Shatakka olish · 25-bilet, 11-savol
Tormoz tizimi ishlamaydigan avtomobilning vazni sizning avtomobilingiz vaznini yarmidan ortiq boʻlsa, uni shatakka olishingizga ruxsat etiladimi?
Javob variantlari
- Ruxsat etiladi
- Faqat 30 km/soat tezlikda ruxsat etiladi
- Ruxsat etilmaydi✓ Toʻgʻri javob
Izoh
YHQ 24-bobi 145 - bandiga muvofiq, ishchi tormoz tizimi ishlamayotgan transport vositasining haqiqiy vazni shatakka olgan transport vositasining haqiqiy vaznining yarmidan ortiq boʻlsa (haqiqiy vazni kam boʻlgan bunday transport vositasini faqat qattiq ulagich yordamida yoki qisman ortish usuli bilan shatakka olishga yoʻl qoʻyiladi) shatakka olish taqiqlanadi.
«Shatakka olish» mavzusidagi boshqa savollar
- Nosoz transport vositasini shatakka olgan yengil avtomobil salonida odam tashishga ruxsat etiladimi?
- Qattiq ulagichda shatakka olingan avtobusda yoki trolleybusda odam tashishga ruxsat etiladimi?
- Sanab oʻtilgan qaysi hollarda egiluvchan ulagichda shatakka olish taqiqlanadi?
- Shatakka olingan avtobusda odam tashishga ruxsat beriladimi?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.