6-bilet: YHQ test savollari va javoblari
20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan
6-biletni onlayn yechishMashq bazasidagi 6-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.
1-savol. Siz toʻgʻri yoʻlda harakatlanayotib toʻsatdan yoʻlning qisman kichik sirpanchiq qismiga duch keldingiz. Bunda qanday ehtiyot choralarini koʻrasiz?
- Avtomobilni ohista toʻxtatish
- Rulni burib sirpanchiqdan chiqib ketish
- Harakat yoʻnalishini va tezlikni oʻzgartirmasdan ehtiyotkorlik bilan oʻtib ketish
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Harakat yoʻnalishini va tezlikni oʻzgartirmasdan ehtiyotkorlik bilan oʻtib ketish
Yoʻlning unchalik katta boʻlmagan sirpanchiq qismidan, avtomobilning sirpanib ketishini oldini olish uchun harakatlanish yoʻnalishi va tezlikni oʻzgartirmasdan oʻtib ketish maqsadga muvofiqdir.
Mavzu boʻyicha videodars: 40-dars «Harakat xavfsizligi asoslari» →
2-savol. Qaysi transport vositalariga harakatlanishga ruxsat berilgan?
- Yengil avtomobilga oʻngga va toʻgʻriga
- Motosiklga oʻngga va yengil avtomobilga barcha yoʻnalishlarga
- Motosiklga oʻngga, yengil avtomobilga toʻgʻriga va oʻngga
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Motosiklga oʻngga, yengil avtomobilga toʻgʻriga va oʻngga
YHQ 7-bobi 38-bandi: Tartibga soluvchining ishoralari quyidagi maʼnoni bildiradi: Qoʻllari yon tomonga uzatilganda yoki tushirilganda: chap va oʻng yon tomonidan tramvayga toʻgʻriga, relssiz transport vositalariga toʻgʻriga va oʻngga harakatlanishga, piyodalarga qatnov qismini kesib oʻtishga ruxsat beriladi; old va orqa tomonidan barcha transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi. Oʻng qoʻli oldinga uzatilganda: chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yoʻnalishlarda; oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat oʻngga harakatlanishga ruxsat beriladi; orqa tomonidan va oʻng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi; piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonida qatnov qismini kesib oʻtishga ruxsat etiladi.
Mavzu boʻyicha videodars: 17-dars «Tartibga soluvchi ishoralari» →
3-savol. Piyodalar oʻtish joyi - bu...
- Qatnov qismiga tutashgan yoki undan maysazor, ariq, maxsus toʻsiqlar bilan ajratilgan va piyodalarning harakatlanishi uchun moʻljallangan yoʻl qismi
- Yoʻlning piyodalar harakatlanishi uchun moʻljallangan va transport vositalari harakati taqiqlangan qismi.
- Yoʻl qatnov qismining piyodalar kesib oʻtishi moʻljallangan, 5.16.1, 5.16.2 yoʻl belgilari va 1.14.1-1.14.3 yoʻl chiziqlari bilan ajratilgan boʻlagi.
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Yoʻl qatnov qismining piyodalar kesib oʻtishi moʻljallangan, 5.16.1, 5.16.2 yoʻl belgilari va 1.14.1-1.14.3 yoʻl chiziqlari bilan ajratilgan boʻlagi.
Yoʻl harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, piyodalar oʻtish joyi — qatnov qismidagi 5.16.1, 5.16.2 yoʻl belgilari va 1.14.1 — 1.14.4 yoʻl chiziqlari bilan belgilangan va piyodalar yoʻlni kesib oʻtishda harakatlanishlari uchun ajratilgan joy.
Yoʻl chiziqlari boʻlmasa, piyodalar oʻtish joyining kengligi 5.16.1 va 5.16.2 yoʻl belgilari orasidagi masofa bilan aniqlanadi.
Mavzu boʻyicha videodars: 1-dars «Umumiy qoidalar va atamalar» →
4-savol. Qaysi avtomobil toʻxtash qoidasini buzdi?
- Yashil avtomobil
- Har ikkisi ham buzmadi
- Har ikkisi buzdi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Har ikkisi buzdi
YHQ 1-ilovasi 3-boʻlimining oʻttiz birinchi xatboshisiga asosan: 3.27. "Toʻxtash taqiqlangan". Transport vositalarining toʻxtashi va toʻxtab turishi taqiqlanishini bildiradi. YHQ 1-ilovasi 7-boʻlimining oʻttiz birinchi xatboshisiga asosan: 7.18. "Nogironlar mustasno". Belgilarning taʼsiri ushbu Qoidalarning 175-bandiga muvofiq "Nogiron" taniqlik belgisi oʻrnatilgan transport vositalariga joriy etilmaydi.
Mavzu boʻyicha videodars: 10-dars «Qoʻshimcha axborot belgilari (jadvallar)» →
5-savol. Sanab oʻtilgan sharoitlardan qay birida avtomobillar va avtopoezdlardan foydalanish taqiqlanadi?
- Tormoz tizimining samaradorligi qoida talablariga javob beradi
- Toʻxtab turish tormoz tizimi harakatsiz holatda toʻla vazndagi transport vositalarini 16% dan kam boʻlgan qiyalikda ushlab tura olganda
- Gidravlik tormoz tizimining zichligi buzilganda
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Gidravlik tormoz tizimining zichligi buzilganda
YHQ 3-ilovasi 1-boʻlimining 1.3-bandiga asosan: 1.3. Gidravlik tormoz yuritmasining zichligi (germetikligi) buzilgan boʻlsa.
Mavzu boʻyicha videodars: 40-dars «Harakat xavfsizligi asoslari» →
6-savol. Svetoforning bu ishorasida qaysi transport vositasining harakatlanishiga ruxsat etilgan?
- Sariq va qizil avtomobillarga
- Tramvay, sariq va qizil avtomobilga
- Barcha transport vositalariga
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Sariq va qizil avtomobillarga
YHQ 7-bobi 32-bandiga asosan: Yoʻnaltirgich koʻrinishidagi qizil, sariq va yashil rangli svetofor ishoralari ham doira shaklidagi svetofor ishoralari bilan bir xil maʼnoga ega boʻladi. Ular faqat koʻrsatilgan yoʻnalishga taʼsir etadi. Agar tegishli yoʻl belgisi bilan qayrilib olish taqiqlanmagan boʻlsa, chapga burilishga ruxsat beruvchi yoʻnaltirgich qayrilib olishga ham ruxsat beradi. Qoʻshimcha tarmoqdagi yashil yoʻnaltirgich ham xuddi shu maʼnoni bildiradi. Qoʻshimcha tarmoqdagi ishora oʻchirilgan boʻlsa, shu tarmoq tartibga solayotgan yoʻnalishda harakatlanish taqiqlanganligini bildiradi.
7-savol. Tezlik ortishi bilan haydovchining koʻrish maydoni qanday oʻzgaradi?
- Oʻzgarmaydi
- Torayadi
- Kengayadi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Torayadi
Harakat xavfsizligi asoslari talablariga asosan, tezlik ortishi bilan haydovchining koʻrish maydoni torayadi.
Mavzu boʻyicha videodars: 40-dars «Harakat xavfsizligi asoslari» →
8-savol. Haydovchi oq hassa bilan ishora berayotgan koʻzi ojiz piyodalarni oʻtkazib yuborishi kerakmi?
- Har qanday piyodalar oʻtish joyida oʻtkazib yuborish kerak
- Barcha hollarda oʻtkazib yuborishi kerak, shu jumladan piyodalar oʻtish joylardan tashqarida ham
- Tartibga solinadigan piyodalar oʻtish joyida oʻtkazib yuborishi kerak
- Tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyida oʻtkazib yuborishi kerak
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Barcha hollarda oʻtkazib yuborishi kerak, shu jumladan piyodalar oʻtish joylardan tashqarida ham
YHQ 17-bobi 113-bandiga muvofiq, barcha hollarda, shu jumladan, piyodalar oʻtish joylaridan tashqarida ham haydovchi oq hassa bilan ishora berayotgan koʻzi ojiz piyoda(lar)ni oʻtkazib yuborishi kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 26-dars «Piyodalar oʻtish joyi va bekatlar» →
9-savol. 12 yoshga yetmagan bolalarni transport vositasining oldingi oʻrindigʻida tashishga ruxsat etiladimi?
- Faqat katta yoshdagi yoʻlovchi hamroh boʻlganida ruxsat etiladi
- Taqiqlanadi
- Bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma oʻrnatilgan boʻlsa ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma oʻrnatilgan boʻlsa ruxsat etiladi
YHQ 26-bobi 159-bandi 5-xatboshiga asosan: Odamlarni tashish quyidagi hollarda taqiqlanadi: 12 yoshga toʻlmagan bolalarni mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterning orqa oʻrindigʻida, shuningdek, bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma oʻrnatilmagan transport vositasining old oʻrindigʻida.
10-savol. Ushbu yoʻl belgisi qanday nomlanadi?
- Shanba, yakshanba va bayram kunlari
- Hafta kunlari
- Ish kunlari
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Shanba, yakshanba va bayram kunlari
YHQga 1-ILOVA 7.5.1 bandiga asosan: 7.5.1. «Shanba, yakshanba va bayram kunlari».
Mavzu boʻyicha videodars: 31-dars «Yoʻnalishli transport ustunligi» →
11-savol. Aholi yashaydigan joylardan tashqarida tirkamali yengil avtomobil haydovchisiga eng katta tezlikni soatiga necha kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi?
- 70 km/s
- 90 km/s
- 80 km/s
- 100 km/s
- 50 km/s
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. 80 km/s
YHQning 11-bob. 79-band 4-xatboshiga asosan: Aholi punktlaridan tashqarida: boshqa avtobuslar, tirkamali yengil avtomobillar, mototsikllar, elektromototsikllar ruxsat etilgan toʻliq vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 80 kilometrdan oshirmasdan harakatlanish ruxsat etiladi.
12-savol. Transport vositalariga qaysi yoʻnalish boʻyicha harakatlanishga ruxsat etiladi?
- Tramvayga chapga, avtomobilga chapga va teskari yoʻnalishga
- Tramvay va avtomobilga chapga
- Tramvayga chapga yoki toʻgʻriga, avtomobilga tramvaydan soʻng
- Faqat avtomobilga chapga
- Tramvayga chapga yoki toʻgʻriga
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Tramvayga chapga, avtomobilga chapga va teskari yoʻnalishga
YHQ 7-bobi 38-bandiga asosan, tartibga soluvchining oʻng qoʻli oldinga uzatilganda: chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yoʻnalishlarda; oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat oʻngga harakatlanishga ruxsat beriladi; orqa tomonidan va oʻng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi; piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonida qatnov qismini kesib oʻtishga ruxsat etiladi.
Mavzu boʻyicha videodars: 17-dars «Tartibga soluvchi ishoralari» →
13-savol. Qatnov qismidagi bunday yoʻnaltirgichlar nimani bildiradi?
- Yoʻlning xavfli burilish yoʻnalishini koʻrsatadi
- Qatnov qismining torayishiga yaqinlashayotganligi haqida ogohlantiradi
- Haydovchini yoʻlning xavfli qismiga yaqinlashayotganligi haqida ogohlantiradi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Qatnov qismining torayishiga yaqinlashayotganligi haqida ogohlantiradi
YHQ 2-ilovasining 1-boʻlimidagi 1.19 chizigʻiga asosan, qatnov qismining toraygan (shu yoʻnalishdagi harakatlanish tasmalarining soni kamaygan) joyiga yoki qarama-qarshi yoʻnalishdan kelayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizigʻiga yaqinlashganlik haqida ogohlantiruvchi chiziq. Birinchi holda 1.18.1 – 1.18.3 belgilari bilan qoʻllanilishi mumkin.
14-savol. Sanab oʻtilgan qaysi holatda transport vositasidan foydalanishga ruxsat etiladi?
- Yorituvchi chiroq nurining yoʻnalishi buzilgan boʻlsa
- Tashqi yoritgich asboblari ifloslangan boʻlsa
- Old qismida - oq yoki sariq rangli tumanga qarshi faralar oʻrnatilgan boʻlsa
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Old qismida - oq yoki sariq rangli tumanga qarshi faralar oʻrnatilgan boʻlsa
Yoʻl harakati qoidalariga 3-ilova 3 bandiga asosan, yorituvchi chiroq nurining yoʻnalishi buzilgan boʻlsa, agar tashqi yoritgichlar va nur qaytargichlar belgilangan tartibda ishlamayotgan yoki ifloslangan boʻlsa, old qismida — oq yoki sariq rangdan boshqa rangli tumanga qarshi faralar, sariq yoki zargʻaldoq rangdan boshqa rangli burilishni koʻrsatadigan miltillovchi chiroq, oq rangdan boshqa rangli nur qaytargichlar oʻrnatilgan boʻlsa foydalanish taqiqlanadi.
Mavzu boʻyicha videodars: 41-dars «Nosozliklar: qachon haydash mumkin emas» →
15-savol. Ushbu yoʻl chizigʻi sizga qanday manevr bajarishni taqiqlaydi?
- Sanab oʻtilgan barcha manevrlarga ruxsat beriladi
- Quvib oʻtishni
- Aylanib oʻtishni
- Qayrilib olishni
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Sanab oʻtilgan barcha manevrlarga ruxsat beriladi
YHQ 2-ilovasining 1-boʻlimiga asosan, 1.5 yotiq chizigʻi — ikki yoki uch boʻlakli yoʻllarda qarama-qarshi yoʻnalishlarda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratadi; bir yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan ikki yoki undan koʻproq boʻlakli yoʻllarda boʻlaklarning chegaralarini bildiradi. 1.5 chizigʻini istalgan tomondan bosib oʻtish mumkin.
16-savol. Sanab oʻtilgan sharoitlarning qaysi birlarida transport vositasidan foydalanish taqiqlanadi?
- Oyna tozalagichlar belgilangan tartibda ishlamaydi
- Ishlab chiqargan korxona tomonidan koʻzda tutilgan orqa himoya vositasi loytoʻsgich va sachratmagichlar boʻlmasa
- Sanab oʻtilgan hamma sharoitlarda
- Ishlatib boʻlingan gazlarni chiqarib yuborish tizimi nosoz
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Sanab oʻtilgan hamma sharoitlarda
YHQ 3-ilovasi “Transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi shartlar”, 4-boʻlimining 4.1-bandiga asosan: Oyna tozalagich belgilangan tartibda ishlamayotgan boʻlsa, 6-boʻlimining 6.3-bandiga asosan: ishlab chiqarilgan gazlarni chiqarib tashlash tizimi buzuq boʻlsa, 7-boʻlimining 7.7-bandiga asosan: transport vositasi konstruksiyasida koʻzda tutilgan orqa himoya vositasi, loy toʻsgich va sachratmagichlar boʻlmasa transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.
Shunga koʻra, sanab oʻtilgan barcha sharoitlarda transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.
Mavzu boʻyicha videodars: 41-dars «Nosozliklar: qachon haydash mumkin emas» →
17-savol. Bu chiziq qaysi yoʻl belgisi bilan qoʻllaniladi?
- «Yoʻl bering» belgisi bilan
- Ogohlantiruvchi «Teng ahamiyatli yoʻllar kesishuvi» belgisi bilan
- Barcha sanab oʻtilgan belgilar bilan
- «Toʻxtamasdan harakatlanish taqiqlangan» belgisi bilan
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. «Yoʻl bering» belgisi bilan
YHQ 2-ilovasining 1-boʻlimidagi 1.13 chizigʻi kesishayotgan yoʻlda harakatlanayotgan transport vositasiga yoʻl berish uchun toʻxtash zarur boʻlganda, haydovchiga transport vositasini toʻxtatish joyini koʻrsatadi. 2.4. "Yoʻl bering!"belgisida haydovchi kesib oʻtilayotgan yoʻldan harakatlanayotgan transport vositasiga yoʻl berishi kerak.
18-savol. Qaysi transport vositasining haydovchisi aholi punktlarida toʻxtash qoidasini buzmoqda?
- Sariq avtomobil haydovchisi
- Koʻk avtomobil haydovchisi
- Har ikkisi buzmadi
- Har ikkisi buzdi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Har ikkisi buzmadi
YHQ 13-bobi 88-bandi: Aholi punktlarida oʻrtada tramvay yoʻli boʻlmagan, har yoʻnalishda bittadan tasmasi boʻlgan, Shuningdek, bir tomonlama harakat tashkil etilgan yoʻllarda yoʻlning chap tomonida toʻxtash va toʻxtab turishga ruxsat etiladi. YHQ 1 ilova: 7.18. “Nogironlar mustasno”. Belgilarning taʼsiri ushbu Qoidalarning 175-bandiga muvofiq “Nogiron” taniqlik belgisi oʻrnatilgan transport vositalariga joriy etilmaydi.
Mavzu boʻyicha videodars: 22-dars «Qatnov qismida joylashuv» →
19-savol. Avtomobil haydovchisi harakatining tartibi qaysi javobda toʻgʻri koʻrsatilgan?
- Motosiklni oʻtkazib yubordi va chorrahada qayrilib oldi
- Tramvayni oʻtkazib yubordi va chorrahada qayrilib oldi
- Tramvayni, motosiklni oʻtkazib yubordi va chorrahada qayrilib oldi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Tramvayni, motosiklni oʻtkazib yubordi va chorrahada qayrilib oldi
YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada keyingi harakat yoʻnalishidan qatʼi nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin oʻtish huquqiga ega boʻladi. YHQ 16-bobi 107-bandiga asosan, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yoʻldan qarama-qarshi yoʻnalishdan toʻgʻriga yoki oʻngga harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart.
Mavzu boʻyicha videodars: 13-dars «Teng ahamiyatli chorrahalar» →
20-savol. Qaysi belgida haydovchiga quvib oʻtish taqiqlangan?
- 2 va 3
- Hamma rasmda
- 1 va 2
- 1 va 3
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. 2 va 3
YHQga 1-ILOVA 3.20 va 3.21 bandi hamda 7.1.1 va 7.2.1 bandiga asosan: 3.20. «Quvib oʻtish taqiqlangan». Soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan yakka transport vositasidan boshqa transport vositalarini quvib oʻtish taqiqlanishini bildiradi.
3.21. «Quvib oʻtish taqiqlangan hududning oxiri».
7.1.1. «Obyektgacha boʻlgan masofa». Belgidan yoʻlning xavfli joyi, yoʻl harakatiga tegishli cheklovlar kiritiladigan joyi yoki harakat yoʻnalishi boʻyicha oldindagi muayyan joygacha boʻlgan masofani koʻrsatadi.
7.2.1. «Taʼsir oraligʻi». Ogohlantiruvchi belgilar bilan belgilangan xavfli joyning uzunligini yoki taqiqlovchi va axborot-koʻrsatkich belgilarining taʼsir oraligʻini koʻrsatadi.
Mavzu boʻyicha videodars: 10-dars «Qoʻshimcha axborot belgilari (jadvallar)» →
20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan
6-biletni onlayn yechish