56-bilet: YHQ test savollari va javoblari
20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan
56-biletni onlayn yechishMashq bazasidagi 56-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.
1-savol. Sariq avtomobil chorrahani nechanchi boʻlib kesib oʻtadi?
- Ikkinchi boʻlib
- Uchinchi boʻlib
- Oxirgi boʻlib
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Oxirgi boʻlib
Yoʻl harakati qoidalarining 106 bandiga asosan, Asosiy yoʻlning yoʻnalishi chorrahada oʻzgarganda, asosiy yoʻlda harakatlanayotgan haydovchilar oʻzaro teng ahamiyatli yoʻllar chorrahasidan oʻtish qoidasiga amal qilishlari kerak.
Ikkinchi darajali yoʻllarda harakatlanayotgan haydovchilar ham oʻzaro shu qoidaga amal qilishlari kerak.
Ushbu chorrahani yashil birinchi, qizil avtomobil ikkinchi, koʻk avtomobil uchinchi va sariq avtomobil oxirgi boʻlib kesib oʻtadi.
Mavzu boʻyicha videodars: 15-dars «Chorraha: asosiy yoʻl burilganda» →
2-savol. Qaysi transport vositalari yoʻnalishli transport vositalari hisoblanadi?
- Yoʻlovchilarni tashuvchi istalgan transport vositalari
- Avtobuslar
- Belgilangan yoʻnalishi va bekatlari boʻlgan, yoʻlovchi tashish uchun moʻljallangan umum foydalanishdagi transport vositalari (trolleybus, tramvay, avtobus, yoʻnalishli taksi)
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Belgilangan yoʻnalishi va bekatlari boʻlgan, yoʻlovchi tashish uchun moʻljallangan umum foydalanishdagi transport vositalari (trolleybus, tramvay, avtobus, yoʻnalishli taksi)
YHQ umumiy qoidalar: Yoʻnalishli transport vositasi - belgilangan yoʻnalishi va bekatlari boʻlgan, yoʻlovchi tashish uchun moʻljallangan umum foydalanishdagi transport vositalari (trolleybus, tramvay, avtobus, yoʻnalishli taksi).
Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →
3-savol. Harakat qaysi yoʻnalishga ruxsat etilgan?
- Barcha yoʻnalishlarga
- Toʻgʻri va oʻngga
- Faqat toʻgʻriga
- Toʻgʻriga, oʻngga va chapga
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Toʻgʻri va oʻngga
YHQ 1-ilovasining 5-boʻlimidagi 5.5 "Bir tomonlama harakatli yoʻl" belgisi transport vositalari butun kenglik boʻyicha bir yoʻnalishda harakatlanadigan yoʻl yoki qatnov qismini bildiradi. Burilishdan oldin haydovchi qatnov qismida tegishli chekka holatni egallashi shart: chapga burilish uchun — eng chap chetdagi holatni. Rasmda avtomobil oʻng chetda turibdi, shuning uchun bu holatdan unga toʻgʻriga va oʻngga harakatlanishga ruxsat etiladi.
Mavzu boʻyicha videodars: 8-dars «Axborot-koʻrsatkich belgilari» →
4-savol. Temir yoʻl kesishmalari va ularga yaqin joylarda quvib oʻtishga tegishli qanday yoʻl harakati qoidalari amal qiladi?
- Temir yoʻl kesishmalarida va ularga 100 metrdan kam masofa qolganda quvib oʻtish taqiqlanadi
- Quvib oʻtish faqat temir yoʻl kesishmalaridan keyin taqiqlanadi
- Temir yoʻl kesishmalarida, ularga 100 metrdan kam masofa qolganda va temir yoʻl kesishmalaridan keyin 100 metr davomida quvib oʻtish taqiqlanadi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Temir yoʻl kesishmalarida va ularga 100 metrdan kam masofa qolganda quvib oʻtish taqiqlanadi
Yoʻl harakati qoidalarining 86 bandiga asosan, quvib oʻtish quyidagi hollarda taqiqlanadi: temir yoʻl kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan kam masofa qolganda.
5-savol. Transport vositalari ushbu taniqlik belgilari bilan belgilanadi:
- Xavfli yuklar tashiyotgan
- Kar yoki kar-soqov haydovchilar boshqarayotgan
- Nogiron boshqarayotgan
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Nogiron boshqarayotgan
YHQ 29-bobi 176-bandi 12-xatboshiga asosan, "Nogironligi boʻlgan shaxs" — birinchi yoki ikkinchi guruh nogironligi boʻlgan shaxs boshqarayotgan, shuningdek, nogironligi boʻlgan shaxslarni yoki nogironligi boʻlgan bolalarni tashiyotgan transport vositalarining old va orqa tomonlarida — barcha tomonlari 150 millimetrdan boʻlgan va ichiga 7.17 yoʻl belgisining qora rangli timsoli tushirilgan sariq rangli kvadrat koʻrinishidagi belgi.
6-savol. Transport vositalarini boshqarishni dastlabki oʻrgatish (boshlangʻich mashgʻulot) qayerda amalga oshiriladi?
- Turar joy dahalarida
- Aholi punktlarida
- Avtomagistralda
- Yopiq maydonchalarda yoki avtodromlarda
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 4. Yopiq maydonchalarda yoki avtodromlarda
YHQning 25-bob. 146-bandga asosan: 146. Transport vositalarini boshqarishni dastlabki oʻrgatishga yopiq maydonchalarda yoki avtodromlarda oʻtkazilishi kerak.
7-savol. Burilishda harakat qilganda avtopoezdning tirkamasi siljiydimi?
- Burilish markazidan boshqa tomonga siljiydi
- Burilish markaziga siljiydi
- Siljimaydi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Burilish markaziga siljiydi
Burilishda avtopoezdning tirkamasi burilish markaziga tomon siljiydi. Bu tirkama va tyagachning harakat traektoriyalari farqi bilan bogʻliq: tirkama tyagachga nisbatan kichikroq radius boʻylab harakatlanadi. Shu sababli burilishda gabaritni hisobga olish va tirkamaning ichki tomonga siljishini nazarda tutish kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 40-dars «Harakat xavfsizligi asoslari» →
8-savol. Koʻk avtomobil chorrahani nechanchi boʻlib kesib oʻtadi?
- Ikkinchi boʻlib
- Toʻrtinchi boʻlib
- Oxirgi boʻlib
- Birinchi boʻlib
- Uchinchi boʻlib
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Toʻrtinchi boʻlib
YHQ 16-bobi 104, 106-bandlariga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorrahada, keyingi harakat yoʻnalishidan qatʼi nazar, asosiy yoʻldan kelayotgan transport vositasiga ikkinchi darajali yoʻldan kelayotgan transport vositasining haydovchisi yoʻl berishi kerak. Asosiy yoʻlning yoʻnalishi chorrahada oʻzgarganda, asosiy yoʻlda harakatlanayotgan haydovchilar oʻzaro teng ahamiyatli yoʻllar chorrahasidan oʻtish qoidasiga amal qilishlari kerak. YHQ 16-bobi 107-bandiga muvofiq, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yoʻldan qarama-qarshi yoʻnalishdan toʻgʻriga yoki oʻngga harakatlanayotgan, shuningdek, ruxsat etilgan hollarda quvib oʻtayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham oʻzaro amal qilishlari kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 15-dars «Chorraha: asosiy yoʻl burilganda» →
9-savol. Qaysi transport vositalari yoʻlovchilarni tushirish uchun notoʻgʻri toʻxtagan?
- Hamma transport vositalari
- Koʻk avtomobil
- Qizil avtomobil
- Motosikl
- Har ikki avtomobil
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Qizil avtomobil
YHQ 2-ilovasi 1-boʻlimining oltinchi xatboshisiga asosan: 1.4 - toʻxtash taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.27 “Toʻxtash taqiqlangan” yoʻl belgisi bilan qoʻllaniladi hamda yoʻlning qatnov qismi chetiga yoki yoʻl chetidagi toʻsiq ustidan chiziladi. YHQ 13-bobi 91-bandiga asosan, Quyidagilarda toʻxtash taqiqlanadi: bekat maydonchalarida, yoʻnalishli transport vositalari toʻxtash joylarida, jumladan, 1.17 chizigʻi bilan belgilangan, ular boʻlmaganda esa yoʻnalishli transport vositalari toʻxtash joyi belgilari va bekatdan harakatlanish yoʻnalishi boʻylab (yetmasdan va oʻtib ketib) 15 metrdan kam masofada (yoʻnalishli transport vositalari harakatiga xalaqit bermasa yoʻlovchilarni chiqarish yoki tushirish uchun toʻxtash bundan mustasno).
10-savol. Yon kajavasi boʻlmagan motosiklda bolalarni tashishga ruxsat etiladimi?
- Ruxsat etiladi
- Taqiqlanadi
- Katta yoshdagi yoʻlovchi boʻlganda ruxsat etiladi
- 12 yoshga toʻlgan va undan katta bolalarga ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 4. 12 yoshga toʻlgan va undan katta bolalarga ruxsat etiladi
YHQ 26-bobi 159-bandining toʻrtinchi va beshinchi xatboshilariga asosan, odamlarni tashish quyidagi hollarda taqiqlanadi: Mototsikllar, elektromototsikllar, mopedlar va skuterlarning konstruksiyasida koʻzda tutilgan joylardan tashqarida; 12 yoshga toʻlmagan bolalarni mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterning orqa oʻrindigʻida, shuningdek, bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma oʻrnatilmagan transport vositasining old oʻrindigʻida.
11-savol. Qaysi hollarda avtomobillar shunday taniqlik belgilari bilan belgilanadi?
- Xavfli yuklar tashiyotgan
- Ikki yilgacha haydovchilik ish davriga ega boʻlgan haydovchilar boshqarayotgan
- Nogironlar boshqarayotgan
- Kar-soqov yoki kar haydovchilar boshqarayotganda
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 4. Kar-soqov yoki kar haydovchilar boshqarayotganda
YHQ 29-bobi 176-bandida keltirilgan 4-izohga asosan, "Kar haydovchi" — kar-soqov yoki kar haydovchi boshqarayotgan transport vositasining old va orqa tomonlarida — ichiga uchi pastga yoʻnalgan hayoliy teng tomonli uchburchakning burchaklari boʻyicha diametri 40 millimetr boʻlgan uchta qora doira tushirilgan, diametri 160 millimetrni tashkil etadigan sariq rangli doira koʻrinishida.
12-savol. Agar yoʻl belgilari va chiziqlari boshqa yoʻnalishni koʻrsatmagan boʻlsa, haydovchilar ajratuvchi boʻlagi boʻlmagan ikki tomonlama harakat tashkil etilgan yoʻllardagi xavfsizlik orolchalari, ustunchalar va yoʻl inshooti qismlari (koʻprik, yoʻl oʻtkazgich ustunlari va shunga oʻxshashlar)ni qaysi tomondan aylanib oʻtishlari kerak?
- Faqat chap tomondan aylanib oʻtishlari kerak
- Faqat oʻng tomondan aylanib oʻtishlari kerak
- Har ikkala tomondan aylanib oʻtishlari kerak
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Faqat oʻng tomondan aylanib oʻtishlari kerak
YHQning 10-bob. 76-bandga asosan: 76. Agar yoʻl belgilari va chiziqlari boshqa yoʻnalishni koʻrsatmagan boʻlsa, haydovchilar ajratuvchi boʻlagi boʻlmagan ikki tomonlama harakat tashkil etilgan yoʻllardagi xavfsizlik orolchalari, ustunchalar va yoʻl inshooti qismlari (koʻprik, yoʻl oʻtkazgich ustunlari va shunga oʻxshashlar)ni oʻng tomondan aylanib oʻtishlari kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 22-dars «Qatnov qismida joylashuv» →
13-savol. Qatnov qismiga bevosita tutashgan trotuar chetida unga toʻla yoki qisman chiqish bilan toʻxtab turishga ruxsat etiladimi?
- Barcha transport vositalariga taqiqlanadi
- Ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 t dan ziyod boʻlgan faqat yuk avtomobillariga taqiqlanadi
- Faqat yengil avtomobillarga va mototsikllarga, piyodalarning harakatiga xalaqit bermasa, ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Faqat yengil avtomobillarga va mototsikllarga, piyodalarning harakatiga xalaqit bermasa, ruxsat etiladi
YHQ 4-bobi 15-bandi 2-xatboshiga muvofiq, piyodalar harakatiga xalaqit bermaslik sharti bilan qatnov qismiga chegaradosh trotuar chetida faqat yengil avtomobillar, mototsikllar, mopedlar va velosipedlarga toʻxtab turishga ruxsat etiladi.
Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →
14-savol. Sirpanchiq yoʻlda tormozlardan qanday foydalanish kerak?
- Ulagichni ajratmay turib sekin tormoz berishi va boshqaruv rulining keskin burilishiga yoʻl qoʻymasligi
- Tormoz tepkisini uzuq-uzuq bosish bilan keskin tormoz berishi
- Ulagichni ajratish va sekin tormoz berishi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Ulagichni ajratmay turib sekin tormoz berishi va boshqaruv rulining keskin burilishiga yoʻl qoʻymasligi
Sirpanchiq yoʻlda toʻxtatish tepkisini uzuq-uzuq bosib, uzatma va ilashish mexanizmini ajratmay, dvigatel orqali tormozlanishni qoʻllab va gʻildiraklarning blokirovkasi (aylanmasdan sirpanishi)ga yoʻl qoʻymagan holda toʻxtash lozim.
Mavzu boʻyicha videodars: 40-dars «Harakat xavfsizligi asoslari» →
15-savol. Qaysi transport vositasining haydovchisi yoʻl berishi kerak?
- Yuk avtomobili haydovchisi
- Motosikl haydovchisi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Yuk avtomobili haydovchisi
YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart.
Mavzu boʻyicha videodars: 13-dars «Teng ahamiyatli chorrahalar» →
16-savol. Harakatda imtiyozga ega boʻladi:
- Koʻk avtomobil, chunki oʻzaro qayta tizilishda u chap tomonda boʻladi
- Qizil avtomobil, chunki oʻzaro qayta tizilishda u oʻng tomonda boʻlgani uchun
- Koʻk avtomobil, chunki qizil harakatlanish boʻlagini chapga oʻzgartiradi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Qizil avtomobil, chunki oʻzaro qayta tizilishda u oʻng tomonda boʻlgani uchun
YHQ 9-bobi 55-bandiga asosan, bir yoʻnalishda harakatlanayotgan transport vositalari bir vaqtda qayta tizilayotganda, haydovchi oʻng tomondagi transport vositasiga yoʻl berishi kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 21-dars «Harakatni boshlash va manyovr» →
17-savol. Haydovchi koʻzi qamashgan taqdirda quyidagilarni bajarishi shart:
- Agar oldinda transport vositalari paydo boʻlsa boʻlakni oʻzgartirmay tezlikni kamaytirishi yoki toʻxtashi
- Uzoqni yorituvchi chiroqni yoqishi va toʻxtashi
- Falokat yorugʻlik ishoralarini yoqishi va harakat tasmasini oʻzgartirmagan holda tezlikni kamaytirishi va toʻxtashi
- Qatnov qismining iloji boricha oʻng tomoniga oʻtib toʻxtashi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Falokat yorugʻlik ishoralarini yoqishi va harakat tasmasini oʻzgartirmagan holda tezlikni kamaytirishi va toʻxtashi
YHQ 23-bobi 135-bandiga muvofiq, koʻzi qamashgan haydovchi avariya ishoralarini yoqishi, harakatlanish boʻlagini oʻzgartirmasdan tezlikni kamaytirishi va toʻxtashi kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 33-dars «Tashqi yoritish asboblari» →
18-savol. Ushbu yoʻl belgisi qanday maqsadda qoʻllaniladi?
- Majburiy tarzda tezlikni kamaytirish uchun
- Keskin tormoz berish uchun
- Ehtiyot choralarini koʻrish uchun
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Majburiy tarzda tezlikni kamaytirish uchun
YHQ 1 ilova: 1.31. “Sunʼiy yoʻl notekisligi”. Yoʻlning sunʼiy notekislik oʻrnatilgan qismiga yaqinlashayotganligi toʻgʻrisida ogohlantiradi. Transport vositasining harakatlanish tezligini majburiy tarzda kamaytirish uchun qoʻllaniladi.
Mavzu boʻyicha videodars: 4-dars «Ogohlantiruvchi belgilar» →
19-savol. Chorrahada qaysi avtomobil yoʻl berishi kerak?
- Koʻk avtomobil
- Qizil avtomobil
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Qizil avtomobil
YHQ 16-bobi 107-bandi: Chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yoʻldan qarama-qarshi yoʻnalishdan toʻgʻriga yoki oʻngga harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham oʻzaro amal qilishlari kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 13-dars «Teng ahamiyatli chorrahalar» →
20-savol. Ushbu qoʻshimcha axborot yoʻl belgisi:
- Belgining taʼsir oraligʻini bildiradi
- Obyektgacha boʻlgan masofani bildiradi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Obyektgacha boʻlgan masofani bildiradi
YHQ 1-ilovasining 7-boʻlimidagi 7.1.3 va 7.1.4 belgilariga asosan, «Obyektgacha boʻlgan masofa». Yoʻldan chetda joylashgan manzilgacha boʻlgan masofani bildiradi.
Mavzu boʻyicha videodars: 10-dars «Qoʻshimcha axborot belgilari (jadvallar)» →
20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan
56-biletni onlayn yechish