55-bilet: YHQ test savollari va javoblari
20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan
55-biletni onlayn yechishMashq bazasidagi 55-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.
1-savol. Svetoforning miltillovchi sariq ishorasi nima haqida ogohlantiradi?
- Barcha javoblar toʻgʻri
- Chorraha tartibga solinmaganligi toʻgʻrisida
- Harakatlanishga ruxsat beradi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Barcha javoblar toʻgʻri
Yoʻl harakati qoidalarining 31 bandi 6 xatboshiga asosan, miltillovchi sariq ishora ehtiyotkorlik choralarini koʻrgan holda harakatlanishga ruxsat beradi va tartibga solinmagan chorraha yoki piyodalar oʻtish joyi borligidan xabardor qiladi, xavf-xatar haqida ogohlantiradi.
2-savol. Ushbu svetofor qaysi harakatlanishni tartibga solish uchun qoʻllanadi?
- Faqat belgilangan yoʻnalishdagi transport vositalar uchun moʻljallangan boʻlak boʻyicha
- Qatnov qismidagi harakatlanish yoʻnalishi qarama-qarshi tomonga oʻzgaradigan boʻlaklar boʻyicha
- Qatnov qismining butun kengligi boʻyicha
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Qatnov qismidagi harakatlanish yoʻnalishi qarama-qarshi tomonga oʻzgaradigan boʻlaklar boʻyicha
YHQ 7-bobi 35-bandiga asosan, qatnov qismidagi harakat yoʻnalishi qarama-qarshi tomonga oʻzgarishi mumkin boʻlgan tasmalarida transport vositalarining harakatini tartibga solish uchun X shaklidagi qizil ishorali va pastga yoʻnalgan yoʻnaltirgich koʻrinishidagi yashil ishorali reversiv svetoforlar qoʻllaniladi.
3-savol. Qaysi haydovchi toʻxtash qoidasini buzdi?
- Ikkisi ham buzmadi
- Yuk avtomobil
- Yengil avtomobil
- Ikkisi ham buzdi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 4. Ikkisi ham buzdi
YHQ 1-ilovasi 3-boʻlimining oʻttiz birinchi xatboshisiga asosan: 3.27. "Toʻxtash taqiqlangan". Transport vositalarining toʻxtashi va toʻxtab turishi taqiqlanishini bildiradi. YHQ 1-ilovasi 7-boʻlimining oʻttiz birinchi xatboshisiga asosan: 7.18. "Nogironlar mustasno". Belgilarning taʼsiri ushbu Qoidalarning 175-bandiga muvofiq "Nogiron" taniqlik belgisi oʻrnatilgan transport vositalariga joriy etilmaydi.
4-savol. Koʻrsatilgan belgilardan qay biri avtopoezdni bildirish uchun oʻrnatiladi?
- Oʻng belgi
- Chap belgi
- Har ikki belgi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Har ikki belgi
YHQ 29-bobi 176-bandida berilgan 1-izohga asosan, "Avtopoezd" — yuk avtomobillari va gʻildirakli traktor (1,4 tonna va undan yuqori)larda tirkama boʻlganda, shuningdek tutashtirilgan avtobus va trolleybus kabinalari tomining old qismi oʻrtasiga bir qator qilib 150 dan 300 millimetrgacha oraliqda koʻndalang joylashgan uchta zargʻaldoq rangli chiroq yoki ichidan yoritiladigan, tomonlarining har biri 250 millimetr boʻlgan sariq rangli uchburchak shaklidagi belgi.
5-savol. Qaysi javobda ruxsat berilgan harakat yoʻnalishi toʻgʻri koʻrsatilgan?
- Faqat orqaga burilish
- Faqat toʻgʻriga
- Toʻgʻriga va orqaga burilish
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Faqat toʻgʻriga
YHQ 1-ilovasining 7-boʻlimi 3-xatboshiga asosan, vaqtinchalik (koʻchma tirgakdagi) va doimiy belgilar maʼno jihatidan bir-biriga zid kelgan hollarda, haydovchilar vaqtincha oʻrnatilgan belgilarga amal qilishlari kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 8-dars «Axborot-koʻrsatkich belgilari» →
6-savol. Sirpanchiq yoʻlda harakatlanayotganda karbyuratorning drossel zaslonkasini birdaniga ochish xavfi nimadan iborat?
- Yurgizgich oʻchib qoladi
- Yonilgʻi sarfi ancha ortadi
- Yurgizgich tirsakli val aylanishining yuqori chastotasini oshiradi
- Avtomobilning yonga sirpanishi vujudga kelishi mumkin
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 4. Avtomobilning yonga sirpanishi vujudga kelishi mumkin
Drossel zaslonkasining ochilishi gaz pedalini bosganda yuz beradi. Tekis yoʻlda drosselni keskin ochishda yetaklovchi gʻildiraklar joyidan jimlay aylanadi va avtomobilning yoniga ogʻishini keltirib chiqarishi mumkin. Gaz pedalini keskin bosish karbyuratorni buzilish ehtimolidan yiroq. Aksincha, gaz pedaliga bosilganda dvigatel ishini toʻxtatmaydi, balki kuchliroq ishlay boshlaydi.
Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →
7-savol. Sekinlashish boʻlagi boʻlgan yoʻllarda burilmoqchi boʻlgan haydovchi qachon tezlikni kamaytirishi lozim?
- Sekinlashish boʻlagi oʻtguncha
- Sekinlashish boʻlagiga oʻtgach
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Sekinlashish boʻlagiga oʻtgach
Yoʻl harakati qoidalarining 61 bandiga asosan, sekinlashish boʻlagi bor boʻlgan yoʻlda burilmoqchi boʻlgan haydovchi oʻz vaqtida ushbu tasmaga qayta tizilishi va tezlikni faqat unda kamaytirishi kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 21-dars «Harakatni boshlash va manyovr» →
8-savol. Yuk avtomobillari avtomagistralda chetki chap qatorida harakatlanishga ruxsat etiladimi?
- Ruxsat etiladi
- Taqiqlanadi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Taqiqlanadi
YHQ 19-boʻlimi 121-bandi 2-xatboshiga asosan, avtomagistrallarda yuk avtomobillariga yoʻlning chetki chap qatorida harakatlanishi taqiqlanadi.
Mavzu boʻyicha videodars: 27-dars «Temir yoʻl kesishmalari» →
9-savol. Tyagach haydovchisi nima qilishi kerak?
- Oʻsha tezlik bilan harakatni davom ettirishi
- Qoʻli bilan oʻzini roʻpara boʻlakdan quvib oʻtishlari haqida ishora qilishi kerak
- Xavfli burilishdan 100 metr oʻtib turib toʻxtash va orqasida toʻplangan transport vositalarini oʻtkazib yuborishi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Xavfli burilishdan 100 metr oʻtib turib toʻxtash va orqasida toʻplangan transport vositalarini oʻtkazib yuborishi
YHQ 12-bobi 87 bandiga asosan, aholi punktlaridan tashqaridagi yoʻllarda sekin harakatlanadigan, katta hajmli yoki katta hajmli yuk tashiyotgan transport vositasini quvib oʻtish qiyin boʻlgan hollarda uning haydovchisi ushbu transport vositasini iloji boricha yoʻlning oʻng tomoniga olishi, zarur boʻlganda esa orqasida toʻplanib qolgan transport vositalarini oʻtkazib yuborish uchun toʻxtashi kerak.
10-savol. Qaysi javobda yoʻl belgilari guruhlarining ketma-ketligi toʻgʻri koʻrsatilgan?
- Yuqoridagi barcha javoblar toʻgʻri
- Ogohlantiruvchi, Imtiyoz, Taqiqlovchi, Buyuruvchi, Axborot-koʻrsatkich, Servis, Qoʻshimcha axborot
- Ogohlantiruvchi, Imtiyoz, Buyuruvchi, Taqiqlovchi, Axborot-koʻrsatkich, Servis, Qoʻshimcha axborot
- Taqiqlovchi, Imtiyoz, Buyuruvchi, Axborot-koʻrsatkich, Ogohlantiruvchi, Servis, Qoʻshimcha axborot
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Ogohlantiruvchi, Imtiyoz, Taqiqlovchi, Buyuruvchi, Axborot-koʻrsatkich, Servis, Qoʻshimcha axborot
YHQning 1-ILOVAsiga asosan: Yoʻl belgilari 7 guruhga boʻlinadi. Ular quyidagilar: 1. Ogohlantiruvchi belgilar; 2. Imtiyoz belgilari; 3. Taqiqlovchi belgilar; 4. Buyuruvchi belgilar; 5. Axborot-koʻrsatkich belgilari; 6. Servis belgilari; 7. Qoʻshimcha axborot belgilari.
11-savol. Mazkur tik chiziqlar nimani anglatadi?
- Boshqa joylardagi toʻsiqlarning yon yuzalarini bildiradi
- Yoʻlning kichik radiusli burilishlarini yoʻl chetiga oʻrnatilgan toʻsiqlarning yon yuzalarini bildiradi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Boshqa joylardagi toʻsiqlarning yon yuzalarini bildiradi
YHQ 2-ilovasining 2-boʻlimiga asosan, 2.6 tik chizigʻi - boshqa joylardagi toʻsiqlarning yon yuzalarini bildiradi.
12-savol. Qaysi transport vositalarini qatnov qismning chetida ikki qator qoʻyish mumkin?
- Ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 t dan kam boʻlgan, bevosita trotuarlar boʻylab joylashgan savdo va boshqa korxonalarga xizmat qiluvchi yuk avtomobillari
- Kajavali motosikllar
- Kajavasiz motosikllar, mopedlar va velosipedlar
- «Nogiron» taniqlik belgisi boʻlgan yengil avtomobillar
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Kajavasiz motosikllar, mopedlar va velosipedlar
YHQ 8-bobi 89-bandi asosan, transport vositalarini yoʻlning qatnov qismida bir qator qilib, qatnov qismi chetiga yoʻl harakatining boshqa qatnashchilariga xalaqit bermaslik sharti bilan faqat parallel ravishda, kajavasi boʻlmagan ikki gʻildirakli transport vositalarini ikki qator qilib qoʻyishga ruxsat etiladi.
Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →
13-savol. Haydovchiga belgilangan traektoriya boʻyicha harakatlanib, manevrlar bajarishga ruxsat berilganmi?
- «Б» boʻyicha ruxsat etilgan
- Ikkovi boʻyicha ham ruxsat etilgan
- «А» boʻyicha ruxsat etilgan
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Ikkovi boʻyicha ham ruxsat etilgan
YHQ 2-ilovasining 1-boʻlimi 1.5, 1.6 yotiq chiziqlariga asosan, 1.5 – ikki yoki uch tasmali yoʻllarda qarama-qarshi yoʻnalishlarda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratadi; bir yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan ikki yoki undan koʻproq tasmali yoʻllarda tasmalarning chegaralarini va bir yoʻnalishdagi harakatlanish boʻlagi bilan velosiped boʻlagi chegarasini bildiradi. 1.6 (yaqinlashish chizigʻi – har bir chiziq uzunligi ular orasidagi masofadan uch barobar katta boʻlgan uzuq-uzuq chiziq) — qarama-qarshi yoki bir yoʻnalishda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizigʻiga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi. 1.5 va 1.6 chiziqlarini istalgan tomondan bosib oʻtish mumkin.
14-savol. Agar avtomobilning oʻng gʻildiraklari nam qoplamali yoʻl yoqasiga chiqib qolsa, tavsiya etiladi:
- Avtomobilni tormozlab, yoʻlning harakat qismiga ohista ravon burish
- Avtomobilni tormozlamasdan yoʻlning harakat qismiga ohista ravon burish
- Avtomobilni tormozlash va toʻliq toʻxtatish
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Avtomobilni tormozlamasdan yoʻlning harakat qismiga ohista ravon burish
Harakatlanishda avtomobil oʻng gʻildiraklarining yumshoq va nam yoʻl yoqasida chiqishi oʻng va chap gʻildiraklar ilashish koeffisientlarining turlicha boʻlishiga va bu oʻz navbatida avtomobilning sirpanib ketishiga olib keladi. Bunday vaziyatda tezlikni pasaytirmay, yaʼni tormoz tepkisini bosmay rul chambaragini asta burib qatnov qismiga yoʻnaltirish kerak. Ushbu holatda tormozlash ham avtomobilning sirpanishiga olib keladi.
15-savol. Chorrahani kesib oʻtishda tramvay yoʻli boʻylab harakatlanishga ruxsat etiladimi?
- Yoʻl-yoʻlakay yoʻnalishdagi tramvay yoʻllari boʻylab ruxsat etiladi
- Agar tramvayga toʻsqinlik qilmasa ruxsat etiladi
- Taqiqlanadi
- Boshqa boʻlaklardan harakat serqatnov boʻlganda, aylanib oʻtishda, yoʻl-yoʻlakay yoʻnalishdagi tramvay yoʻllari boʻylab quvib oʻtishga ruxsat etiladi.(agar chorrahadan oldin 5.8.1 yoki 5.8.2 yoʻl belgilari oʻrnatilmagan boʻlsa) Bunda tramvayga xalal bermaslik kerak
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 4. Boshqa boʻlaklardan harakat serqatnov boʻlganda, aylanib oʻtishda, yoʻl-yoʻlakay yoʻnalishdagi tramvay yoʻllari boʻylab quvib oʻtishga ruxsat etiladi.(agar chorrahadan oldin 5.8.1 yoki 5.8.2 yoʻl belgilari oʻrnatilmagan boʻlsa) Bunda tramvayga xalal bermaslik kerak
YHQ 10-bobi 69-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Bir yoʻnalishdagi qatnov qismining chap tomonida u bilan bir sathda joylashgan tramvay yoʻlidan, shu yoʻnalishdagi boshqa tasmalar band boʻlganda harakatlanishga, shuningdek, aylanib oʻtishga, chapga burilish va qayrilib olishga ushbu Qoidalarning 56-bandini hisobga olgan holda ruxsat etiladi. Biroq bu tramvayga xalaqit bermasligi kerak. Qarama-qarshi yoʻnalishdagi tramvay yoʻlidan harakatlanish taqiqlanadi.
Mavzu boʻyicha videodars: 22-dars «Qatnov qismida joylashuv» →
16-savol. Piyoda yalt-yalt etuvchi mayoqcha va maxsus tovushli ishoralarni yoqib kelayotgan transport vositasi yaqinlashib qolganda qanday yoʻl tutishi kerak?
- Agar piyodalar oʻtish joyida boʻlsa, qatnov qismidan oʻtishi
- Mumkin qadar tezroq qatnov qismidan oʻtib olishi
- Qatnov qismidan oʻtmasligi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Qatnov qismidan oʻtmasligi
YHQ 4-bobining 21-bandiga asosan, tezkor va maxsus xizmatlarning koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan transport vositalari yaqinlashib kelayotgan boʻlsa, piyodalar qatnov qismidan oʻtmasliklari, unda harakatlanayotganlari esa, ushbu transport vositalariga yoʻl berishlari va zudlik bilan qatnov qismini boʻshatishlari kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 32-dars «Maxsus transport: signal va mayoqchalar» →
17-savol. Transport vositalari chorrahadan quyidagi tartibda oʻtadilar:
- Tramvay va avtomobil, motosikl
- Motosikl, tramvay va avtomobil
- Tramvay, motosikl, avtomobil
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Motosikl, tramvay va avtomobil
YHQ 16-bobi 104-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yoʻldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yoʻnalishidan qatʼi nazar, yoʻl berishi kerak. Bunday chorrahalarda tramvay harakatlanish yoʻnalishidan qatʼi nazar, teng ahamiyatli yoʻlda bir yoʻnalishda yoki qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega.
Mavzu boʻyicha videodars: 11-dars «Chorrahalardan oʻtish asoslari» →
18-savol. Shunday yoʻl belgisi boʻlgan yoʻl qismlarida ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5t dan oshmaydigan yuk avtomobillariga qanday eng katta tezlik bilan harakat qilishga ruxsat etiladi?
- 110 km/soat
- 100 km/soat
- 90 km/soat
- 60 km/soat
- 70 km/soat
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. 100 km/soat
YHQ 11-bobi 79-bandi 1-xatboshiga asosan, aholi punktlaridan tashqarida yengil avtomobillarga va ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 100 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.
19-savol. Belgilangan yoʻnalish boʻylab ketayotgan avtobus haydovchisi ushbu sharoitda yoʻl berishi kerakmi?
- Kerak.
- Kerak emas.
- Kerak emas, chunki u toʻgʻriga ketayapti
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Kerak.
YHQ 16-bobi 105-bandi: Teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham oʻzaro amal qilishlari kerak. Bunday chorrahalarda keyingi harakat yoʻnalishidan qatʼiy nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin oʻtish huquqiga ega boʻladi.
Bu holatda tramvay avtobusga nisbatan ustunlikka ega. Shu sababli, avtobus haydovchisi unga yoʻl berishi kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 31-dars «Yoʻnalishli transport ustunligi» →
20-savol. Quvib oʻtishni bajarayotganda chapga burilishni koʻrsatuvchi chiroqni qachon oʻchirishingiz kerak?
- Quvib oʻtilayotgan transport vositasidan oʻzib ketgandan soʻng istalgan vaqtda
- Oʻz ixtiyoringizga havola
- Manevrni tugallagach, darhol
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Manevrni tugallagach, darhol
YHQ 8-bobi 46-bandiga muvofiq, burilish (chapga burilish) koʻrsatkichlari bilan berilayotgan ishora manevrni tugallagach, darhol toʻxtatilishi kerak. Ishoralar boshqa yoʻl harakati qatnashchilarini chalgʻitmasligi kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 21-dars «Harakatni boshlash va manyovr» →
20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan
55-biletni onlayn yechish