Shatakka olish · 27-bilet, 1-savol

Qanday hollarda haydovchisi boʻlmagan transport vositalarini shatakka olish mumkin?

Javob variantlari

  1. Egiluvchan yoki qattiq ulagichda shatakka olishda
  2. Barcha hollarda
  3. Qattiq ulagichda shatakka olishda
  4. Qattiq ulagichning tuzilishi shatakka olingan transport vositalarining shatakka olgan transport vositalari izidan harakatlanishini taʼminlaganda✓ Toʻgʻri javob

Izoh

YHQ 24-bobi 142-bandiga muvofiq, qattiq yoki egiluvchan ulagich bilan shatakka olish shatakka olingan transport vositasining rul boshqaruvida haydovchi boʻlgandagina amalga oshirilishi kerak. Toʻgʻri chiziq boʻylab harakatlanganda qattiq ulagichning konstruktsiyasi shatakka olingan transport vositasini shatakka olgan transport vositasining izidan harakatlanishini taʼminlaydigan hollar bundan mustasno.

«Shatakka olish» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish