53-bilet: YHQ test savollari va javoblari

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

53-biletni onlayn yechish

Mashq bazasidagi 53-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.

1-savol. Qaysi belgi haydovchiga kesib oʻtilayotgan yoʻlda harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berish lozimligini bildiradi?

Qaysi belgi haydovchiga kesib oʻtilayotgan yoʻlda harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berish…
  1. A
  2. B va G
  3. V
  4. G
  5. B
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. B va G

YHQ 1-ilovasining 2-boʻlimidagi 2.4 belgiga asosan, «Yoʻl bering!». Haydovchi kesib oʻtilayotgan yoʻldan, 7.13 qoʻshimcha-axborot belgisi boʻlganda esa asosiy yoʻldan harakatlanayotgan transport vositasiga yoʻl berishi kerak.
YHQ 1-ilovasining 2-boʻlimidagi 2.5 belgiga asosan, «Toʻxtamasdan harakatlanish taqiqlangan». Toʻxtash chizigʻi oldida, agar u boʻlmasa, kesib oʻtiladigan qatnov qismining chetida toʻxtamasdan harakatlanish taqiqlanadi. Haydovchi kesib oʻtilayotgan yoʻldan, 7.13 qoʻshimcha-axborot belgisi boʻlganda esa asosiy yoʻldan harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi kerak.
Bu belgi temir yoʻl kesishmasi yoki karantin maskanidan oldin oʻrnatilishi mumkin. Bunday hollarda haydovchi toʻxtash chizigʻi oldida, u boʻlmasa, belgi oldida toʻxtashi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 5-dars «Imtiyoz belgilari» →

2-savol. Yoʻl oʻrtasidagi toʻxtash joyida toʻxtagan shu yoʻnalishdagi tramvayga yaqinlashib qolgan haydovchi nima qilishi kerak?

  1. Toʻxtashi, tramvay eshiklari yopilgandan keyin harakatni davom ettirishi
  2. Tramvay toʻxtash joyidan nihoyatda ehtiyotkorlik bilan oʻtishi
  3. Toʻxtashi, soʻng tramvay harakatlanganidan keyin harakatni davom ettirishi
  4. Yoʻl oʻrtasidagi toʻxtash joyida turgan shu yoʻnalishdagi tramvayga kelayotgan yoki undan uzoqlashayotgan piyodalarga yoʻl berishi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. Yoʻl oʻrtasidagi toʻxtash joyida turgan shu yoʻnalishdagi tramvayga kelayotgan yoki undan uzoqlashayotgan piyodalarga yoʻl berishi

YHQ 17-bobi 114-bandiga asosan, agar yoʻlovchilarni tushirish yoki chiqarish qatnov qismida yoki unda joylashgan maydonchada amalga oshirilayotgan boʻlsa, haydovchi bekatda toʻxtagan yoʻnalishli transport vositasi eshiklari tomon borayotgan yoki undan kelayotgan piyoda(lar)ga yoʻl berishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 26-dars «Piyodalar oʻtish joyi va bekatlar» →

3-savol. Tumanga qarshi old chiroqlarni qorongʻi vaqtda, yoʻlning yoritilmagan qismlarida uzoqni yoki yaqinni yorituvchi chiroqlar bilan birga qoʻllash mumkinmi?

  1. Mumkin
  2. Mumkin emas
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Mumkin

Yoʻl harakati qoidalarining 137 bandiga asosan, quyidagi hollarda tumanga qarshi fara chiroqlaridan foydalanish mumkin: sutkaning qorongʻi vaqtida yoʻlning yoritilmagan qismlarida uzoqni yoki yaqinni yorituvchi fara chiroqlari bilan birga.

Mavzu boʻyicha videodars: 33-dars «Tashqi yoritish asboblari» →

4-savol. Transport vositalari chorrahadan quyidagi tartibda oʻtadilar:

Transport vositalari chorrahadan quyidagi tartibda oʻtadilar:
  1. Koʻk avtomobil, tramvay, qizil avtomobil
  2. Tramvay, koʻk avtomobil chorrahaga chiqadi, qizilga yoʻl beradi, soʻngra burilishni tugallaydi
  3. Tramvay, qizil, soʻngra koʻk avtomobil
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Koʻk avtomobil, tramvay, qizil avtomobil

YHQ 16-bobi 106-, 105- va 104-bandlariga asosan, asosiy yoʻlning yoʻnalishi chorrahada oʻzgarganda, asosiy yoʻlda harakatlanayotgan haydovchilar oʻzaro teng ahamiyatli yoʻllar chorrahasidan oʻtish qoidasiga amal qilishlari kerak. Teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorrahada tramvay harakatlanish yoʻnalishidan qatʼi nazar, teng ahamiyatli yoʻlda bir yoʻnalishda yoki qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega.

Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →

5-savol. Haydovchi chapga burilishda qaysi yoʻnalish boʻyicha qoidani buzmoqda?

Haydovchi chapga burilishda qaysi yoʻnalish boʻyicha qoidani buzmoqda?
  1. Faqat «А» yoʻnalishi boʻyicha
  2. Faqat «Б» yoʻnalishi boʻyicha
  3. Koʻrsatilgan barcha yoʻnalish boʻyicha
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Koʻrsatilgan barcha yoʻnalish boʻyicha

YHQ 1-ilovasining 5-boʻlimidagi 5.8.1 belgiga asosan, «Tasmalar boʻyicha harakat yoʻnalishi». Tasmalar soni va har biri boʻyicha ruxsat etilgan harakatlanish yoʻnalishlari. Boshqa yoʻnalishlar boʻyicha harakatlanish taqiqlanadi.
YHQ 2-ilovasining 1-boʻlimidagi 1.1 chizigʻiga asosan, 1.1 — qarama-qarshi yoʻnalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yoʻlning xavfli joylaridagi harakatlanish boʻlagi chegarasini va velosipedchilar uchun boʻlagining chegarasini bildiradi; yoʻlning kirish taqiqlangan qismi chegarasini belgilaydi; transport vositalarining toʻxtab turish joyi chegarasini hamda avtomagistral qatoriga kiritilmagan yoʻlning qatnov qismi chegarasini bildiradi. 1.1 va 1.3 chiziqlarini bosib oʻtish taqiqlanadi, qatnov qismining chetini bildirish uchun qoʻllanilgan 1.1 chizigʻi bundan mustasno.

Mavzu boʻyicha videodars: 19-dars «Yotiq chiziqlar» →

6-savol. Bunday vaziyatda siz:

Bunday vaziyatda siz:
  1. Roʻparadan kelayotgan avtomobilga yoʻl beraman
  2. Birinchi oʻtish huquqiga egaman
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Roʻparadan kelayotgan avtomobilga yoʻl beraman

YHQ 1-ilova 2.6. “Roʻpara harakatlanishning ustunligi”: Qarama-qarshi harakatlanishni qiyinlashtiradigan hollarda yoʻlning tor qismiga kirish taqiqlanadi. Haydovchi yoʻlning tor qismida boʻlgan yoki roʻparadan unga yaqin boʻlgan transport vositasiga yoʻl berishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 5-dars «Imtiyoz belgilari» →

7-savol. Bu belgi oʻrnatilgan yoʻlda avtobuslarga harakatlanish ruxsat etiladimi?

Bu belgi oʻrnatilgan yoʻlda avtobuslarga harakatlanish ruxsat etiladimi?
  1. Taqiqlanadi
  2. Faqat ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 t dan ortiq boʻlmagan avtomobillarga ruxsat etiladi
  3. Ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Ruxsat etiladi

YHQ 1-ilovasi 5-boʻlimining toʻrtinchi xatboshisiga asosan: 5.3. “Avtomobillar uchun moʻljallangan yoʻl”. Faqat avtomobillar, avtobus hamda mototsikllar, elektromototsikllar, mopedlar va skuterlarning harakatlanishi uchun moʻljallangan yoʻlni bildiradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 8-dars «Axborot-koʻrsatkich belgilari» →

8-savol. Qaysi yoʻnalish boʻyicha chapga burilishga ruxsat etiladi?

Qaysi yoʻnalish boʻyicha chapga burilishga ruxsat etiladi?
  1. Har ikki yoʻnalishlarga taqiqlanadi
  2. Faqat 1-yoʻnalish
  3. Faqat 2-yoʻnalish
  4. Barcha yoʻnalishlarga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Faqat 2-yoʻnalish

YHQning 9-bob. 56-band 2-xatboshiga asosan: Agar 5.8.1 yoki 5.8.2 yoʻl belgilari yoxud 1.18 yoʻl chizigʻi bilan boshqa harakatlanish tartibi oʻrnatilmagan boʻlsa, qatnov qismining oʻrtasida u bilan bir sathda joylashgan bir yoʻnalishdagi tramvay izidan chapga burilish va qayrilib olishga ruxsat etiladi. Biroq, bu tramvay harakatiga xalaqit bermasligi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 22-dars «Qatnov qismida joylashuv» →

9-savol. Mexanik transport vositalarini shatakka olishda egiluvchan ulagichga kamida nechta ogohlantiruvchi qurilma oʻrnatiladi?

  1. Kamida bitta
  2. Kamida ikkita
  3. Kamida uchta
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Kamida ikkita

Yoʻl harakati qoidalarining 177 bandiga asosan, mexanik transport vositalarini shatakka olishda egiluvchan ulagichni koʻrsatadigan ogohlantiruvchi, oʻlchami 200x200 millimetr boʻlgan, diagonali boʻyicha ketma-ket joylashgan, kengligi 50 millimetrli qizil va oq rangli enli chiziqlar tushirilgan, yorugʻlik qaytaradigan yuzali bayroqchalar yoki kvadrat koʻrinishidagi belgi oʻrnatilishi kerak.
Egiluvchan ulagichga kamida ikkita taniqlik belgisi oʻrnatiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 34-dars «Shatakka olish» →

10-savol. Harakat tezligi 40 km/soatdan oshmaydigan transport vositasiga qatnov qismining oʻng qatoridan chiqishga qachon ruxsat etiladi?

  1. Barcha sanab oʻtilgan hollarda
  2. Chapga burilish yoki qayrilib olish uchun qayta tizilishda
  3. Aylanib oʻtishda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Barcha sanab oʻtilgan hollarda

YHQning 10-bob. 68-bandiga asosan: 68. Tezligini soatiga 40 kilometrdan oshirishi mumkin boʻlmagan yoki texnik sabablarga koʻra tezligini bundan oshira olmaydigan transport vositalari aylanib oʻtish, quvib oʻtish, chapga burilish yoki qayrilib olish uchun qayta tizilishdan yoki ruxsat etilgan hollarda yoʻlning chap tomonida toʻxtashdan boshqa hollarda faqat chetki oʻng qatorida harakatlanishlari kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 23-dars «Harakatlanish tezligi» →

11-savol. Qora avtomobil chorrahani nechanchi boʻlib kesib oʻtadi?

Qora avtomobil chorrahani nechanchi boʻlib kesib oʻtadi?
  1. Birinchi
  2. Oxirgi
  3. Ikkinchi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Birinchi

YHQ 7-bobi 43-bandiga asosan, svetofor ishoralari imtiyoz belgilari talablariga zid boʻlgan hollarda haydovchilar svetofor ishoralariga amal qilishlari kerak. YHQ 15-bobi 99-bandiga asosan, svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chapga burilayotgan yoki qayrilib olayotgan relssiz transport vositasining haydovchisi qarama-qarshi tomondan toʻgʻriga harakatlanayotgan va oʻngga burilayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart.

Mavzu boʻyicha videodars: 32-dars «Maxsus transport: signal va mayoqchalar» →

12-savol. Yoʻlning qatnov qismi:

  1. Yoʻlning relssiz transport vositalari harakati uchun moʻljallangan qismi
  2. Yoʻlning transport vositalari harakati uchun moʻljallangan qismi
  3. Yoʻlning avtomobillar harakati uchun moʻljallangan qismi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Yoʻlning relssiz transport vositalari harakati uchun moʻljallangan qismi

Yoʻl harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, qatnov qismi — yoʻlning relssiz transport vositalari harakatlanishi uchun moʻljallangan qismi.

Mavzu boʻyicha videodars: 1-dars «Umumiy qoidalar va atamalar» →

13-savol. Chorrahani birinchi boʻlib kesib oʻtadi?

Chorrahani birinchi boʻlib kesib oʻtadi?
  1. Qizil avtomobil
  2. Yashil avtomobil
  3. Koʻk avtomobil
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Yashil avtomobil

YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart.

Mavzu boʻyicha videodars: 12-dars «Tartibga solingan chorrahalar» →

14-savol. Bu belgilar aholi yashaydigan joylarda xavfli yoʻl qismi boshlanishidan qancha masofada oʻrnatiladi?

Bu belgilar aholi yashaydigan joylarda xavfli yoʻl qismi boshlanishidan qancha masofada oʻrnatiladi?
  1. 50-100 m
  2. 25-50 m
  3. 15-25 m
  4. 100-150 m
  5. 150-300 m
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. 50-100 m

YHQ 1-ilovasining 1-boʻlimi izohining 1-xatboshiga asosan, 1.1, 1.2, 1.6, 1.8 va 1.30 ogohlantiruvchi belgilar aholi punktlarida xavfli joydan 50-100 metr oldin oʻrnatiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 4-dars «Ogohlantiruvchi belgilar» →

15-savol. Jihozlangan bekatlari boʻlmagan tramvay toʻxtash joylarida unga chiqish uchun piyodalarga qachon qatnov qismiga chiqishga ruxsat etiladi?

  1. Agar qatnov qismida transport vositalari yoʻq boʻlsa tramvay yaqinlashib kelganda
  2. Tramvay toʻla toʻxtagandan soʻng
  3. Tramvay yaqinlashib kelganda
  4. Har qanday holda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Tramvay toʻla toʻxtagandan soʻng

YHQ 4-bobi 22-bandiga asosan, qatnov qismidan baland joylashgan maydonchalar bilan jihozlanmagan bekatlarda yoʻnalishli transport vositalari toʻliq toʻxtagandan soʻng unga chiqish uchun qatnov qismiga chiqishga ruxsat etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 26-dars «Piyodalar oʻtish joyi va bekatlar» →

16-savol. Avtomobillar chorrahadan quyidagi tartibda oʻtadi:

Avtomobillar chorrahadan quyidagi tartibda oʻtadi:
  1. Qizil, yashil, koʻk
  2. Uchchalasi bir vaqtda
  3. Koʻk, qizil, yashil
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Uchchalasi bir vaqtda

YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart.

Mavzu boʻyicha videodars: 13-dars «Teng ahamiyatli chorrahalar» →

17-savol. Mazkur belgi nima haqida xabar beradi?

Mazkur belgi nima haqida xabar beradi?
  1. Trolleybus yoki avtobus toʻxtash joylarini bildiradi
  2. Marshrutdan boshqa barcha transport vositalariga yoʻlning oʻng qatori boʻyicha harakatlanishni taqiqlaydi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Trolleybus yoki avtobus toʻxtash joylarini bildiradi

YHQ 1- ilovasining 5-boʻlimi 5.12 "Avtobus va (yoki) trolleybus toʻxtash joyi" belgisi.

Mavzu boʻyicha videodars: 8-dars «Axborot-koʻrsatkich belgilari» →

18-savol. Aholi punktlaridan tashqarida tirkamali yuk avtomobillari qanday yuqori tezlik bilan harakatlanishi mumkin?

  1. 80 km/soat
  2. 60 km/soat
  3. 70 km/soat
  4. 90 km/soat
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. 70 km/soat

Yoʻl harakati qoidalarining 79 bandiga asosan, aholi punktlaridan tashqarida: tirkamali yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 70 kilometrdan oshirmasdan harakatlanish ruxsat etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 23-dars «Harakatlanish tezligi» →

19-savol. Haydovchi piyodalarga qachon yoʻl berishi kerak?

  1. Yonilgʻi shoxobchasidan yoʻlga chiqishda
  2. Toʻxtab turish joyidan yoʻlga chiqishda
  3. Barcha sanab oʻtilgan hollarda
  4. Hovlidan yoʻlga chiqishda
  5. Yoʻldan hovliga kirishda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Barcha sanab oʻtilgan hollarda

YHQ 9-bobi 54-bandiga muvofiq, yondosh hududlardan yoʻlga chiqayotgan haydovchi unda harakatlanayotgan transport vositalari va piyodalarga, shuningdek yoʻldan chiqishda harakat yoʻnalishini kesib oʻtayotgan piyodalar va velosipedchilarga yoʻl berishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 21-dars «Harakatni boshlash va manyovr» →

20-savol. Qaysi transport vositasining haydovchisiga belgida koʻrsatilgan tezlik bilan harakatlanishga ruxsat berilgan?

Qaysi transport vositasining haydovchisiga belgida koʻrsatilgan tezlik bilan harakatlanishga ruxsat berilgan?
  1. Har ikkisiga taqiqlangan
  2. Har ikki haydovchiga
  3. Faqat mikroavtobus haydovchisiga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Faqat mikroavtobus haydovchisiga

YHQ 11-bobi 79-bandi 2-xatboshiga asosan, aholi punktlaridan tashqarida shaharlararo qatnaydigan avtobuslarga va mikroavtobuslarga tezlikni soatiga 90 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi. YHQ 11-bobi 80-bandi 1-xatboshiga asosan, har qanday yoʻllarda yukxonasida odam tashiyotgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 60 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 23-dars «Harakatlanish tezligi» →

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

53-biletni onlayn yechish

Keyingi: 54-bilet →

Qoʻngʻiroq qilish