Birinchi tibbiy yordam · 57-bilet, 11-savol

Son suyagining uchdan birining pastki qismi singanda jarohatlangan odamni transportda tashish uchun taxtakach qanday qoʻyiladi?

Javob variantlari

  1. Ikkita taxtakach oyoqning ikki tomonidan toʻpiqdan sonning yuqorigi uchdan bir qismigacha (singan joydan 15-20 sm yuqorigacha) qoʻyiladi
  2. Taxtakachni sonning butun uzunligicha tos-sondan tizza boʻgʻinigacha qoʻyib, singan joy bint bilan qattiq bogʻlab qoʻyiladi
  3. Ikkita taxtakach oyoqning ichki va tashqi tomonidan qoʻyiladi. Bittasini oyoq toʻpigʻidan qoʻltiqosti chuqurigacha, ikkinchisini toʻpiqdan songacha✓ Toʻgʻri javob

Izoh

Son suyagi singan holda ikkita taxtakach: biri – tashqari tarafda oyoq kaftidan to qoʻltiqosti chuqurigacha, boshqasi – ichki tarafda oyoq kaftidan to chovgacha qoʻyiladi. Son suyagi singan holda immobilizasiya vositasi boʻlmasa, shikastlangan oyoq sogʻoyoqqa mahkamlanib qoʻyiladi. Mahkamlovchi bogʻich singan suyakni siljitmasligi va jabrlanuvchiga qoʻshimcha ogʻriq yetkazmasligi lozim. Mahkamlovchi bogʻich oyoqning sogʻ qismiga bogʻlanadi.

«Birinchi tibbiy yordam» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish