Shatakka olish · 59-bilet, 10-savol
Qattiq yoki egiluvchan ulagich yordamida shatakka olinganda, yuk avtomobilining yukxonasida odamlarni tashishga ruxsat beriladimi?
Javob variantlari
- Faqat shatakka olingan avtomobil yukxonasida ruxsat beriladi
- Shatakka olgan va shatakka olingan avtomobillarning yukxonasida ruxsat beriladi
- Faqat shatakka olgan avtomobil yukxonasida ruxsat beriladi✓ Toʻgʻri javob
Izoh
Yoʻl harakati qoidalarining 143 bandiga asosan, qattiq yoki egiluvchan ulagich bilan shatakka olingan avtobusda, trolleybusda va yuk avtomobili yukxonasida odam tashish qisman ortish yoʻli bilan shatakka olishda esa shatakka olingan transport vositasining kabinasida va yukxonasida, shuningdek shatakka olgan transport vositasining yukxonasida odamlar boʻlishi taqiqlanadi.
«Shatakka olish» mavzusidagi boshqa savollar
- Shatakka olingan mexanik transport vositasida qanday tashqi yoritish chiroqlari yoqilgan boʻlishi kerak?
- Boshqaruv qurilmasi nosoz mexanik transport vositasi shatakka olinishi kerak:
- Yaxmalak boʻlganda shatakka olishga ruxsat etiladimi?
- Egiluvchan yoki qattiq ulagichda shatakka olingan mexanik transport vositasida odamlar tashishga ruxsat etiladimi?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.