58-bilet: YHQ test savollari va javoblari

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

58-biletni onlayn yechish

Mashq bazasidagi 58-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.

1-savol. Qaysi belgi gabarit uzunligi belgisida koʻrsatilgandan uzun boʻlgan transport vositalarining harakatlanishini taqiqlaydi?

Qaysi belgi gabarit uzunligi belgisida koʻrsatilgandan uzun boʻlgan transport vositalarining harakatlanishini…
  1. 1
  2. 3
  3. 4
  4. 2
  5. 5
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. 2

YHQ 1-ilovasining 3-boʻlimi 3.15 "Cheklangan uzunlik" belgisiga muvofiq, belgi gabarit uzunligi (yuk bilan yoki yuksiz) belgida koʻrsatilganidan ortiq boʻlgan transport vositalari (transport vositalari tarkiblari)ning harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 6-dars «Taqiqlovchi belgilar» →

2-savol. Qaysi belgida qayrilishga ruxsat etiladi?

Qaysi belgida qayrilishga ruxsat etiladi?
  1. B
  2. A
  3. A, B, C
  4. C
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. A, B, C

YHQga 1-ILOVA 3.18.2 va 5.7.2 hamda 5.10.2 bandiga asosan: 3.18.2. «Chapga burilish taqiqlanadi». 5.7.2. «Bir tomonlama harakatli yoʻlga chiqish». Harakatlanish bir tomonlama boʻlgan yoʻlga yoki qatnov qismiga chiqish. 5.10.2. «Yoʻnalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yoʻlga chiqish».

Mavzu boʻyicha videodars: 8-dars «Axborot-koʻrsatkich belgilari» →

3-savol. Ishqalanish koeffitsientiga shinalarning siyqalanib ketgan protektori qanday taʼsir qiladi?

  1. Ishqalanish koeffitsienti kamayadi
  2. Ishqalanish koeffitsienti oshadi
  3. Ishqalanish koeffisienti oʻzgarmaydi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Ishqalanish koeffitsienti kamayadi

Protektor qatlamining yeyilishi bilan birga gʻildirakning yoʻl bilan tishlashishi yomonlashib, tormoz berayotganda yoki tezlikni oshirayotganda avtomobilning sirpanish ehtimoli koʻpayadi. Protektori butunlay yeyilib ketgan shinaning yoʻl bilan tishlashish koeffitsienti yangi shinaning ushbu koeffitsientidan ikki barobar kam. Shuning uchun shinasi yeyilgan avtomobildan foydalanish mumkin emas va yoʻl harakati qoidalarida taqiqlangan.

Mavzu boʻyicha videodars: 40-dars «Harakat xavfsizligi asoslari» →

4-savol. Quyidagi 3.27 «Toʻxtash taqiqlangan» belgisining amal qilish chegarasi qayerda tugaydi?

Quyidagi 3.27 «Toʻxtash taqiqlangan» belgisining amal qilish chegarasi qayerda tugaydi?
  1. Yoʻlning yotiq sariq chizigʻi oxirida
  2. Birinchi chorrahada
  3. Aholi yashaydigan joyning oxirida
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Yoʻlning yotiq sariq chizigʻi oxirida

YHQ 1-ilovasining 3-boʻlimi 11-xatboshiga asosan, 3.27 "Toʻxtash taqiqlangan" belgisi 1.4 yotiq chizigʻi bilan birgalikda qoʻllanishi mumkin, bunda belgining taʼsir hududi shu yoʻl chizigʻi uzunligi bilan aniqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 19-dars «Yotiq chiziqlar» →

5-savol. Qaysi hollarda yoʻlning harakatlanish boʻlagini ajratuvchi uzuq-uzuq chiziqni bosib oʻtish mumkin?

  1. Yoʻlda boshqa transport vositalari boʻlmasa
  2. Faqat qayta tizilishda
  3. Barcha sanab oʻtilgan hollarda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Faqat qayta tizilishda

YHQ 10-bobi 70-bandiga muvofiq, agar qatnov qismi yoʻl chiziqlari bilan tasmalarga ajratilgan boʻlsa, transport vositalarining harakatlanishi qatʼiy ravishda belgilangan tasmalarda amalga oshirilishi kerak. Faqat qayta tizilishda uzuq-uzuq chiziqlarni bosib oʻtishga ruxsat etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 19-dars «Yotiq chiziqlar» →

6-savol. M toifadagi avtotransport vositalari bu:

  1. Kamida toʻrt gʻildirakka ega boʻlgan va yoʻlovchilarni tashish uchun foydalaniladigan mexanik transport vositalari
  2. Yuk tashish uchun moʻljallangan, eng katta vazni 3,5 t dan oshmaydigan avtotransport vositalari
  3. Tirkamalar (yarim tirkamalar ham)
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Kamida toʻrt gʻildirakka ega boʻlgan va yoʻlovchilarni tashish uchun foydalaniladigan mexanik transport vositalari

Yoʻl harakati qoidalariga 3-ilova 7.22 bandiga asosan, M toifasi — kamida toʻrt gʻildirakka ega boʻlgan va yoʻlovchilarni tashish uchun foydalaniladigan mexanik transport vositalari.

Mavzu boʻyicha videodars: 41-dars «Nosozliklar: qachon haydash mumkin emas» →

7-savol. Haydovchi avtopoezdni tormozlashning qaysi qoidalariga rioya qilishi kerak?

  1. Tormoz tepkisini keskin kuchli bosish - ulagichni ajratgan holda
  2. Oldindan tezlikni kamaytirish, ulagichni ajratmay, bir tekis tormozlash
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Oldindan tezlikni kamaytirish, ulagichni ajratmay, bir tekis tormozlash

Tormoz tizimi mavjud boʻlmagan tirkamani ulash vaqtida ulangan transport vositalarining umumiy vazni kattalashgani bois avtomobilning tormoz yoʻli ortadi. Avtopoyezdni faqat yoʻlning toʻgʻri uchastkalarda toʻxtatish mumkin, bunda uning toʻliq vazni bir chiziqda boʻlishi kerak. Aylana yoʻlda shatakchi avtomobilning agʻdarilishi, yoʻl chetiga chiqib ketishi yoki shatakchi moslamaning ishdan chiqishiga olib keluvchi tirkamaning surilib ketishi yoki avtopoyezdning buklanishi yuzaga kelishi mumkin.

Mavzu boʻyicha videodars: 40-dars «Harakat xavfsizligi asoslari» →

8-savol. Bu tik yoʻl chizigʻi nimani bildiradi?

Bu tik yoʻl chizigʻi nimani bildiradi?
  1. Xavfli yoʻl qismlarida bordyurlarni belgilaydi
  2. Yoʻlning xavfli joylaridagi harakatlanish boʻlagi chegarasini bildiradi
  3. Yoʻnaltiruvchi ustunchalar, beton yoki temir-beton ustunchalar, toʻsiq ustunchalari va shunga oʻxshashlarni belgilaydi
  4. Yoʻlning boshqa qismlarida yoʻl chetidagi toʻsiqlarning yon chegarasini belgilaydi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. Yoʻlning boshqa qismlarida yoʻl chetidagi toʻsiqlarning yon chegarasini belgilaydi

YHQ 2-ilovasining 2-boʻlimiga asosan, 2.6 tik chizigʻi - boshqa joylardagi toʻsiqlarning yon yuzalarini bildiradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 20-dars «Tik chiziqlar» →

9-savol. Svetofor ishoralari imtiyoz belgilari talablariga zid kelgan hollarda?

  1. Haydovchilar imtiyoz belgilari talablariga amal qilishlari kerak
  2. Haydovchilar svetofor ishoralariga amal qilishlari kerak
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Haydovchilar svetofor ishoralariga amal qilishlari kerak

Yoʻl harakati qoidalarining 33 bandi 2 xatboshiga asosan, svetofor ishoralari imtiyoz belgilari talablariga zid boʻlgan hollarda haydovchilar svetofor ishoralariga amal qilishlari kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 16-dars «Svetofor ishoralari» →

10-savol. Sanab oʻtilgan hollarning qaysi birida qoidalar haydovchi oʻzining transport vositasini ichki ishlar xodimi ixtiyoriga berishi shart?

  1. Kechiktirib boʻlmaydigan xizmat vazifalarini bajarish uchun
  2. Barcha holatlarda
  3. Ish joyiga borish uchun
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Kechiktirib boʻlmaydigan xizmat vazifalarini bajarish uchun

YHQ 2-bobi 11-bandi z - xatboshiga asosan, transport vositasining haydovchisi IIO, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlariga Qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda kechiktirib boʻlmaydigan xizmat vazifalarini bajarish uchun transport vositasini foydalanishga taqdim etishga majburdir.

Mavzu boʻyicha videodars: 2-dars «Haydovchining vazifalari» →

11-savol. Koʻrsatilgan holatda qayrilib olishga ruxsat etiladimi?

Koʻrsatilgan holatda qayrilib olishga ruxsat etiladimi?
  1. Ruxsat beriladi
  2. Taqiqlanadi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Taqiqlanadi

YHQ 1-ilova: 4.3. “Aylanma harakatlanish”. Koʻrsatkichlar yoʻnalishlarida harakatlanish ruxsat etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 7-dars «Buyuruvchi belgilar» →

12-savol. Bosh miya va kalla suyagi oʻrtacha holatda jarohatlangan jabrlanuvchini transportning qaysi turida tashish kerak?

  1. Yoʻlovchi yengil avtomobilida
  2. Yoʻlovchi yuk avtomobilida
  3. Faqat tez tibbiy yordam mashinasida
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Faqat tez tibbiy yordam mashinasida

Bosh miya suyagi shikastlangan jabrlanuvchi faqat maxsus jihozlangan tez tibbiy yordam yoki qutqarish xizmati avtomobillarida tashiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 39-dars «YTHda birinchi yordam» →

13-savol. Qaysi transport vositasining haydovchisi yoʻlda tezlanish boʻlagi boʻlganda unga chiqish qoidasini buzdi?

Qaysi transport vositasining haydovchisi yoʻlda tezlanish boʻlagi boʻlganda unga chiqish qoidasini buzdi?
  1. Har ikki haydovchi
  2. Har ikki haydovchi toʻgʻri chiqadi
  3. Koʻk avtomobilning haydovchisi
  4. Yashil avtomobilning haydovchisi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. Yashil avtomobilning haydovchisi

YHQ 9-bobi 61-bandiga muvofiq, yoʻlga chiqish joyida tezlashish boʻlagi boʻlsa, haydovchi unda harakatlanishi va qoʻshni boʻlakda harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berib, transport oqimiga qoʻshilishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 21-dars «Harakatni boshlash va manyovr» →

14-savol. Qayrilish taqiqlanadi:

  1. Chorrahaga 15 metrdan yaqinroqda
  2. Tartibga solinmaydigan chorrahalarda, agar kesib oʻtilayotgan yoʻlda bir tomonlama harakatlanish tashkil etilgan boʻlsa
  3. Hamma sanab oʻtilgan hollarda
  4. Piyodalar oʻtish joylarida
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. Piyodalar oʻtish joylarida

YHQ 9 – bobi 62 – bandining birinchi xatboshisiga asosan, quyidagi joylarda qayrilib olish taqiqlanadi: piyodalarning oʻtish joylarida.

Mavzu boʻyicha videodars: 21-dars «Harakatni boshlash va manyovr» →

15-savol. Transport vositasi haydovchisi tomonidan chiqarilgan havotadi etanol bugʻlari kontsentrasiyasi qancha miqdorni koʻrsatgan hollarda DYHXX xodimi haydovchiga nisbatan alkogolli ichimlik esteʼmol qilganligi fakti yuzasidan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtiradi

Transport vositasi haydovchisi tomonidan chiqarilgan havotadi etanol bugʻlari kontsentrasiyasi qancha…
  1. Puflangan havoning bir litrida 0,105 milligramm va undan yuqori boʻlgan hallorda
  2. Puflangan havoning bir litrida 0,255 milligramm va undan yuqori boʻlgan hallorda
  3. Puflangan havoning bir litrida 0,135 milligramm va undan yuqori boʻlgan hallorda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Puflangan havoning bir litrida 0,135 milligramm va undan yuqori boʻlgan hallorda

Oʻz. R. SSV, Oʻz. R. IIV, Oʻz. R. Oliy sudi, Oʻz. R. Bosh prokuraturasining 2018 yil 20 noyabrdagi 52, 74, 11-192-18, 68-qq-son qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan, “Transport vositalari haydovchilarining mast holatda ekanligini aniqlash tartibi toʻgʻrisida”gi NIZOMning 10 - bandiga asosan: 10. Transport vositasi haydovchisi tomonidan chiqarilgan havodagi etanol bugʻlari kontsentratsiyasi koʻrsatkichi 0,135 milligramm va undan yuqori boʻlgan hollarda DYHXX xodimi haydovchiga nisbatan alkogolli ichimlik isteʼmol qilganligi fakti yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 131-moddasiga muvofiq maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtiradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →

16-savol. Harakat tezligi 40 km/soatdan oshmaydigan transport vositasiga qatnov qismining chap tasmasiga chiqishga qachon ruxsat etiladi?

Harakat tezligi 40 km/soatdan oshmaydigan transport vositasiga qatnov qismining chap tasmasiga chiqishga…
  1. Sanab oʻtilgan barcha hollarda
  2. Sanab oʻtilgan barcha hollarda, shuningdek, agar bir yoʻnalishda harakatlanish uchun uchta va undan ortiq tasma boʻlganda
  3. Quvib oʻtishda, oʻzib ketishda yoki aylanib oʻtishda
  4. Burilish yoki qayrilish oldidan qayta tizilishda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Sanab oʻtilgan barcha hollarda

YHQ 10-bobi 67-bandiga muvofiq, tezligini soatiga 40 kilometrdan oshirishi mumkin boʻlmagan yoki texnik sabablarga koʻra tezligini bundan oshira olmaydigan transport vositalari aylanib oʻtish, quvib oʻtish, chapga burilish yoki qayrilib olish uchun qayta tizilishdan yoki ruxsat etilgan hollarda yoʻlning chap tomonida toʻxtashdan boshqa hollarda faqat chetki oʻng tasmada harakatlanishlari kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 22-dars «Qatnov qismida joylashuv» →

17-savol. Agar avtomobilning oʻng gʻildiraklari nam qoplamali yoʻl yoqasiga chiqib qolsa, tavsiya etiladi:

  1. Avtomobilni tormozlash va toʻliq toʻxtatish
  2. Avtomobilni tormozlamasdan yoʻlning harakat qismiga ohista ravon burish
  3. Avtomobilni tormozlab, yoʻlning harakat qismiga ohista ravon burilish
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Avtomobilni tormozlamasdan yoʻlning harakat qismiga ohista ravon burish

Harakatlanishda avtomobil oʻng gʻildiraklarining yumshoq va nam yoʻl yoqasida chiqishi oʻng va chap gʻildiraklar ilashish koeffisientlarining turlicha boʻlishiga va bu oʻz navbatida avtomobilning sirpanib ketishiga olib keladi. Bunday vaziyatda tezlikni pasaytirmay, yaʼni tormoz tepkisini bosmay rul chambaragini asta burib qatnov qismiga yoʻnaltirish kerak. Ushbu holatda tormozlash ham avtomobilning sirpanishiga olib keladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 40-dars «Harakat xavfsizligi asoslari» →

18-savol. Odam tashish uchun moʻljallangan yuk avtomobili yukxonasiga oʻrnatilgan oʻrindiqlar, yukxona pastgi qismidan qancha balandlikda maxkamlangan boʻlishi kerak?

  1. 0,8-0,9 metr
  2. 0,3-0,5 metr
  3. 0,6-0,7 metr
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. 0,3-0,5 metr

YHQ 26 – bobi 153 – bandiga asosan: Odam tashish uchun moʻljallangan yuk avtomobili yukxonasining borti 1,3 metrdan kam boʻlmasligi shart. Bunda yukxonaning pastki qismidan 0,3 — 0,5 metr balandlikda mahkamlangan oʻrindiqlar jihozlangan boʻlishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 36-dars «Odam tashish» →

19-savol. Ushbu belgi amal qilgan hududda avtobus haydovchisi quvib oʻtishi mumkinmi?

Ushbu belgi amal qilgan hududda avtobus haydovchisi quvib oʻtishi mumkinmi?
  1. Agar quvib oʻtilayotgan transport vositalari soatiga 40 km dan kam tezlikda harakat qilayotgan boʻlsagina mumkin
  2. Mumkin emas
  3. Quvib oʻtish qoidalariga rioya qilib barcha hollarda mumkin
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Quvib oʻtish qoidalariga rioya qilib barcha hollarda mumkin

YHQ 1 – ilovasi 3 – boʻlimining yigirma oltinchi xatboshisiga asosan: 3.22. “Yuk avtomobillarida quvib oʻtish taqiqlangan”. Toʻla vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillarida barcha transport vositalarini quvib oʻtish taqiqlanishini bildiradi. (soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi, traktor, ot-arava, velosiped bundan mustasno).
Belgi yuk mashinalari quvib oʻtishni taqiqlaydi, shunga koʻra, ushbu belgi bilan taʼsir oraligʻida avtobuslarga quvib oʻtishga barcha hollarda ruxsat beriladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 6-dars «Taqiqlovchi belgilar» →

20-savol. Temir yoʻl kesishmasida umumiy xatar ishorasi sifatida quyidagi ishoralar turkumi xizmat qiladi:

  1. Ikkita uzun va ikkita qisqa tovushli ishoralari
  2. Bitta uzun va uchta qisqa tovushli ishoralari
  3. Uchta uzun va uchta qisqa tovushli ishoralari
  4. Uchta uzun va bitta qisqa tovushli ishoralari
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Bitta uzun va uchta qisqa tovushli ishoralari

YHQ 18-bobi 120-bandi 6-xatboshi izohiga asosan, bitta uzun va uchta qisqa tovushli ishoralar umumiy xatar ishorasi hisoblanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 27-dars «Temir yoʻl kesishmalari» →

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

58-biletni onlayn yechish

Keyingi: 59-bilet →

Qoʻngʻiroq qilish