Birinchi tibbiy yordam · 20-bilet, 18-savol

Sonning yumshoq toʻqimalari lat yeganda birinchi tibbiy yordam qanday koʻrsatiladi?

Javob variantlari

  1. Oyoqni yumshoq predmetga qoʻyish
  2. Lat egan joyni qattiq bogʻlash, 15-20 daqiqaga muz solingan xalta qoʻyish. Oyoqni yuqori koʻtarish, tinch qoʻyish✓ Toʻgʻri javob
  3. Lat egan oyoqni tarang qilib (pastdan yuqoriga) bogʻlash, singandagi kabi shina qoʻyish. Bir stakanga yarim choy qoshigʻida ichimlik soda solib ichirish, kasalxonaga joʻnatish

Izoh

Shikastlangan qoʻl yoki oyoqni baland holatda saqlamoq va ichki qon quyilishini oldini olish uchun mumkin qadar tarang bogʻich bogʻlash lozim. Shikastlangan joyga 15-20 daqiqa muz qoʻyiladi (sovutish uchun sovuq kompress, muzli xalta, sovuq suv va boshqalar ishlatilishi mumkin). Ogʻriqni qoldirish uchun shikastlangan organga harakatsizlik sharoiti yaratiladi.

«Birinchi tibbiy yordam» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish