60-bilet: YHQ test savollari va javoblari

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

60-biletni onlayn yechish

Mashq bazasidagi 60-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.

1-savol. «Ruxsat etilgan toʻla vazn» nima?

  1. Aslahalangan transport vositasining ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan belgilangan, yuk, haydovchi va yoʻlovchilari bilan birgalikdagi eng yuqori vazni (oʻlchovi). Bir tarkibda harakatlanayotgan (tirkama va h.k.) transport vositalarining ruxsat etilgan toʻla vazniga shu tarkibga kiruvchi transport vositalarining ruxsat etilgan toʻla vaznlari yigʻindisi kiradi
  2. Transport vositasida tashiladigan yukning ishlab chiqargan korxona yoʻl qoʻygan texnik tavsifnomasi sifatida belgilanadigan vazni
  3. Transport vositasining haqiqiy vazni
  4. Transport vositasining yuk koʻtarishi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Aslahalangan transport vositasining ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan belgilangan, yuk, haydovchi va yoʻlovchilari bilan birgalikdagi eng yuqori vazni (oʻlchovi). Bir tarkibda harakatlanayotgan (tirkama va h.k.) transport vositalarining ruxsat etilgan toʻla vazniga shu tarkibga kiruvchi transport vositalarining ruxsat etilgan toʻla vaznlari yigʻindisi kiradi

YHQ 1-boʻlim 6-bandini 43-tushunchasiga asosan, ruxsat etilgan toʻliq vazn — jihozlangan transport vositasining ishlab chiqargan korxona tomonidan belgilangan yuk, haydovchi va yoʻlovchilari bilan birgalikdagi eng yuqori vazni (oʻlchovi).

Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →

2-savol. Bu belgida harakatlanish ruxsat etiladi:

Bu belgida harakatlanish ruxsat etiladi:
  1. Faqat avtomobil va avtobus haydovchilariga
  2. Barcha transport vositalarining haydovchilariga
  3. Faqat avtomobil haydovchisiga
  4. Faqat avtomobil va motosikl haydovchilariga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Barcha transport vositalarining haydovchilariga

YHQ 1-ilovasining 4-boʻlimidagi 4.4 "Yengil avtomobillar harakati" belgisida yengil avtomobil ifodalangan boʻlsa ham, belgi yengil avtomobillardan tashqari barcha turdagi avtobuslar, mototsikllar va toʻla vazni 3,5 tonnadan kam boʻlgan yuk avtomobillarining harakatlanishiga ruxsat etib, toʻla vazni 3,5 tonnadan yuqori boʻlgan yuk avtomobillari va traktorlar harakatlanishini taqiqlaydi. Belgining taʼsir oraligʻida yashovchi va ishlovchi fuqarolarga tegishli, ularga va korxonalarga xizmat koʻrsatuvchi transport vositalariga bu belgi tadbiq etilmaydi.

Mavzu boʻyicha videodars: 7-dars «Buyuruvchi belgilar» →

3-savol. Avtomagistralda qatnov qismining chetini bildiruvchi sidirgʻa oq chiziqni bosib oʻtishga ruxsat etiladimi?

Avtomagistralda qatnov qismining chetini bildiruvchi sidirgʻa oq chiziqni bosib oʻtishga ruxsat etiladimi?
  1. Taqiqlanadi
  2. Agar avtomagistralda harakatlanish serqatnov boʻlsa, taqiqlanadi
  3. Ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Ruxsat etiladi

YHQ 2-ilovasining 1-boʻlimidagi 1.2 (enli sidirgʻa chiziq) – avtomagistrallarda qatnov qismi chetini bildiradi. 1.2 chizigʻini istalgan tomondan bosib oʻtish mumkin.

Mavzu boʻyicha videodars: 19-dars «Yotiq chiziqlar» →

4-savol. Transport vositalari chorrahani quyidagi tartibda kesib oʻtadilar:

Transport vositalari chorrahani quyidagi tartibda kesib oʻtadilar:
  1. 1- va 2-tramvaylar ayni vaqtda sariq avtomobil bilan, yashil, koʻk, qizil avtomobillar
  2. Yashil avtomobil ayni vaqtda 2-tramvay bilan; 1-tramvay, koʻk, sariq, qizil avtomobillar
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. 1- va 2-tramvaylar ayni vaqtda sariq avtomobil bilan, yashil, koʻk, qizil avtomobillar

YHQ 16-bobi 104, 107-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yoʻldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yoʻnalishidan qatʼi nazar, yoʻl berishi kerak. Bunday chorrahalarda tramvay harakatlanish yoʻnalishidan qatʼi nazar, teng ahamiyatli yoʻlda bir yoʻnalishda yoki qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega. Chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yoʻldan qarama-qarshi yoʻnalishdan toʻgʻriga yoki oʻngga harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham oʻzaro amal qilishlari kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 15-dars «Chorraha: asosiy yoʻl burilganda» →

5-savol. Harakatlanishga ruxsat etilgan barcha transport vositalari qaysi javobda koʻrsatilgan?

Harakatlanishga ruxsat etilgan barcha transport vositalari qaysi javobda koʻrsatilgan?
  1. Tramvay va motosikl
  2. Barcha transport vositalari
  3. Tramvay, yuk avtomobili va motosikl
  4. Avtomobillar va motosikl
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Barcha transport vositalari

YHQ 7-bobi 32-bandiga muvofiq, yoʻnaltirgich koʻrinishidagi qizil, sariq va yashil rangli svetofor ishoralari ham doira shaklidagi svetofor ishoralari bilan bir xil maʼnoga ega boʻladi. Ular faqat koʻrsatilgan yoʻnalishga taʼsir etadi. Agar tegishli yoʻl belgisi bilan taqiqlanmagan boʻlsa, chapga burilishga ruxsat beruvchi yoʻnaltirgich qayrilib olishga ham ruxsat beradi. Qoʻshimcha tarmoqdagi yashil yoʻnaltirgich ham xuddi shu maʼnoni bildiradi. Qoʻshimcha tarmoqdagi ishora oʻchirilgan boʻlsa, shu tarmoq tartibga solayotgan yoʻnalishda harakatlanish taqiqlanganligini bildiradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 16-dars «Svetofor ishoralari» →

6-savol. Aholi punktlarida maʼlum harakat tezligiga rioya etayotgan yirik oʻlchamli transport vositasining haydovchisi qanday yoʻl tutishi kerak?

Aholi punktlarida maʼlum harakat tezligiga rioya etayotgan yirik oʻlchamli transport vositasining haydovchisi…
  1. Harakatni davom ettirishi
  2. Toʻxtashi va orqasida toʻplanib qolgan transport vositalarini oʻtkazib yuborishi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Harakatni davom ettirishi

YHQ 12-bobi 87 bandiga asosan, aholi punktlaridan tashqaridagi yoʻllarda sekin harakatlanadigan, katta hajmli yoki katta hajmli yuk tashiyotgan transport vositasini quvib oʻtish qiyin boʻlgan hollarda uning haydovchisi ushbu transport vositasini iloji boricha yoʻlning oʻng tomoniga olishi, zarur boʻlganda esa orqasida toʻplanib qolgan transport vositalarini oʻtkazib yuborish uchun toʻxtashi kerak. Aholi punktlarida esa yuqorida keltirilgan talablar yoʻq, u harakatni davom ettirishi mumkin.

Mavzu boʻyicha videodars: 24-dars «Quvib oʻtish» →

7-savol. Mazkur vaziyatda quvib oʻtishga ruxsat etilganmi?

Mazkur vaziyatda quvib oʻtishga ruxsat etilganmi?
  1. Hamma hollarda ruxsat etilgan
  2. Taqiqlangan
  3. 40 km/soatdan kam tezlik bilan harakatlanayotgan faqat yakka transport vositalariga ruxsat etilgan
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Taqiqlangan

YHQ 12-bobi 86-band 4-xatboshisiga asosan, temir yoʻl kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan kam masofa qolganda quvib oʻtish taqiqlanadi. Aholi punktlaridan tashqarida takrorlanadigan ikkinchi 1.2 belgi yoʻlning xavfli qismi boshlanishiga kamida 50 metr (koʻpi bilan 100 metr) qolganda oʻrnatiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 24-dars «Quvib oʻtish» →

8-savol. Siz chapga burilishga yoki qayrilishga qaror qildingiz. Orqa koʻrinadigan koʻzguga qarab, bildingizki, ortingizdagi haydovchi sizni quvib oʻtmoqchi. Sizning bundan keyingi harakatingiz?

  1. Sizning ortingizdan kelayotgan haydovchi sizni quvib oʻtib ketgandan soʻnggina burilishning chap koʻrsatkichini yoqish
  2. Burilishning chap koʻrsatkichini yoqish va qatnov qismida qulay joylashib olishdan foydalanib, manevr qilishga kirishish
  3. Burilishning chap koʻrsatkichini yoqish, oʻzini quvib oʻtishga imkon berishi va soʻng manevr qilishga kirishish
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Sizning ortingizdan kelayotgan haydovchi sizni quvib oʻtib ketgandan soʻnggina burilishning chap koʻrsatkichini yoqish

YHQ 12-bobi 84-bandiga asosan: Quvib oʻtilayotgan transport vositasining haydovchisiga harakat tezligini oshirish yoki boshqa xatti-harakatlar bilan quvib oʻtishga toʻsqinlik qilish taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 21-dars «Harakatni boshlash va manyovr» →

9-savol. Oʻng va chap gʻildiraklarining shinalari turlicha yeyilgan avtomobilga tormoz berish qanday xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin?

  1. Avtomobilning agʻdarilib ketishi mumkin darajada sirpanib ketishiga
  2. Naqsh izlarining koʻchib ketishiga
  3. Tormoz barabanlarining qizib ketishiga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Avtomobilning agʻdarilib ketishi mumkin darajada sirpanib ketishiga

Bir oʻqda oʻrnatilgan (chap va oʻng) shinalar naqshining ustki shakli va uning yoyilganlik darajasi barcha hollarda bir xil boʻlishi lozim, chunki bu hol tormozlanayotganda avtomobilning muvozanatini taʼminlovchi shartlardan biri hisoblanadi. Ushbu tartib inobatga olinmasa, tormozlanish vaqtida har xil tormoz kuchlari yuzaga kelib, muvozanatni yoʻqotishga olib keluvchi hollarni vujudga keltiradi. Avtomobilning yeyilgan shina naqshi tomoni oldinga intilib, aks tomoni orqada qoladi. Bu holda avtomobil bir tomonga siljib, maqbul boʻlmagan sharoitlarda muvozanatini yoʻqotib, agʻdarilishi mumkin.

Mavzu boʻyicha videodars: 40-dars «Harakat xavfsizligi asoslari» →

10-savol. Yoʻlovchi tashishga moʻljallanmagan yuk avtomobilida yukni kuzatib boruvchi yoki qabul qilib oluvchi shaxslarning tashilishiga ruxsat beriladimi?

  1. Taqiqlanadi
  2. Agar bort balandligidan pastda joylashgan qulay oʻrindiq boʻlsa ruxsat beriladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Agar bort balandligidan pastda joylashgan qulay oʻrindiq boʻlsa ruxsat beriladi

Odam tashish uchun moslashtirilmagan yuk avtomobillarining yukxonasida faqat yukni olish uchun borayotgan yoki uni kuzatib borayotgan shaxslarning boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi, bunda ular bort sathidan pastda oʻtirish uchun oʻrindiqlar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 36-dars «Odam tashish» →

11-savol. Quvib oʻtish nima?

  1. Egallagan harakatlanish boʻlagidan chiqib oldinda ketayotgan transport vositasidan oʻzib ketish
  2. Kam tezlik bilan qoʻshni qatorda harakatlanayotgan bir yoki bir qancha transport vositalaridan oʻzib ketish
  3. Bir yoki bir nechta transport vositalarini qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan tasmaga chiqib, soʻngra ilgari egallagan qatoriga qaytib oʻtish bilan bogʻliq boʻlgan oʻzib ketish
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Bir yoki bir nechta transport vositalarini qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan tasmaga chiqib, soʻngra ilgari egallagan qatoriga qaytib oʻtish bilan bogʻliq boʻlgan oʻzib ketish

YHQ 1-bobi 6-bandi 24-tushunchasiga asosan, quvib oʻtish — bir yoki bir nechta transport vositalarini qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan tasmaga chiqib, soʻngra ilgari egallagan qatoriga qaytib oʻtish bilan bogʻliq boʻlgan oʻzib ketish.

Mavzu boʻyicha videodars: 24-dars «Quvib oʻtish» →

12-savol. Qaysi belgi yoʻlning bir tomonlamali harakatlanish yoʻl qismini koʻrsatadi?

Qaysi belgi yoʻlning bir tomonlamali harakatlanish yoʻl qismini koʻrsatadi?
  1. 4
  2. 1
  3. 3
  4. 5
  5. 2
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. 3

YHQ 1-ilovasi 5-boʻlimining oltinchi xatboshisiga asosan: 5.5. “Bir tomonlama harakatli yoʻl”. Transport vositalari butun kenglik boʻyicha bir yoʻnalishda harakatlanadigan yoʻl yoki qatnov qismini bildiradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 8-dars «Axborot-koʻrsatkich belgilari» →

13-savol. Haydovchi, agar uning transport vositasi 40 km/soatga teng yoki undan ortiq tezlik bilan balandlikka chiqa olmasa, nima chora koʻrishi kerak?

Haydovchi, agar uning transport vositasi 40 km/soatga teng yoki undan ortiq tezlik bilan balandlikka chiqa…
  1. Qoʻshimcha boʻlakka qayta tizilishi
  2. Asosiy boʻlak boʻyicha, agar unda boshqa transport vositalari yoʻq boʻlsa, harakatlanishni davom ettirishi
  3. Agar balandlikning davomliligi 30 m dan oshmasa, asosiy boʻlak boʻyicha harakatlanishni davom ettirishi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Qoʻshimcha boʻlakka qayta tizilishi

YHQ 1-ilovasi 5-bobi: 5.8.3. bandi: «Tasmaning boshlanishi». Yoʻlning sekinlashish boʻlagi yoki balandlikka koʻtarilishdagi qoʻshimcha tasmaning boshlanish qismi. Agar belgiga 4.7 “Eng kam tezlik” belgisining tasviri tushgan boʻlsa, koʻrsatilgan yoki undan kattaroq tezlikda harakatlana olmaydigan transport vositasining haydovchisi asosiy tasmadan qoʻshimcha tasmaga qayta tizilishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 8-dars «Axborot-koʻrsatkich belgilari» →

14-savol. Avtomobillar chorrahani quyidagi tartibda kesib oʻtadilar:

Avtomobillar chorrahani quyidagi tartibda kesib oʻtadilar:
  1. Sariq chorrahaga chiqadi va yashilni oʻtkazib yuborish uchun toʻxtaydi; yashil, koʻk ayni vaqtda qizil bilan, sariq
  2. Yashil, koʻk ayni vaqtda qizil, soʻng sariq
  3. Koʻk, ayni vaqtda qizil bilan, yashil, sariq
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Yashil, koʻk ayni vaqtda qizil, soʻng sariq

YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. YHQ 16-bobi 107-bandiga asosan, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yoʻldan qarama-qarshi yoʻnalishdan toʻgʻriga yoki oʻngga harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart.

Mavzu boʻyicha videodars: 13-dars «Teng ahamiyatli chorrahalar» →

15-savol. Qaysi rasmda haydovchi oʻngga toʻgʻri burilyapti?

Qaysi rasmda haydovchi oʻngga toʻgʻri burilyapti?
  1. 1
  2. 2
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. 1

YHQ 7-bobi 32-bandiga asosan, yoʻnaltirgich koʻrinishidagi qizil, sariq va yashil rangli svetofor ishoralari ham doira shaklidagi svetofor ishoralari bilan bir xil maʼnoga ega boʻladi. Ular faqat koʻrsatilgan yoʻnalishga taʼsir etadi. Agar tegishli yoʻl belgisi bilan taqiqlanmagan boʻlsa, chapga burilishga ruxsat beruvchi yoʻnaltirgich qayrilib olishga ham ruxsat beradi. Qoʻshimcha tarmoqdagi yashil yoʻnaltirgich ham xuddi shu maʼnoni bildiradi. Qoʻshimcha tarmoqdagi ishora oʻchirilgan boʻlsa, shu tarmoq tartibga solayotgan yoʻnalishda harakatlanish taqiqlanganligini bildiradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 16-dars «Svetofor ishoralari» →

16-savol. Qaysi transport vositasining haydovchisi toʻxtash qoidasini buzdi?

Qaysi transport vositasining haydovchisi toʻxtash qoidasini buzdi?
  1. Faqat avtomobil haydovchisi
  2. Faqat motosikl haydovchisi
  3. Har ikkisi buzdi
  4. Hech kim buzmadi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Faqat motosikl haydovchisi

YHQ 22-bobi 132-bandiga muvofiq, agar 5.9 yoʻl belgisi bilan belgilangan tasma qatnov qismining boshqa tasmalardan uzuq-uzuq chiziq bilan ajratilgan boʻlsa, bunday joylarda yoʻnalishli transport vositalarining harakatiga xalaqit bermaslik sharti bilan yoʻlga chiqish, qatnov qismining chetki oʻng tomonida yoʻlovchilarni chiqarish va tushirish uchun bu boʻlakka oʻtishga ruxsat etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →

17-savol. Qizil avtomobilning haydovchisiga tramvay yoʻli boʻyicha harakatlanishga ruxsat etiladimi?

Qizil avtomobilning haydovchisiga tramvay yoʻli boʻyicha harakatlanishga ruxsat etiladimi?
  1. Ruxsat etiladi
  2. Taqiqlangan
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Ruxsat etiladi

YHQ 10-bobi 69-bandiga muvofiq, bir yoʻnalishdagi qatnov qismining chap tomonida u bilan bir sathda joylashgan tramvay yoʻlidan, shu yoʻnalishdagi boshqa tasmalar band boʻlganda harakatlanishga, shuningdek, aylanib oʻtishga, chapga burilish va qayrilib olishga ushbu Qoidalarning 56-bandini hisobga olgan holda ruxsat etiladi. Biroq bu tramvayga xalaqit bermasligi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 22-dars «Qatnov qismida joylashuv» →

18-savol. Chiziqlar bilan boʻlaklarga ajratilgan yoʻlning qatnov qismida transport vositalarining harakatlanishi qanday amalga oshirilishi kerak?

  1. Qatʼiy boʻlaklar boʻyicha, uzuq-uzuq chiziqni kesib oʻtishga faqat qayta tizilishda ruxsat etiladi
  2. Agar qatnov qismida tirkamali avtomobillar boʻlmasa va bunda ancha tor harakat oraligʻini saqlash mumkin boʻlsa, boʻlaklar boʻyicha qatʼiy emas
  3. Agar qatnov qismi transport vositalaridan xoli boʻlsa, boʻlak boʻyicha qatʼiy emas
  4. Agar transport vositalarining oʻlchamlari eniga katta boʻlmasa, boʻlak boʻyicha qatʼiy emas
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Qatʼiy boʻlaklar boʻyicha, uzuq-uzuq chiziqni kesib oʻtishga faqat qayta tizilishda ruxsat etiladi

Yoʻl harakati qoidalarining 70 bandiga asosan, agar qatnov qismi yoʻl chiziqlari bilan tasmalarga ajratilgan boʻlsa, transport vositalarining harakatlanishi qatʼiy ravishda belgilangan tasmalarda amalga oshirilishi kerak. Faqat qayta tizilishda uzuq-uzuq chiziqlarni bosib oʻtishga ruxsat etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 21-dars «Harakatni boshlash va manyovr» →

19-savol. Boldir suyagi oʻrtasidan singanda transportda olib yurish uchun taxtakach yoki uning oʻrniga oʻtuvchi narsa qanday qoʻyiladi?

  1. Singan joyga qoʻyiladigan shina yoki uning oʻrnini bosuvchi narsani siqib bogʻlash kerak
  2. Tovon tagidan to son oʻrtasigacha oyoqning ichki va tashqi tomonidan ikkita shina qoʻyish kerak. Singan joyni, tizza va boldir-oyoq kafti boʻgʻinlarini qimirlatmaslik lozim
  3. Shinani ikki tomondan butun boldir uzunligida tovondan to tizza boʻgʻinigacha qoʻyish kerak
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Tovon tagidan to son oʻrtasigacha oyoqning ichki va tashqi tomonidan ikkita shina qoʻyish kerak. Singan joyni, tizza va boldir-oyoq kafti boʻgʻinlarini qimirlatmaslik lozim

Suyak siniqlarining bir biriga nisbatan qoʻzgʻalmasligini taʼminlash uchun boldirni ikki taxtakach orasida mahkamlab, boldir-tovon boʻgʻin va tizza boʻgʻinining harakatini chegaralash lozim.

Mavzu boʻyicha videodars: 39-dars «YTHda birinchi yordam» →

20-savol. Qanday sharoitlarda transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi?

  1. Sanab oʻtilgan barcha hollarda
  2. Yoritish asboblari oʻrnida mazkur yoritish asboblarining turiga mos kelmaydigan lampalardan foydalanilganda
  3. Yoritish chiroqlari yoʻnalishi buzilgan boʻlsa
  4. Tashqi yoritish asboblari va yorugʻlik qaytargichlar ifloslanganda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Sanab oʻtilgan barcha hollarda

YHQ 3-ilovasi 3-boʻlimining 3.2, 3.3. va 3.4-bandlariga asosan: 3.2. Yorituvchi chiroq nurining yoʻnalishi buzilgan boʻlsa foydalanish taqiqlanadi. 3.3. Agar tashqi yoritqichlar va nur qaytargichlar belgilangan tartibda ishlamayotgan yoki ifloslangan boʻlsa foydalanish taqiqlanadi. 3.4. Yoritish asboblarida nur sochuvchisi boʻlmasa yoxud tegishli yorugʻlik asboblari turiga mos boʻlmagan nur sochuvchi va lampalardan foydalanilgan boʻlsa foydalanish taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 41-dars «Nosozliklar: qachon haydash mumkin emas» →

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

60-biletni onlayn yechish

Keyingi: 61-bilet →

Qoʻngʻiroq qilish