11-bilet: YHQ test savollari va javoblari
20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan
11-biletni onlayn yechishMashq bazasidagi 11-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.
1-savol. Bu taniqlik belgisi oʻrnatiladi:
- Vaqtinchalik taʼmirlash ishlari olib borilayotgan yoʻl qismlariga
- Portlovchi va tez alangalanuvchi yukni tashiyotgan transport vositalariga
- Haydovchi staji 2 yildan kam boʻlgan haydovchilar boshqarayotgan mexanik transport vositalari
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Haydovchi staji 2 yildan kam boʻlgan haydovchilar boshqarayotgan mexanik transport vositalari
YHQ 29-bobi 176-bandiga asosan, «Yangi haydovchi» (haydovchilik staji 2 yildan kam boʻlgan haydovchilar boshqarayotgan mexanik transport vositalari) taniqlik belgisi oʻrnatiladi.
2-savol. Ushbu yoʻl belgisi chorrahaga yaqinlashayotganlik toʻgʻrisida ogohlantiradi, bunda Siz:
- Faqatgina oʻng tomondan yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga yoʻl berishingiz kerak
- Birinchi boʻlib oʻtish huquqiga egasiz
- Kesib oʻtayotgan yoʻldagi transport vositalariga yoʻl berishingiz kerak
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Faqatgina oʻng tomondan yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga yoʻl berishingiz kerak
YHQ 1-ilovasining 1-boʻlimi 1.6 belgisi, "Teng ahamiyatli yoʻllar kesishuvi". Aholi punktlarida xavfli joydan 50 — 100 metr oldin oʻrnatiladi. YHQ 16-bobi 105-bandiga muvofiq, teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan kelayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart.
Mavzu boʻyicha videodars: 4-dars «Ogohlantiruvchi belgilar» →
3-savol. Chorraha oldida bu belgi oʻrnatilgan boʻlsa, haydovchi qanday yoʻl tutishi kerak?
- Kesishadigan yoʻl boʻylab harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berish uchun, toʻxtash chizigʻida toʻxtab, u yoʻq boʻlsa kesib oʻtiladigan qatnov qismining chetida toʻxtashi
- Kesishadigan yoʻlda transport vositalari boʻlmasa chorrahadan toʻxtamay oʻtishi
- Chorrahadan oʻtishda ayniqsa hushyor boʻlishi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Kesishadigan yoʻl boʻylab harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berish uchun, toʻxtash chizigʻida toʻxtab, u yoʻq boʻlsa kesib oʻtiladigan qatnov qismining chetida toʻxtashi
YHQ 1-ilovasining 2-boʻlimi 2.5-bandiga asosan, "Toʻxtamasdan harakatlanish taqiqlangan" belgisi toʻxtash chizigʻi oldida, agar u boʻlmasa, kesib oʻtiladigan qatnov qismining chetida toʻxtamasdan harakatlanish taqiqlanadi. Haydovchi kesib oʻtilayotgan yoʻldan, 7.13 qoʻshimcha-axborot belgisi boʻlganda esa asosiy yoʻldan harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi kerak. Bu belgi temir yoʻl kesishmasi yoki karantin maskanidan oldin oʻrnatilishi mumkin. Bunday hollarda haydovchi toʻxtash chizigʻi oldida, u boʻlmasa, belgi oldida toʻxtashi kerak.
4-savol. Qarama-qarshi yoʻnalishdagi transportlar oqimi ikkita sidirgʻa chiziqlar bilan ajratilgan yoʻl nechta harakatlanish uchun tasmaga ega?
- Ikkita yoki uchta
- Uchta
- Ikkita
- Toʻrtta va undan koʻp boʻlakka
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 4. Toʻrtta va undan koʻp boʻlakka
YHQ 2-ilovasining 1-boʻlimi 1.3-bandiga asosan, ushbu chiziq toʻrt va undan ortiq harakatlanish boʻlagi boʻlgan yoʻllarda qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport vositalari oqimini ajratadi, 1.3 chizigʻini bosib oʻtish taqiqlanadi.
5-savol. Mazkur yoʻl belgisi nimani bildiradi?
- Yoʻlning trotuar yoki piyodalar yoʻlkasi boʻlgan qismini
- Yoʻlning piyodalar oʻtish joyi boʻlgan qismini
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Yoʻlning piyodalar oʻtish joyi boʻlgan qismini
YHQ 1-ilovasining 1-boʻlimi 1.20. "Piyodalar oʻtish joyi" belgisi 5.16.1, 5.16.2 belgilari va (yoki) 1.14.1-1.14.3 chiziqlari bilan belgilangan piyodalar oʻtish joyini bildiradi.
Mavzu boʻyicha videodars: 4-dars «Ogohlantiruvchi belgilar» →
6-savol. Boshqaruv qurilmasi nosoz mexanik transport vositasi shatakka olinishi kerak:
- Uni qisman ortish yoki qattiq ulagichda ulash usuli bilan
- Agar shatakka oluvchining haqiqiy vazni shatakka olinayotganning haqiqiy vaznidan ikki marta koʻp boʻlsa qattiq ulagichda
- Qisman ortish usuli bilan
- Qattiq ulagich bilan
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Qisman ortish usuli bilan
YHQ 24 – bobi 145 – bandining birinchi xatboshisiga asosan, shatakka olish quyidagi holatlarda taqiqlanadi: rul boshqaruvi ishlamayotgan transport vositalarini (qisman ortish yoʻli bilan shatakka olish bundan mustasno).
7-savol. Tormozlanish boʻlagi boʻlgan yoʻlda qaysi transport vositasi unga chiqish qoidasini buzdi?
- Har ikki transport vositasi toʻgʻri burilyapti
- Sariq avtomobil
- Har ikki transport vositasi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Sariq avtomobil
YHQ 9-bobi 61-bandiga muvofiq, sekinlashish boʻlagi boʻlgan yoʻllarda burilmoqchi boʻlayotgan haydovchi oʻz vaqtida shu boʻlakka oʻtishi va tezlikni faqat unda kamaytirishi kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 21-dars «Harakatni boshlash va manyovr» →
8-savol. Belgilardan qaysi biri yer usti avtomobil quyish joyini bildiradi?
- 2
- 3
- 1
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. 1
YHQ 1 ilova: 5.15.2 “Yer usti avtomobil qoʻyish joyi”.
Mavzu boʻyicha videodars: 8-dars «Axborot-koʻrsatkich belgilari» →
9-savol. Qattiq ulagich transport vositalari orasida qanchadan ortiq boʻlmagan masofani taʼminlashi kerak?
- 5 m
- 4 m
- 2 m
- 3 m
- 6 m
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. 4 m
Yoʻl harakati qoidalarining 144 bandiga asosan, egiluvchan ulagich bilan shatakka olishda shatakka olgan va shatakka olingan transport vositalari oʻrtasidagi masofa 4 — 6 metr oraligʻida boʻlishi, qattiq ulagich bilan shatakka olishda esa 4 metrdan koʻp boʻlmasligi kerak.
10-savol. Chorrahani oxirgi boʻlib qaysi transport vositasi kesib oʻtadi?
- Qizil avtomobil
- Yashil avtomobil
- Koʻk avtomobil
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Qizil avtomobil
Yoʻl harakati qoidalarining 105 bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham oʻzaro amal qilishlari kerak. Bunday chorrahalarda keyingi harakat yoʻnalishidan qatʼiy nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin oʻtish huquqiga ega boʻladi.
Yoʻl harakati qoidalarining 107 bandiga asosan, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yoʻldan qarama-qarshi yoʻnalishdan toʻgʻriga yoki oʻngga harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham oʻzaro amal qilishlari kerak.
Ushbu chorrahada qizil avtomobil harakatni boshlaydi va koʻkni oʻtkazib yuborish uchun chorrahada toʻxtaydi. Yashil avtomobil birinchi, koʻk ikkinchi va qizil avtomobil oxirida harakatni yakunlaydi.
Mavzu boʻyicha videodars: 13-dars «Teng ahamiyatli chorrahalar» →
11-savol. Velosipedchilarga trotuarda harakatlanishga ruxsat etiladimi?
- Piyodalar boʻlmaganda ruxsat etiladi
- Ruxsat etiladi
- Taqiqlanadi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Taqiqlanadi
YHQ 28-bobi 166-bandiga asosan, velosipedlar, mopedlar, aravalar, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlarning yoʻlning chetki oʻng boʻlagida imkoni boricha oʻng tomonidan bir qator boʻlib harakatlanishiga yoʻl qoʻyiladi. Agar piyodalarga xalaqit bermasa, yoʻl yoqasidan harakatlanishga ham ruxsat etiladi.
Mavzu boʻyicha videodars: 38-dars «Velosiped, moped, aravalar va hayvonlar» →
12-savol. Sizga koʻrsatilgan joyda yengil avtomobilda toʻxtashga ruxsat etiladimi?
- Yoʻq
- Ha
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Yoʻq
Yoʻl harakati qoidalarining 91 bandiga asosan, quyidagilarda toʻxtash taqiqlanadi: toʻxtagan transport vositasi bilan boʻylama sidirgʻa chiziq (qatnov qismining chetini belgilovchi chiziqdan tashqari), ajratuvchi mintaqa yoki qatnov qismining qarama-qarshi cheti orasidagi masofa 3 metrdan kam boʻlgan joylarda.
Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →
13-savol. Agar tegishli belgilar bilan belgilangan qiyaliklarda yuzma-yuz kelayotgan transportlarning oʻtib ketishi qiyin boʻlsa, yoʻl berish zarur:
- Pastlik tomon harakatlanayotgan transport vositasiga
- Belgilangan yoʻnalishdagi transport vositasiga
- Balandlikka harakatlanayotgan transport vositasiga
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Balandlikka harakatlanayotgan transport vositasiga
YHQ 21-bobi 128-bandiga asosan, agar yoʻlning 1.13 va 1.14 yoʻl belgilari bilan belgilangan qiyaliklarda, qarama-qarshi yoʻnalishlarda harakatlanishni qiyinlashtiradigan toʻsiq boʻlsa, nishablikka harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi yoʻl berishi kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 30-dars «Tik koʻtarilish va tushishlar» →
14-savol. Qaysi avtomobil haydovchisi yoʻl berishi kerak?
- Koʻk avtomobil
- Qizil avtomobil
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Qizil avtomobil
YHQning 16-bob. 104-band 1-xatboshi va 1-bob. 6-band 7-xatboshiga asosan: 104. Teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yoʻldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yoʻnalishidan qatʼiy nazar, yoʻl berishi kerak.
Asosiy yoʻl — tuproqli yoki shagʻalli yoʻlga nisbatan qattiq qoplamali (asfalt, sement-betonli va shunga oʻxshashlar yotqizilgan), kesishayotgan yoki tutashgan yoʻlga nisbatan 2.1, 2.3.1 — 2.3.3 yoki 5.1 yoʻl belgilari bilan belgilangan yoxud yondosh hududdan chiqadigan yoʻlga nisbatan har qanday yoʻl. Ikkinchi darajali yoʻlning bevosita chorrahaga tutash qismining qoplamali boʻlishi uni asosiy yoʻl bilan teng huquqli qilmaydi.
Mavzu boʻyicha videodars: 13-dars «Teng ahamiyatli chorrahalar» →
15-savol. Ikkinchi daraja taʼmirlash yoʻli bilan tiklangan shinalarni M1 toifadagi avtotransport vositalariga oʻrnatishga ruxsat etiladimi?
- Faqat orqa oʻqiga ruxsat etiladi
- Taqiqlanadi
- Avtomobilning har ikki oʻqiga ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Faqat orqa oʻqiga ruxsat etiladi
YHQ 3-ilovasi 5-boʻlimining 5.7.-bandiga asosan: 5.7. M1, M2, M3 toifalarni 1 klassidagi avtotransport vositalarini oldingi oʻqiga, M3 toifani 2 va 3 klassidagi avtotransport vositalarini oʻrta va orqa oʻqlariga ikkinchi taʼmirlash klassi boʻyicha qayta tiklangan shinalar oʻrnatilgan boʻlsa foydalanish taqiqlanadi.
Mavzu boʻyicha videodars: 41-dars «Nosozliklar: qachon haydash mumkin emas» →
16-savol. Qaysi belgilar yuk avtomobillariga quvib oʻtish taqiqlangan hududning oxirini bildiradi?
- B
- A
- A, B, V
- A va B
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. A, B, V
YHQ 1-ilovasining 3-boʻlimidagi 3.21 belgiga asosan, «Quvib oʻtish taqiqlangan hududning oxiri».
YHQ 1-ilovasining 3-boʻlimidagi 3.23 belgiga asosan, «Yuk avtomobillarida quvib oʻtish taqiqlangan hududning oxiri».
YHQ 1-ilovasining 3-boʻlimidagi 3.31 belgiga asosan, «Barcha cheklovlarning oxiri». 3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 — 3.30 belgilaridan bir nechtasiga bir vaqtda amal qiladigan hududlarning oxiri.
17-savol. Uch boʻlakli boʻlgan ikki tomonlama harakatlanadigan yoʻllarda roʻparadagi harakat uchun moʻljallangan chetki chap boʻlakka oʻtishga ruxsat etiladimi?
- Quvib oʻtish uchun ruxsat etiladi
- Taqiqlanadi
- Barcha hollarda ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Taqiqlanadi
YHQ 10-bobi 66-bandiga asosan: Harakat ikki tomonlama boʻlgan va chiziqlar bilan belgilangan (1.9 yoʻl chizigʻi bilan belgilanganidan tashqari) uchta tasmali yoʻllarda, ikki yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan oʻrta qatorga faqat quvib oʻtish, aylanib oʻtish, chapga burilish va qayrilib olish uchungina chiqishga ruxsat etiladi. Qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan chetki chap qatorni egallash taqiqlanadi.
Mavzu boʻyicha videodars: 22-dars «Qatnov qismida joylashuv» →
18-savol. Qaysi belgi ikkinchi darajali yoʻl bilan tutashuvni bildiradi?
- 1
- 2
- 3
- 4
- 5
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. 2
YHQ 1-ilovasining 2-boʻlimidagi 2.3.3 belgiga asosan, «Ikkinchi darajali yoʻl bilan tutashuv». 2.3.3 — tutashuv chapdan. 2.3.1 — 2.3.3 yoʻl belgilari aholi punktlarida kesishmagacha 50 — 100 metr masofada, aholi punktlaridan tashqarida esa 150 — 300 metr masofada oʻrnatiladi.
19-savol. Harakat ikki tomonlama boʻlgan, uch boʻlakli yoʻlda siz oʻngga burilishingiz zarur. Ushbu harakatni qaysi boʻlakdan amalga oshirasiz?
- Oʻrta boʻlakdan
- Oʻrta boʻlakdan, lekin faqat oʻng boʻlak band boʻlganda
- Oʻng boʻlakdan
- Oʻng yoki oʻrta boʻlakdan
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Oʻng boʻlakdan
YHQ 9-bobi 56-bandiga muvofiq, haydovchi, aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi oʻngga burilishdan oldinroq shu yoʻnalishda harakatlanishi uchun moʻljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart.
Mavzu boʻyicha videodars: 22-dars «Qatnov qismida joylashuv» →
20-savol. Harakat tezligi ikki marta oshganda, tormozlanish yoʻli necha marta ortadi?
- Uch marta
- Tormoz yoʻli harakat tezligiga bogʻliq emas
- Toʻrt marta
- Ikki marta
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Toʻrt marta
Tormozili transport vositasi tezligining ortishi bilan tezlikning kvadratiga proportsional ravishda ortadi. Shunday qilib, tezlikni ikki baravar oshirganda, tormoz yoʻli toʻrt baravar oshadi va tezlikni uch baravar oshirganda, tormoz yoʻli toʻqqiz marta oshadi. Tormoz yoʻli kattaligini quyidagi formula orqali aniqlash mumkin: S = (Ke⋅ V 2)/(254⋅ Fs) bunda, S – tormoz yoʻli; Ke – avtomobilning ushbu yoʻlda mumkin qadar haqiqiy sekinlashishi nazariy sekinlashishidan necha baravar kamligini koʻrsatuvchi tormozlanish samaraliligi koeffisienti (1,0 ga teng deb olish mumkin); V – avtomobil harakatining boshlangʻich tezligi; FS – shinaning yoʻl bilan ilashish koeffisienti. (quruq asfalt yoʻlda – 0,7; xoʻl asfalt yoʻlda – 0,4; qorli yoʻlda – 0,2; yaxmalak yoʻlda – 0,1)
20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan
11-biletni onlayn yechish