Birinchi tibbiy yordam · 7-bilet, 20-savol

Qoʻl-oyoq uchlari (tirsakdan past qismi, boldir) sinishida transport shinalari yoki ularni qoʻlda yasash uchun vositalar boʻlmasa birinchi tibbiy yordam qanday koʻrsatiladi?

Javob variantlari

  1. Qoʻllarni tirsakdan bukib, roʻmolga osgan holda tanaga bogʻlash, oyoqlarni bir-biriga yaxshilab jipslab tekkazib bogʻlash
  2. Qoʻllarni tirsakdan bukib, roʻmolga osgan holda tanaga bogʻlash, oyoqlarni orasiga albatta yumshoq mato qoʻyib bir-biriga bogʻlash✓ Toʻgʻri javob
  3. Qoʻllarni tana boʻylab choʻzgan holda tanaga bogʻlash, oyoqlarni orasiga yumshoq mato qoʻyib bir-biriga bogʻlash

Izoh

Yoʻl - transport hodisalarida birinchi yordam faniga asosan, qoʻl oyoq uchlari (tirsakdan past qismi, boldir) sinishida transport shinalari yoki ularni qoʻlda yasash uchun vositalar boʻlmasa birinchi tibbiy yordam, qoʻllarni tirsakdan bukib, roʻmolga osgan holda tanaga bogʻlash, oyoqlarni orasiga albatta yumshoq mato qoʻyib bir-biriga bogʻlash orqali koʻrsatiladi.

«Birinchi tibbiy yordam» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish