57-bilet: YHQ test savollari va javoblari
20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan
57-biletni onlayn yechishMashq bazasidagi 57-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.
1-savol. 5% li yod eritmasi (yod nastoykasi) nima uchun qoʻllaniladi?
- Yara oʻta darajada ifloslanganda yaraning butun yuzasiga surtish uchun
- Birinchi darajadagi kimyoviy kuyishda teriga surtish uchun
- Yara atrofidagi terini ishlov berish uchun
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Yara atrofidagi terini ishlov berish uchun
Yod nastoykasi jarohat ichida toʻqimaning kimyoviy shikastlanishiga olib keladi. Ushbu qorishma surtilganda terining tashqi qatlami shikastlanmaydi, balki foydali ravishda dezinfektsiya qilinadi va bu jarayonni bogʻlashdan avval amalga oshirish kerak.
2-savol. Tramvay haydovchisi harakatlanayotganida svetoforning ushbu ishorasiga muvofiq boshqa yoʻnalishlardan harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi kerakmi?
- Kerak emas
- Kerak
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Kerak
YHQ 15-bobi 101 - bandiga asosan, svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qoʻshimcha tarmogʻining yoʻnaltirgichli yashil ishorasi yoʻnalishida harakatlanayotgan tramvay boshqa yoʻnalishlarda harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi kerak.
3-savol. Ushbu svetofor tramvayga qaysi yoʻnalishda harakatlanishga ruxsat beradi?
- Barcha yoʻnalishlarga
- Barcha yoʻnalishlarda harakatlanish taqiqlanadi
- Faqat toʻgʻriga
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Barcha yoʻnalishlarda harakatlanish taqiqlanadi
YHQ 7-bobi 36-bandi: Tramvaylarning hamda maxsus ajratilgan tasma boʻylab harakatlanayotgan boshqa yoʻnalishli transport vositalarining harakatlanishini tartibga solish uchun “T” harfi koʻrinishida joylashgan toʻrtta doirasimon oq rang ishorali svetoforlar qoʻllanilishi mumkin. Yuqoridagi bir yoki bir nechta va pastki ishora bir vaqtning oʻzida yonganda, harakatlanishga ruxsat etiladi. Ulardan chapdagisi chapga, oʻngdagisi oʻngga, oʻrtadagisi toʻgʻriga yurishga ruxsat beradi. Pastdagi ishora oʻchirilib, yuqoridagi uchta ishora bir vaqtda yonsa, harakatlanish taqiqlanadi.
4-savol. Sirpanchiq yoʻlda karbyuratorning drossel zaslonkasini keskin ochish qanday xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin?
- Yurgizgich ishlashdan toʻxtab qolishiga
- Karbyurator qismlari ishdan chiqishiga
- Avtomobilning yonga sirpanib ketishiga
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Avtomobilning yonga sirpanib ketishiga
Drossel zaslonkasining ochilishi gaz pedalini bosganda yuz beradi. Tekis yoʻlda drosselni keskin ochishda yetaklovchi gʻildiraklar joyidan jimlay aylanadi va avtomobilning yoniga ogʻishini keltirib chiqarishi mumkin. Gaz pedalini keskin bosish karbyuratorni buzilish ehtimolidan yiroq. Aksincha, gaz pedaliga bosilganda dvigatel ishini toʻxtatmaydi, balki kuchliroq ishlay boshlaydi.
Mavzu boʻyicha videodars: 40-dars «Harakat xavfsizligi asoslari» →
5-savol. Qaysi belgi velosiped yoʻlkasini koʻrsatadi?
- A
- B
- C
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. C
YHQ 1-ilovasining 4-boʻlimidagi 4.5 belgiga asosan, «Velosiped yoʻlkasi». Faqat velosiped va mopedlarda harakatlanishga ruxsat etilishini bildiradi. Trotuar yoki piyodalar yoʻlkasi boʻlmasa, velosiped yoʻlkasidan piyodalar ham yurishlari mumkin.
6-savol. Toʻxtab turish deb nimaga aytiladi?
- Transport vositasi harakatini 10 daqiqagacha boʻlgan muddatga toʻxtatish (harakatsiz holatga keltirish)
- Transport vositasiga yoʻlovchilarni chiqarish yoki tushirish, yuk ortish yoki tushirish bilan bogʻliq boʻlmagan hollarda harakatini 10 daqiqadan koʻproq vaqtga atayin toʻxtatish
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Transport vositasiga yoʻlovchilarni chiqarish yoki tushirish, yuk ortish yoki tushirish bilan bogʻliq boʻlmagan hollarda harakatini 10 daqiqadan koʻproq vaqtga atayin toʻxtatish
YHQning 1-bob. 6-band 64-xatboshiga asosan: toʻxtab turish — transport vositasiga yoʻlovchilarni chiqarish yoki tushirish, yuk ortish yoki tushirish bilan bogʻliq boʻlmagan hollarda harakatni 10 daqiqadan koʻproq vaqtga atayin toʻxtatish.
Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →
7-savol. Avtomobil haydovchisiga qaysi yoʻnalish boʻyicha harakatlanishga ruxsat etiladi?
- Barcha yoʻnalishlarga
- Faqat chapga
- Oʻngga va chapga
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Faqat chapga
YHQning 9-bob. 56-band 1-xatboshi hamda YHQga 1-ILOVA 5.6 bandiga asosan: 5.6. «Bir tomonlama harakatli yoʻlning oxiri».
56. Aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi oʻngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yoʻnalishda harakatlanishi uchun moʻljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart.
Mavzu boʻyicha videodars: 10-dars «Qoʻshimcha axborot belgilari (jadvallar)» →
8-savol. Yoʻnalishli transport vositalariga bekatlardan tashqari joylarda yoʻlovchi olish va tushirishga (yoʻnalishli taksilar bundan mustasno) ruxsat etiladimi?
- Ruxsat etiladi
- Taqiqlanadi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Taqiqlanadi
YHQning 22-bob. 133-band 2-xatboshiga asosan: Yoʻnalishli transport vositalariga bekatlardan tashqari joylarda yoʻlovchi olish va tushirish taqiqlanadi (yoʻnalishli taksilar bundan mustasno).
Mavzu boʻyicha videodars: 31-dars «Yoʻnalishli transport ustunligi» →
9-savol. Kimlar «yoʻl harakati qatnashchisi» hisoblanadi?
- Biror bir transport vositasini boshqarayotgan shaxs
- Yoʻlda boʻlgan va unda ish bajarmayotgan har qanday shaxs
- Yoʻl harakati jarayonida transport vositasining haydovchisi, yoʻlovchisi yoki piyoda tariqasida bevosita ishtirok etayotgan shaxs
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Yoʻl harakati jarayonida transport vositasining haydovchisi, yoʻlovchisi yoki piyoda tariqasida bevosita ishtirok etayotgan shaxs
YHQ 1-bobining 6-bandi 58-tushunchasiga asosan, yoʻl harakati qatnashchisi – yoʻl harakati jarayonida transport vositasining haydovchisi, yoʻlovchisi yoki piyoda tariqasida bevosita ishtirok etuvchi shaxs.
Mavzu boʻyicha videodars: 1-dars «Umumiy qoidalar va atamalar» →
10-savol. Qaysi belgi tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyiga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi?
- Faqat A
- A va B
- Hammasi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Faqat A
YHQ 1-ilovasining 1-boʻlimidagi 1.20 belgiga asosan, «Piyodalar oʻtish joyi». 5.16.1, 5.16.2 belgilari va (yoki) 1.14.1 — 1.14.4 chiziqlari bilan belgilangan piyodalar oʻtish joyini bildiradi.
Mavzu boʻyicha videodars: 4-dars «Ogohlantiruvchi belgilar» →
11-savol. Son suyagining uchdan birining pastki qismi singanda jarohatlangan odamni transportda tashish uchun taxtakach qanday qoʻyiladi?
- Ikkita taxtakach oyoqning ikki tomonidan toʻpiqdan sonning yuqorigi uchdan bir qismigacha (singan joydan 15-20 sm yuqorigacha) qoʻyiladi
- Taxtakachni sonning butun uzunligicha tos-sondan tizza boʻgʻinigacha qoʻyib, singan joy bint bilan qattiq bogʻlab qoʻyiladi
- Ikkita taxtakach oyoqning ichki va tashqi tomonidan qoʻyiladi. Bittasini oyoq toʻpigʻidan qoʻltiqosti chuqurigacha, ikkinchisini toʻpiqdan songacha
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Ikkita taxtakach oyoqning ichki va tashqi tomonidan qoʻyiladi. Bittasini oyoq toʻpigʻidan qoʻltiqosti chuqurigacha, ikkinchisini toʻpiqdan songacha
Son suyagi singan holda ikkita taxtakach: biri – tashqari tarafda oyoq kaftidan to qoʻltiqosti chuqurigacha, boshqasi – ichki tarafda oyoq kaftidan to chovgacha qoʻyiladi. Son suyagi singan holda immobilizasiya vositasi boʻlmasa, shikastlangan oyoq sogʻoyoqqa mahkamlanib qoʻyiladi. Mahkamlovchi bogʻich singan suyakni siljitmasligi va jabrlanuvchiga qoʻshimcha ogʻriq yetkazmasligi lozim. Mahkamlovchi bogʻich oyoqning sogʻ qismiga bogʻlanadi.
12-savol. Kunduzgi vaqtda transportning old yoki orqa tomoniga 1 metrdan ortiq chiqib turgan yuk qanday belgilanadi?
- Oq bayroqchalar bilan
- Qizil bayroqchalar bilan
- «Katta oʻlchamli yuk» diagonali boʻyicha qizil va oq chiziqlari boʻlgan taxtacha yoki bayroqchalar bilan
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. «Katta oʻlchamli yuk» diagonali boʻyicha qizil va oq chiziqlari boʻlgan taxtacha yoki bayroqchalar bilan
YHQ 27-bobi 163-bandiga asosan: Transport vositasining gabaritlaridan oldi yoki orqa tomonga 1 metrdan, yon tomonga gabaritning chetki qismidan 0,4 metrdan ortiq chiqib turgan yuk “Katta oʻlchamli yuk” taniqlik belgisi bilan belgilanishi, sutkaning qorongʻi vaqtida va yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda esa bunga qoʻshimcha ravishda oldi oq rangli chiroq yoki yorugʻlik qaytargich, orqasi esa qizil rangli chiroq yoki yorugʻlik qaytargich bilan belgilanishi kerak.
13-savol. Birinchi uzatmada uzoq tezlanishda yurish yoqilgʻi sarfiga qanday taʼsir etadi?
- Yoqilgʻi sarfi ortadi
- Yoqilgʻi sarfi kamayadi
- Yoqilgʻi sarfi oʻzgarmaydi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Yoqilgʻi sarfi ortadi
Harakat xavfsizligi asoslari talablariga asosan, birinchi uzatmada uzoq tezlanishda yurish yoqilgʻi sarfi ortishiga sabab boʻladi.
Mavzu boʻyicha videodars: 40-dars «Harakat xavfsizligi asoslari» →
14-savol. Qaysi transport vositasining haydovchisi yoʻl berishi kerak?
- Avtobus haydovchisi
- Traktor haydovchisi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Avtobus haydovchisi
YHQ 1-ilovasi 2-boʻlimi 2.7 belgisi "Roʻparadagi harakatlanishga nisbatan imtiyoz". Yoʻlning tor qismida harakatlanishda haydovchi roʻparadan kelayotgan transport vositasiga nisbatan imtiyozga egaligini bildiradi. 2.6 belgisi esa,"roʻpara harakatning ustunligi" qarama-qarshi harakatlanishni qiyinlashtiradigan hollarda yoʻlning tor qismiga kirishni taqiqlaydi. Haydovchi yoʻlning tor qismida boʻlgan yoki roʻparadan unga yaqin boʻlgan transport vositasiga yoʻl berishi kerak.
15-savol. Avtomobillar chorrahani quyidagi tartibda kesib oʻtadi:
- Yashil, koʻk, qizil
- Qizil chorrahaga chiqadi va koʻkni oʻtkazib yuborish uchun toʻxtaydi; yashil; koʻk va qizil burilishni tugallaydi
- Qizil, koʻk, yashil
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Qizil chorrahaga chiqadi va koʻkni oʻtkazib yuborish uchun toʻxtaydi; yashil; koʻk va qizil burilishni tugallaydi
YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. YHQ 16-bobi 107-bandiga asosan, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yoʻldan qarama-qarshi yoʻnalishdan toʻgʻriga yoki oʻngga harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart.
Mavzu boʻyicha videodars: 13-dars «Teng ahamiyatli chorrahalar» →
16-savol. Sanab oʻtilgan qaysi hollarda haydovchi orqadagi vaziyatni eʼtiborga olishi kerak?
- Har qanday tormozlashda
- Faqat keskin tormoz berishda
- Faqat nam qoplama yoki yaxmalakli yoʻllarda tormoz berganda
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Har qanday tormozlashda
Harakat xavfsizligi asoslari talablariga asosan, haydovchi har doim, jumladan keskin tormoz berishda va nam qoplama yoki yaxmalakli yoʻllarda tormoz berganda orqadagi vaziyatni eʼtiborga olishi kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 40-dars «Harakat xavfsizligi asoslari» →
17-savol. Transport vositalari chorrahani quyidagi tartibda kesib oʻtadilar:
- Avtobus, velosiped, yengil avtomobil
- Yengil avtomobil, avtobus, velosiped
- Avtobus, yengil avtomobil, velosiped
- Velosiped, avtobus, yengil avtomobil
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 4. Velosiped, avtobus, yengil avtomobil
YHQ 16-bobi 106-, 105- va 104-bandlariga asosan, asosiy yoʻlning yoʻnalishi chorrahada oʻzgarganda, asosiy yoʻlda harakatlanayotgan haydovchilar oʻzaro teng ahamiyatli yoʻllar chorrahasidan oʻtish qoidasiga amal qilishlari kerak. Teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorrahada tramvay harakatlanish yoʻnalishidan qatʼi nazar, teng ahamiyatli yoʻlda bir yoʻnalishda yoki qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega.
Mavzu boʻyicha videodars: 15-dars «Chorraha: asosiy yoʻl burilganda» →
18-savol. Haydovchi yoʻlning relssiz transport vositalari harakatlanadigan boʻlaklar sonini belgilaydigan chiziqlar yoki yoʻl belgilari boʻlmasa, boʻlaklar sonini qanday aniqlashi kerak?
- Qatnov qismining kengligini, transport vositalari orasidagi zarur yonlama oraliq masofani va ularning gabarit oʻlchamlarini hisobga olgan holda oʻzi aniqlaydi
- Bunday yoʻlni ikki boʻlakli qarama qarshi harakat tashkil qilingan yoʻl deb qabul qilishi kerak.
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Qatnov qismining kengligini, transport vositalari orasidagi zarur yonlama oraliq masofani va ularning gabarit oʻlchamlarini hisobga olgan holda oʻzi aniqlaydi
Yoʻl harakati qoidalarining 10-bobi 64-bandiga asosan, relssiz transport vositalari harakatlanadigan tasmalar soni chiziqlar va (yoki) 5.8.1, 5.8.2, 5.8.7, 5.8.8 yoʻl belgilari bilan belgilanadi. Bunday chiziqlar yoki yoʻl belgilari boʻlmasa, haydovchilar harakatlanish tasmalari sonini qatnov qismining kengligini, transport vositalari orasidagi zarur yonlama oraliq masofani va ularning gabarit oʻlchamlarini hisobga olgan holda oʻzlari aniqlaydilar.
Mavzu boʻyicha videodars: 22-dars «Qatnov qismida joylashuv» →
19-savol. Transport vositalari chorrahadan quyidagi tartibda oʻtadilar:
- Yengil avtomobil, tramvay va avtobus
- Tramvay va avtobus, yengil avtomobil
- Tramvay, yengil avtomobil, avtobus
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Yengil avtomobil, tramvay va avtobus
YHQ 15-bobi 100 - va 101 - bandlariga asosan, svetoforning taqiqlovchi qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qoʻshimcha tarmoqning koʻrsatkichli yashil ishorasi yoʻnalishida harakatlanayotgan haydovchi boshqa yoʻnalishlardan harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi kerak. Agar svetoforning ishoralari tramvay va relssiz transport vositalariga bir vaqtda harakatlanishga ruxsat bersa, harakatlanish yoʻnalishidan qatʼi nazar, tramvay oldin oʻtish huquqiga ega boʻladi. Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qoʻshimcha tarmogʻining yoʻnaltirgichli yashil ishorasi yoʻnalishida harakatlanayotgan tramvay boshqa yoʻnalishlarda harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 11-dars «Chorrahalardan oʻtish asoslari» →
20-savol. «Reaksiya vaqti» tushunchasi nimani bildiradi?
- Haydovchining tormoz berishni boshlagan paytdan transport vositasining toʻla toʻxtagunicha vaqtni
- Haydovchi xavfni koʻrgan paytdan aniq harakatlarni boʻlguncha oʻtilgan vaqt
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Haydovchi xavfni koʻrgan paytdan aniq harakatlarni boʻlguncha oʻtilgan vaqt
Haydovchining reaksiya vaqtiga xavf-xatar koʻringan paytdan to xavf-xatarni bartaraf qilish chorasi koʻrilgunga qadar vaqti tushuniladi. Haydovchining holati va tajribasiga hamda haydovchi sharoitining ogʻirligiga bogʻliq boʻlgan holda bu 0,5 dan 1,5 soniyagacha boʻlgan vaqtni tashkil qiladi.
20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan
57-biletni onlayn yechish