5-modul: Manyovr, tezlik, toʻxtash · 43 tadan 21-dars

Harakatni boshlash va manyovr

Joyidan qoʻzgʻalish, burilish, burilib olish, orqaga yurish

  • video 36 daq
  • 66 savol
Tezlik
Keyingi dars

Mavzu haqida qisqacha

  • Haydovchi harakatlanishni boshlash, manyovr qilish (qayta tizilish, burilish, qayrilib olish, quvib oʻtish, aylanib oʻtish) va toʻxtashdan oldin bajarilayotgan manyovr boshqa yoʻl harakati ishtirokchilariga xavf tugʻdirmasligiga ishonch hosil qilishi kerak (53-band).
  • Ogohlantiruvchi ishora oldin oʻtish huquqini bermaydi. Ishora manyovrdan oldinroq beriladi va tugagach darhol toʻxtatiladi; berishdan oldin orqada quvib oʻtishni boshlaganlar yoʻqligiga ishonch hosil qilinadi, quvib oʻtilayotgan haydovchi esa tezlikni oshirib toʻsqinlik qilmaydi (46, 47, 84-bandlar).
  • Toʻsiq tufayli qarama-qarshi harakatlanish qiyin boʻlsa, toʻsiq oʻz tomonida boʻlgan haydovchi yoʻl beradi. Avariya holatini yuzaga keltirish — boshqalarni yoʻnalish yoki tezlikni keskin oʻzgartirishga majburlash; zarurat boʻlmasa keskin tormoz berish ham taqiqlanadi (75-band; 6, 81-bandlar).
  • Yondosh hududdan (hovli, mahalla, toʻxtab turish joyi, yonilgʻi quyish shoxobchasi) yoʻlga chiqayotgan haydovchi piyodalarga va yoʻldagi transport vositalariga yoʻl beradi; bunday chiqish joylari chorraha hisoblanmaydi (54-band; 6-band).
  • Qayta tizilishda yoʻnalishini oʻzgartirmay qoʻshni tasmada ketayotgan transport vositalariga yoʻl beriladi, bir vaqtda qayta tizilganda — oʻng tomondagiga. Yoʻnalishlar kesishib, navbat belgilanmagan boʻlsa, oʻng tomondan yaqinlashayotganga yoʻl beriladi (55, 60-bandlar).
  • Burilish yoki qayrilib olishdan oldin tegishli eng chetki holat egallanadi, aylanma harakatlanishli chorrahaga kirish bundan mustasno. Chorrahadan chiqishda qarama-qarshi tomonga oʻtib ketmaslik kerak; oʻngga burilganda iloji boricha oʻng chetga yaqin yuriladi (56, 57-bandlar).
  • Gabariti sababli chetki holatdan burila olmagan transport vositasi xavfsizlikni taʼminlab, boshqalarga xalaqit bermay talabdan chetga chiqishi mumkin. Chorrahadan tashqarida chapga burilish va qayrilib olishda qarama-qarshi transportga yoʻl beriladi; qatnov qismi tor boʻlsa, qayrilib olish oʻng chetdan ham mumkin (58, 59-bandlar).
  • Sekinlashish boʻlagi boʻlsa, burilmoqchi haydovchi oʻz vaqtida unga qayta tizilib, tezlikni faqat unda kamaytiradi; tezlashish boʻlagidan yoʻldagi transportga yoʻl berib qoʻshiladi. Aylanma chorrahada aylanada ketayotganlar kirayotganlardan ustun (61, 98-bandlar).
  • Qayrilib olish piyodalar oʻtish joyida, tunnelda, koʻprik, yoʻl oʻtkazgich, estakada va ularning ostida (belgi ruxsat bermasa), temir yoʻl kesishmasida hamda koʻrinish 100 m dan kam joyda taqiqlanadi. Orqaga yurish chorrahada va qayrilib olish taqiqlangan joylarda mumkin emas; zarur boʻlsa, boshqalar yordamidan foydalaniladi (62, 63-bandlar).

Imtihondagi tez-tez uchraydigan xato: Yoqilgan burilish koʻrsatkichi oldin oʻtish huquqini beradi deb oʻylash va harakatni boshlashdan oldingi harakatlar haqidagi savolga «sanab oʻtilgan barchasi» deb javob berish: manyovr xavfsiz ekaniga va boshqalarga xalaqit bermasligiga ishonch hosil qilish kerak.

Mavzu boʻyicha mashq

Trenajyor «Yoʻllarda harakatlanish» mavzusi savollarini ochadi: 66 savol. 90% dan yuqori natija oʻtilgan mashq hisoblanadi.

Bu darsdagi belgilar

Barcha yoʻl belgilari

Mavzu boʻyicha YHQ bandlari

Oʻzbekiston YHQ rasmiy matnida:

Qoʻngʻiroq qilish