5-bilet: YHQ test savollari va javoblari
20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan
5-biletni onlayn yechishMashq bazasidagi 5-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.
1-savol. Ajratuvchi mintaqa - ...
- Yoʻlning relssiz transport vositalari harakati uchun moʻljallangan qismi
- Yoʻlning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, transport vositalari harakatlanishi yoki toʻxtashi uchun moʻljallanmagan, yoʻl sathidan koʻtarilgan yoki maysazor, ariq, maxsus toʻsiqlar bilan ajratilgan baland qismi
- Avtomobillarning bir qator boʻlib harakatlanishi uchun yetarlicha keng boʻlgan, yoʻl chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yoʻl qatnov qismining har qanday boʻylama boʻlagi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Yoʻlning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, transport vositalari harakatlanishi yoki toʻxtashi uchun moʻljallanmagan, yoʻl sathidan koʻtarilgan yoki maysazor, ariq, maxsus toʻsiqlar bilan ajratilgan baland qismi
Yoʻl harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, ajratuvchi mintaqa — yoʻlning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, transport vositalari harakatlanishi yoki toʻxtashi uchun moʻljallanmagan, yoʻl sathidan koʻtarilgan yoki maysazor, ariq, maxsus toʻsiqlar bilan ajratilgan baland qismi.
Mavzu boʻyicha videodars: 1-dars «Umumiy qoidalar va atamalar» →
2-savol. Bu yotiq chiziq nimani bildiradi?
- Kesib oʻtiladigan yoʻl boʻylab harakatlanayotgan transport vositasiga yoʻl berar ekan, haydovchi zarur holda qayerda toʻxtashi kerak boʻlgan joyni
- Toʻxtash taqiqlangan joyga yaqinlashilganini
- Mazkur yoʻnalishda harakatlanish boʻlagi soni kamaya borib, qatnov qismining torayishini
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Kesib oʻtiladigan yoʻl boʻylab harakatlanayotgan transport vositasiga yoʻl berar ekan, haydovchi zarur holda qayerda toʻxtashi kerak boʻlgan joyni
YHQ 2-ilovasining 1-boʻlimidagi 1.13 chizigʻi kesishayotgan yoʻlda harakatlanayotgan transport vositasiga yoʻl berish uchun toʻxtash zarur boʻlganda, haydovchiga transport vositasini toʻxtatish joyini koʻrsatadi.
3-savol. Yoʻlovchilarning va mahkamlanmagan yukning shiddat bilan oldinga surilib ketishiga nima sabab boʻlishi mumkin?
- Tezlikni keskin oshirish va keskin tormozlash
- Faqat keskin tormozlash
- Faqat tezlikni keskin oshirish
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Faqat keskin tormozlash
Haydovchi, yoʻlovchilar hamda mahkamlanmagan yuk birdan tormozlash, toʻqnashuv yoki avtomobilning keskin toʻxtashidan keyin avtomobil toʻxtashidan oldin mavjud harakat tezligini saqlagan holda harakatda davom etadilar. Aynan shu vaqtda jarohatlarning koʻpgina qismi boshning old peshonaga, koʻkrak qismining rul chambaragi va rul kolonkasiga, tizzaning asboblar oʻrnatilgan shchit qirrasiga urilishi natijasida yuzaga keladi. Yuk siljishi natijasida avtomobil muvozanatini yoʻqotib, agʻdarilishi mumkin. Shu bois, harakatdan oldin haydovchi va yoʻlovchilar xavfsizlik kamarini taqishi, yuk mahkamlanishi lozim.
Mavzu boʻyicha videodars: 40-dars «Harakat xavfsizligi asoslari» →
4-savol. Qaysi transport vositasi haydovchisi qoida buzib harakatlanmoqda?
- Hech kim qoida buzmayabdi
- Faqat moped haydovchisi
- Ruxsat etilgan toʻla vazni 3 tonna boʻlgan yuk avtomobili va moped haydovchisi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Ruxsat etilgan toʻla vazni 3 tonna boʻlgan yuk avtomobili va moped haydovchisi
YHQ 19-bobi 121-bandi: Avtomagistrallarda quyidagilar taqiqlanadi: piyodalar, uy hayvonlari, ot-aravalar, velosipedlar, individual harakatlanish vositalari, skuterlar, mopedlar, traktorlar va oʻziyurar uskunalar; texnik tavsifnomasiga yoki holatiga koʻra tezligi soatiga 40 km/soatdan kam boʻlgan transport vositalarining harakatlanishi; yuk avtomobillarining yoʻlning chetki chap qatorida harakatlanishi.
5-savol. Ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 t dan kam boʻlgan yuk avtomobilining haydovchisiga avtomagistrallarda nima taqiqlangan?
- Barcha sanab oʻtilgan harakatlar
- Uch boʻlakli yoʻlning ikkinchi boʻlagida harakatlanish
- Mexanik transport vositalarini shatakka olish
- Orqa bilan harakatlanish
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 4. Orqa bilan harakatlanish
YHQ 19-bobi 121-bandi 5-xatboshiga asosan, avtomagistrallarda orqaga harakatlanish taqiqlanadi.
6-savol. Qaysi rasmda piyodalar qoidani buzmay harakatlanmoqda?
- Chapdagi rasmda
- Ikkala rasmda
- Oʻngdagi rasmda
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Ikkala rasmda
YHQ 4-bobi 15-bandi 1-va 3-xatboshilariga asosan, piyodalar trotuarlardan, piyodalar yoʻlkalaridan, piyoda va velosiped yoʻlkalaridan, ular boʻlmaganda esa yoʻl yoqalaridan harakatlanishi kerak. Qatnov qismi chetida harakatlanayotgan piyodalar transport vositalarining harakatlanishiga qarama-qarshi yoʻnalishda yurishlari kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 3-dars «Piyodalarning vazifalari» →
7-savol. Agar yoʻl boshlanishida ushbu belgi turgan boʻlsa, qatnov qismining qarama-qarshi yoʻnalishiga oʻtish mumkinmi?
- Chapga burilish uchun mumkin
- Taqiqlanadi
- Quvib oʻtish uchun mumkin agar roʻparadan harakatlanish boʻlmasa va boʻlak qatnov qismining qolgan boʻlagidan uzuq-uzuq chizigʻi bilan ajratilgan boʻlsa
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Taqiqlanadi
YHQ 1-ilovasi 5.10.1 «Yoʻnalishli transport vositalari uchun tasmasi bor yoʻl» belgisi: qarama-qarshi yoʻnalish faqat yoʻnalishli transport vositalari uchun. Boshqa transport vositalariga qatnov qismining qarama-qarshi yoʻnalishiga oʻtish taqiqlanadi.
Mavzu boʻyicha videodars: 31-dars «Yoʻnalishli transport ustunligi» →
8-savol. Qaysi belgi oyning juft sonli kunlarda toʻxtab turishni taqiqlaydi?
- 4
- 2
- 1
- 3
- 5
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 5. 5
YHQ 1 – ilovasi 3 – boʻlimining oʻttiz toʻrtinchi xatboshisiga asosan: 3.30 “Oyning juft kunlarida toʻxtab turish taqiqlangan”.
9-savol. Qaysi rasmda piyodalar qoidani buzmay harakatlanmoqda?
- Chapdagi rasmda
- Ikkala rasmda
- Oʻngdagi rasmda
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Oʻngdagi rasmda
YHQning 4-bob. 15-band 1 va 3-xatboshiga asosan: 15. Piyodalar trotuarlardan, piyodalar yoʻlkalaridan, piyoda va velosiped yoʻlkalaridan, ular boʻlmaganda esa yoʻl yoqalaridan harakatlanishi kerak. Hajmi katta yuklarni olib ketayotgan piyodalar, shuningdek, nogironlarning dvigatelsiz aravachasida harakatlanayotgan shaxslarning trotuarlar yoki piyodalar yoʻlkalaridan harakatlanishi boshqa piyodalarning harakatlanishiga xalaqit berayotgan boʻlsa, ular qatnov qismining chetidan harakatlanishi mumkin.
Qatnov qismi chetida harakatlanayotgan piyodalar transport vositalarining harakatlanishiga qarama-qarshi yoʻnalishda yurishlari kerak. Nogironlarning dvigatelsiz aravachasida harakatlanayotgan, mototsikl, elektromototsikl, moped, skuter, velosiped va individual harakatlanish vositalarini yetaklab ketayotgan shaxslar esa bunday hollarda transport vositalarining harakatlanish yoʻnalishi boʻylab yurishlari kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 3-dars «Piyodalarning vazifalari» →
10-savol. Mexanik transport vositalari va uning tirkamalarining egalari texnik holatidan qatʼiy nazar; xarid qilgan (olgan) paytdan boshlab shu muddat mobaynida DYHX xizmatida roʻyxatdan oʻtkazishlari kerak:
- 10 kun
- 30 kun
- 15 kun
- 2 kun
- 5 kun
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. 10 kun
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan, mexanik transport vositalari va ularning tirkamalari egasi tomonidan xarid qilingan (olgan) kundan boshlab 10 kun ichida DYHX xizmatida roʻyxatdan oʻtkazilishi shart (texnik holatidan qatʼi nazar).
11-savol. Piyodalar oʻtish joyiga qancha masofa yetmasdan toʻxtash va toʻxtab turishga ruxsat beriladi?
- 3 metr
- 10 metr
- 5 metr
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. 10 metr
YHQ 13 – bobi 91-bandi: Toʻxtash taqiqlanadi: Piyodalar oʻtish joylarida va ulardan oldin 10 metrdan kam masofa qolganda.
Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →
12-savol. Qaysi rasmda toʻrt tasmali yoʻl koʻrsatilgan?
- Birinchi
- Barchasida
- Ikkinchi va uchinchi
- Birinchi va ikkinchi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Barchasida
YHQning 1-bob. 6-band 84-xatboshi va 10-bob. 64-band 1-xatboshiga asosan: harakatlanish tasmasi — avtomobillarning bir qator boʻlib harakatlanishi uchun yetarlicha keng boʻlgan, yoʻl chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yoʻl qatnov qismining har qanday boʻylama tasmasi;
64. Relssiz transport vositalari harakatlanadigan tasmalar soni chiziqlar va (yoki) 5.8.1, 5.8.2, 5.8.7, 5.8.8 yoʻl belgilari bilan belgilanadi. Bunday chiziqlar yoki yoʻl belgilari boʻlmasa, haydovchilar harakatlanish tasmalari sonini, qatnov qismining kengligini, transport vositalari orasidagi zarur yonlama oraliq masofani va ularning gabarit oʻlchamlarini hisobga olgan holda oʻzlari aniqlaydilar. Bunda harakatlanish ikki tomonlama boʻlgan yoʻl qatnov qismining chap tomondagi yarmi, qatnov qismining joylardagi kengayishlari (sekinlashish va tezlashish tasmalari, balandlikka koʻtarilishdagi qoʻshimcha tasmalar, yoʻnalishli transport vositalarining toʻxtash joylaridagi kengayishlar)ni hisobga olmagan holda, qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan deb hisoblanadi.
13-savol. Qoʻl jarohatlanganda jabrlanuvchining koʻylagi, kiyimi qanday yechilsa toʻgʻri boʻladi?
- Kiyim-boshni ikkala qoʻldan bir vaqtda yechish
- Kiyim-boshni yechishni sogʻ qoʻldan boshlash, soʻng kasal qoʻlni boʻshatish
- Kiyim-boshni yechishni kasal qoʻldan boshlash, soʻng sogʻ qoʻlni boʻshatish
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Kiyim-boshni yechishni sogʻ qoʻldan boshlash, soʻng kasal qoʻlni boʻshatish
Shikastlangan qoʻl yoki oyoqni majburiy harakatga solmasdan kiyim yechish imkonini yaratish uchun avval kiyim shikastlanmagan, soʻngra shikastlangan qoʻl yoki oyoqdan ehtiyotlik bilan yechiladi.
14-savol. Yoʻl harakati qoidalari nechta bob va banddan iborat?
- 37 bob 286 band
- 29 bob 186 band
- 50 bob 300 band
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. 29 bob 186 band
Yoʻl harakati qoidalarida 29 bob va 186 band mavjud. Shu sababli toʻgʻri javob — 29 bob 186 band.
Mavzu boʻyicha videodars: 1-dars «Umumiy qoidalar va atamalar» →
15-savol. Toʻxtash va toʻxtab turish taqiqlangan:
- Barcha sanab oʻtilgan hollarda
- Yoʻlning xavfli burilishlarida va yoʻlning loaqal bir yoʻnalishda 100 m dan kamroq qismi koʻrinadigan yoʻlning uzunasiga qavarib turgan joylari yaqinida
- Koʻpriklarda, estakadalarda va osma yoʻllarda, bir yoʻnalishda harakatlanish uchun uchtadan kam boʻlagi boʻlganda
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Barcha sanab oʻtilgan hollarda
YHQ 13-bobi 91-bandining uchinchi va yettinchi xatboshilariga asosan, quyidagi joy va holatlarda toʻxtash taqiqlanadi: bir yoʻnalishda harakatlanish uchun uchtadan kam boʻlagi boʻlgan koʻprik, yoʻl oʻtkazgich va estakada hamda ularning ostida (tegishli yoʻl belgilari bilan toʻxtab turish ruxsat berilgan yoʻl qismlari bundan mustasno); qatnov qismida koʻrinish masofasi 100 metrdan kam boʻlgan yoʻl doʻngliklari yaqinida va xavfli burilishlarda;
Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →
16-savol. Yashil avtomobil haydovchisi:
- Ustunlikka ega, chunki burilish ishorasini yoqdi
- Koʻk avtomobilga nisbatan ustunlikka ega, chunki quvib oʻtish uchun moʻljallangan boʻlakdan ketyapti
- Bir xil yoʻnalishda toʻgʻriga harakatlanayotgan koʻk avtomobilga yoʻl berishi kerak
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Bir xil yoʻnalishda toʻgʻriga harakatlanayotgan koʻk avtomobilga yoʻl berishi kerak
YHQ 9-bobi 55-bandi 1-xatboshiga asosan, haydovchi qayta tizilishda harakatlanish yoʻnalishini oʻzgartirmasdan harakatlanayotgan yoʻlakay transport vositalariga yoʻl berishi kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 21-dars «Harakatni boshlash va manyovr» →
17-savol. Harakatlanish kimga ruxsat etilgan?
- Barcha transport vositalariga
- Tramvayga va yengil avtomobilga
- Yuk avtomobili va motosiklga
- Yengil va yuk avtomobiliga, motosiklga
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Yuk avtomobili va motosiklga
YHQ 7-bobi 38-bandiga asosan, tartibga soluvchining qoʻllari yon tomonga uzatilganda yoki tushirilganda: chap va oʻng yon tomonidan tramvayga toʻgʻriga, relssiz transport vositalariga toʻgʻriga va oʻngga harakatlanishga, piyodalarga qatnov qismini kesib oʻtishga ruxsat beriladi; old va orqa tomonidan barcha transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi.
Mavzu boʻyicha videodars: 17-dars «Tartibga soluvchi ishoralari» →
18-savol. Haydovchiga transport vositasini boshqarish vaqtida telefondan foydalanishga ruxsat etiladimi?
- Qoʻlni ishlatmasdan texnik vositalardan foydalanib gaplashishga ruxsat etiladi
- 20 km/s tezlikda harakatlanayotganda ruxsat etiladi
- Ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Qoʻlni ishlatmasdan texnik vositalardan foydalanib gaplashishga ruxsat etiladi
YHQ 2-bobi 12-bandi 6-xatboshiga asosan, haydovchiga transport vositasini boshqarish paytida telefondan (telefondan quloqchinlar orqali va qoʻllarni ishlatmasdan turib soʻzlashuvlar olib borish imkoniyatini beradigan boshqa uskunalar orqali foydalanish bundan mustasno), foydalanish taqiqlanadi.
Mavzu boʻyicha videodars: 2-dars «Haydovchining vazifalari» →
19-savol. Chorrahadan birinchi boʻlib qaysi avtomobil kesib oʻtadi?
- Qizil avtomobil
- Yashil avtomobil
- Koʻk avtomobil
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Yashil avtomobil
YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart.
Mavzu boʻyicha videodars: 13-dars «Teng ahamiyatli chorrahalar» →
20-savol. Odamlarni tashishga moslashtirilmagan yuk avtomobili yukxonasida odam tashishga ruxsat etiladimi?
- Faqat yukni kuzatib boruvchi shaxslarga shu shart bilanki, ular bortlaridan pastda joylashgan oʻtiradigan joy bilan taʼminlangan boʻlsalar ruxsat etiladi
- Taqiqlanadi
- Avtomagistrallarga tegishli boʻlmagan yoʻllarda ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Faqat yukni kuzatib boruvchi shaxslarga shu shart bilanki, ular bortlaridan pastda joylashgan oʻtiradigan joy bilan taʼminlangan boʻlsalar ruxsat etiladi
Odam tashish uchun moslashtirilmagan yuk avtomobillarining yukxonasida faqat yukni olish uchun borayotgan yoki uni kuzatib borayotgan shaxslarning boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi, bunda ular bort sathidan pastda oʻtirish uchun oʻrindiqlar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan
5-biletni onlayn yechish