2. Har ikkisi toʻgʻri
  3. Koʻk
  4. Har ikkisi notoʻgʻri
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Har ikkisi toʻgʻri

YHQning 9-bob. 56-band 1-xatboshi hamda 11-bob. 77-band 3-xatboshiga asosan: 56. Aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi oʻngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yoʻnalishda harakatlanishi uchun moʻljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart.
Haydovchi transport vositasini boshqarish paytida aniqlay olishi mumkin boʻlgan xavf yuzaga kelsa, u transport vositasining tezligini toʻliq toʻxtashni taʼminlaydigan darajada kamaytirishi yoki toʻsiqni boshqa harakat ishtirokchilari uchun xavf tugʻdirmagan holda aylanib oʻtish choralarini koʻrishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 21-dars «Harakatni boshlash va manyovr» →

17-savol. Transport vositalari ixtiyoriga berilgan vakolatnomasi boʻlgan shaxs oʻzining ishtirokida transport vositasini boshqa shaxsga boshqarishni topshirishi mumkinmi

  1. Mumkin emas
  2. Bu shaxsda mazkur toifali transport vositasini boshqarishga haydovchilik guvohnomasi boʻlgan taqdirda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisida ism-sharifi koʻrsatilgan boʻlsa yoki majburiy sugʻurta qilish boʻyicha shartnoma ushbu transport vositasidan cheklanmagan shaxslarning foydalanishini hisobga olgan holda tuzilgan boʻlsa
  3. Mumkin
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Bu shaxsda mazkur toifali transport vositasini boshqarishga haydovchilik guvohnomasi boʻlgan taqdirda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisida ism-sharifi koʻrsatilgan boʻlsa yoki majburiy sugʻurta qilish boʻyicha shartnoma ushbu transport vositasidan cheklanmagan shaxslarning foydalanishini hisobga olgan holda tuzilgan boʻlsa

YHQ 2-bobi 8-bandiga asosan: Tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasiga, uning taloniga, vaqtinchalik ruxsatnomaga ega boʻlgan shaxs, oʻziga tegishli boʻlmagan transport vositasini, uning egasi yonida boʻlganida yoxud tasarruf etish huquqini beruvchi yoki egalik qilishga, foydalanishga berilganligini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlgan shaxs ishtirokidagina (ularning roziligi bilan) boshqarishi mumkin, agar transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha shartnoma ushbu transport vositasidan cheklanmagan shaxslarning foydalanilishini hisobga olgan holda tuzilgan yoki transport vositasini boshqarayotgan shaxs sugʻurta polisida koʻrsatilgan boʻlsa.

Mavzu boʻyicha videodars: 2-dars «Haydovchining vazifalari» →

18-savol. Yoʻlning xavfli burilishlarida oldingi uzatmali avtomobilning orqa oʻqi yon tomonga sirpanganda siz qanday harakat qilasiz?

  1. Gaz berishni kamaytirib rul chambaragi bilan boshqaruvni barqarorlashtirasiz
  2. Gaz pedalini ohista bosib avtomobilni rul chambaragini toʻgʻrilab avtomobilni sirpanishdan olib chiqib ketasiz
  3. Gaz pedalini koʻproq bosib rul chambaragini oʻzgartirmasdan sirpanishdan olib chiqasiz
  4. Tormozlab turib rul chambaragini sirpangan tomonga burasiz
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Gaz pedalini ohista bosib avtomobilni rul chambaragini toʻgʻrilab avtomobilni sirpanishdan olib chiqib ketasiz

Oldi gʻildiraklari yetaklovchi avtomobilda burilishda tormozlaganda old gʻildiraklardan orqa gʻildiraklarning ilgarilab ketishidan orqa gʻildiraklarning yon tomonga sirpanishi hosil boʻladi. Bu holda, rul chambaragi yordamida harakat yoʻnalishini toʻgʻrilash va yoqilgʻi uzatishni biroz oshirish (gʻildiraklarni jimlay aylantirmagan holda) maqsadga muvofiq boʻladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 40-dars «Harakat xavfsizligi asoslari» →

19-savol. Ushbu belgi qaysi moddalarga kiradi?

Ushbu belgi qaysi moddalarga kiradi?
  1. Organik peroksidlar
  2. Toksik moddalar
  3. Oksidlovchi moddalar
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Oksidlovchi moddalar

YHQga 4-ILOVA 5.1 bandiga asosan: 5.1 Oksidlovchi moddalar.

Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →

20-savol. Haydovchi aholi punktlaridan tashqaridagi yoʻlda quvib oʻtilayotgan haydovchining eʼtiborini jalb etish uchun faralar chiroqlarini oʻchirib yoqish va tovush ishorasi berishni qoʻllab toʻgʻri qildimi?

  1. Toʻgʻri
  2. Notoʻgʻri
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Toʻgʻri

YHQ 8-bobi 48 - 49 - bandlariga muvofiq, aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib oʻtish haqida ogohlantirish uchun tovushli ishoralar qoʻllanilishi mumkin. Quvib oʻtish haqida tovushli ishora oʻrniga yoki u bilan birga chiroqlarni yoqib-oʻchirib, ogohlantirish ishorasini ham berish mumkin.

Mavzu boʻyicha videodars: 18-dars «Avariya va ogohlantiruvchi ishoralar» →

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

36-biletni onlayn yechish

Keyingi: 37-bilet →

Qoʻngʻiroq qilish