34-bilet: YHQ test savollari va javoblari

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

34-biletni onlayn yechish

Mashq bazasidagi 34-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.

1-savol. Ushbu holatda quvib oʻtishga ruxsat etiladimi?

Ushbu holatda quvib oʻtishga ruxsat etiladimi?
  1. Ruxsat etiladi
  2. Agar quvib oʻtilayotgan transport vositasi 40 km/soat dan kam tezlik bilan harakatlanayotgan boʻlsa, ruxsat beriladi
  3. Taqiqlanadi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Taqiqlanadi

YHQ 2-ilovasining 1-boʻlimi 1-xatboshiga asosan, 1.1 chizigʻi qarama-qarshi yoʻnalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yoʻlning xavfli joylaridagi harakatlanish tasmasi chegarasini va velosipedchilar uchun tasmaning chegarasini bildiradi; yoʻlning kirish taqiqlangan qismi chegarasini belgilaydi; transport vositalarining toʻxtab turish joyi chegarasini hamda avtomagistral qatoriga kiritilmagan yoʻlning qatnov qismi chegarasini bildiradi. 1.1 chizigʻini bosib oʻtish taqiqlanadi, qatnov qismining chetini bildirish uchun qoʻllanilgan 1.1 chizigʻi bundan mustasno.

Mavzu boʻyicha videodars: 19-dars «Yotiq chiziqlar» →

2-savol. Avtomobil haydovchisiga qaysi yoʻnalishlarda harakatlanishga ruxsat etiladi?

Avtomobil haydovchisiga qaysi yoʻnalishlarda harakatlanishga ruxsat etiladi?
  1. Faqat A
  2. Barchasi
  3. Faqat B
  4. Faqat A va B
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Faqat B

YHQga 1-ILOVA 4.1.4 bandi va 9-bob. 56-band 1-xatboshiga asosan: 4.1.4. «Harakatlanish toʻgʻriga yoki oʻngga».
56. Aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi oʻngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yoʻnalishda harakatlanishi uchun moʻljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart.

Mavzu boʻyicha videodars: 7-dars «Buyuruvchi belgilar» →

3-savol. Aholi punktlaridan tashqarida yuk avtomobil yukxonasida odamlarni tashishda qanday eng yuqori tezlikda harakatlanishga ruxsat etiladi?

  1. 40 km/soat
  2. 50 km/soat
  3. 80 km/soat
  4. 70 km/soat
  5. 60 km/soat
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 5. 60 km/soat

YHQ 11-bobi 80-bandining birinchi xatboshisiga asosan, har qanday yoʻllarda: yukxonasida odam tashiyotgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 60 kilometrdan oshirmasdan.

Mavzu boʻyicha videodars: 23-dars «Harakatlanish tezligi» →

4-savol. Quyidagi belgilar qaysi yoʻnalishda harakatlanishga ruxsat beradi?

Quyidagi belgilar qaysi yoʻnalishda harakatlanishga ruxsat beradi?
  1. Toʻgʻriga, oʻngga va qayrilishga
  2. Faqat chapga
  3. Faqat oʻngga
  4. Faqat toʻgʻriga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Toʻgʻriga, oʻngga va qayrilishga

YHQ 1-ilovasi 7-boʻlimidagi 7.3.2 "Taʼsir yoʻnalishlari" qoʻshimcha axborot belgisi, chorraha oldida oʻrnatilgan 3.2. "Harakatlanish taqiqlangan" belgisining taʼsir yoʻnalishini koʻrsatadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 10-dars «Qoʻshimcha axborot belgilari (jadvallar)» →

5-savol. Chorrahadan ikkinchi boʻlib kim oʻtadi?

Chorrahadan ikkinchi boʻlib kim oʻtadi?
  1. Koʻk avtomobil
  2. Tramvay
  3. Qizil avtomobil
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Tramvay

YHQ 16-bobi 106-, 105- va 104-bandlariga asosan, asosiy yoʻlning yoʻnalishi chorrahada oʻzgarganda, asosiy yoʻlda harakatlanayotgan haydovchilar oʻzaro teng ahamiyatli yoʻllar chorrahasidan oʻtish qoidasiga amal qilishlari kerak. Teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorrahada tramvay harakatlanish yoʻnalishidan qatʼi nazar, teng ahamiyatli yoʻlda bir yoʻnalishda yoki qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega.

Mavzu boʻyicha videodars: 15-dars «Chorraha: asosiy yoʻl burilganda» →

6-savol. Sariq uzuq-uzuq yotiq chiziq qaysi yoʻl belgisi bilan qoʻllanilishi mumkin?

Sariq uzuq-uzuq yotiq chiziq qaysi yoʻl belgisi bilan qoʻllanilishi mumkin?
  1. «Toʻxtash taqiqlangan»
  2. «Oyning toq sonli kunlarida toʻxtab turish taqiqlangan»
  3. «Toʻxtab turish taqiqlangan»
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. «Toʻxtab turish taqiqlangan»

YHQ 2-ilovasining 1-boʻlimidagi 1.10 chizigʻi toʻxtab turish taqiqlangan joyni bildiradi; yakka holda yoki 3.28 "Toʻxtab turish taqiqlangan" yoʻl belgisi bilan qoʻllaniladi va yoʻlning qatnov qismi chetiga yoki yoʻl chetidagi toʻsiq ustidan chiziladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 19-dars «Yotiq chiziqlar» →

7-savol. Qaysi rasmda ikkita qatnov qismiga ega yoʻl koʻrsatilgan?

Qaysi rasmda ikkita qatnov qismiga ega yoʻl koʻrsatilgan?
  1. Ikkinchisida
  2. Ikkala rasmda
  3. Birinchisida
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Ikkinchisida

Yoʻl harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, ajratuvchi mintaqa — yoʻlning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, transport vositalari harakatlanishi yoki toʻxtashi uchun moʻljallanmagan, yoʻl sathidan koʻtarilgan yoki maysazor, ariq, maxsus toʻsiqlar bilan ajratilgan baland qismi.

Mavzu boʻyicha videodars: 1-dars «Umumiy qoidalar va atamalar» →

8-savol. Ushbu yoʻl nechta qatnov qismiga ega?

Ushbu yoʻl nechta qatnov qismiga ega?
  1. 4
  2. 1
  3. 2
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. 1

Yoʻl harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, qatnov qismi — yoʻlning relssiz transport vositalari harakatlanishi uchun moʻljallangan qismi.

Mavzu boʻyicha videodars: 1-dars «Umumiy qoidalar va atamalar» →

9-savol. Quyidagi chiziq nimani bildiradi?

Quyidagi chiziq nimani bildiradi?
  1. Boshqarilmaydigan piyodalar oʻtish joyi
  2. Velosiped yoʻlkasi yoʻlni kesib oʻtuvchi joy
  3. Avtomobillar oʻtadigan yoʻlni kesib oʻtuvchi piyodalarni oʻtkazib yuborish uchun toʻxtash majburiy boʻlgan joy
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Velosiped yoʻlkasi yoʻlni kesib oʻtuvchi joy

YHQ 2-ilovasi 1-boʻlimining oʻn toʻqqizinchi xatboshisiga asosan: 1.15 – yoʻlining velosiped yoʻlkasi kesib oʻtgan joyini bildiradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 19-dars «Yotiq chiziqlar» →

10-savol. Chorrahani uchinchi boʻlib kim oʻtadi?

Chorrahani uchinchi boʻlib kim oʻtadi?
  1. Koʻk avtomobil
  2. Qizil avtomobil
  3. Yashil avtomobil
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Koʻk avtomobil

YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart.

Mavzu boʻyicha videodars: 13-dars «Teng ahamiyatli chorrahalar» →

11-savol. Haydovchining oʻrtacha reaksiya vaqti deb qabul qilingan:

  1. Taxminan 1 soniya
  2. Taxminan 5 soniya
  3. Taxminan 0,2 soniya
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Taxminan 1 soniya

Harakat xavfsizligi asoslari talablariga asosan, haydovchining oʻrtacha reaksiya vaqti taxminan 1 soniya deb qabul qilingan.

Mavzu boʻyicha videodars: 40-dars «Harakat xavfsizligi asoslari» →

12-savol. Qaysi haydovchi birinchi boʻlib harakatni davom ettiradi?

Qaysi haydovchi birinchi boʻlib harakatni davom ettiradi?
  1. Koʻk avtomobil haydovchisi
  2. Sariq avtomobil haydovchisi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Koʻk avtomobil haydovchisi

YHQning 15-bob. 99-band hamda 7-bob. 43-band 2-xatboshiga asosan: 99. Svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chapga burilayotgan yoki qayrilib olayotgan relssiz transport vositasining haydovchisi qarama-qarshi tomondan toʻgʻriga harakatlanayotgan va oʻngga burilayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Tramvay haydovchilari ham ushbu Qoidaga amal qilishlari kerak.
Svetofor ishoralari imtiyoz belgilari talablariga zid boʻlgan hollarda haydovchilar svetofor ishoralariga amal qilishlari kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 8-dars «Axborot-koʻrsatkich belgilari» →

13-savol. Yuk avtomobiliga qaysi yoʻnalishlar boʻyicha harakatlanishga ruxsat etiladi?

Yuk avtomobiliga qaysi yoʻnalishlar boʻyicha harakatlanishga ruxsat etiladi?
  1. Chapga va qayrilib olishga
  2. Toʻgʻriga va chapga
  3. Faqat chapga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Faqat chapga

YHQning 10-bob. 67-band 3, 4 va 5-xatboshilariga asosan: Aholi punktlarida ushbu bandning birinchi xatboshi va ushbu Qoidalarning 69, 123 va 161-bandlaridagi talablarni hisobga olgan holda, haydovchilar oʻzlariga qulay boʻlgan harakatlanish boʻlagidan foydalanishlari mumkin. Harakatlanish serqatnovligi sababli boshqa tasmalar band boʻlganda harakatlanish qatorini faqat oʻngga yoki chapga burilish, qayrilib olish, toʻxtash yoki toʻsiqni aylanib oʻtish uchun oʻzgartirishga ruxsat etiladi.
Biroq, bir yoʻnalishdagi uch va undan ortiq tasmali har qanday yoʻlda chetki chap qatorni harakat serqatnovligi sababli boshqa boʻlaklar band boʻlgan hollarda, shuningdek, quvib oʻtish, chapga burilish yoki qayrilib olishga, yuk avtomobillariga faqat chapga burilish yoki qayrilib olish uchun chetki chap qatorni egallashga ruxsat etiladi.
Boshqa hollarda yuk avtomobillariga yoʻlning chetki chap qatorida harakatlanish taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →

14-savol. Chorrahani uchinchi boʻlib kesib oʻtadi:

Chorrahani uchinchi boʻlib kesib oʻtadi:
  1. Sariq avtomobil
  2. Koʻk avtomobil
  3. Yashil avtomobil
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Yashil avtomobil

YHQ 16-bobi 104-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yoʻldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yoʻnalishidan qatʼi nazar, yoʻl berishi kerak. YHQ 16-bobi 107-bandiga asosan, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yoʻldan qarama-qarshi yoʻnalishdan toʻgʻriga yoki oʻngga harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart.

Mavzu boʻyicha videodars: 14-dars «Chorraha: asosiy yoʻl toʻgʻri» →

15-savol. Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qoʻshimcha tarmoqning yoʻnaltirgichi yashil ishorasi yoʻnalishida harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi kimga yoʻl berishi kerak?

  1. Qarama-qarshi yoʻnalishda toʻgʻriga yoki oʻngga harakatlanayotgan transport vositalariga
  2. Oʻngdan kelayotgan transport vositalariga
  3. Boshqa yoʻnalishlarda harakatlanayotgan transport vositalariga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Boshqa yoʻnalishlarda harakatlanayotgan transport vositalariga

Yoʻl harakati qoidalarining 100 bandiga asosan, Svetoforning taqiqlovchi qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qoʻshimcha tarmoqning koʻrsatkichli yashil ishorasi yoʻnalishida harakatlanayotgan haydovchi boshqa yoʻnalishlardan harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 11-dars «Chorrahalardan oʻtish asoslari» →

16-savol. Qaysi transport vositalari oʻngga harakatlanishga ruxsat etiladi?

Qaysi transport vositalari oʻngga harakatlanishga ruxsat etiladi?
  1. Tramvayga
  2. Har ikkisiga
  3. Yengil avtomobilga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Yengil avtomobilga

YHQning 7-bob. 31-band 2-xatboshi hamda 36-band 2-xatboshiga asosan: 31. Svetoforning doirasimon ishoralari quyidagi maʼnoni bildiradi:
yashil ishora harakatlanishga ruxsat beradi.
36. Tramvaylarning hamda maxsus ajratilgan tasma boʻylab harakatlanayotgan boshqa yoʻnalishli transport vositalarining harakatlanishini tartibga solish uchun «T» harfi koʻrinishida joylashgan toʻrtta doirasimon oq rang ishorali svetoforlar qoʻllanilishi mumkin.
Yuqoridagi bir yoki bir nechta va pastki ishora bir vaqtning oʻzida yonganda, harakatlanishga ruxsat etiladi. Ulardan chapdagisi chapga, oʻngdagisi oʻngga, oʻrtadagisi toʻgʻriga yurishga ruxsat beradi. Pastdagi ishora oʻchirilib, yuqoridagi uchta ishora bir vaqtda yonsa, harakatlanish taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 16-dars «Svetofor ishoralari» →

17-savol. Quyidagilar poezdni toʻxtatish ishorasi boʻlib xizmat qiladi:

  1. Oldinga uzatilgan qoʻllarni yuqoriga va pastga tebratish
  2. Qoʻllarini oldinga uzatib turish
  3. Qoʻlni (kunduzi-bir parcha yorqin mato yoki aniq koʻrinadigan bir narsa bilan, tunda- mashʼala yoki chiroq bilan) gir aylantirish
  4. Qoʻldagi tayoqchani yoki qizil bayroqni boshidan yuqori koʻtarib turish
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Qoʻlni (kunduzi-bir parcha yorqin mato yoki aniq koʻrinadigan bir narsa bilan, tunda- mashʼala yoki chiroq bilan) gir aylantirish

YHQ 18-bobi 120-bandi 5-xatboshi izohiga asosan, poyezd mashinistiga toʻxtash ishorasi qoʻlni (kunduzi yorqin mato parchasi yoki aniq koʻrinadigan biror narsa bilan, tunda esa mashʼala yoki chiroq bilan) gir aylantirish orqali beriladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 27-dars «Temir yoʻl kesishmalari» →

18-savol. Moped haydovchisi majbur:

  1. Kunduzgi vaqtda ham yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoqib yurishi
  2. Barcha sanab oʻtilgan javoblar
  3. Motoshlem kiyishlari va uni qadab olishlari
  4. 16 yoshga toʻlgan boʻlishi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Barcha sanab oʻtilgan javoblar

YHQ 28-bobi 165-bandi: Yoʻlda velosiped, individual harakatlanish vositalarini va aravani boshqarish, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlarni haydab oʻtish 14 yoshdan kichik boʻlmagan, moped va skuterni boshqarish esa 16 yoshdan kichik boʻlmagan shaxslarga ruxsat etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 38-dars «Velosiped, moped, aravalar va hayvonlar» →

19-savol. Yoʻnaltirgichlarning qaysilari boʻylab harakatlanishga ruxsat etiladi?

Yoʻnaltirgichlarning qaysilari boʻylab harakatlanishga ruxsat etiladi?
  1. Faqat «Б» yoʻnalish boʻylab
  2. Faqat «В» yoʻnalish boʻylab
  3. Faqat «Г» yoʻnalish boʻylab
  4. Faqat «А» va «Г» yoʻnalishlari boʻylab
  5. Faqat «А» yoʻnalish boʻylab
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. Faqat «А» va «Г» yoʻnalishlari boʻylab

YHQ 1-ilovasi 4-boʻlim 5-xatboshiga asosan, 4.1.1. "Harakatlanish toʻgʻriga". Faqat toʻgʻri yoʻnalishda harakatlanishga ruxsat etiladi. Yoʻlning qismi boshlanishida oʻrnatilgan 4.1.1 belgisining taʼsiri yaqin chorrahagacha joriy qilinadi. Belgi oʻng tomonda joylashgan hovlilarga va yoʻlga yondosh boshqa hududlar(jumladan, yonilgʻi quyish shoxobchalari)ga burilishni taqiqlamaydi.

Mavzu boʻyicha videodars: 7-dars «Buyuruvchi belgilar» →

20-savol. Koʻk avtomobil chorrahani kesib oʻtadi:

Koʻk avtomobil chorrahani kesib oʻtadi:
  1. Uchinchi boʻlib
  2. Oxirgi boʻlib
  3. Ikkinchi boʻlib
  4. Birinchi boʻlib
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Uchinchi boʻlib

YHQ 6-bobi 26-bandiga muvofiq, haydovchilar tezkor va maxsus xizmatlarning koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan holda yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishlari shart. YHQ 16-bobi 104-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yoʻldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yoʻnalishidan qatʼi nazar, yoʻl berishi kerak. Bunday chorrahalarda tramvay harakatlanish yoʻnalishidan qatʼi nazar, teng ahamiyatli yoʻlda bir yoʻnalishda yoki qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega. YHQ 16-bobi 107-bandiga asosan, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yoʻldan qarama-qarshi yoʻnalishdan toʻgʻriga yoki oʻngga harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart.

Mavzu boʻyicha videodars: 18-dars «Avariya va ogohlantiruvchi ishoralar» →

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

34-biletni onlayn yechish

Keyingi: 35-bilet →

Qoʻngʻiroq qilish