Temir yoʻl kesishmalari va Avtomagistrallar · 50-bilet, 4-savol
Quyidagi hollarning qaysi birida temir yoʻl kesishmasiga kirish taqiqlanadi?
Javob variantlari
- Qishloq xoʻjaligi mashinasini mexanik transport vositasiga yuklab olib oʻtish holatida
- Tezligi 8 km/soat dan koʻp boʻlgan transport vositalari
- Svetoforning taqiqlovchi ishorasida shlagbaum ochiq turgan holatda✓ Toʻgʻri javob
Izoh
YHQ 18 – bobi 118 – bandining ikkinchi xatboshisiga asosan, temir yoʻl kesishmasiga quydagi hollarda kirish taqiqlanadi: shlagbaum holatidan qatʼi nazar, svetoforning taqiqlovchi ishorasida.
«Temir yoʻl kesishmalari va Avtomagistrallar» mavzusidagi boshqa savollar
- Quyidagilar poezdni toʻxtatish ishorasi boʻlib xizmat qiladi:
- Xizmat vazifasini bajarayotganda shlagbaumni oʻzboshimchalik bilan ochishga yoki uni aylanib oʻtishga ruxsat etiladimi?
- Haydovchi yaqinlashib kelayotgan poezdni oʻtkazib yuborishi uchun «Toʻxtash» yotiq chizigʻi yoki «Toʻxtamasdan harakatlanish taqiqlangan» belgisidan qanday masofada toʻxtashi kerak?
- Shlagbaumni oʻzboshimchalik bilan ochish yoki aylanib oʻtishga ruxsat beriladimi?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.