3.7 yoʻl belgisi «Tirkama bilan harakatlanish taqiqlangan»

3.7 belgisi nimani anglatadi
Yuk avtomobillari va traktorlarning barcha turdagi tirkamalar bilan harakatlanishini, shuningdek mexanik transport vositalarini shatakka olishni taqiqlaydi.
Qayerda oʻrnatiladi
Tirkamali transport uchun yopiq yoʻl qismining boshlanishida oʻrnatiladi.
Haydovchi nima qilishi kerak
- Belgi yengil avtomobilning tirkama bilan harakatlanishiga toʻsqinlik qilmaydi — u faqat yuk avtomobillari va traktorlarga taalluqli.
- Belgi taʼsir oraligʻida boshqa mexanik transport vositasini shatakka olib oʻtish ham taqiqlanadi.
- 3.2–3.8 belgilari ularning taʼsir oraligʻida joylashgan korxonalarga xizmat koʻrsatuvchi, shu hududda yashovchi yoki ishlovchi fuqarolarga tegishli transport vositalariga taalluqli emas. Bunday hollarda belgilangan joyga eng yaqin chorrahadan kirib yoki chiqib ketish kerak.
Shu belgiga oid test savollari
Trenajyorda shu belgiga bogʻliq savollar bor.
Bu belgi oʻrnatilgan yoʻlda kajavali motosiklni shatakka olishga ruxsat etiladimi?
Toʻgʻri javob: Taqiqlanadi
1-bilet, 9-savolni ochishBu belgi oʻrnatilgan joyda tirkamali yengil avtomobilni harakatlanishga ruxsat beriladimi?
Toʻgʻri javob: Ruxsat beriladi
19-bilet, 13-savolni ochishShatakka olib harakatlanishingiz mumkin:
Toʻgʻri javob: Faqat «А» yoʻnalishi boʻyicha
20-bilet, 11-savolni ochishAgar yoʻlda bu belgi oʻrnatilgan boʻlsa, avtomobilni shatakka olishga ruxsat etiladimi?
Toʻgʻri javob: Taqiqlanadi
20-bilet, 2-savolni ochish





