Yotiq va tik chiziqlar 2 · 2-bilet, 9-savol

Ushbu yotiq chiziqlardan qaysi biri belgilangan yoʻnalishdagi transport vositalari uchun toʻxtashga ruxsat beradi?

Ushbu yotiq chiziqlardan qaysi biri belgilangan yoʻnalishdagi transport vositalari uchun toʻxtashga ruxsat…

Javob variantlari

  1. «Б»
  2. «В»
  3. «А»
  4. «А», «Б», «В»✓ Toʻgʻri javob

Izoh

YHQ 2-ilovasi 1-boʻlimining oltinchi, oʻn ikkinchi va yigirma birinchi xatboshilariga asosan: 1.4 - toʻxtash taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.27 “Toʻxtash taqiqlangan” yoʻl belgisi bilan qoʻllaniladi hamda yoʻlning qatnov qismi chetiga yoki yoʻl chetidagi toʻsiq ustidan chiziladi. 1.10 - toʻxtab turish taqiqlangan joyni bildiradi. yakka holda yoki 3.28 yoʻl belgisi bilan qoʻllaniladi va yoʻlning qatnov qismi chetiga yoki yoʻl chetidagi toʻsiq ustidan chiziladi. 1.17- yoʻnalishli transport vositalarining bekatlari hamda taksilarning toʻxtab turish joylarini bildiradi. YHQ 1-ilovasi 3-boʻlimining oʻttiz sakkizinchi xatboshisiga asosan: 3.27 belgisiga amal qilish yoʻnalishli transport vositalariga taʼsir qilmaydi.

Savoldagi belgilar

Har bir belgi haqida batafsil: nimani anglatadi, qayerda oʻrnatiladi va haydovchi nima qilishi kerak.

«Yotiq va tik chiziqlar 2» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish