2-bilet: YHQ test savollari va javoblari

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

2-biletni onlayn yechish

Mashq bazasidagi 2-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.

1-savol. Qaysi belgi temir yoʻl kesishmasini toʻsuvchi moslama bilan jihozlanganligi haqida ogohlantiradi?

Qaysi belgi temir yoʻl kesishmasini toʻsuvchi moslama bilan jihozlanganligi haqida ogohlantiradi?
  1. B
  2. A
  3. D
  4. C
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. C

YHQ 1-ilovasining 1-boʻlimidagi 1.34. "Diqqat, boshqariladigan toʻsiq" yoʻl belgisi boshqariladigan toʻsuvchi qurilmasiga yetmasdan oʻrnatiladi va transport vositalari haydovchilarini oldinda toʻsuvchi qurilma borligi haqida ogohlantiradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 4-dars «Ogohlantiruvchi belgilar» →

2-savol. Yuk tirkamasida odam tashishga ruxsat etiladimi?

  1. Taqiqlanadi
  2. Faqat yukni kuzatib boruvchi shaxsga ruxsat etiladi
  3. Ruxsat beriladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Taqiqlanadi

Odamlarni traktorlar va boshqa oʻziyurar uskunalar, yuk tashiladigan tirkamalar, tirkama-uycha, yuk motosikllari yukxonasida tashish taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 36-dars «Odam tashish» →

3-savol. Yoʻlning qiyaliklarida qisqa muddatga toʻxtagan mexanik uzatmali avtomobilni joyidan toʻsatdan harakatlanib ketishini oldini olish uchun:

  1. Birinchi uzatmani yoki orqa uzatmani ulash lozim
  2. Uzatmalar qutisi richagini neytral holatga oʻtkazish lozim
  3. Toʻxtab turish tormozidan foydalanish lozim
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Toʻxtab turish tormozidan foydalanish lozim

Mexanik uzatmali avtomobilni balandlikda qisqa muddatga toʻxtatib, joyida ushlab turish uchun, toʻxtab turish tormozini ishlatish kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →

4-savol. Maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari atrofidagi yoʻllarda 300 metrgacha boʻlgan masofada qanday eng yuqori tezlikda harakatlanishga ruxsat etiladi?

  1. 60 km/s
  2. 50 km/s
  3. 20 km/s
  4. 30 km/s
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. 30 km/s

Aholi punktlarida transport vositalarining tezligini soatiga 70 kilometrdan, maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari atrofidagi yoʻllarda 300 metrgacha boʻlgan masofada 30 kilometrdan, turar joy dahalari va yondosh hududlarda (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasida) esa soatiga 20 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi

Mavzu boʻyicha videodars: 23-dars «Harakatlanish tezligi» →

5-savol. Avtopoezdni shu vaziyatda, agar u 40 km/s dan kam tezlik bilan harakat qilayotgan boʻlsa, quvib oʻtishga ruxsat etiladimi?

Avtopoezdni shu vaziyatda, agar u 40 km/s dan kam tezlik bilan harakat qilayotgan boʻlsa, quvib oʻtishga…
  1. Taqiqlanadi
  2. Ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Taqiqlanadi

YHQ 12-bobi 86-bandi 6-xatboshiga asosan, tepalikning oxirida va yoʻlning koʻrinishi cheklangan joylarida quvib oʻtish taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 24-dars «Quvib oʻtish» →

6-savol. Svetoforning qizil va sariq yoritkichlaridagi qora yoʻnaltirgichlar nima haqida axborot beradi?

Svetoforning qizil va sariq yoritkichlaridagi qora yoʻnaltirgichlar nima haqida axborot beradi?
  1. Svetoforning qizil va sariq yoritkichlarida harakatlanishning ruxsat etilgan yoʻnalishlari haqida
  2. Svetoforning yashil yoritkichi yoqilganda harakatlanishning ruxsat etilgan yoʻnalishlari haqida
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Svetoforning yashil yoritkichi yoqilganda harakatlanishning ruxsat etilgan yoʻnalishlari haqida

YHQ 7-bobi 32-bandning 1-xatboshiga asosan, svetoforning qizil, sariq va yashil chiroqlariga tushirilgan yoʻnaltirgich izlari bu ishoralarning maʼnosini oʻzgartirmaydi, balki u svetoforning yashil chirogʻi yonganida ruxsat etilgan harakat yoʻnalishini koʻrsatadi. Bu svetoforlar harakatlanishi koʻp yoʻnalishli chorrahalarda har bir yoʻnalish uchun alohida qoʻllanilishi mumkin.

Mavzu boʻyicha videodars: 16-dars «Svetofor ishoralari» →

7-savol. Qaysi holatda egri yoʻlda harakatlanayotgan avtomobil turgʻunligi taʼminlangan?

  1. Uzatma ulangan holatda
  2. Tezlik oshirilganda
  3. Uzatma ajratilgan holatda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Uzatma ulangan holatda

Egri yoʻl (burilish) da harakatlanayotgan avtomobilda markazdan qochirma kuch vujudga keladi. Burilish oʻng tomonga boʻlgan holda siz qarama – qarshi yoʻnalishda harakatlanish boʻlagiga, chap tomonga boʻlsa, yoʻl yoqasi yoki uning tashqarisiga chiqib ketishingiz ehtimoli mavjud. Uzatma ajratilgan holatda avtomobil oʻzi harakatlanib, uni boshqarish murakkablashadi. Shu bois, burilishga yaqin masofa qolganda, uning tikligini va tezligingizni baholab, uzatma mexanizmini ajratmay harakatni davom ettiring.

Mavzu boʻyicha videodars: 40-dars «Harakat xavfsizligi asoslari» →

8-savol. Ishlamayotgan boshqaruv ruli bilan toʻxtab turish yoki taʼmirlash joyiga borishga ruxsat etiladimi?

  1. Harakat xavfsizligini taʼminlovchi tezlikda ruxsat etiladi
  2. Taqiqlanadi
  3. Qattiq ulagichda shatakka olinganda ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Taqiqlanadi

YHQ 2-bobi 12-bandining uchinchi xatboshisiga asosan, haydovchiga quyidagilar taqiqlanadi: tormoz tizimi, rul boshqaruvi ishlamayotgan, ulagich moslamasi (avtopoyezd tarkibida) nosoz boʻlgan, qorongʻi vaqtda yoki yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda - old chiroqlar va orqa gabarit chiroqlari boʻlmagan yoki yonmayotgan, yomgʻir, qor yogʻayotgan vaqtda haydovchi tomonidagi oyna tozalagich ishlamayotgan transport vositalarini boshqarish.

Mavzu boʻyicha videodars: 41-dars «Nosozliklar: qachon haydash mumkin emas» →

9-savol. Ushbu yotiq chiziqlardan qaysi biri belgilangan yoʻnalishdagi transport vositalari uchun toʻxtashga ruxsat beradi?

Ushbu yotiq chiziqlardan qaysi biri belgilangan yoʻnalishdagi transport vositalari uchun toʻxtashga ruxsat…
  1. «Б»
  2. «В»
  3. «А»
  4. «А», «Б», «В»
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. «А», «Б», «В»

YHQ 2-ilovasi 1-boʻlimining oltinchi, oʻn ikkinchi va yigirma birinchi xatboshilariga asosan: 1.4 - toʻxtash taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.27 “Toʻxtash taqiqlangan” yoʻl belgisi bilan qoʻllaniladi hamda yoʻlning qatnov qismi chetiga yoki yoʻl chetidagi toʻsiq ustidan chiziladi. 1.10 - toʻxtab turish taqiqlangan joyni bildiradi. yakka holda yoki 3.28 yoʻl belgisi bilan qoʻllaniladi va yoʻlning qatnov qismi chetiga yoki yoʻl chetidagi toʻsiq ustidan chiziladi. 1.17- yoʻnalishli transport vositalarining bekatlari hamda taksilarning toʻxtab turish joylarini bildiradi. YHQ 1-ilovasi 3-boʻlimining oʻttiz sakkizinchi xatboshisiga asosan: 3.27 belgisiga amal qilish yoʻnalishli transport vositalariga taʼsir qilmaydi.

Mavzu boʻyicha videodars: 19-dars «Yotiq chiziqlar» →

10-savol. Qanday hollarda aholi punktlaridan tashqarida yengil avtomobil haydovchisiga soatiga 90 km dan yuqori tezlikda harakatlanish taqiqlanadi?

  1. Agar u boshqa transport vositasini shatakka olgan boʻlsa
  2. Faqat harakatlanayotgan tirkamali yengil avtomobillarga
  3. Sanab oʻtilgan barcha hollarda
  4. Faqat yoʻlda tezlik cheklangan belgilar oʻrnatilgan boʻlsa
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Sanab oʻtilgan barcha hollarda

YHQ 11-bobi 79-bandiga asosan, aholi punktlaridan tashqarida yengil avtomobil haydovchisiga soatiga 90 km dan yuqori tezlikda harakatlanish quyidagi hollarda taqiqlanadi: boshqa transport vositasini shatakka olganda; tirkamali yengil avtomobilda; yoʻlda tegishli tezlikni cheklovchi belgilar boʻlganda. Shu bois toʻgʻri javob — sanab oʻtilgan barcha hollarda.

Mavzu boʻyicha videodars: 23-dars «Harakatlanish tezligi» →

11-savol. Sanab oʻtilganlardan qaysi joylarda transport vositalarining toʻxtashi va toʻxtab turishi taqiqlanadi?

  1. Tramvay yoʻllaridan bevosita yaqinroqda, agar bu tramvaylarning harakatiga toʻsqinlik qilsa
  2. Barcha koʻrsatilgan joylarda
  3. Tramvay yoʻllarida
  4. Darvozadan chiqish joylarida
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Barcha koʻrsatilgan joylarda

YHQ 13-bobi 91-bandining birinchi va oʻninchi xatboshilariga asosan, quyidagi joy va holatlarda toʻxtash taqiqlanadi: tramvay yoʻllarida, shuningdek bevosita ularga yaqinroqda tramvaylar harakatlanishiga xalaqit beradigan boʻlsa. transport vositasi svetofor ishoralari, yoʻl belgilarini boshqa haydovchilardan toʻsib qoʻyadigan, boshqa transport vositalarining harakatlanishiga (kirish va chiqishiga) imkon qoldirmaydigan yoki piyodalarning harakatiga xalaqit beradigan joylarda.

Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →

12-savol. Yoʻlning keskin burilishida yuzaga keladigan sirpanishning oldini olish uchun haydovchi nima qilishi kerak?

  1. Sanab oʻtilgan ikkisiga ham ruxsat etiladi
  2. Burilishdan oldin tezlikni kamaytirib, avtomobilni erkin harakatlanishi uchun ilashma tepkisini bosishi
  3. Burilishdan oldin tezlikni kamaytirish, kerak boʻlsa uzatmalar pagʻonasini pasaytirish, burilishdan oʻtayotganda tezlikni oshirmaslik va avtomobilni keskin tormozlamaslik
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Burilishdan oldin tezlikni kamaytirish, kerak boʻlsa uzatmalar pagʻonasini pasaytirish, burilishdan oʻtayotganda tezlikni oshirmaslik va avtomobilni keskin tormozlamaslik

Xavfli burilishda yuqori tezlik oqibatida vujudga keladigan markazdan qochirma kuchning taʼsiri oqibatida harakatlanayotgan avtomobil yon tomonga surilib ketishi mumkin. Shuning uchun, haydovchi oldindan, burilishning radiusiga mutanosib ravishda tezlikni pasaytirishi, zarur holatlarda past uzatmaga oʻtishi, burilishda esa tezlikni keskin oshirmasdan va tormozlamasdan harakatni davom ettirishi kerak. Burilishlarda avtomobilni gʻildiratish avtomobil boshqaruvini yoʻqotish bilan barobardir.

Mavzu boʻyicha videodars: 40-dars «Harakat xavfsizligi asoslari» →

13-savol. Ushbu joyda quvib oʻtishga ruxsat beriladimi?

Ushbu joyda quvib oʻtishga ruxsat beriladimi?
  1. Ruxsat beriladi
  2. Oldindagi transport vositasi tezligi 40 km/s dan kam boʻlsa
  3. Taqiqlanadi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Taqiqlanadi

YHQ 2 ilova: 1.1 — qarama-qarshi yoʻnalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yoʻlning xavfli joylaridagi harakatlanish boʻlagi chegarasini va velosipedchilar uchun boʻlagining chegarasini bildiradi; yoʻlning kirish taqiqlangan qismi chegarasini belgilaydi; transport vositalarining toʻxtab turish joyi chegarasini hamda avtomagistral qatoriga kiritilmagan yoʻlning qatnov qismi chegarasini bildiradi. YHQ 12-bobi 86-bandi: Quvib oʻtish quyidagi hollarda taqiqlanadi: tartibga solingan chorrahalarda; tartibga solinmaydigan chorrahalarda asosiy hisoblanmaydigan yoʻllarda harakatlanishda; koʻpriklarda, yoʻl oʻtkazgichlarda, estakadalarda va ularning ostida; piyodalar oʻtish joylarida; temir yoʻl kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan kam masofa qolganda; quvib yoki aylanib oʻtayotgan transport vositalarini; tepalikning oxirida va yoʻlning koʻrinishi cheklangan joylarida; 3.20 va 3.22 yoʻl belgilari taʼsir oraligʻida.

Mavzu boʻyicha videodars: 24-dars «Quvib oʻtish» →

14-savol. Orqa tomondagi tumanga qarshi chiroqlar quyidagi hollarda qoʻllanishi mumkin:

  1. Kunning qorongʻi vaqtida yuk tushirishda
  2. Barcha sanab oʻtilgan hollarda
  3. Faqat yetarli koʻrinmaydigan sharoitlarda
  4. Kunning qorongʻi vaqtida safda harakatlanishda
  5. Tunnellarda harakatlanishda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Faqat yetarli koʻrinmaydigan sharoitlarda

YHQ 23-bobi 140-bandiga muvofiq, tumanga qarshi orqa fara chiroqlarini faqat yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda qoʻllash mumkin.

Mavzu boʻyicha videodars: 33-dars «Tashqi yoritish asboblari» →

15-savol. «yetarli koʻrinmaslik» deganda nima tushuniladi?

  1. Yomgʻir, qor yogʻishi, oqshom
  2. Koʻrinish 150 m dan kam boʻlgan holat
  3. Tuman tushganda, yomgʻir, qor yogʻayotganda va hokazo sharoitlarda, shuningdek kunning gʻira-shira vaqtida yoʻlning koʻrinishi 300 m dan kam boʻlishi
  4. Oqshomdan tonggacha boʻlgan vaqt
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Tuman tushganda, yomgʻir, qor yogʻayotganda va hokazo sharoitlarda, shuningdek kunning gʻira-shira vaqtida yoʻlning koʻrinishi 300 m dan kam boʻlishi

YHQ 1-bobi 6-bandi 23-tushunchasiga asosan, yetarli koʻrinmaslik – yomgʻir, qor yogʻishi, tuman tushishi va shunga oʻxshash sharoitlarda, shuningdek kunning gʻira-shira vaqtida yoʻlning koʻrinish masofasi 300 metrdan kam boʻlishi.

Mavzu boʻyicha videodars: 1-dars «Umumiy qoidalar va atamalar» →

16-savol. Koʻrsatilgan belgilardan qaysinisi orqaga harakatlanishni taqiqlaydi?

Koʻrsatilgan belgilardan qaysinisi orqaga harakatlanishni taqiqlaydi?
  1. 5
  2. 3
  3. 4
  4. 1
  5. 2
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. 1

YHQ 1-ilovasi 5.1 «Avtomagistral» belgisi amal qiladigan yoʻllarda (YHQ 19-bob 121-band) orqaga harakatlanish taqiqlanadi. Koʻrsatilgan belgilardan 1-belgi (avtomagistral) orqaga harakatlanishni taqiqlaydi.

Mavzu boʻyicha videodars: 28-dars «Avtomagistrallar» →

17-savol. Transport vositalari chorrahadan quyidagi tartibda oʻtadilar:

Transport vositalari chorrahadan quyidagi tartibda oʻtadilar:
  1. Tramvay, qizil, koʻk, yashil avtomobil
  2. Tramvay, qizil, yashil, koʻk avtomobil
  3. Qizil avtomobil, tramvay, yashil, koʻk avtomobil
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Tramvay, qizil, yashil, koʻk avtomobil

YHQ 16-bobi 106-, 105- va 104-bandlariga asosan, asosiy yoʻlning yoʻnalishi chorrahada oʻzgarganda, asosiy yoʻlda harakatlanayotgan haydovchilar oʻzaro teng ahamiyatli yoʻllar chorrahasidan oʻtish qoidasiga amal qilishlari kerak. Teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorrahada tramvay harakatlanish yoʻnalishidan qatʼi nazar, teng ahamiyatli yoʻlda bir yoʻnalishda yoki qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega.

Mavzu boʻyicha videodars: 12-dars «Tartibga solingan chorrahalar» →

18-savol. Qatnov qismi yoʻl chiziqlari bilan ajratilgan boʻlsa haydovchilar qanday holatlarda qatʼiy boʻlaklar boʻyicha harakatlanishlari kerak?

  1. Barcha holatlarda
  2. Faqat harakatlanish boʻlaklari uzluksiz sidirgʻa chiziqlar bilan ajratilgan boʻlsa
  3. Faqat harakatlanish serqatnov boʻlganda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Barcha holatlarda

YHQ 10-bobiga asosan, qatnov qismi yoʻl chiziqlari bilan ajratilgan boʻlsa, haydovchilar harakatlanishni faqat mos boʻlaklar boʻyicha amalga oshiradilar (barcha koʻrsatilgan hollarda boʻlak tartibiga rioya qilinadi).

Mavzu boʻyicha videodars: 22-dars «Qatnov qismida joylashuv» →

19-savol. Ushbu belgilardan qaysi biri haydovchining shu joydagi yashash yoki ishlash joyiga yetib borishiga monelik qilmaydi?

Ushbu belgilardan qaysi biri haydovchining shu joydagi yashash yoki ishlash joyiga yetib borishiga monelik…
  1. B
  2. B va C
  3. A
  4. C
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. C

YHQ 1-ilovasi 3.2. “Harakatlanish taqiqlangan”.

Mavzu boʻyicha videodars: 6-dars «Taqiqlovchi belgilar» →

20-savol. Qaysi joylarda transport vositalariga qatnov qismining chetiga burchak ostida toʻxtab turishga ruxsat etiladi?

  1. Faqat bir tomonlama harakatli yoʻllarda
  2. Har bir yoʻnalishda uchta va undan koʻp boʻlagi boʻlgan yoʻllarda
  3. Yoʻlning qatnov qismi kengaygan joylarda boshqa yoʻl harakati qatnashchilariga xalaqit bermaslik sharti bilan
  4. Har bir yoʻnalishda ikkitadan boʻlagi boʻlgan yoʻllarda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Yoʻlning qatnov qismi kengaygan joylarda boshqa yoʻl harakati qatnashchilariga xalaqit bermaslik sharti bilan

YHQ 13-bobi 89-bandiga asosan, qatnov qismining ayrim kengaytirilib qatnov qismidan ajratilgan joylarida yoʻl harakatining boshqa qatnashchilariga xalaqit bermaslik sharti bilan boshqacha tartibda qoʻyishga ham ruxsat etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

2-biletni onlayn yechish

Keyingi: 3-bilet →

Qoʻngʻiroq qilish