Birinchi tibbiy yordam · 21-bilet, 11-savol

Qon oqishini toʻxtatuvchi jgut qoʻl-oyoqlarga qanday bogʻlanadi?

Javob variantlari

  1. Yaradan 10-15 sm pastga
  2. Bevosita yaraning oʻziga
  3. Yaradan 10-15 sm yuqoriga✓ Toʻgʻri javob

Izoh

Jgut qoʻyilishi deyarli barcha hollarda arterial qon ketishini toʻxtatadi. Arterial qon ketishini toʻxtatish uchun jgut avtomobilning tibbiy qutichasida ham mavjud. Jgut boʻlmagan hollarda kamar, belbogʻ, podtyajkalar va boshqa shunga oʻxshash vositalar qoʻllanilishi mumkin. Jgut qoʻl yoki oyoqqa qon ketish joyidan yuqoriroq joyga ikki-uch marta aylantirilib, faqat kiyim ustidan qoʻyiladi yoki uning tagiga bir necha qatlamdan iborat (dast)roʻmol, sochiq yoxud boshqa gazlamadan astar qoʻyiladi. Jgutni choʻzib mahkamlash qon ketishi toʻxtagan vaqtda toʻxtatiladi. Jgutga u qoʻyilgan vaqtni koʻrsatuvchi kichik qaydnoma qistirib qoʻyiladi.

«Birinchi tibbiy yordam» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish