Birinchi tibbiy yordam · 61-bilet, 19-savol
Benzin bugʻidan zaharlanishning alomatlari qanday?
Javob variantlari
- Koʻz oʻngi qorongʻilashadi, bosh aylanadi, muvozanat yoʻqoladi, yiqiladi. Tomir urishi sekinlashadi. Oyoq-qoʻl soviydi
- Mastga oʻxshab harakatlanadi, bosh aylanadi, ogʻriydi, koʻngil ayniydi, qayt qiladi, mushaklari tortishadi. Nafas olish sekinlashadi✓ Toʻgʻri javob
Izoh
Etillangan benzin (tetraetilqoʻrgʻoshin qoʻshilgan benzin)ning birdan katta miqdori havoga ajralishidan oʻtkir zaharlanish kelib chiqadi va unda koʻngil aynish, qusish, holsizlanish, bosh aylanishi, ishtahaning yoʻqolishi hollari yuzaga keladi. Ogʻizda metall taʼmi, tilda yot jizm sezilishi kabilar oʻziga xos belgilaridan biridir. Ogʻir holatlarda asabiylashish, chayqalib yurish, alahsirash, koʻrish va eshitishga oid gallyusinasiyalar va tomir tortishlar kuzatiladi. Etillanmagan benzindan ham zaharlanish mumkin. Shu kabi zaharlanishning alomatlari etillangan benzindan zaharlanishni eslatadi, biroq yengilroq tarzda oʻtadi.
«Birinchi tibbiy yordam» mavzusidagi boshqa savollar
- Qishda boldirga qon toʻxtatadigan jgutni qancha muddatga qoʻyish mumkin?
- Koʻkrak qafasining koʻp qismi jarohatlanganda uni qayerdan boshlab bint bilan bogʻlash kerak?
- Qoʻl jarohatlanganda jabrlanuvchining koʻylagi, kiyimi qanday yechilsa toʻgʻri boʻladi?
- Qornidan yopiq jarohat olgan jabrlanuvchi qanday tashiladi?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.