Shatakka olish · 53-bilet, 9-savol

Mexanik transport vositalarini shatakka olishda egiluvchan ulagichga kamida nechta ogohlantiruvchi qurilma oʻrnatiladi?

Javob variantlari

  1. Kamida bitta
  2. Kamida ikkita✓ Toʻgʻri javob
  3. Kamida uchta

Izoh

Yoʻl harakati qoidalarining 177 bandiga asosan, mexanik transport vositalarini shatakka olishda egiluvchan ulagichni koʻrsatadigan ogohlantiruvchi, oʻlchami 200x200 millimetr boʻlgan, diagonali boʻyicha ketma-ket joylashgan, kengligi 50 millimetrli qizil va oq rangli enli chiziqlar tushirilgan, yorugʻlik qaytaradigan yuzali bayroqchalar yoki kvadrat koʻrinishidagi belgi oʻrnatilishi kerak.
Egiluvchan ulagichga kamida ikkita taniqlik belgisi oʻrnatiladi.

«Shatakka olish» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish