17-bilet: YHQ test savollari va javoblari

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

17-biletni onlayn yechish

Mashq bazasidagi 17-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.

1-savol. Koʻrsatilgan yoʻl belgilaridan qaysi biri faqat yoʻl qoplamasi nam boʻlganda taʼsir etadi?

Koʻrsatilgan yoʻl belgilaridan qaysi biri faqat yoʻl qoplamasi nam boʻlganda taʼsir etadi?
  1. Faqat «А» va «Б»
  2. Faqat «А»
  3. Barchasi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Faqat «А»

YHQ 1-ilovasining 7-boʻlimidagi 7.16 belgiga asosan, «Nam qoplama». Belgi qatnov qismining qoplamasi nam boʻlgan vaqtda taʼsir etishini koʻrsatadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 10-dars «Qoʻshimcha axborot belgilari (jadvallar)» →

2-savol. Yoʻl belgilari va chiziqlarining maʼnolari bir-birini inkor etganda haydovchi qaysi biriga rioya qilishi kerak?

  1. Yoʻl chiziqlariga
  2. Yoʻl belgilariga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Yoʻl belgilariga

YHQ 2-ilovasi 1-boʻlimining oʻttiz toʻqqizinchi xatboshisiga asosan: Koʻchma tirgakka oʻrnatilgan vaqtinchalik yoʻl belgilari va chiziqlar maʼno jihatidan bir-biriga zid kelsa, haydovchilar vaqtinchalik yoʻl belgilariga amal qilishlari kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 19-dars «Yotiq chiziqlar» →

3-savol. Ushbu chorrahada haydovchiga orqaga harakatlanib koʻrsatilgan manevrni bajarishga ruxsat etiladimi?

Ushbu chorrahada haydovchiga orqaga harakatlanib koʻrsatilgan manevrni bajarishga ruxsat etiladimi?
  1. Ruxsat etiladi
  2. Taqiqlanadi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Taqiqlanadi

YHQ 9-bobi 63 - bandiga muvofiq, chorrahalarda orqaga harakatlanish taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 21-dars «Harakatni boshlash va manyovr» →

4-savol. Qaysi belgi yoʻl boshi yoki oxirigacha boʻlgan masofasini bildiradi?

Qaysi belgi yoʻl boshi yoki oxirigacha boʻlgan masofasini bildiradi?
  1. 2
  2. 5
  3. 4
  4. 3
  5. 1
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 5. 1

YHQ 1-ilovasi 5-boʻlimining qirq oltinchi xatboshisiga asosan: 5.28. «Kilometr belgisi». Yoʻlning boshi yoki oxirigacha boʻlgan masofani bildiradi. (km).

Mavzu boʻyicha videodars: 8-dars «Axborot-koʻrsatkich belgilari» →

5-savol. Piyodalar oʻtish joyi boʻlmaganda piyodalarga yoʻl qatnov qismining qaysi joyidan kesib oʻtishga ruxsat etiladi?

  1. Qatnov qismining chekkasidan toʻgʻri burchak boʻylab, ajratuvchi boʻlaksiz, har ikki tomon yaxshi koʻrinadigan joylardan
  2. Chorrahalarda trotuarlar yoki yoʻl yoqasi chiziqlari boʻylab
  3. Barcha sanab oʻtilgan joylardan
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Barcha sanab oʻtilgan joylardan

YHQ 4-bobi 17-bandi 2-xatboshiga asosan, piyodalarga koʻrinadigan oraliqda oʻtish joyi yoki chorraha boʻlmasa, ajratuvchi mintaqasiz va toʻsiqsiz yoʻllardan yoʻlning ikki tomoni yaxshi koʻrinadigan joyidan, qatnov qismining chetiga nisbatan toʻgʻri burchak ostida kesib oʻtish ruxsat etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 3-dars «Piyodalarning vazifalari» →

6-savol. Qaysi yoʻl belgilari qayrilib olishga ruxsat beradi?

Qaysi yoʻl belgilari qayrilib olishga ruxsat beradi?
  1. Faqat «Б» va «Г»
  2. Faqat «Б»
  3. Barchasi
  4. Faqat «А» , «Б» va «В»
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Barchasi

YHQ 1-ilovasining 5-boʻlimidagi 5.7.1 belgiga asosan, «Bir tomonlama harakatli yoʻlga chiqish». Harakatlanish bir tomonlama boʻlgan yoʻlga yoki qatnov qismiga chiqish. Chapga burilishni taqiqlaydi.
YHQ 1-ilovasining 5-boʻlimidagi 5.10.2 belgiga asosan, «Yoʻnalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yoʻlga chiqish». Chapga burilishni taqiqlaydi. Koʻrsatilgan barcha belgilar taʼsir oraligʻida qayrilib olishga ruxsat etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 8-dars «Axborot-koʻrsatkich belgilari» →

7-savol. Kunning yorugʻ vaqtida harakatlanayotgan qaysi rasmdagi avtomobil haydovchisi yuk tashish qoidasini buzayapti?

Kunning yorugʻ vaqtida harakatlanayotgan qaysi rasmdagi avtomobil haydovchisi yuk tashish qoidasini buzayapti?
  1. Har ikki rasmda
  2. Hech kim buzmayapti
  3. A
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Hech kim buzmayapti

Yoʻl harakati qoidalari 163 bandiga asosan, transport vositasining gabaritlaridan oldi yoki orqa tomonga 1 metrdan, yon tomonga gabaritning chetki qismidan 0,4 metrdan ortiq chiqib turgan yuk «Katta oʻlchamli yuk» taniqlik belgisi bilan belgilanishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 37-dars «Yuk tashish» →

8-savol. Togʻ yoʻllarining tik qiyaliklaridan tushishda gʻildiratishdan foydalanishga ruxsat etiladimi?

  1. Taqiqlanadi
  2. Agar avtomobil gidrovakuum kuchaytirgichli tormozlar bilan jihozlangan boʻlsa, tavsiya etiladi
  3. Agar yoʻl yaxshi holatda boʻlsa va uzoq koʻrinib tursa, tavsiya etiladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Taqiqlanadi

YHQ 21-bobi 130-bandiga muvofiq, yoʻlning 1.13 yoʻl belgisi bilan belgilangan qismida uzatma va ilashish mexanizmi (stsepleniye) ajratilgan holatda harakatlanish taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 40-dars «Harakat xavfsizligi asoslari» →

9-savol. Harakatlanish qaysi yoʻnalishga ruxsat etilgan?

Harakatlanish qaysi yoʻnalishga ruxsat etilgan?
  1. Toʻgʻriga va oʻngga birinchi yoʻnalishga
  2. Oʻngga birinchi va ikkinchi yoʻnalishga
  3. Oʻngga birinchi yoʻnalishga
  4. Oʻngga ikkinchi yoʻnalishga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Oʻngga birinchi yoʻnalishga

YHQ 7-bobi 32-bandi 2-xatboshiga muvofiq, yoʻnaltirgich koʻrinishidagi qizil, sariq va yashil rangli svetofor ishoralari doira shaklidagi svetofor ishoralari bilan bir xil maʼnoga ega boʻladi. Ular faqat koʻrsatilgan yoʻnalishga taʼsir etadi. Agar tegishli yoʻl belgilari bilan qayrilib olish taqiqlanmagan boʻlsa chapga burilishga ruxsat beruvchi yoʻnaltirgich, qayrilib olishga ham ruxsat beradi. Qoʻshimcha tarmoqdagi yashil yoʻnaltirgich ham xuddi shu maʼnoni bildiradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 16-dars «Svetofor ishoralari» →

10-savol. Qaysi belgi toʻxtash chizigʻi oldida, u boʻlmaganda, kesib oʻtiladigan qatnov qismining chetida toʻxtamasdan harakatlanishni taqiqlaydi?

Qaysi belgi toʻxtash chizigʻi oldida, u boʻlmaganda, kesib oʻtiladigan qatnov qismining chetida toʻxtamasdan…
  1. B
  2. A
  3. G
  4. B va V
  5. A va G
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. B

YHQ 1-ilovasining 2-boʻlimi 2.5 belgisiga asosan, "Toʻxtamasdan harakatlanish taqiqlangan". Toʻxtash chizigʻi oldida, agar u boʻlmasa, kesib oʻtiladigan qatnov qismining chetida toʻxtamasdan harakatlanish taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 5-dars «Imtiyoz belgilari» →

11-savol. Qaysi transport vositasining haydovchisi yoʻl berishi kerak?

Qaysi transport vositasining haydovchisi yoʻl berishi kerak?
  1. Avtomobil haydovchisi
  2. Tramvay haydovchisi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Tramvay haydovchisi

YHQ 15-bobi 100 - va 101 - bandlariga asosan, svetoforning taqiqlovchi qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qoʻshimcha tarmoqning koʻrsatkichli yashil ishorasi yoʻnalishida harakatlanayotgan haydovchi boshqa yoʻnalishlardan harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi kerak. Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qoʻshimcha tarmogʻining yoʻnaltirgichli yashil ishorasi yoʻnalishida harakatlanayotgan tramvay boshqa yoʻnalishlarda harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 11-dars «Chorrahalardan oʻtish asoslari» →

12-savol. Qaysi transport vositasi haydovchisi yoʻl berishi kerak?

Qaysi transport vositasi haydovchisi yoʻl berishi kerak?
  1. Yuk tashuvchi avtomobilning haydovchisi
  2. Avtobusning haydovchisi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Yuk tashuvchi avtomobilning haydovchisi

YHQ 16-bobi 104-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yoʻldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yoʻnalishidan qatʼi nazar, yoʻl berishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 30-dars «Tik koʻtarilish va tushishlar» →

13-savol. Quyidagi holatda haydovchi piyodalarga yoʻl berishi lozimmi?

Quyidagi holatda haydovchi piyodalarga yoʻl berishi lozimmi?
  1. Yoʻq
  2. Ha
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Ha

YHQ 20-bobining 123-bandiga muvofiq, turar joy dahalari (kirish va chiqish 5.38 va 5.39 yoʻl belgilari bilan belgilangan hududlar)da piyodalarga trotuarlar hamda qatnov qismida harakatlanishga ruxsat etiladi. Bunda piyodalar imtiyozga ega boʻladilar, biroq ular transport vositalarining harakatlanishiga asossiz xalaqit bermasliklari kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 29-dars «Turar joy dahalari» →

14-savol. Chap tomondagi yondosh hududdan foydalanib qayrilib olishning koʻrsatilgan qaysi usuli harakat xavfsizligini taʼminlaydi?

Chap tomondagi yondosh hududdan foydalanib qayrilib olishning koʻrsatilgan qaysi usuli harakat xavfsizligini…
  1. Faqat chap tomondagi rasmda
  2. Faqat oʻng tomondagi rasmda
  3. Ikkisida ham
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Faqat oʻng tomondagi rasmda

Tor yoʻllarda chap tomondagi yondosh xududdan foydalanib qayrilib olishning xavfsiz usuli oʻngdagi suratda aks ettirilgan. Bunda haydovchi nafaqat oʻz harakatlanish trayektoriyasini, balki oʻzi chiqayotgan boʻlakdagi vaziyatni ham toʻliq nazorat qilish imkoniyatiga ega boʻladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 21-dars «Harakatni boshlash va manyovr» →

15-savol. Qizil avtomobil:

Qizil avtomobil:
  1. Chorrahaga oʻng tomondan yaqinlashib kelgan koʻk avtomobilga yoʻl berishi kerak
  2. Koʻk avtomobilga nisbatan ustunlikka ega, chunki aylanma harakatli yoʻldan ketayapti
  3. Koʻk avtomobilga nisbatan ustunlikka ega, chunki asosiy yoʻldan ketyapti
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Koʻk avtomobilga nisbatan ustunlikka ega, chunki aylanma harakatli yoʻldan ketayapti

Yoʻl harakati qoidalarining 98 bandi 3 xatboshiga asosan, aylanma harakatlanish chorrahasida harakatlanayotgan transport vositalari aylanaga kirib kelayotgan transport vositalariga nisbatan ustunlikka (imtiyozga) ega.

Mavzu boʻyicha videodars: 11-dars «Chorrahalardan oʻtish asoslari» →

16-savol. Yotiq chiziqning uzluksiz sariq chizigʻi nimani bildiradi?

Yotiq chiziqning uzluksiz sariq chizigʻi nimani bildiradi?
  1. Transport vositalarining toʻxtab turishi taqiqlangan joyni
  2. Belgilangan yoʻnalishli transport vositalari uchun va taksi toʻxtashiga ruxsat berilgan joyni
  3. Transport vositalarining toʻxtashi taqiqlangan joyni
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Transport vositalarining toʻxtashi taqiqlangan joyni

YHQ 2-ilovasining 1-boʻlimiga asosan, 1.4 yotiq chizigʻi – toʻxtash taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.27 "Toʻxtash taqiqlangan" yoʻl belgisi bilan qoʻllaniladi hamda yoʻlning qatnov qismi chetiga yoki yoʻl chetidagi toʻsiq ustidan chiziladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 19-dars «Yotiq chiziqlar» →

17-savol. Harakatlanish taqiqlanadi:

Harakatlanish taqiqlanadi:
  1. Oq, koʻk va sariq avtomobillarga
  2. Qizil va oq avtomobillarga
  3. Koʻk, yashil va oq avtomobillarga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Koʻk, yashil va oq avtomobillarga

YHQ 7-bobi 38-bandiga asosan, tartibga soluvchining qoʻllari yon tomonga uzatilganda yoki tushirilganda: chap va oʻng yon tomonidan tramvayga toʻgʻriga, relssiz transport vositalariga toʻgʻriga va oʻngga harakatlanishga, piyodalarga qatnov qismini kesib oʻtishga ruxsat beriladi; old va orqa tomonidan barcha transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 17-dars «Tartibga soluvchi ishoralari» →

18-savol. Qoidalarga koʻra shatakka olish vaqtida bir-biriga ulangan mexanik transport vositalari tarkibining qanday umumiy uzunligiga yoʻl qoʻyiladi?

  1. 22 m
  2. 21 m
  3. 20 m
  4. 23 m
  5. 24 m
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. 20 m

YHQ 24 bobi 145-bandning 3-xatboshiga asosan, Shatakka olish quyidagi holatlarda taqiqlanadi: rul boshqaruvi ishlamayotgan transport vositalarini (qisman ortish usuli bilan shatakka olish bundan mustasno);
ikki va undan koʻp transport vositalarini; shatakka olingan va shatakka olgan transport vositalarining ulagich bilan birga umumiy uzunligi 20 metrdan a ortiq boʻlsa.

Mavzu boʻyicha videodars: 34-dars «Shatakka olish» →

19-savol. Quvib oʻtishda faralarning uzoqni yorituvchi chiroqlaridan ogohlantiruvchi ishora sifatida foydalanish mumkinmi?

  1. Mumkin emas
  2. Aholi punktlaridan tashqaridagi yoʻllarda mumkin
  3. Mumkin, agar bu boshqa haydovchilarning koʻzini qamashtirmasa, shu jumladan, orqani koʻrish koʻzgusi orqali ham
  4. Hamma holda mumkin
  5. Toʻgʻri
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Mumkin, agar bu boshqa haydovchilarning koʻzini qamashtirmasa, shu jumladan, orqani koʻrish koʻzgusi orqali ham

YHQ 8-bobi 48 - 49 - bandlariga muvofiq, aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib oʻtish haqida ogohlantirish uchun tovushli ishoralar qoʻllanilishi mumkin. Quvib oʻtish haqida tovushli ishora oʻrniga yoki u bilan birga chiroqlarni yoqib-oʻchirib, ogohlantirish ishorasini ham berish mumkin.

Mavzu boʻyicha videodars: 18-dars «Avariya va ogohlantiruvchi ishoralar» →

20-savol. Bu belgida qaysi yuk avtomobili harakatni davom ettirishi mumkin?

Bu belgida qaysi yuk avtomobili harakatni davom ettirishi mumkin?
  1. Ruxsat etilgan toʻla vazni 8 tonnadan ortiq boʻlmagan avtomobil
  2. 8 tonna yuk koʻtarish quvvatiga ega boʻlgan boʻsh avtomobil
  3. 8 tonnagacha yuk ortgan avtomobil
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Ruxsat etilgan toʻla vazni 8 tonnadan ortiq boʻlmagan avtomobil

YHQ 1-ilovasining 3-boʻlimi 3.4 "Yuk avtomobillarining harakatlanishi taqiqlangan" belgisiga muvofiq, toʻla vazni 3,5 tonnadan (agar vazni belgida koʻrsatilmagan boʻlsa) yoki toʻla vazni belgida koʻrsatilgandan ortiq boʻlgan yuk avtomobillari va transport vositalari tarkiblarining, shuningdek traktorlar, oʻziyurar moslamalarning harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 6-dars «Taqiqlovchi belgilar» →

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

17-biletni onlayn yechish

Keyingi: 18-bilet →

Qoʻngʻiroq qilish