Temir yoʻl kesishmalari va Avtomagistrallar · 36-bilet, 7-savol
Temir yoʻl izlarini qayerda kesib oʻtishga ruxsat beriladi?
Javob variantlari
- Koʻrinish ikkala yoʻnalishda 1000 metrdan kam boʻlmagan joylarda
- Haydovchining nuqtai nazaricha eng qulay joylarda
- Temir yoʻl bekatiga 1000 metrdan kam boʻlmagan masofada
- Kesib oʻtish uchun belgilab qoʻyilgan joylarda✓ Toʻgʻri javob
Izoh
YHQ 18 – bobi 116 – bandiga asosan: Transport vositalarining haydovchilari temir yoʻllarni faqat temir yoʻl kesishmalari orqali poyezd (lokomotiv, drezina) larga yoʻl berib kesib oʻtishlari mumkin.
Shunga koʻra, temir yoʻllarni istalgan joyda kesib oʻtish mumkin emas, faqat belgilangan joylarda, yaʼni temir yoʻl kesishmalaridan oʻtish mumkin.
«Temir yoʻl kesishmalari va Avtomagistrallar» mavzusidagi boshqa savollar
- Quyidagi hollarning qaysi birida temir yoʻl kesishmasiga kirish taqiqlanadi?
- Quyidagilar poezdni toʻxtatish ishorasi boʻlib xizmat qiladi:
- Xizmat vazifasini bajarayotganda shlagbaumni oʻzboshimchalik bilan ochishga yoki uni aylanib oʻtishga ruxsat etiladimi?
- Haydovchi yaqinlashib kelayotgan poezdni oʻtkazib yuborishi uchun «Toʻxtash» yotiq chizigʻi yoki «Toʻxtamasdan harakatlanish taqiqlangan» belgisidan qanday masofada toʻxtashi kerak?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.