40-bilet: YHQ test savollari va javoblari

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

40-biletni onlayn yechish

Mashq bazasidagi 40-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.

1-savol. Ushbu yoʻl belgisi nimani bildiradi?

Ushbu yoʻl belgisi nimani bildiradi?
  1. Xavfli yuk tashiyotgan transport vositalari harakatini taqiqlaydi
  2. Portlovchi va tez alangalanadigan yuk tashiyotgan transport vositalari harakatini taqiqlaydi
  3. Ogʻir yuk tashiyotgan transport vositalari harakatini taqiqlaydi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Xavfli yuk tashiyotgan transport vositalari harakatini taqiqlaydi

YHQ 1-ilovasining 3-boʻlimi 3.32 «Xavfli yuk tashiyotgan transport vositasining harakati taqiqlangan» belgisiga muvofiq, xavfli yuk tashiyotgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 6-dars «Taqiqlovchi belgilar» →

2-savol. Avtomagistralda toʻxtashga ruxsat berilgan

  1. 5.15 yoki 6.11 yoʻl belgilari bilan belgilangan maxsus toʻxtab turish maydonchalarida
  2. Qatnov qismidan chetda barcha joyda
  3. Faqat qatnov qismini chetini bildiruvchi chiziqdan chetda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. 5.15 yoki 6.11 yoʻl belgilari bilan belgilangan maxsus toʻxtab turish maydonchalarida

Yoʻl harakati qoidalarining 121 bandiga asosan, avtomagistrallarda quyidagilar taqiqlanadi: 5.15 yoki 6.11 yoʻl belgilari bilan belgilangan maxsus toʻxtab turish maydonchalaridan boshqa joylarda toʻxtash.

Mavzu boʻyicha videodars: 28-dars «Avtomagistrallar» →

3-savol. Qaysi belgi «Mehmonxona»ni bildiradi?

Qaysi belgi «Mehmonxona»ni bildiradi?
  1. 3
  2. 1
  3. 4
  4. 5
  5. 2
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. 3

YHQ 1-ilovasining 6-boʻlimi 6.9 "Mehmonxona yoki motel" belgisiga muvofiq, yoʻl harakat qatnashchilariga mehmonxona yoki motel haqida maʼlumot berish uchun qoʻllaniladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 9-dars «Servis belgilari» →

4-savol. Qaysi yoʻnalishda harakatlanish taqiqlanadi?

Qaysi yoʻnalishda harakatlanish taqiqlanadi?
  1. Toʻgʻriga va orqa burilish yoʻnalishida
  2. Chapga va oʻngga
  3. Hamma yoʻnalishlarda
  4. Faqat toʻgʻriga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Chapga va oʻngga

YHQ 1-ilovasi 7-boʻlimidagi 7.3.3 “Taʼsir yoʻnalishlari” qoʻshimcha axborot belgisi, chorraha oldida oʻrnatilgan 3.2. “Harakatlanish taqiqlangan” belgisining taʼsir yoʻnalishlarini koʻrsatadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 10-dars «Qoʻshimcha axborot belgilari (jadvallar)» →

5-savol. Belgi ostidagi qoʻshimcha axborot belgisi nimani bildiradi?

Belgi ostidagi qoʻshimcha axborot belgisi nimani bildiradi?
  1. Birinchi burilishdan ikkinchi burilishning boshlanishigacha boʻlgan masofani
  2. Belgidan birinchi burilishning boshlanishigacha boʻlgan masofani
  3. Yoʻlning xavfli burilishlari boʻlgan qatnov qismi uzunligini
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Yoʻlning xavfli burilishlari boʻlgan qatnov qismi uzunligini

YHQ 1 – ilovasi 7 – boʻlimining beshinchi xatboshisiga asosan: 7.2.1 “Taʼsir oraligʻi". Ogohlantiruvchi belgilar bilan belgilangan xavfli joyning uzunligini yoki taqiqlovchi va axborot – koʻrsatkich belgilarining taʼsir oraligʻini koʻrsatadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 10-dars «Qoʻshimcha axborot belgilari (jadvallar)» →

6-savol. Ushbu vaziyatda qayrilib olishga ruxsat etiladimi?

Ushbu vaziyatda qayrilib olishga ruxsat etiladimi?
  1. Ruxsat etiladi
  2. Ruxsat etilmaydi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Ruxsat etilmaydi

YHQ 15-bobi 102-bandiga muvofiq, svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chorrahaga kirgan haydovchi undan chiqishda svetofor ishoralaridan qatʼi nazar, moʻljallangan yoʻnalishda harakatlanishni davom ettirishi kerak. Biroq chorrahada haydovchining harakatlanish yoʻlida joylashgan svetoforlar oldida toʻxtash chiziqlari (yoki 5.33 yoʻl belgisi) boʻlsa, u har bir svetofor ishoralariga amal qilishi shart.

Mavzu boʻyicha videodars: 16-dars «Svetofor ishoralari» →

7-savol. Kunduzgi vaqtda yaqinni yorituvchi fara chirogʻini yoqish ogohlantirish ishorasi boʻladimi?

  1. Boʻladi
  2. Boʻlmaydi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Boʻladi

YHQ 8-bobi 44-bandiga muvofiq, kunduz kuni yaqinni yorituvchi fara chirogʻining yoqilishi ogohlantiruvchi ishoralar hisoblanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 18-dars «Avariya va ogohlantiruvchi ishoralar» →

8-savol. Kunning qorongʻi vaqtida va yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitlarda yoʻlda qoldirilgan yoʻl mashinalari, qurilish materiallari, qurilmalar va hokazolar belgilanishi kerak:

  1. Barcha sanab oʻtilgan hollar bajarilishi kerak
  2. Qizil yoki sariq yoritkich chiroqlari bilan
  3. Yoʻnaltiruvchi va tevaragini oʻrovchi moslamalar bilan
  4. Tegishli yoʻl belgilari bilan
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Barcha sanab oʻtilgan hollar bajarilishi kerak

YHQ 29-bobi 182-bandiga asosan: Yoʻllarda taʼmirlash ishlarini bajarishga javobgar mansabdor va boshqa shaxslar ishlar olib borilayotgan joyda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga majbur. Bunday joylar, shuningdek yoʻldan tashqariga olib chiqish imkoniyati boʻlmagan ish bajarmayotgan yoʻl mashinalari, qurilish materiallari, qurilma va shunga oʻxshashlar tegishli yoʻl belgilari, yoʻnaltiruvchi va toʻsuvchi moslamalar bilan, sutkaning qorongʻi vaqtida va yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda esa, qoʻshimcha qizil yoki sariq chiroqli ishoralar bilan belgilanishi kerak. Taʼmirlash ishlari tugagandan soʻng transport vositalari va piyodalarning xavfsiz harakatlanishi taʼminlangan boʻlishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 35-dars «Oʻquv haydash» →

9-savol. Kim oʻquv tashkilotlarida avtomototransport vositalarini boshqarishni oʻrgatish huquqiga ega?

  1. Boshqarishni oʻrgatish huquqini beruvchi hujjatlari boʻlgan haydashni oʻrgatuvchi instruktor
  2. 3 yillik ishlagan davri boʻlgan haydovchi
  3. 5 yil haydovchilik ishlagan davriga ega boʻlgan 1 - va 2 - toifa haydovchilar
  4. Tajribali haydovchi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Boshqarishni oʻrgatish huquqini beruvchi hujjatlari boʻlgan haydashni oʻrgatuvchi instruktor

YHQ 25-bobi 148-bandiga asosan: Avtomototransport vositasini yoki shahar elektr transportini boshqarish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar instruktori boshqarishni oʻrgatish huquqini beruvchi hujjatga, shuningdek tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomaga ega boʻlishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 35-dars «Oʻquv haydash» →

10-savol. Suratdagi tasvirlangan holatda haydovchi nima qilishi lozim?

Suratdagi tasvirlangan holatda haydovchi nima qilishi lozim?
  1. Tezlikni zarur boʻlganda darhol toʻxtash imkonini beradigan darajagacha pasaytirib harakatni davom ettirish
  2. Bekatda (yoʻl oʻrtasida) turgan bir xil yoʻnalishdagi tramvayga borayotgan yoki undan kelayotgan piyodalarga yoʻl berish
  3. Toʻxtash va tramvay eshiklari yopilgandan keyin harakatlanishni boshlash
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Bekatda (yoʻl oʻrtasida) turgan bir xil yoʻnalishdagi tramvayga borayotgan yoki undan kelayotgan piyodalarga yoʻl berish

YHQ 17-bobi 114-bandiga asosan, agar yoʻlovchilarni tushirish yoki chiqarish qatnov qismida yoki unda joylashgan maydonchada amalga oshirilayotgan boʻlsa, haydovchi bekatda toʻxtagan yoʻnalishli transport vositasi eshiklari tomon borayotgan yoki undan kelayotgan piyoda(lar)ga yoʻl berishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 26-dars «Piyodalar oʻtish joyi va bekatlar» →

11-savol. Qaysi qoʻshimcha axborot belgilari birga qoʻllanilganda belgilarning taʼsir oraligʻini koʻrsatadi?

Qaysi qoʻshimcha axborot belgilari birga qoʻllanilganda belgilarning taʼsir oraligʻini koʻrsatadi?
  1. Faqat «А»
  2. Faqat «Б»
  3. «Б» va «В»
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. «Б» va «В»

YHQ 1-ilovasining 7-boʻlimidagi 7.2.1 belgiga asosan, «Taʼsir oraligʻi». Ogohlantiruvchi belgilar bilan belgilangan xavfli joyning uzunligini yoki taqiqlovchi va axborot-koʻrsatkich belgilarining taʼsir oraligʻini koʻrsatadi.
YHQ 1-ilovasining 7-boʻlimidagi 7.2.2 belgiga asosan, «Taʼsir oraligʻi».

Mavzu boʻyicha videodars: 10-dars «Qoʻshimcha axborot belgilari (jadvallar)» →

12-savol. Birinchi boʻlib chorrahani kesib oʻtadi:

Birinchi boʻlib chorrahani kesib oʻtadi:
  1. Yashil avtomobil
  2. Qizil avtomobil
  3. Koʻk avtomobil
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Koʻk avtomobil

YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart.

Mavzu boʻyicha videodars: 13-dars «Teng ahamiyatli chorrahalar» →

13-savol. Koʻrsatilgan holatda oʻzib oʻtishga ruxsat etiladimi?

Koʻrsatilgan holatda oʻzib oʻtishga ruxsat etiladimi?
  1. Taqiqlanadi
  2. Ruxsat etiladi
  3. Agar oʻzib oʻtilayotgan transport vositasining tezligi 40 km/soatdan kam boʻlsa, ruxsat beriladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Ruxsat etiladi

YHQ 12-bobi 86-bandi 5-xatboshiga asosan, quvib oʻtish quyidagi hollarda taqiqlanadi - temir yoʻl kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan kam qolganda.

Mavzu boʻyicha videodars: 24-dars «Quvib oʻtish» →

14-savol. Ushbu avtomobilga koʻrsatilgan yoʻnalishlardan qaysi biriga harakatlanishga ruxsat etiladi?

Ushbu avtomobilga koʻrsatilgan yoʻnalishlardan qaysi biriga harakatlanishga ruxsat etiladi?
  1. Faqat qayrilib olishga
  2. Ikkala yoʻnalishga ham harakatlanishga ruxsat etiladi
  3. Ikkala yoʻnalishga ham harakatlanish taqiqlanadi
  4. Faqat chapga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Ikkala yoʻnalishga ham harakatlanishga ruxsat etiladi

YHQga 1-ILOVA 3.18.2 bandi va 3.Taqiqlovchi belgilarning 47-xatboshiga asosan: 3.18.2. «Chapga burilish taqiqlanadi». 3.18.1 va 3.18.2 belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga oʻrnatilsa, shu kesishmaga tatbiq etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 16-dars «Svetofor ishoralari» →

15-savol. Avtomobilning qaysi gʻildiraklari «sirpanib» tormozlanishga koʻproq moyil boʻladi?

  1. Oldingi gʻildiraklar
  2. Orqa gʻildiraklar
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Orqa gʻildiraklar

Inersiya kuchi taʼsiri ostida tormozlash vaqtida oʻqlarga tushadigan ogʻirlik qayta taqsimlanishi roʻy beradi. Old oʻqqa nisbatan ogʻirlik koʻpayadi, orqa oʻqqa nisbatan kamayadi. Tormozlash surʼati qanchalik baland boʻlsa, oʻqlarga tushadigan ogʻirlik qayta taqsimlanishi sezilarliroq boʻladi. Orqa oʻqdan ogʻirlik kamayishi bilan gʻildirakni yoʻlga bosuvchi kuch kamayadi, shu sababli gʻildirakning sirgʻanishi ( aylanmasdan siljishi ) va avtomobilning surulib ketishi ehtimoli yuzaga keladi. Old oʻqda ogʻirlik koʻpayishi gʻildirakni yoʻlga bosish kuchini koʻpaytiradi, shu sababli, sirgʻalish ehtimoli kamayadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →

16-savol. Qaysi transport vositasining haydovchisi toʻxtab turish qoidasini buzdi?

Qaysi transport vositasining haydovchisi toʻxtab turish qoidasini buzdi?
  1. Koʻk avtomobilning haydovchisi
  2. Qizil avtomobilning haydovchisi
  3. Har ikki haydovchi buzdi
  4. Har ikki haydovchi ham buzmadi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Har ikki haydovchi buzdi

Yoʻl harakati qoidalarining 91 bandiga asosan, quyidagilarda toʻxtash taqiqlanadi: qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 30 metrdan kam masofada (uch tomonlama kesishadigan chorrahalarda yondan tutashgan yoʻlning sidirgʻa chiziq yoki ajratuvchi mintaqa bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno).
YHQ 1-ilovasining 3-boʻlimidagi 3.28 belgiga asosan, «Toʻxtab turish taqiqlangan». Transport vositalarining toʻxtab turishi taqiqlanadi (xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli boʻyoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari bundan mustasno).

Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →

17-savol. Mexanik transport vositasi shatakka olinganda egiluvchan ulagich qanday belgilanishi kerak?

  1. Transport vositasi orqasiga mustahkamlangan falokat toʻxtash belgisi bilan belgilanishi kerak
  2. Qizil va oq rangli chiziqlar tushirilgan, yorugʻlik qaytaradigan yuzali, bayroqchalar yoki taxtachalar bilan
  3. Transport vositasi oldi tomoni oq rangli, orqasi qizil rangli fonarlar bilan belgilanishi kerak
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Qizil va oq rangli chiziqlar tushirilgan, yorugʻlik qaytaradigan yuzali, bayroqchalar yoki taxtachalar bilan

YHQ 24-bobi 144-bandiga asosan: Egiluvchan ulagich bilan shatakka olishda shatakka olgan va shatakka olingan transport vositalari oʻrtasidagi masofa 4-6 metr oraligʻida boʻlishi, qattiq ulagich bilan shatakka olishda esa 4 metrdan koʻp boʻlmasligi kerak. YHQning 177-bandida koʻrsatilganidek, oq va qizil rangdagi chiziqli bayroqcha yoki taxtakach bilan belgilanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 34-dars «Shatakka olish» →

18-savol. Quvib oʻtilayotgan transport vositasining haydovchisiga nima taqiqlanadi?

  1. 40 km/soatdan ortiq tezlik bilan harakat qilish
  2. Oʻz transport vositasining harakat tezligini kamaytirish bilan quvib oʻtishga toʻsqinlik qilish
  3. Harakat tezligini oshirish yoki boshqa hatti-harakatlar yoʻli bilan quvib oʻtishga toʻsqinlik qilish
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Harakat tezligini oshirish yoki boshqa hatti-harakatlar yoʻli bilan quvib oʻtishga toʻsqinlik qilish

YHQ 12-bobining 71-bandiga asosan, quvib oʻtilayotgan transport vositasining haydovchisiga harakat tezligini oshirish yoki boshqa xatti-harakatlar bilan quvib oʻtishga toʻsqinlik qilish taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 24-dars «Quvib oʻtish» →

19-savol. Asosiy yoʻl:

Asosiy yoʻl:
  1. Faqat yuqori chapdagi rasmda
  2. Barcha rasmlarda
  3. Faqat yuqori oʻngdagi rasmda
  4. Yuqoridagi ikkala rasmda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. Yuqoridagi ikkala rasmda

YHQ 1-ilova 1-bob. Umumiy qoidalar: asosiy yoʻl — tuproqli yoki shagʻalli yoʻlga nisbatan qattiq qoplamali (asfalt, sement-betonli va shunga oʻxshashlar yotqizilgan), kesishayotgan yoki tutashgan yoʻlga nisbatan 2.1, 2.3.1 — 2.3.3 yoki 5.1 yoʻl belgilari bilan belgilangan yoxud yondosh hududdan chiqadigan yoʻlga nisbatan har qanday yoʻl. Ikkinchi darajali yoʻlning bevosita chorrahaga tutash qismning qoplamali boʻlishi uni asosiy yoʻl bilan teng huquqli qilmaydi.

Mavzu boʻyicha videodars: 8-dars «Axborot-koʻrsatkich belgilari» →

20-savol. Qaysi rasmda harakatlanishning toʻgʻri yoʻnalishi koʻrsatilgan?

Qaysi rasmda harakatlanishning toʻgʻri yoʻnalishi koʻrsatilgan?
  1. Ikkalasida
  2. Birinchida
  3. Ikkinchida
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Ikkinchida

YHQ 1-ilovasining 4-boʻlimidagi 4.2.2 "Toʻsiqni chapdan chetlab oʻtish" belgisi qoʻyilgan joyda toʻsiqni faqat koʻrsatkich koʻrsatgan tomondan aylanib oʻtish ruxsat yetiladi. YHQ 2-ilovasining 1-yotiq chiziqlar boʻlimida yoʻl belgilarining, shu jumladan, vaqtincha yoʻl belgilarining va yotiq yoʻl chiziqlarining maʼnolari bir-biriga zid kelgan hollarda yoki yoʻl chiziqlarini yetarlicha farqlab boʻlmasa, haydovchilar yoʻl belgilariga amal qilishlari kerakligi koʻrsatilgan.

Mavzu boʻyicha videodars: 7-dars «Buyuruvchi belgilar» →

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

40-biletni onlayn yechish

Keyingi: 41-bilet →

Qoʻngʻiroq qilish