61-bilet: YHQ test savollari va javoblari

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

61-biletni onlayn yechish

Mashq bazasidagi 61-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.

1-savol. Qaysi yoʻl asosiy yoʻl hisoblanadi?

  1. Har bir yoʻnalishda harakatlanish uchun bir boʻlakli yoʻlga nisbatan koʻp boʻlakli qatnov qismi boʻlgan yoʻl
  2. Tuproqli yoʻlga nisbatan qoplamali yoʻl yoki tegishli belgilar bilan belgilangan yoʻl
  3. Uch tomonlama chorrahada tutashib kelgan yoʻlga nisbatan har ikki tomonga davom etuvchi yoʻl
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Tuproqli yoʻlga nisbatan qoplamali yoʻl yoki tegishli belgilar bilan belgilangan yoʻl

YHQ 1-bobi 6-bandi 12-tushunchasiga asosan, asosiy yoʻl — tuproqli yoki shagʻalli yoʻlga nisbatan qattiq qoplamali (asfalt, sement-betonli va shunga oʻxshashlar yotqizilgan), kesishayotgan yoki tutashgan yoʻlga nisbatan 2.1, 2.3.1 — 2.3.3 yoki 5.1 yoʻl belgilari bilan belgilangan yoxud yondosh hududdan chiqadigan yoʻlga nisbatan har qanday yoʻl. Ikkinchi darajali yoʻlning bevosita chorrahaga tutash qismining qoplamali boʻlishi uni asosiy yoʻl bilan teng huquqli qilmaydi.

Mavzu boʻyicha videodars: 1-dars «Umumiy qoidalar va atamalar» →

2-savol. Qaysi qoʻshimcha axborot belgisi transport vositalarini toʻxtab turish joyiga qoʻyish usulini koʻrsatadi?

Qaysi qoʻshimcha axborot belgisi transport vositalarini toʻxtab turish joyiga qoʻyish usulini koʻrsatadi?
  1. 4
  2. 3
  3. 1
  4. 2
  5. 5
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. 3

YHQ 1-ilovasi 7-boʻlimining oʻn toʻqqizinchi xatboshisiga asosan: 7.6.2. “Transport vositasini toʻxtab turish joyiga qoʻyish usuli”.

Mavzu boʻyicha videodars: 10-dars «Qoʻshimcha axborot belgilari (jadvallar)» →

3-savol. Yotiq uzluksiz sariq chiziq «Toʻxtash taqiqlangan» belgisi bilan birga toʻxtashga ruxsat etadi:

Yotiq uzluksiz sariq chiziq «Toʻxtash taqiqlangan» belgisi bilan birga toʻxtashga ruxsat etadi:
  1. Faqat belgilangan yoʻnalishdagi transport vositalariga va yoʻnalishsiz yengil taksilarga
  2. Avtobuslarga va trolleybuslarga
  3. Yoʻlovchilarni tushiradigai barcha transport vositalariga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Faqat belgilangan yoʻnalishdagi transport vositalariga va yoʻnalishsiz yengil taksilarga

YHQ 2-ilovasi 1-boʻlimining oltinchi xatboshisiga asosan: 1.4 - toʻxtash taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.27 “Toʻxtash taqiqlangan” yoʻl belgisi bilan qoʻllaniladi hamda yoʻlning qatnov qismi chetiga yoki yoʻl chetidagi toʻsiq ustidan chiziladi. YHQ 1-ilovasi 3-boʻlimining oʻttiz sakkizinchi xatboshisiga asosan: 3.27 belgisiga amal qilish yoʻnalishli transport vositalariga taʼsir qilmaydi.

Mavzu boʻyicha videodars: 19-dars «Yotiq chiziqlar» →

4-savol. Sekinyurar transport vositalarining temir yoʻl kesishmasi orqali harakatlanishiga faqat temir yoʻl boshligʻining ruxsati bilan harakat tezligi quyidagidan kam boʻlganda yoʻl qoʻyiladi

  1. 3 km/soat
  2. 30 km/soat
  3. 5 km/soat
  4. 8 km/soat
  5. 10 km/soat
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. 8 km/soat

YHQ 18-bobi 118-bandi 9-xatboshiga asosan, temir yoʻl distantsiyasi boshligʻining ruxsatisiz tezligi soatiga 8 kilometrdan kam boʻlgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 27-dars «Temir yoʻl kesishmalari» →

5-savol. Qizil avtomobilning haydovchisi:

Qizil avtomobilning haydovchisi:
  1. Birinchi galda harakatlanishga ustunlikka ega
  2. Yoʻl berishi kerak
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Yoʻl berishi kerak

YHQ 15-bobi 100-bandiga asosan, svetoforning taqiqlovchi qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qoʻshimcha tarmoqning koʻrsatkichli yashil ishorasi yoʻnalishida harakatlanayotgan haydovchi boshqa yoʻnalishlardan harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 11-dars «Chorrahalardan oʻtish asoslari» →

6-savol. Bu belgi bilan belgilangan yoʻl qismlarida ajratuvchi boʻlakning uzilish joyida qayrilishga ruxsat etiladimi?

Bu belgi bilan belgilangan yoʻl qismlarida ajratuvchi boʻlakning uzilish joyida qayrilishga ruxsat etiladimi?
  1. Faqat toʻla vazni 3,5 tonnagacha boʻlgan transport vositalariga ruxsat etiladi
  2. Taqiqlanadi
  3. Ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Taqiqlanadi

YHQ 19-bobi 121-bandi 4-xatboshiga muvofiq, avtomagistrallarda ajratuvchi mintaqaning texnologik uzilish joylariga kirish va ularda qayrilib olish taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 28-dars «Avtomagistrallar» →

7-savol. Transport vositalarining trotuar va piyodalar yoʻlkasi boʻylab harakatlanishiga yoʻl qoʻyiladimi?

  1. Yoʻl qoʻyilmaydi, chunki bu piyodalarning hayotini xavf ostiga qoʻyishi mumkin
  2. Yoʻl qoʻyiladi, agar bu piyodalarning harakatiga xalal bermasa
  3. Trotuarda turgan boshqa transport vositasini aylanib oʻtish uchun yoʻl qoʻyiladi
  4. Bevosita shu trotuar yoki yoʻlkalarda joylashgan savdo yoki boshqa korxonalarga xizmat koʻrsatishda yoʻl qoʻyiladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. Bevosita shu trotuar yoki yoʻlkalarda joylashgan savdo yoki boshqa korxonalarga xizmat koʻrsatishda yoʻl qoʻyiladi

YHQ 10-bobi 72-bandiga muvofiq, qoidalarning 88, 166-bandlarida koʻzda tutilganlardan boshqa hollarda transport vositalarining trotuarlar, piyodalar yoʻlkalarida mexanik transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi. Bu joylarda yoʻldan foydalanish va kommunal xizmat mashinalarining harakatlanishiga, shuningdek, trotuarlar yoki piyodalar yoʻlkalari oldida joylashgan savdo shoxobchalari, korxonalar va boshqa inshootlarga yuk olib kirish uchun boshqa imkoniyati boʻlmagan transport vositalariga yaqin yoʻldan kirishga ruxsat etiladi. Bunda harakatlanish xavfsizligi taʼminlangan boʻlishi shart.

Mavzu boʻyicha videodars: 22-dars «Qatnov qismida joylashuv» →

8-savol. Bunday yoʻl belgisi bilan belgilangan yoʻl qismlarida shaharlararo qatnaydigan avtobuslarning qanday eng yuqori tezlikda harakatlanishiga ruxsat etiladi?

Bunday yoʻl belgisi bilan belgilangan yoʻl qismlarida shaharlararo qatnaydigan avtobuslarning qanday eng…
  1. 50 km/soat
  2. 70 km/soat
  3. 60 km/soat
  4. 80 km/soat
  5. 90 km/soat
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 5. 90 km/soat

YHQ 11-bobi 79-bandi 2-xatboshiga asosan, aholi punktlaridan tashqarida shaharlararo qatnaydigan avtobuslarga va mikroavtobuslarga tezlikni soatiga 90 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 23-dars «Harakatlanish tezligi» →

9-savol. Motosikllarni shatakka olishga ruxsat etiladimi?

  1. Tekis joylarda ruxsat etiladi
  2. Yon kajavasi boʻlmagan motosikllarga ruxsat etiladi
  3. Taqiqlanadi
  4. Yon kajavali motosikllarga ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. Yon kajavali motosikllarga ruxsat etiladi

YHQ 24-bobi 145-bandining beshinchi xatboshisiga asosan, shatakka olish quyidagi holatlarda taqiqlanadi: kajavasiz mototsikllar bilan, shuningdek bunday mototsikllarni.

Mavzu boʻyicha videodars: 34-dars «Shatakka olish» →

10-savol. Bu yoʻl belgisi bildiradi:

Bu yoʻl belgisi bildiradi:
  1. Aholi yashaydigan joydagi manzilga tomon harakatlanish yoʻnalishini
  2. Oxiri berk koʻchaga olib boradigan yoʻlni
  3. Balandlikda yoki tezlanish boʻlagida qoʻshimcha boʻlakning tugaganini
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Oxiri berk koʻchaga olib boradigan yoʻlni

YHQ 1-ilovasi 5-boʻlimining oʻttiz oltinchi xatboshisiga asosan: 5.19.1. “Oxiri berk yoʻl”. Yoʻlning koʻrsatilgan yoʻnalishda oxiri berkligini bildiradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 8-dars «Axborot-koʻrsatkich belgilari» →

11-savol. Shatakka olingan yengil avtomobilda yoʻlovchilarni tashish mumkinmi?

  1. Taqiqlanadi
  2. Egiluvchi va qattiq ulagichda ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Egiluvchi va qattiq ulagichda ruxsat etiladi

YHQ 24-bobi 143 - bandiga muvofiq, qattiq yoki egiluvchan ulagich bilan shatakka olingan avtobusda, trolleybusda va yuk avtomobili yukxonasida odam tashish taqiqlanadi, yengil avtomobilda esa taqiqlanmagan.

Mavzu boʻyicha videodars: 36-dars «Odam tashish» →

12-savol. Quyidagi belgi tagidagi qoʻshimcha axborot belgisi haydovchiga nima haqida xabar beradi?

Quyidagi belgi tagidagi qoʻshimcha axborot belgisi haydovchiga nima haqida xabar beradi?
  1. Toʻxtab turish paytida yurgizgichni oʻchirish taqiqlanadi
  2. Yurgizgichni oʻchirish sharti bilan toʻxtab turish
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Yurgizgichni oʻchirish sharti bilan toʻxtab turish

YHQ 1-ilovasi 7-boʻlimining yigirmanchi xatboshisiga asosan: 7.7. “Dvigatelni ishlatmasdan toʻxtab turish joyi”. 5.15 belgisi bilan belgilangan toʻxtab turish joyida transport vositalarining dvigatelini ishlatmasdan toʻxtab turishiga ruxsat etilganligini koʻrsatadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 10-dars «Qoʻshimcha axborot belgilari (jadvallar)» →

13-savol. Mazkur yotiq chiziq nimani anglatadi?

Mazkur yotiq chiziq nimani anglatadi?
  1. Reversiv harakatlanish boʻlagining chegarasini
  2. Belgilangan yoʻnalishdagi transport vositalari harakatlanadigan boʻlakni
  3. Maxsus avtomobillar harakatlanadigan boʻlakni
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Reversiv harakatlanish boʻlagining chegarasini

YHQ 2-ilovasi 1-Boʻlimining oʻn birinchi xatboshisiga asosan: 1.9 - reversiv harakat tashkil etilgan boʻlaklarning chegarasini belgilaydi; reversiv harakatlanish amalga oshirilgan yoʻllarda (reversiv svetofori oʻchirilgan holatda) qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport oqimini ajratadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 19-dars «Yotiq chiziqlar» →

14-savol. Chorrahani ikkinchi boʻlib kim kesib oʻtadi?

Chorrahani ikkinchi boʻlib kim kesib oʻtadi?
  1. Qizil avtomobil ayni vaqtda koʻk bilan
  2. Sariq avtomobil
  3. Yashil avtomobil
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Qizil avtomobil ayni vaqtda koʻk bilan

YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart.

Mavzu boʻyicha videodars: 13-dars «Teng ahamiyatli chorrahalar» →

15-savol. Chorrahani ikkinchi boʻlib kesib oʻtadi:

Chorrahani ikkinchi boʻlib kesib oʻtadi:
  1. Qizil avtomobil
  2. Yashil avtomobil
  3. Koʻk avtomobil
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Koʻk avtomobil

YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart.

Mavzu boʻyicha videodars: 13-dars «Teng ahamiyatli chorrahalar» →

16-savol. Temir yoʻl kesishmasidan oʻtishda haydovchi nimaga amal qilishi kerak?

  1. Yoʻl belgilari va chiziqlariga
  2. Temir yoʻl kesishmasi navbatchisining koʻrsatmalari va ishoralariga
  3. Shlagbaumning holatiga va yorugʻlik ishorasiga
  4. Barcha sanab oʻtilgan talablarga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. Barcha sanab oʻtilgan talablarga

YHQ 18-bobining 117-bandiga asosan, temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashib uni kesib oʻtmoqchi boʻlgan haydovchi kesishma navbatchisining koʻrsatmalariga, svetoforlar ishoralariga, yoʻl belgilariga, yoʻl chiziqlariga, shlagbaum holatiga amal qilishi va yaqinlashayotgan poyezd (lokomotiv, drezina) yoʻqligiga ishonch hosil qilish shart.

Mavzu boʻyicha videodars: 27-dars «Temir yoʻl kesishmalari» →

17-savol. Haydovchi quvib oʻtishni boshlashdan oldin nimaga ishonch hosil qilishi kerak?

  1. Quvib oʻtayotgan transport vositasidan ancha tezroq harakatlanishiga
  2. Shu boʻlak boʻyicha oldinda harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi chapga burilish (qayta tizilish) haqida ishora bermaganiga
  3. U chiqishga moʻljallangan yoʻl qismi 1000 m masofada boʻsh ekanligiga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Shu boʻlak boʻyicha oldinda harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi chapga burilish (qayta tizilish) haqida ishora bermaganiga

YHQ 12-bobi 82-bandi 3-xatboshiga asosan, quvib oʻtishni boshlashdan oldin haydovchi shu tasmada orqada harakatlanayotgan transport vositasi quvib oʻtishni boshlamaganligiga ishonch hosil qilishi shart.

Mavzu boʻyicha videodars: 24-dars «Quvib oʻtish» →

18-savol. Uzunasiga ketgan sidirgʻa chizigʻi bilan toʻxtagan transport vositalari oʻrtasidagi masofa quyidagidan kam boʻlgan joylarda transport vositalarining toʻxtashi va toʻxtab turishi taqiqlanadi:

  1. 4,0 m
  2. 2,0 m
  3. 6,0 m
  4. 5,0 m
  5. 3,0 m
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 5. 3,0 m

YHQ 13-bobi 91-bandi 7-xatboshiga asosan, quyidagi joylarda toʻxtash taqiqlanadi: – toʻxtagan transport vositasi bilan boʻylama sidirgʻa chiziq (qatnov qismining chetini belgilovchi chiziqdan tashqari), ajratuvchi mintaqa yoki qatnov qismining qarama-qarshi cheti orasidagi masofa 3 metrdan kam boʻlgan joylarda.

Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →

19-savol. Benzin bugʻidan zaharlanishning alomatlari qanday?

  1. Koʻz oʻngi qorongʻilashadi, bosh aylanadi, muvozanat yoʻqoladi, yiqiladi. Tomir urishi sekinlashadi. Oyoq-qoʻl soviydi
  2. Mastga oʻxshab harakatlanadi, bosh aylanadi, ogʻriydi, koʻngil ayniydi, qayt qiladi, mushaklari tortishadi. Nafas olish sekinlashadi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Mastga oʻxshab harakatlanadi, bosh aylanadi, ogʻriydi, koʻngil ayniydi, qayt qiladi, mushaklari tortishadi. Nafas olish sekinlashadi

Etillangan benzin (tetraetilqoʻrgʻoshin qoʻshilgan benzin)ning birdan katta miqdori havoga ajralishidan oʻtkir zaharlanish kelib chiqadi va unda koʻngil aynish, qusish, holsizlanish, bosh aylanishi, ishtahaning yoʻqolishi hollari yuzaga keladi. Ogʻizda metall taʼmi, tilda yot jizm sezilishi kabilar oʻziga xos belgilaridan biridir. Ogʻir holatlarda asabiylashish, chayqalib yurish, alahsirash, koʻrish va eshitishga oid gallyusinasiyalar va tomir tortishlar kuzatiladi. Etillanmagan benzindan ham zaharlanish mumkin. Shu kabi zaharlanishning alomatlari etillangan benzindan zaharlanishni eslatadi, biroq yengilroq tarzda oʻtadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 39-dars «YTHda birinchi yordam» →

20-savol. Yuk avtomobilining yukxonasida 8 nafardan koʻp odamlarni tashish qaysi haydovchilarga ruxsat beriladi?

  1. «D» va «С» toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega boʻlgan va shu toifadagi transport vositalaridan birini 3 yildan ortiq boshqargan haydovchilarga
  2. «С» toifadagi transport vositasini boshqarish huquqi guvohnomasi boʻlib, shu avtomobilda uch yillik ish davriga ega boʻlgan haydovchilarga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. «D» va «С» toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega boʻlgan va shu toifadagi transport vositalaridan birini 3 yildan ortiq boshqargan haydovchilarga

YHQ 26-bobi 152-bandiga asosan: Yuk avtomobilining yukxonasida odam tashish “C” toifasidagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega boʻlgan, odamlar soni kabinadagi yoʻlovchilarni ham qoʻshib hisoblaganda 8 nafardan ortiq boʻlganda esa, “C” va “D” toifalaridagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega boʻlgan va shu toifaga taalluqli transport vositalaridan birini 3 yildan ortiq boshqargan haydovchilar tomonidan amalga oshirilishi kerak. Harbiy haydovchilarga yuk avtomobillarida odam tashishga ruxsat berish Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 36-dars «Odam tashish» →

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

61-biletni onlayn yechish

Keyingi: 62-bilet →

Qoʻngʻiroq qilish