Temir yoʻl kesishmalari va Avtomagistrallar · 19-bilet, 10-savol

Avtomagistralda quyidagilar taqiqlanadi:

Javob variantlari

  1. Orqaga harakatlanish
  2. Yuqoridagi barcha holatlar✓ Toʻgʻri javob
  3. «Toʻxtab turish joyi» yoki «Dam olish joyi» belgilari boʻlgan maxsus maydonchalardan tashqari joyda toʻxtash
  4. Qayrilib olish va ajratuvchi boʻlakning texnologik oʻzilish joylariga kirish

Izoh

YHQ 19 – bobi 121 – bandi: Avtomagistrallarda quyidagilar taqiqlanadi:

- piyodalar, uy hayvonlari, ot – aravalar, velosipedlar, individual harakatlanish vositalari, skuterlar, mopedlar, traktorlar va oʻziyurar uskunalar, texnik tavsifnomasiga yoki holatiga koʻra tezligi soatiga 40 kilometrdan kam boʻlgan transport vositalarining harakatlanishi;

- yuk avtomobillariga yoʻlning chetki chap qatorida harakatlanishi;

- 5.15 yoki 6.11 yoʻl belgilari bilan belgilangan maxsus toʻxtab turish maydonchalaridan boshqa joylarda toʻxtash;

- ajratuvchi mintaqaning texnologik uzulish joylariga kirish va ularda qayrilib olish orqaga harakatlanish;

- transport vositasini oʻrganish uchun boshqarish.

Koʻrinib turibdiki, avtomagistralda barcha sanab oʻtilgan harakatlar taqiqlangan.

Savoldagi belgilar

Har bir belgi haqida batafsil: nimani anglatadi, qayerda oʻrnatiladi va haydovchi nima qilishi kerak.

«Temir yoʻl kesishmalari va Avtomagistrallar» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish