4-bilet: YHQ test savollari va javoblari
20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan
4-biletni onlayn yechishMashq bazasidagi 4-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.
1-savol. Qaysi yoʻnalishda qayrilib olishga ruxsat beradi?
- Faqat B
- Barchasi
- Faqat A va C
- Faqat C
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 4. Faqat C
YHQning 9-bob. 56-band 1-xatboshiga asosan: 56. Aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi oʻngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yoʻnalishda harakatlanishi uchun moʻljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart.
2-savol. Chorrahaga kirishda Siz:
- Har ikkisiga ham yoʻl berishingiz kerak
- Motosiklga yoʻl berishingiz kerak
- Birinchi oʻtish huquqiga egasiz
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Har ikkisiga ham yoʻl berishingiz kerak
Yoʻl harakati qoidalarining 98 bandi 3 xatboshiga asosan, aylanma harakatlanish chorrahasida harakatlanayotgan transport vositalari aylanaga kirib kelayotgan transport vositalariga nisbatan ustunlikka (imtiyozga) ega.
Mavzu boʻyicha videodars: 11-dars «Chorrahalardan oʻtish asoslari» →
3-savol. Agar jonlantirishni (reanimatsiyani) 2 kishi bir vaqtda olib borganda yurakni bilvosita massaj qilish va sunʼiy nafas oldirish qanday bajariladi?
- Bir marta koʻkrak qafasi bosiladi, bir marta havo puflanadi va hokazo
- 2-3 marta havo puflangandan soʻng 15 marta koʻkrak qafasi bosiladi
- Ikki marta havo puflanadi, soʻng yurak sohasi 30 marta bosiladi va hokazo
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Ikki marta havo puflanadi, soʻng yurak sohasi 30 marta bosiladi va hokazo
Agar jabrlanuvchida yurak urishi faoliyati va nafas olishi toʻxtagan boʻlsa, yurakning tashqi massaji bilan birga sunʼiy nafas oldirish amalga oshiriladi. Bunday hollarda tin (nafas) olish oraliqlarida koʻkrak qafasi 30 marta keskin bosiladi.
4-savol. Ushbu koʻrsatilgan holatda kim yoʻl berishi kerak?
- Motosikl haydovchisi
- Avtomobil haydovchisi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Motosikl haydovchisi
Yoʻl harakati qoidalarining 61 bandi 2 xatboshiga asosan, yoʻlga chiqish joyida tezlashish boʻlagi boʻlsa, haydovchi unda harakatlanishi va qoʻshni tasmada harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berib, transport oqimiga qoʻshilishi kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 21-dars «Harakatni boshlash va manyovr» →
5-savol. Piyodalar toʻxtab turgan avtobus va trolleybusning qaysi tomonidan yoʻlni kesib oʻtishlari kerak?
- Orqa tomonidan
- Oldi tomonidan
- Istalgan tomonidan
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Orqa tomonidan
Yoʻl harakati qoidalarining 19 bandi 4 xatboshiga asosan, piyodalar toʻxtab turgan avtobus va trolleybusning orqa tomonidan, tramvayning esa oldi tomonidan yoʻlni kesib oʻtishlari shart.
Mavzu boʻyicha videodars: 3-dars «Piyodalarning vazifalari» →
6-savol. Avtomobillar chorrahani quyidagi tartibda kesib oʻtadilar:
- Koʻk ayni vaqtda qizil bilan; yashil; sariq
- Sariq avtomobil chorrahaga kirib keladi va koʻkni oʻtkazib yuborish uchun toʻxtaydi; yashil; koʻk, qizil bilan bir vaqtda; sariq
- Yashil; koʻk ayni vaqtda qizil bilan; sariq
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Sariq avtomobil chorrahaga kirib keladi va koʻkni oʻtkazib yuborish uchun toʻxtaydi; yashil; koʻk, qizil bilan bir vaqtda; sariq
YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. YHQ 16-bobi 107-bandiga asosan, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yoʻldan qarama-qarshi yoʻnalishdan toʻgʻriga yoki oʻngga harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart.
Mavzu boʻyicha videodars: 13-dars «Teng ahamiyatli chorrahalar» →
7-savol. Sanab oʻtilgan joylardan qaysi birida transport vositalarining toʻxtashi va toʻxtab turishi taqiqlanmaydi?
- Koʻpriklarda, osma yoʻllarda bir yoʻnalishdagi harakatlanish uchun uchtadan koʻp boʻlak boʻlganda
- Kesishadigan qatnov qismlarining chetiga 30 m qolganda
- Barcha koʻrsatilgan joylarda
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Barcha koʻrsatilgan joylarda
YHQ 13-bobi 91-bandining birinchi va oʻninchi xatboshilariga asosan, quyidagi joy va holatlarda toʻxtash taqiqlanadi: tramvay yoʻllarida, shuningdek bevosita ularga yaqinroqda tramvaylar harakatlanishiga xalaqit beradigan boʻlsa. transport vositasi svetofor ishoralari, yoʻl belgilarini boshqa haydovchilardan toʻsib qoʻyadigan, boshqa transport vositalarining harakatlanishiga (kirish va chiqishiga) imkon qoldirmaydigan yoki piyodalarning harakatiga xalaqit beradigan joylarda.
Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →
8-savol. Transport vositalari chorrahani quyidagi tartibda kesib oʻtadilar:
- Motosikl, avtomobil, tramvay
- Tramvay, motosikl, avtomobil
- Tramvay, avtomobil, motosikl
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Motosikl, avtomobil, tramvay
YHQ 16-bobi 106-, 105- va 104-bandlariga asosan, asosiy yoʻlning yoʻnalishi chorrahada oʻzgarganda, asosiy yoʻlda harakatlanayotgan haydovchilar oʻzaro teng ahamiyatli yoʻllar chorrahasidan oʻtish qoidasiga amal qilishlari kerak. Teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorrahada tramvay harakatlanish yoʻnalishidan qatʼi nazar, teng ahamiyatli yoʻlda bir yoʻnalishda yoki qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega.
Mavzu boʻyicha videodars: 11-dars «Chorrahalardan oʻtish asoslari» →
9-savol. Qaysi javobda yoʻlovchilar uchun chiqish va tushish maydonchasi boʻlmagan sharoitdagi joylar toʻliq koʻrsatilgan?
- Trotuarda yoki yoʻl yoqasi tomonidan
- Yoʻl yoqasida yoki qatnov qismi tomonidan
- Qatnov qismi yoki trotuar tomonidan
- Trotuar tomonidan
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Trotuarda yoki yoʻl yoqasi tomonidan
YHQ 5-bobi 23-bandi 1-xatboshiga asosan, yoʻlovchilar transport vositasiga faqat u toʻliq toʻxtagandan soʻng trotuar yoki yoʻl yoqasi tomondan chiqishga va tushishga majburdirlar.
Mavzu boʻyicha videodars: 3-dars «Piyodalarning vazifalari» →
10-savol. Quyidagi qaysi belgilar ogohlantiruvchi belgilar jumlasiga kiradi?
- Ikkinchidan boshqa barchasi
- Hammasi
- Uchinchidan boshqa barchasi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Hammasi
YHQ 1-ilovasining 1-boʻlimiga asosan, rasmda koʻrsatilgan barcha belgilar ogohlantiruvchi belgilar jumlasiga kiradi (aylanma chorraha, xavfli burilishlar, yoʻnalish koʻrsatkichi, yoʻl torayishi, xavfli burilish).
Mavzu boʻyicha videodars: 4-dars «Ogohlantiruvchi belgilar» →
11-savol. Qaysi yoʻl belgilari yoʻlning tor qismida haydovchiga ustunlik beradi?
- Б va В
- В
- А va В
- Б va Г
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 4. Б va Г
YHQ 21-bobi 128-bandi: Agar yoʻlning 1.13 va 1.14 yoʻl belgilari bilan belgilangan qiyaliklarda, qarama-qarshi yoʻnalishlarda harakatlanishni qiyinlashtiradigan toʻsiq boʻlsa, nishablikka harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi yoʻl berishi kerak. YHQ 1 ilova: 2.7. “Roʻparadagi harakatlanishga nisbatan imtiyoz” belgisi. Yoʻlning tor qismida harakatlanishda haydovchi roʻparadan kelayotgan transport vositasiga nisbatan imtiyozga egaligini bildiradi.
12-savol. N2, N3 toifadagi avtotransport vositalarining boshqaruv qurilmasida qanday eng katta umumiy lyuft yigʻindisiga yoʻl qoʻyiladi?
- 26°
- 25°
- 16°
- 20°
- 30°
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. 25°
YHQ 3-ilovasining 2.1-bandiga muvofiq, N3 toifa avtotransport vositasining boshqaruv qurilmasidagi lyuft yigʻindisi reglament (qatʼiy belgilangan) sharoitlardagi sinovlarda 25 gradusdan katta boʻlmasligi kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 41-dars «Nosozliklar: qachon haydash mumkin emas» →
13-savol. Old chiroqlar va orqa gabarit chiroqlari ishlamayotgan transport vositasi harakatini davom ettirishi taqiqlanadi:
- Faqat yetarli koʻrinmaslikda
- Faqat kunning qorongʻi vaqtida
- Barcha javoblarda koʻrsatilgan holatlarda
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Barcha javoblarda koʻrsatilgan holatlarda
Yoʻl harakati qoidalarining 12 bandiga asosan, haydovchiga quyidagilar taqiqlanadi: tormoz tizimi, rul boshqaruvi ishlamayotgan, ulagich moslamasi (avtopoyezd tarkibida) nosoz boʻlgan, sutkaning qorongʻi vaqtida yoki koʻrinish cheklangan vaziyatlarda yonmaydigan fara chiroqlari va orqa gabarit fara chiroqlari, yomgʻir yoki qor yogʻayotgan vaqtda oyna tozalagich ishlamaydigan transport vositasini boshqarish.
Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →
14-savol. Trotuar yoki piyodalar yoʻlkasi boʻlmaganda, piyodalar velosiped yoʻlkasi boʻylab harakat qila oladilarmi?
- Harakat qila oladilar
- Agar velosipedlarning harakatlanishini qiyinlashtirmasa, harakat qila oladilar
- Harakat qila olmaydilar
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Harakat qila oladilar
YHQ 4-bob 15-bandi 1-xatboshiga asosan, piyodalar trotuarlardan, piyodalar yoʻlkalaridan, piyoda va velosiped yoʻlkalaridan, ular boʻlmaganda esa yoʻl yoqalaridan harakatlanishi kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 3-dars «Piyodalarning vazifalari» →
15-savol. Bu yotiq chiziq bildiradi:
- Chorrahalarda tasmalar boʻyicha ruxsat etilgan harakat yoʻnalishlarini koʻrsatadi
- Harakat barcha yoʻnalishlarda ruxsat etilgan yoʻllarning kesishmasiga yaqinlashganlikni
- Koʻrsatilgan yoʻnalishlarda harakatlanish taqiqlanadi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Chorrahalarda tasmalar boʻyicha ruxsat etilgan harakat yoʻnalishlarini koʻrsatadi
YHQ 2-ilovasining 1-boʻlimidagi 1.18 chizigʻi, chorrahada tasmalar boʻlaklar boʻyicha ruxsat etilgan harakatlanish yoʻnalishlarini koʻrsatadi. Mustaqil yoki 5.8.1, 5.8.2 “Boʻlaklar boʻyicha harakatlanishning yoʻnalishi” belgilari bilan birgalikda qoʻllanilishi mumkin; oxiri berk yoʻl tasvirlangan chiziq shu yoʻnalishdagi yon tomonda joylashgan qatnov qismiga burilish taqiqlanganligini koʻrsatish uchun chiziladi; chetki chap tasmadan chapga burilishga ruxsat beruvchi yoʻnaltirgich shu tasmadan qayrilishga ham ruxsat beradi.
16-savol. Chorrahani ikkinchi boʻlib kesib oʻtadi:
- Yashil avtomobil
- Qizil avtomobil
- Koʻk avtomobil
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Koʻk avtomobil
YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart.
Mavzu boʻyicha videodars: 13-dars «Teng ahamiyatli chorrahalar» →
17-savol. Yoʻlda «TOʻXTASH» yozuvi koʻrinishidagi yoʻl chizigʻi nimani bildiradi?
- «Yoʻl bering» yoʻl belgisiga yaqinlashayotganligini bildiradi
- Tartibga solingan chorrahada toʻxtash chizigʻiga yaqinlashayotganligi haqida ogohlantiradi
- Toʻxtash chizigʻi va «Toʻxtamasdan harakatlanish taqiqlanadi» yoʻl belgisi oʻrnatilgan yoʻl qismiga yaqinlashayotganligini bildiradi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Toʻxtash chizigʻi va «Toʻxtamasdan harakatlanish taqiqlanadi» yoʻl belgisi oʻrnatilgan yoʻl qismiga yaqinlashayotganligini bildiradi
YHQ 2-ilovasining 1-boʻlimidagi 1.21 yoʻl chizigʻiga asosan, («STOP» — Toʻxtang! yozuvi) — 2.5 belgisi bilan birga qoʻllanilganda haydovchini 1.12 chizigʻiga yaqinlashayotganligi haqida ogohlantiradi.
18-savol. Burilish koʻrsatkichi bilan berilayotgan ogohlantiruvchi ishora qachon toʻxtatilishi kerak?
- Manevr bajarayotganda
- Manevr bajargandan soʻng darhol
- Manevr bajarishdan oldin
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Manevr bajargandan soʻng darhol
Yoʻl harakati qoidalarining 46 bandiga asosan, burilish koʻrsatkichi yoki qoʻl bilan berilayotgan ishora manevrni bajarishdan oldinroq berilishi va uni tugallagach, darhol toʻxtatilishi kerak (qoʻl bilan berilayotgan ishorani manevrni bevosita bajarishdan oldin tugallash mumkin).
Mavzu boʻyicha videodars: 18-dars «Avariya va ogohlantiruvchi ishoralar» →
19-savol. Belgilardan qaysi birining belgilangan yoʻnalishdagi transport vositalariga dahli yoʻq?
- 4
- 2
- 1
- 5
- 3
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. 4
YHQ 1-ilovasi 3-boʻlimining oʻttiz birinchi va oʻttiz sakkizinchi xatboshilariga asosan: 3.27. “Toʻxtash taqiqlangan”. Transport vositalarining toʻxtashi va toʻxtab turishi taqiqlanishini bildiradi. 3.27 belgisiga amal qilish yoʻnalishli transport vositalariga taʼsir qilmaydi.
20-savol. Ushbu vaziyatda kim yoʻl berishi kerak?
- Mikroavtobus haydovchisi
- Yengil avtomobil haydovchisi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Yengil avtomobil haydovchisi
YHQ 9-bobi 60-bandi: Transport vositalarining harakatlanish yoʻnalishlari kesishganda va oʻtish navbati Qoidalarda nazarda tutilmagan hollarda, haydovchi oʻng tomondan yaqinlashayotgan transport vositasiga yoʻl berishi kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 21-dars «Harakatni boshlash va manyovr» →
20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan
4-biletni onlayn yechish