62-bilet: YHQ test savollari va javoblari
20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan
62-biletni onlayn yechishMashq bazasidagi 62-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.
1-savol. Qaysi yoʻnalishlarda sizga harakatni davom ettirishga ruxsat etiladi?
- Faqat chapga
- Toʻgʻriga va chapga
- Chapga va orqaga qayrilib olishga
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Faqat chapga
YHQga 1-ILOVA 5.8.2 bandi va 5. Axborot-koʻrsatkich belgilarining 11-xatboshi hamda YHQning 7-bob. 32-band 1 va 2-xatboshiga asosan: 5.8.2. «Tasma boʻyicha harakatlanish yoʻnalishi». Tasma boʻyicha ruxsat etilgan harakatlanish yoʻnalishi. Boshqa yoʻnalishlar boʻyicha harakatlanish taqiqlanadi.
Yoʻlning chetki chap boʻlagidan chapga burilishga ruxsat beruvchi 5.8.1 va 5.8.2 belgilari shu tasmadan qayrilishga ham ruxsat beradi.
32. Yoʻnaltirgich koʻrinishidagi qizil, sariq va yashil rangli svetofor ishoralari ham doirasimon shakldagi svetofor ishoralari bilan bir xil maʼnoga ega boʻladi. Ular faqat koʻrsatilgan yoʻnalishga taʼsir etadi.
Agar tegishli yoʻl belgisi bilan qayrilib olish taqiqlanmagan boʻlsa, chapga burilishga ruxsat beruvchi yoʻnaltirgich qayrilib olishga ham ruxsat beradi. Qoʻshimcha tarmoqdagi yashil yoʻnaltirgich ham xuddi shu maʼnoni bildiradi.
Mavzu boʻyicha videodars: 31-dars «Yoʻnalishli transport ustunligi» →
2-savol. Koʻk avtomobil qaysi yoʻnalishlar boʻyicha harakatlanishga ruxsat etiladi?
- Toʻgʻriga va chapga
- Toʻgʻriga va qayrilib olishga
- Faqat toʻgʻriga
- Faqat chapga
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 4. Faqat chapga
YHQga 1-ILOVA 5.8.2 bandi va 5. Axborot-koʻrsatkich belgilarining 11-xatboshi hamda YHQning 7-bob. 32-band 1 va 2-xatboshiga asosan: 5.8.2. «Tasma boʻyicha harakatlanish yoʻnalishi». Tasma boʻyicha ruxsat etilgan harakatlanish yoʻnalishi. Boshqa yoʻnalishlar boʻyicha harakatlanish taqiqlanadi.
Yoʻlning chetki chap boʻlagidan chapga burilishga ruxsat beruvchi 5.8.1 va 5.8.2 belgilari shu tasmadan qayrilishga ham ruxsat beradi.
32. Yoʻnaltirgich koʻrinishidagi qizil, sariq va yashil rangli svetofor ishoralari ham doirasimon shakldagi svetofor ishoralari bilan bir xil maʼnoga ega boʻladi. Ular faqat koʻrsatilgan yoʻnalishga taʼsir etadi.
Agar tegishli yoʻl belgisi bilan qayrilib olish taqiqlanmagan boʻlsa, chapga burilishga ruxsat beruvchi yoʻnaltirgich qayrilib olishga ham ruxsat beradi. Qoʻshimcha tarmoqdagi yashil yoʻnaltirgich ham xuddi shu maʼnoni bildiradi.
Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →
3-savol. Oq avtomobil qaysi yoʻnalishga harakatlanishga ruxsat etiladi?
- Harakatlanish taqiqlanadi
- Toʻgʻriga, chapga va orqaga qayrilishga
- Toʻgʻriga va chapga
- Faqat toʻgʻriga
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 4. Faqat toʻgʻriga
YHQga 1-ILOVA 5.8.2 bandi va 5. Axborot-koʻrsatkich belgilarining 11-xatboshi hamda YHQning 7-bob. 32-band 1 va 2-xatboshiga asosan: 5.8.2. «Tasma boʻyicha harakatlanish yoʻnalishi». Tasma boʻyicha ruxsat etilgan harakatlanish yoʻnalishi. Boshqa yoʻnalishlar boʻyicha harakatlanish taqiqlanadi.
Yoʻlning chetki chap boʻlagidan chapga burilishga ruxsat beruvchi 5.8.1 va 5.8.2 belgilari shu tasmadan qayrilishga ham ruxsat beradi.
32. Yoʻnaltirgich koʻrinishidagi qizil, sariq va yashil rangli svetofor ishoralari ham doirasimon shakldagi svetofor ishoralari bilan bir xil maʼnoga ega boʻladi. Ular faqat koʻrsatilgan yoʻnalishga taʼsir etadi.
Agar tegishli yoʻl belgisi bilan qayrilib olish taqiqlanmagan boʻlsa, chapga burilishga ruxsat beruvchi yoʻnaltirgich qayrilib olishga ham ruxsat beradi. Qoʻshimcha tarmoqdagi yashil yoʻnaltirgich ham xuddi shu maʼnoni bildiradi.
4-savol. Harakat tezligi 40 km/soatdan oshmaydigan transport vositasiga qatnov qismining oʻng qatoridan chiqishga qachon ruxsat etiladi?
- Aylanib oʻtishda
- Chapga burilish yoki qayrilib olish uchun qayta tizilishda
- Barcha sanab oʻtilgan hollarda
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Barcha sanab oʻtilgan hollarda
YHQning 10-bob. 68-bandiga asosan: 68. Tezligini soatiga 40 kilometrdan oshirishi mumkin boʻlmagan yoki texnik sabablarga koʻra tezligini bundan oshira olmaydigan transport vositalari aylanib oʻtish, quvib oʻtish, chapga burilish yoki qayrilib olish uchun qayta tizilishdan yoki ruxsat etilgan hollarda yoʻlning chap tomonida toʻxtashdan boshqa hollarda faqat chetki oʻng qatorida harakatlanishlari kerak.
5-savol. Qaysi transport vositasi toʻgʻri harakatlanmoqda?
- Oq avtomobil
- Oq va Koʻk
- Qora
- Barchasi notoʻgʻri
- Barchasi toʻgʻri
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Oq va Koʻk
YHQning 9-bob. 56-band 1-xatboshi hamda 57-band 2-xatboshiga asosan: 56. Aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi oʻngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yoʻnalishda harakatlanishi uchun moʻljallangan qatnov qismining eng chetki holatini egallashi shart.
Oʻngga burilishda transport vositasi iloji boricha qatnov qismining oʻng chetiga yaqinroq harakatlanishi kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 22-dars «Qatnov qismida joylashuv» →
6-savol. Ikki tomonlama yoʻlda harakatsiz holda boʻlgan jism bor (boʻchka, meshok, ...). Siz bu narsalarni qaysi tomonidan aylanib oʻtasiz?
- Oʻng va chap tomonidan
- Oʻng tomonidan
- Chap tomonidan
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Oʻng tomonidan
YHQning 10-bob. 76-bandiga asosan: 76. Agar yoʻl belgilari va chiziqlari boshqa yoʻnalishni koʻrsatmagan boʻlsa, haydovchilar ajratuvchi boʻlagi boʻlmagan ikki tomonlama harakat tashkil etilgan yoʻllardagi xavfsizlik orolchalari, ustunchalar va yoʻl inshooti qismlari (koʻprik, yoʻl oʻtkazgich ustunlari va shunga oʻxshashlar)ni oʻng tomondan aylanib oʻtishlari kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →
7-savol. Ushbu belgi oʻrnatilgan hududda qaysi toifalarga ega avtotransport vositalari harakatlanishi mumkin?
- Toza
- Oʻrta
- Zararli
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Toza
YHQga 1-ILOVA 3.35 bandiga asosan: 3.35. Ekologik zona hududida «oʻrta» va «zararli» ekologik toifalarga ega avtotransport vositalari harakatlanishi taqiqlangan.
3.35 belgisi ekologik zona hududiga kirishdan 150 — 300 metr oldin oʻrnatiladi.
Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →
8-savol. Yoʻl-patrul xizmati xodimlari “Yoʻl-patrul xizmati xodimlarining yoʻl harakati qatnashchilari bilan oʻzaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga koʻra qanday huquqlarga ega?
- Yoʻl transport hodisasining oldini olish va harakat xavfsizligini taʼminlash
- Maxsus tadbirlar oʻtkazish
- Taʼqib qilish
- Kuzatish
- Koʻrsatilgan barcha javoblar
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 5. Koʻrsatilgan barcha javoblar
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan, “Yoʻl-patrul xizmati xodimlarining yoʻl harakati qatnashchilari bilan oʻzaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi toʻgʻrisida”gi NIZOMga asosan: YPX xodimi oʻz xizmat vazifalarini bajarishda quyidagi huquq va majburiyatlarga ega: maxsus tadbirlar oʻtkazish, transport vositasini taʼqib qilish yoki kuzatish, yoʻl-transport hodisasining oldini olish va harakat xavfsizligini taʼminlash.
Mavzu boʻyicha videodars: 17-dars «Tartibga soluvchi ishoralari» →
9-savol. Ushbu yoʻl belgisi chorrahalarda oʻngga burilayotgan relssiz transport vositalariga svetoforning qaysi ishorasida harakatlanishga ruxsat etiladi?
- Qizil ishorasida
- Sariq ishorasida
- Yashil ishorasida
- Koʻrsatilgan barchasida
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 4. Koʻrsatilgan barchasida
YHQga 1-ILOVA 5.42 bandiga asosan: 5.42. «Qizil chiroqda oʻngga harakatlanish». Transport svetofori qizil chirogʻining oʻng yoniga 5.42 yoʻl belgisi oʻrnatilgan boʻlsa, transport vositalarining haydovchilari svetoforning taqiqlovchi ishorasi yonib turganda, barcha xavfsizlik choralarini koʻrgan holda oʻngga burilishlari mumkin. Bunda ular harakat yoʻnalishi boʻyicha va burilayotgan koʻchani kesib oʻtayotgan piyodalarga hamda boshqa transport vositalariga yoʻl berishlari shart.
Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →
10-savol. L- toifasi bu?
- Yuk avtomobillari
- Mototransport vositalari
- Yoʻlovchi tashuvchi transport vositalari
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Mototransport vositalari
YHQga 3-ILOVA 7.22 bandi 25-xatboshiga asosan: L toifasi — mototransport vositalari.
Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →
11-savol. Ushbu yoʻl nechta harakatlanish tasmasiga ega?
- Bitta harakatlanish tasmasiga
- Uchta harakatlanish tasmasiga
- Ikkita harakatlanish tasmasiga
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Ikkita harakatlanish tasmasiga
YHQning 1-bob. 6-band 84-xatboshiga asosan: harakatlanish tasmasi — avtomobillarning bir qator boʻlib harakatlanishi uchun yetarlicha keng boʻlgan, yoʻl chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yoʻl qatnov qismining har qanday boʻylama tasmasi.
Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →
12-savol. Bu joyda avtomobilning toʻxtab turishiga ruxsat etiladimi?
- Taqiqlanadi
- Ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Ruxsat etiladi
YHQning 13-bob. 88-band 2-xatboshi va 91-band 13-xatboshiga asosan: Aholi punktlarida oʻrtada tramvay yoʻli boʻlmagan, har yoʻnalishda bittadan tasmasi boʻlgan, shuningdek bir tomonlama harakat tashkil etilgan yoʻllarda yoʻlning chap tomonida toʻxtash va toʻxtab turishga ruxsat etiladi.
91. Quyidagilarda toʻxtash taqiqlanadi: qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 30 metrdan kam masofada (uch tomonlama kesishadigan chorrahalarda yondan tutashgan yoʻlning sidirgʻa chiziq yoki ajratuvchi mintaqa bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno).
Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →
13-savol. Qaysi rasmda quvib oʻtishning toʻgʻri holati koʻrsatilgan?
- 1
- 3
- 2 va 3
- 3 va 4
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. 2 va 3
YHQga 2-ILOVA 1.1 bandi va 44-xatboshi, 1.11 bandi va 49-xatboshi hamda YHQning 12-bob. 86-band 2-xatboshiga asosan: 1.1 — qarama-qarshi yoʻnalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi. 1.1 va 1.3 chiziqlarini bosib oʻtish taqiqlanadi, qatnov qismining chetini bildirish uchun qoʻllanilgan 1.1 chizigʻi bundan mustasno.
1.11 — faqat bir tomondan qayta tizilishga ruxsat etilgan yoʻl qismlarida, bir yoʻnalishdagi yoki qarama-qarshi kelayotgan transport oqimlarini ajratadi; qayrilib olish, toʻxtash maydonchalari va shunga oʻxshashlarga kirish-chiqish joylarida harakatlanish faqat bir yoʻnalishda ruxsat etilganligini koʻrsatadi. 1.11 chizigʻini uzuq-uzuq chiziq tomonidan, sidirgʻa chiziq tomonidan esa faqat quvib yoki aylanib oʻtishni tugatayotganda bosib oʻtishga ruxsat etiladi.
86. Quvib oʻtish quyidagi hollarda taqiqlanadi: tartibga solingan chorrahalarda.
14-savol. Qaysi transport vositasi yoʻl berishi kerak?
- Yashil avtomobil
- Sariq avtomobil
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Yashil avtomobil
YHQning 10-bob. 75-bandiga asosan: 75. Agar biror toʻsiq sababli qarama-qarshi yoʻnalishlarda harakatlanish qiyin boʻlsa, toʻsiq oʻz tomonida boʻlgan haydovchi yoʻl berishi kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →
15-savol. Ushbu koʻrsatilgan holatda qaysi transport vositasi yoʻl berishi kerak?
- Yashil avtomobil
- Qizil avtomobil
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Yashil avtomobil
YHQning 10-bob. 75-bandiga asosan: 75. Agar biror toʻsiq sababli qarama-qarshi yoʻnalishlarda harakatlanish qiyin boʻlsa, toʻsiq oʻz tomonida boʻlgan haydovchi yoʻl berishi kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →
16-savol. Qaysi rasmdagi yoʻl toʻrtta harakatlanish tasmasiga ega?
- Faqat ikkinchi rasmda
- Faqat uchinchi rasmda
- Barcha rasmlarda
- Faqat birinchi rasmda
- Faqat ikkinchi va uchinchi rasmda
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Barcha rasmlarda
YHQning 1-bob. 6-band 84-xatboshiga asosan: harakatlanish tasmasi — avtomobillarning bir qator boʻlib harakatlanishi uchun yetarlicha keng boʻlgan, yoʻl chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yoʻl qatnov qismining har qanday boʻylama tasmasi.
Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →
17-savol. Ushbu vaziyatda qaysi avtomobil haydovchisiga qayrilib olish taqiqlangan?
- Har ikki haydovchilarga ruxsat etilgan
- Faqat sariq avtomobil haydovchisiga
- Faqat qizil avtomobil haydovchisiga
- Har ikki haydovchiga taqiqlangan
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 4. Har ikki haydovchiga taqiqlangan
YHQga 2-ILOVA 1.11 bandi va 49-xatboshi hamda YHQning 9-bob. 56-band 1-xatboshiga asosan: 1.11 — faqat bir tomondan qayta tizilishga ruxsat etilgan yoʻl qismlarida, bir yoʻnalishdagi yoki qarama-qarshi kelayotgan transport oqimlarini ajratadi; qayrilib olish, toʻxtash maydonchalari va shunga oʻxshashlarga kirish-chiqish joylarida harakatlanish faqat bir yoʻnalishda ruxsat etilganligini koʻrsatadi. 1.11 chizigʻini uzuq-uzuq chiziq tomonidan, sidirgʻa chiziq tomonidan esa faqat quvib yoki aylanib oʻtishni tugatayotganda bosib oʻtishga ruxsat etiladi.
56. Aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi oʻngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yoʻnalishda harakatlanishi uchun moʻljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart.
Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →
18-savol. Ushbu vaziyatda avtomobil haydovchisiga qaysi yoʻnalishlarga harakatlanish taqiqlanadi?
- Faqat 3 va 4-yoʻnalishlarga
- Faqat 1-yoʻnalishga
- Faqat 2-yoʻnalishga
- Faqat 1, 3 va 4-yoʻnalishlarga
- Faqat 3-yoʻnalishga
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 4. Faqat 1, 3 va 4-yoʻnalishlarga
YHQga 1-ILOVA 3.18.1 bandi va 49-xatboshi hamda YHQning 9-bob. 56-band 1-xatboshiga asosan: 3.18.1. «Oʻngga burilish taqiqlangan». 3.18.1 va 3.18.2 belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga oʻrnatilsa, shu kesishmaga tatbiq etiladi.
56. Aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi oʻngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yoʻnalishda harakatlanishi uchun moʻljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart.
Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →
19-savol. Chorrahada harakatlanish navbatini toʻgʻri belgilang:
- Velosiped, sariq avtomobil, qizil avtomobil
- Velosiped, qizil avtomobil, sariq avtomobil
- Qizil avtomobil, velosiped, sariq avtomobil
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Velosiped, sariq avtomobil, qizil avtomobil
YHQning 16-bob. 104-band 1-xatboshi va 107-bandiga asosan: 104. Teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yoʻldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yoʻnalishidan qatʼiy nazar, yoʻl berishi kerak.
107. Chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yoʻldan qarama-qarshi yoʻnalishdan toʻgʻriga yoki oʻngga harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham oʻzaro amal qilishlari kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →
20-savol. Qaysi avtomobil haydovchisi burilish manevrini toʻgʻri bajarmoqda?
- Faqat oq avtomobil haydovchisi
- Har ikki haydovchi toʻgʻri bajarmoqda
- Har ikki haydovchi notoʻgʻri bajarmoqda
- Faqat sariq avtomobil haydovchisi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Har ikki haydovchi toʻgʻri bajarmoqda
YHQning 9-bob. 56-band 1-xatboshi va 57-bandiga asosan: 56. Aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi oʻngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yoʻnalishda harakatlanishi uchun moʻljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart.
57. Burilishni shunday amalga oshirish kerakki, bunda qatnov qismlarining kesishmasidan chiqayotgan transport vositasi qarama-qarshi yoʻnalishdagi harakatlanish tomoniga oʻtib ketmasligi kerak.
Oʻngga burilishda transport vositasi iloji boricha qatnov qismining oʻng chetiga yaqinroqda harakatlanishi kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →
20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan
62-biletni onlayn yechish