Temir yoʻl kesishmalari va Avtomagistrallar · 13-bilet, 10-savol
Avtomagistralda shatakka olishga ruxsat beriladimi?
Javob variantlari
- Egiluvchan ulagich bilan ruxsat beriladi.
- Istalgan usulda ruxsat etilgan✓ Toʻgʻri javob
- Taqiqlanadi.
- 50 km/s tezlik bilan ruxsat etilgan.
- Faqat qisman ortish usuli bilan yoki qattiq ulagich bilan ruxsat beriladi.
Izoh
YHQ 24-bobi 145-bandi: Shatakka olish quyidagi holatlarda taqiqlanadi: rul boshqaruvi ishlamayotgan transport vositalarini (qisman ortish usuli bilan shatakka olish bundan mustasno); ikki va undan koʻp transport vositalarini; shatakka olingan va shatakka olgan transport vositalarining ulagich bilan birga umumiy uzunligi 20 metrdan ortiq boʻlsa; ishchi tormoz tizimi ishlamayotgan transport vositasining haqiqiy vazni shatakka olgan transport vositasining haqiqiy vaznining yarmidan ortiq boʻlsa (haqiqiy vazni kam boʻlgan bunday transport vositasini faqat qattiq ulagich bilan yoki qisman ortish usuli bilan shatakka olishga yoʻl qoʻyiladi); ikki gʻildirakli mototsikl, elektromototsikl, moped, skuter va individual harakatlanish vositalari bilan, shuningdek, bunday mototsikl, elektromototsikl, moped, skuter va individual harakatlanish vositalarini; yoʻl yaxmalak, sirpanchiq boʻlgan hollarda egiluvchan ulagichda.
Yoʻl harakati qoidalarida avtomagistrallarda shatakka olishga cheklovlar yoʻq.
«Temir yoʻl kesishmalari va Avtomagistrallar» mavzusidagi boshqa savollar
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.