54-bilet: YHQ test savollari va javoblari

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

54-biletni onlayn yechish

Mashq bazasidagi 54-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.

1-savol. Agar yoʻl-transport hodisasi natijasida hech kim jabrlanmasa, moddiy zarar esa ahamiyatsiz boʻlsa, haydovchilarning oʻzlari hodisa roʻy bergan joyni tark etib, DYHXXning eng yaqin yoki IIO idorasiga hodisani qayd qilish uchun bora oladilarmi?

  1. Hodisa chizmasini taxminiy tuzib va uni imzolab bora oladilar
  2. Bora olmaydilar
  3. Bora oladilar
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Hodisa chizmasini taxminiy tuzib va uni imzolab bora oladilar

YHQ 3-bobi 14-bandiga asosan: Agar yoʻl-transport hodisasida shikastlanganlar boʻlmasa va haydovchilar hodisaga baho berishda oʻzaro kelisha olsalar, dastlabki hodisa chizmasini chizib, uni imzolab, yaqin oradagi DYHHX maskani yoki militsiyaga borishlari mumkin.

Mavzu boʻyicha videodars: 2-dars «Haydovchining vazifalari» →

2-savol. Mazkur vaziyatda qizil avtomobilga quvib oʻtishga ruxsat etiladimi?

Mazkur vaziyatda qizil avtomobilga quvib oʻtishga ruxsat etiladimi?
  1. Ruxsat etiladi
  2. Quvib oʻtilayotgan transport vositasining tezligi 40 km/soatdan kam boʻlganda ruxsat etiladi
  3. Taqiqlanadi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Ruxsat etiladi

YHQ 12-bobi 86-bandi 2-xatboshiga asosan, quvib oʻtish quyidagi hollarda taqiqlanadi - tartibga solinmaydigan chorrahalarda asosiy hisoblanmaydigan yoʻllarda harakatlanishda.

Mavzu boʻyicha videodars: 24-dars «Quvib oʻtish» →

3-savol. Mazkur chiziq nimani bildiradi?

Mazkur chiziq nimani bildiradi?
  1. Velosiped yoʻlkasining qatnov qismini kesib oʻtadigan joyni
  2. Piyodalar yoʻlkasining qatnov qismini kesib oʻtadigan joyni
  3. Harakat svetofor bilan tartibga solib turiladigan piyodalar oʻtish joyini
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Velosiped yoʻlkasining qatnov qismini kesib oʻtadigan joyni

YHQ 2-ilovasi 1-boʻlimining oʻn toʻqqizinchi xatboshisiga asosan: 1.15-yoʻlning velosiped yoʻlkasi kesib oʻtgan joyini bildiradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 19-dars «Yotiq chiziqlar» →

4-savol. Transport vositalarining temir yoʻl kesishmasiga qancha masofadan yaqinroqda toʻxtab turishlari taqiqlanadi?

  1. 25 m
  2. 150 m
  3. 300 m
  4. 100 m
  5. 50 m
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 5. 50 m

YHQ 13-bobi 92-bandining uchinchi xatboshisiga asosan: toʻxtab turish taqiqlanadi: temir yoʻl kesishmalariga 50 metrdan kam masofada

Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →

5-savol. Chorrahadan birinchi boʻlib kesib oʻtadi:

Chorrahadan birinchi boʻlib kesib oʻtadi:
  1. Qizil avtomobil
  2. Yashil avtomobil
  3. Koʻk avtomobil
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Yashil avtomobil

Yoʻl harakati qoidalarining 105 bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham oʻzaro amal qilishlari kerak. Bunday chorrahalarda keyingi harakat yoʻnalishidan qatʼiy nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin oʻtish huquqiga ega boʻladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 13-dars «Teng ahamiyatli chorrahalar» →

6-savol. Bu yotiq chiziq bildiradi:

Bu yotiq chiziq bildiradi:
  1. Chorrahada boʻlaklar boʻylab ruxsat etilgan harakat yoʻnalishlarini koʻrsatadi
  2. Koʻrsatilgan yoʻnalishlarda harakatlanishni taqiqlaydi
  3. Harakat barcha yoʻnalishlarda ruxsat etilgan yoʻllarning kesishmasiga yaqinlashganini
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Chorrahada boʻlaklar boʻylab ruxsat etilgan harakat yoʻnalishlarini koʻrsatadi

YHQ 2-ilovasining 1-boʻlimidagi 1.18 chizigʻi, chorrahada tasmalar boʻlaklar boʻyicha ruxsat etilgan harakatlanish yoʻnalishlarini koʻrsatadi. Mustaqil yoki 5.8.1, 5.8.2 “Boʻlaklar boʻyicha harakatlanishning yoʻnalishi” belgilari bilan birgalikda qoʻllanilishi mumkin; oxiri berk yoʻl tasvirlangan chiziq shu yoʻnalishdagi yon tomonda joylashgan qatnov qismiga burilish taqiqlanganligini koʻrsatish uchun chiziladi; chetki chap tasmadan chapga burilishga ruxsat beruvchi yoʻnaltirgich shu tasmadan qayrilishga ham ruxsat beradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 19-dars «Yotiq chiziqlar» →

7-savol. Yuk avtomobil haydovchisiga bu joyda toʻxtashga ruxsat etiladimi?

Yuk avtomobil haydovchisiga bu joyda toʻxtashga ruxsat etiladimi?
  1. Ruxsat etiladi
  2. Taqiqlanadi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Taqiqlanadi

YHQ 13-bobi 91-bandi 14-xatboshiga asosan, quyidagi joylarda toʻxtash taqiqlanadi: transport vositasi svetofor ishoralari, yoʻl belgilarini boshqa haydovchilardan toʻsib qoʻyadigan, boshqa transport vositalarining harakatlanishiga (kirish va chiqishiga) imkon qoldirmaydigan yoki piyodalarning harakatiga xalaqit beradigan joylarda.

Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →

8-savol. Siz chorrahadan chapga burilmoqchisiz, kimga yoʻl berishingiz kerak?

Siz chorrahadan chapga burilmoqchisiz, kimga yoʻl berishingiz kerak?
  1. Traktorga
  2. Mikroavtobusga
  3. Ikkala transportga
  4. Birinchi oʻtish huquqiga egaman
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Traktorga

YHQ 16-bobi 106-bandi: Asosiy yoʻlning yoʻnalishi chorrahada oʻzgarganda, asosiy yoʻlda harakatlanayotgan haydovchilar oʻzaro teng ahamiyatli yoʻllar chorrahasidan oʻtish qoidasiga amal qilishlari kerak. Ikkinchi darajali yoʻllarda harakatlanayotgan haydovchilar ham oʻzaro shu qoidaga amal qilishlari kerak. YHQ 16-bobi 107-bandi: Chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yoʻldan qarama-qarshi yoʻnalishdan toʻgʻriga yoki oʻngga harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham oʻzaro amal qilishlari kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 15-dars «Chorraha: asosiy yoʻl burilganda» →

9-savol. Qaysi yoʻldan harakatlanishga ruxsat etilgan?

Qaysi yoʻldan harakatlanishga ruxsat etilgan?
  1. B
  2. A
  3. A va B
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. A va B

YHQ 1-ilovasining 1-boʻlimi 1.11.2 belgisi "Xavfli burilish" – chapga, yoʻlning kichik radiusli yoki koʻrinishi cheklangan burilish joyini bildiradi va 1.31.2 yoʻl belgisi "Burilishning yoʻnalishi", kichik radiusli, koʻrinishi cheklangan yoʻlda harakatlanish yoʻnalishini va yoʻlning taʼmirlanayotgan qismini aylanib oʻtish yoʻnalishini bildiradi. Toʻgʻriga chapga yoki oʻngga harakatlanish taqiqlanmagan.

Mavzu boʻyicha videodars: 4-dars «Ogohlantiruvchi belgilar» →

10-savol. Harakatlanish qaysi yoʻnalishga ruxsat etilgan?

Harakatlanish qaysi yoʻnalishga ruxsat etilgan?
  1. Faqat toʻgʻriga va oʻngga
  2. Barcha yoʻnalishda ruxsat etiladi
  3. Faqat toʻgʻriga
  4. Harakatlanish taqiqlanadi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. Harakatlanish taqiqlanadi

YHQ 7-bobi 36-bandi: Tramvaylarning hamda maxsus ajratilgan tasma boʻylab harakatlanayotgan boshqa yoʻnalishli transport vositalarining harakatlanishini tartibga solish uchun “T” harfi koʻrinishida joylashgan toʻrtta doirasimon oq rang ishorali svetoforlar qoʻllanilishi mumkin. Yuqoridagi bir yoki bir nechta va pastki ishora bir vaqtning oʻzida yonganda, harakatlanishga ruxsat etiladi. Ulardan chapdagisi chapga, oʻngdagisi oʻngga, oʻrtadagisi toʻgʻriga yurishga ruxsat beradi. Pastdagi ishora oʻchirilib, yuqoridagi uchta ishora bir vaqtda yonsa, harakatlanish taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →

11-savol. Ushbu transport vositasi qaysi yoʻnalishda harakatlanishiga ruxsat etiladi?

Ushbu transport vositasi qaysi yoʻnalishda harakatlanishiga ruxsat etiladi?
  1. Toʻgʻriga va oʻngga
  2. Faqat toʻgʻriga
  3. Barcha yoʻnalishlarga
  4. Faqat toʻgʻriga va qayrilib olishga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. Faqat toʻgʻriga va qayrilib olishga

YHQ 1-ilova: 3.18.2. “Chapga burilish taqiqlanadi”.

Mavzu boʻyicha videodars: 16-dars «Svetofor ishoralari» →

12-savol. Svetoforning yashil miltillovchi ishorasi nimani bildiradi?

  1. Harakatga ruxsat beradi va tez orada taqiqlovchi ishora yonishi toʻgʻrisida axborot beradi
  2. Harakatni davom ettirishni taqiqlaydi
  3. Svetofor nosozligini
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Harakatga ruxsat beradi va tez orada taqiqlovchi ishora yonishi toʻgʻrisida axborot beradi

YHQ 7-bobi 31-bandiga muvofiq, miltillovchi yashil ishora ham harakatlanishga ruxsat beradi va uning taʼsir vaqti tugayotganligi hamda koʻp oʻtmay taqiqlovchi ishora yonishi haqida axborot beradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 16-dars «Svetofor ishoralari» →

13-savol. Shu joyda toʻxtab turishga ruxsat etiladimi?

Shu joyda toʻxtab turishga ruxsat etiladimi?
  1. Taqiqlanadi
  2. Ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Taqiqlanadi

YHQ 1 – ilovasi 3 – boʻlimining qirq uchinchi xatboshisiga asosan: 3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 – 3.30 belgilarining taʼsiri belgi oʻrnatilgan joydan keyingi eng yaqin chorrahagacha, ular boʻlmaganda – aholi punktining oxirigacha taʼsiri qiladi. Yondosh hududlardan yoʻlga chiqish joylarida yoki yoʻlning dala, oʻrmon yoʻllari va boshqa doimiy harakatlanish, oʻtib ketish uchun moʻljallanmagan yoʻllar bilan kesishgan (tutashgan) joylarida, ularning oldida tegishli belgilar oʻrnatilmagan boʻlsa, bu belgilarning taʼsiri yoʻqolmaydi.

Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →

14-savol. Tramvayni koʻrsatilganidek old qismidan yoʻlni kesib oʻtishga ruxsat beriladimi?

Tramvayni koʻrsatilganidek old qismidan yoʻlni kesib oʻtishga ruxsat beriladimi?
  1. Ruxsat beriladi
  2. Taqiqlanadi
  3. Istalgan tomonidan ruxsat beriladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Ruxsat beriladi

YHQ 4-bobi 19-bandi: Piyodalar toʻxtab turgan avtobus va trolleybusning orqa tomonidan, tramvayning esa oldi tomonidan yoʻlni kesib oʻtishlari shart.

Mavzu boʻyicha videodars: 3-dars «Piyodalarning vazifalari» →

15-savol. Qaysi avtomobil haydovchisi yoʻl berishi kerak?

Qaysi avtomobil haydovchisi yoʻl berishi kerak?
  1. Yashil avtomobil haydovchisi
  2. Koʻk avtomobil haydovchisi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Koʻk avtomobil haydovchisi

YHQ 1 ilova: 5.38. “Turar joy dahasi”.
Yoʻl harakati qoidalarining turar joy dahalarida harakatlanish tartibi oʻrnatilgan yoʻl. YHQ 9-bobi 60-bandi:
Transport vositalarining harakatlanish yoʻnalishlari kesishganda va oʻtish navbati Qoidalarda nazarda tutilmagan hollarda, haydovchi oʻng tomondan yaqinlashayotgan transport vositasiga yoʻl berishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 21-dars «Harakatni boshlash va manyovr» →

16-savol. Qaysi transport vositasining haydovchisi yoʻl berishi kerak?

Qaysi transport vositasining haydovchisi yoʻl berishi kerak?
  1. Avtomobil haydovchisi
  2. Motosikl haydovchisi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Avtomobil haydovchisi

YHQ 21-bobi 128-bandiga asosan, agar yoʻlning 1.13 va 1.14 yoʻl belgilari bilan belgilangan qiyaliklarda, qarama-qarshi yoʻnalishlarda harakatlanishni qiyinlashtiradigan toʻsiq boʻlsa, nishablikka harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi yoʻl berishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 11-dars «Chorrahalardan oʻtish asoslari» →

17-savol. Ushbu vaziyatda haydovchilar birinchi temir yoʻl iziga eng kamida necha metr qolganda toʻxtashlari kerak?

Ushbu vaziyatda haydovchilar birinchi temir yoʻl iziga eng kamida necha metr qolganda toʻxtashlari kerak?
  1. 3 metr
  2. 10 metr
  3. 5 metr
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. 10 metr

YHQ 18-bobi 119-bandi: Kesishma orqali harakatlanish taqiqlangan hollarda haydovchi toʻxtash chizigʻi, 2.5 yoʻl belgisi yoki svetofor oldida toʻxtashi kerak. Agar ular boʻlmasa, shlagbaumga kamida 5 metr, Shlagbaum boʻlmaganda esa birinchi temir yoʻl iziga kamida 10 metr qolganda toʻxtashi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →

18-savol. Qanday holda markazdan qochirma kuch burilishda kamayadi?

Qanday holda markazdan qochirma kuch burilishda kamayadi?
  1. Burilish radiusi kamayganda
  2. Boshqaruv rulini burilish tomonga keskin burganda
  3. Harakat tezligi pasayganda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Harakat tezligi pasayganda

Burilishdan oʻtayotgan vaqtda haydovchi shuni inobatga olishi lozimki, avtomobil harakati tezligi kattalashganida markazdan qochirma kuch ortadi va transport vositasini agʻdarilishiga olib kelishi mumkin.

Mavzu boʻyicha videodars: 40-dars «Harakat xavfsizligi asoslari» →

19-savol. Cheklangan koʻrinish sharoitida orqaga harakatlanishda harakat xavfsizligini taʼminlash uchun:

  1. Boshqa shaxslar yordamidan foydalanish
  2. Tovush ishorasini berish
  3. Falokat yorugʻlik ishoralarini yoqish
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Boshqa shaxslar yordamidan foydalanish

Yoʻl harakati qoidalarining 63 bandiga asosan, transport vositasini orqaga harakatlantirishda haydovchi yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashi va yoʻl harakatining boshqa qatnashchilariga xalaqit bermasligi shart. Zarurat tugʻilganda haydovchi boshqa shaxslarning yordamidan foydalanishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 21-dars «Harakatni boshlash va manyovr» →

20-savol. Transport vositalari chorrahani quyidagi tartibda kesib oʻtadilar:

Transport vositalari chorrahani quyidagi tartibda kesib oʻtadilar:
  1. Koʻk va qizil avtomobillar, yashil
  2. Yashil, qizil, koʻk
  3. Yashil, qizil va ayni vaqtda u bilan birga koʻk avtomobil
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Yashil, qizil, koʻk

YHQ 16-bobi 106-, 105- va 104-bandlariga asosan, asosiy yoʻlning yoʻnalishi chorrahada oʻzgarganda, asosiy yoʻlda harakatlanayotgan haydovchilar oʻzaro teng ahamiyatli yoʻllar chorrahasidan oʻtish qoidasiga amal qilishlari kerak. Teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorrahada tramvay harakatlanish yoʻnalishidan qatʼi nazar, teng ahamiyatli yoʻlda bir yoʻnalishda yoki qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega.

Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

54-biletni onlayn yechish

Keyingi: 55-bilet →

Qoʻngʻiroq qilish