3.2 yoʻl belgisi «Harakatlanish taqiqlangan»

3.2 belgisi nimani anglatadi
Barcha transport vositalarining ikkala yoʻnalishda harakatlanishini taqiqlaydi.
Qayerda oʻrnatiladi
Harakat taqiqlangan yoʻl qismining boshlanishida oʻrnatiladi (masalan, piyodalar zonasi, taʼmirlanayotgan koʻcha).
Vaqtinchalik (koʻchma tirgakdagi) belgi sifatida sariq fonda oʻrnatilishi mumkin; vaqtinchalik va doimiy belgilar bir-biriga zid kelsa, vaqtinchalik belgiga amal qilinadi.
Haydovchi nima qilishi kerak
- 3.1–3.3, 3.18.1, 3.18.2, 3.19 va 3.27 belgilari 3.2–3.8 belgilari taʼsir oraligʻida joylashgan korxonalarga xizmat koʻrsatuvchi transport vositalariga, shuningdek, ushbu belgilar taʼsir oraligʻida yashovchi yoki ishlovchi fuqarolarga xizmat qiluvchi yoki ularga tegishli boʻlgan transport vositalariga taʼsir qilmaydi. Bunday hollarda transport vositalari belgilangan joyga yaqin chorrahadan kirib yoki chiqib ketishlari kerak.
- «Nogiron» tanish belgisi oʻrnatilgan avtomobil, mototsikl, moped va skuterni boshqarayotgan nogironligi bor haydovchilar 3.2, 3.3 va 3.28 belgilari talabidan chetga chiqishlari mumkin.
Shu belgiga oid test savollari
Trenajyorda shu belgiga bogʻliq savollar bor.
Toʻgʻri javob: C
2-bilet, 19-savolni ochishToʻgʻri javob: Vaqtinchalik belgi hisoblanadi
15-bilet, 4-savolni ochishToʻgʻri javob: Hammasi
19-bilet, 9-savolni ochishBu belgi qaysi transport vositalariga tegishli emas?
Toʻgʻri javob: Belgi taʼsirida joylashgan korxonalarga xizmat koʻrsatayotgan transport vositasiga
26-bilet, 6-savolni ochishQuyidagi belgilar qaysi yoʻnalishda harakatlanishga ruxsat beradi?
Toʻgʻri javob: Toʻgʻriga, oʻngga va qayrilishga
34-bilet, 4-savolni ochishQaysi yoʻnalishda harakatlanish taqiqlanadi?
Toʻgʻri javob: Chapga va oʻngga
40-bilet, 4-savolni ochish





