Shatakka olish · 12-bilet, 1-savol
Qisman ortish usuli bilan avtomobilni shatakka olishda yoʻlovchilar qayerda boʻlishlari mumkin?
Javob variantlari
- Shatakka oluvchi avtomobilning kabinasida✓ Toʻgʻri javob
- Shatakka oluvchi avtomobilning kuzovida
- Har ikki avtomobilning kabinasida
- Shatakka olingan avtomobilning kabinasida
Izoh
YHQ 24 – bobi 143 – bandiga asosan: Qattiq yoki egiluvchan ulagich yordamida shatakka olingan avtobusda, trolleybusda va yuk avtomobili yukxonasida odam tashish, qisman ortish yoʻli bilan shatakka olishda esa shatakka olingan transport vositasining kabinasida va yukxonasida, shuningdek shatakka olgan transport vositasining yukxonasida odamlar boʻlishi taqiqlanadi.
Shunga koʻra, yoʻlovchilar qisman ortish yoʻli bilan shatakka olish yordamida shatakka olgan avtomobilning kabinasida boʻlishlari mumkin.
«Shatakka olish» mavzusidagi boshqa savollar
- Qaysi javobda shatakka olingan transport vositasidagi yoritish asboblarini yoqishning toʻgʻri holati koʻrsatilgan?
- Qattiq yoki egiluvchan ulagich yordamida shatakka olinganda, yuk avtomobilining yukxonasida odamlarni tashishga ruxsat beriladimi?
- Shatakka olingan mexanik transport vositasida qanday tashqi yoritish chiroqlari yoqilgan boʻlishi kerak?
- Boshqaruv qurilmasi nosoz mexanik transport vositasi shatakka olinishi kerak:
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.