5.16.2 yoʻl belgisi «Piyodalar oʻtish joyi»

5.16.2 belgisi nimani anglatadi
Piyodalar oʻtish joyini bildiradi; 5.16.2 belgisi yoʻlning oʻng tomoniga, oʻtish joyining old chegarasiga oʻrnatiladi.
Qayerda oʻrnatiladi
Oʻtish joyi oldida 1.14.1 yoki 1.14.2 «zebra» chizigʻi boʻlmasa, 5.16.2 belgisi yoʻlning oʻng tomoniga oʻtish joyining old chegarasiga, 5.16.1 belgisi chap tomonga orqa chegarasiga oʻrnatiladi — ikkalasi orasidagi masofa oʻtish joyining kengligini bildiradi.
Haydovchi nima qilishi kerak
- Tartibga solinmagan oʻtish joyiga yaqinlashayotgan haydovchi qatnov qismiga chiqqan yoki chiqayotgan piyodalarga yoʻl berishi shart.
- Tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyi oldida transport vositasi harakatini sekinlashtirsa yoki toʻxtasa, qoʻshni boʻlaklarda harakatlanayotgan haydovchilar bu transport vositasi oldida piyodalar yoʻqligiga ishonch hosil qilganlaridan soʻnggina harakatlanishni davom ettirishlari mumkin (YHQ 110-band).
- Piyodalar oʻtish joyida va undan oldin 10 metrdan kam masofa qolganda toʻxtash taqiqlanadi (YHQ 91-band); oʻtish joyida shuningdek quvib oʻtish va qayrilib olish taqiqlanadi (YHQ 86 va 62-bandlar).
- 7.15 «Koʻzi ojiz piyodalar» qoʻshimcha belgisi bilan qoʻllanishi mumkin.
Shu belgiga oid test savollari
Trenajyorda shu belgiga bogʻliq savollar bor.
Toʻgʻri javob: Yoʻl qatnov qismining piyodalar kesib oʻtishi moʻljallangan, 5.16.1, 5.16.2 yoʻl belgilari va 1.14.1-1.14.3 yoʻl chiziqlari bilan ajratilgan boʻlagi.
6-bilet, 3-savolni ochishQaysi belgi piyodalar oʻtish joyini bildiradi?
Toʻgʻri javob: «Б»
7-bilet, 9-savolni ochishMazkur yoʻl belgisi nimani bildiradi?
Toʻgʻri javob: Yoʻlning piyodalar oʻtish joyi boʻlgan qismini
11-bilet, 5-savolni ochishToʻgʻri javob: Baland piyodalar oʻtish joyi
27-bilet, 2-savolni ochishQaysi belgi tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyiga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi?
Toʻgʻri javob: Faqat A
28-bilet, 8-savolni ochishQaysi belgi tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyiga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi?
Toʻgʻri javob: Faqat A
57-bilet, 10-savolni ochish





