52-bilet: YHQ test savollari va javoblari
20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan
52-biletni onlayn yechishMashq bazasidagi 52-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.
1-savol. Bir yoʻnalishda uch va undan ortiq tasmali harqanday yoʻlda yuk avtomobillariga chetki chap qatorni egallashga ruxsat etiladi:
- Quvib oʻtish, chapga burilish va qayrilib olishda
- Chapga burilish va qayrilib olishda
- Barcha hollarda
- Quvib oʻtish va aylanib oʻtishda
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Chapga burilish va qayrilib olishda
YHQ 10-bobi 67-bandining uchinchi xatboshisiga asosan: Bir yoʻnalishdagi uch va undan ortiq, tasmali har qanday yoʻlda chetki chap qatorni harakat serqatnovligi sababli boshqa boʻlaklar band boʻlgan hollarda, shuningdek, quvib oʻtish, chapga burilish yoki qayrilib olishga, yuk avtomobillariga faqat chapga burilish yoki qayrilib olish uchun chetki chap qatorni egallashga ruxsat etiladi.
Mavzu boʻyicha videodars: 22-dars «Qatnov qismida joylashuv» →
2-savol. Belgi va uning ostidagi qoʻshimcha axborot belgisi nima haqida ogohlantiradi?
- Olib borilayotgan ishlar munosabati bilan yoʻl chetida toʻxtash taqiqlanadi
- Yoʻl yoqasida taʼmirlash ishlari olib borilayotganligi munosabati bilan unga chiqish xavfli
- Yoʻlda taʼmirlash ishlari olib borilayotganligida yoʻl chetida toʻxtab turish taqiqlanadi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Yoʻl yoqasida taʼmirlash ishlari olib borilayotganligi munosabati bilan unga chiqish xavfli
YHQ 1-ilovasining 7-boʻlimi 7.12 "Xavfli yoʻl yoqasi" belgisiga muvofiq, 1.23 "Taʼmirlash ishlari" belgisi bilan qoʻllanilganda yoʻl ishlari bajarilayotgani sababli yoʻl yoqasiga chiqish xavfli ekanligi haqida ogohlantiradi.
Mavzu boʻyicha videodars: 10-dars «Qoʻshimcha axborot belgilari (jadvallar)» →
3-savol. Quvib oʻtishga taalluqli belgilarni koʻrsating?
- B va C
- A va C
- A va B
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. A va C
YHQ 1-ilovasining 3-boʻlimidagi 3.20 belgiga asosan, «Quvib oʻtish taqiqlangan». Soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan yakka transport vositasidan boshqa transport vositalarini quvib oʻtish taqiqlanishini bildiradi.
YHQ 1-ilovasining 3-boʻlimidagi 3.22 belgiga asosan, «Yuk avtomobillarida quvib oʻtish taqiqlangan». Toʻliq vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillarida barcha transport vositalarini quvib oʻtish taqiqlanishini bildiradi (soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi, traktor, ot-arava, velosiped bundan mustasno).
4-savol. Chorrahani ikkinchi boʻlib kesib oʻtadi:
- Qizil avtomobil
- Yashil avtomobil
- Koʻk avtomobil
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Koʻk avtomobil
YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart.
Mavzu boʻyicha videodars: 13-dars «Teng ahamiyatli chorrahalar» →
5-savol. Qoida boʻyicha necha yoshdan boshlab yengil avtomobilni boshqarishga ruxsat etiladi?
- 16 yoshdan
- 14 yoshdan
- 18 yoshdan
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. 18 yoshdan
YHQ 25-bobi 149-bandiga asosan: Transport vositasini boshqarish huquqiga ega boʻlishi uchun oʻrganuvchi oʻquv muddati yakunida: “B” va “C” toifalari uchun — 18 yoshga toʻlgan boʻlishi kerak.
6-savol. Qaysi belgi kesib oʻtgan yoʻllarda harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishni yuklaydi?
- 5
- 4
- 1
- 3
- 2
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 4. 3
YHQ 1-ilovasining 2-boʻlimi 2.4 belgisiga asosan, "Yoʻl bering!". Haydovchi kesib oʻtilayotgan yoʻldan, 7.13 qoʻshimcha-axborot belgisi boʻlganda esa asosiy yoʻldan harakatlanayotgan transport vositasiga yoʻl berishi kerak.
7-savol. Yashil avtomobil chorrahadan nechanchi boʻlib oʻtadi?
- Birinchi
- Ikkinchi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Ikkinchi
YHQ 15-bobi 99-bandiga asosan, svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chapga burilayotgan yoki qayrilib olayotgan relssiz transport vositasining haydovchisi qarama-qarshi tomondan toʻgʻriga harakatlanayotgan va oʻngga burilayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart.
Mavzu boʻyicha videodars: 11-dars «Chorrahalardan oʻtish asoslari» →
8-savol. Koʻk avtomobil chorrahani kesib oʻtadi:
- Birinchi boʻlib ayni bir vaqtda qizil bilan
- Uchinchi boʻlib ayni vaqtda qizil bilan
- Ikkinchi boʻlib ayni vaqtda qizil bilan
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Uchinchi boʻlib ayni vaqtda qizil bilan
YHQ 16 va 6-boblardagi 105, 26-bandlariga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Haydovchilar tezkor va maxsus xizmatlarning koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan holda yaqinlashayotgan transport vositalariga, shuningdek ularning kuzatuvidagi, yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilgan transport vositasi (transport vositalari)ga yoʻl berishlari shart.
Mavzu boʻyicha videodars: 13-dars «Teng ahamiyatli chorrahalar» →
9-savol. Qaysi belgi yoʻlning xavfli burilishiga yaqinlashayotgani haqida ogohlantiradi?
- 4
- 1
- 2
- 3
- 5
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. 2
YHQ 1-ilovasining 1-boʻlimidagi 1.11.2 “Xavfli burilish” belgisi yoʻlning kichik radiusli yoki koʻrinish cheklangan burilish joyi haqida ogohlantiradi, 1.11.2-chapga.
Mavzu boʻyicha videodars: 4-dars «Ogohlantiruvchi belgilar» →
10-savol. Velosipedni boshqarishga necha yoshdan ruxsat etiladi?
- 14 yosh
- 18 yosh
- 12 yosh
- 16 yosh
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. 14 yosh
YHQning 28-bob. 165-bandga asosan: 165. Yoʻlda velosiped, individual harakatlanish vositalarini va aravani boshqarish, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlarni haydab oʻtish 14 yoshdan kichik boʻlmagan, moped va skuterni boshqarish esa 16 yoshdan kichik boʻlmagan shaxslarga ruxsat etiladi.
Mavzu boʻyicha videodars: 38-dars «Velosiped, moped, aravalar va hayvonlar» →
11-savol. Koʻk va Qora avtomobillar haydovchilariga oʻngga burilishni amalga oshirishga ruxsat etilganmi?
- Taqiqlanadi
- Ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Taqiqlanadi
YHQga 1-ILOVA 4.1.1 bandi va 4.Buyuruvchi belgilarning 10-xatboshiga asosan: 4.1.1. «Harakatlanish toʻgʻriga». 4.1.1 — 4.1.6 yoʻl belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasidan oldin oʻrnatilsa, belgining taʼsiri shu kesishmaga joriy qilinadi.
Mavzu boʻyicha videodars: 8-dars «Axborot-koʻrsatkich belgilari» →
12-savol. Yoʻlning xavfli burilishlarida oldingi uzatmali avtomobilning orqa oʻqi yon tomonga sirpanganda siz qanday harakat qilasiz?
- Tormozlab turib rul chambaragini sirpangan tomonga burasiz
- Gaz berishni kamaytirib rul chambaragi bilan boshqaruvni barqarorlashtirasiz
- Gaz pedalini koʻproq bosib rul chambaragini oʻzgartirmasdan sirpanishdan olib chiqasiz
- Gaz pedalini ohista bosib, avtomobilni rul chambaragini toʻgʻrilab, avtomobilni sirpanishdan olib chiqib ketasiz
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 4. Gaz pedalini ohista bosib, avtomobilni rul chambaragini toʻgʻrilab, avtomobilni sirpanishdan olib chiqib ketasiz
Oldi gʻildiraklari yetaklovchi avtomobilda burilishda tormozlaganda old gʻildiraklardan orqa gʻildiraklarning ilgarilab ketishidan orqa gʻildiraklarning yon tomonga sirpanishi hosil boʻladi. Bu holda, rul chambaragi yordamida harakat yoʻnalishini toʻgʻrilash va yoqilgʻi uzatishni biroz oshirish (gʻildiraklarni jimlay aylantirmagan holda) maqsadga muvofiq boʻladi.
Mavzu boʻyicha videodars: 40-dars «Harakat xavfsizligi asoslari» →
13-savol. Sariq mashina haydovchisi oʻtib ketayotgan mashina orqasida toʻxtagan boʻlsa, "STOP" belgisida ham toʻxtashi kerakmi?
- Ha
- Yoʻq
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Ha
YHQga 1-ILOVA 2.5 bandiga asosan: 2.5. «Toʻxtamasdan harakatlanish taqiqlangan». Toʻxtash chizigʻi oldida, agar u boʻlmasa, kesib oʻtiladigan qatnov qismining chetida toʻxtamasdan harakatlanish taqiqlanadi. Haydovchi kesib oʻtilayotgan yoʻldan, 7.13 qoʻshimcha-axborot belgisi boʻlganda esa asosiy yoʻldan harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi kerak.
14-savol. Haydovchiga transport vositalarining toʻxtab turish joylari chegarasini bildiradigan uzluksiz chiziqni kesib oʻtishga ruxsat etiladimi?
- Toʻxtash uchun ruxsat etiladi
- Taqiqlanadi
- Hamma hollarda ruxsat etiladi, agar toʻxtab turish joyida boshqa transport vositalari yoʻq boʻlsa
- Kirish va chiqish uchun ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Taqiqlanadi
YHQ 2-ilovasining 1-boʻlimi 1-xatboshiga asosan, 1.1 chizigʻi qarama-qarshi yoʻnalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yoʻlning xavfli joylaridagi harakatlanish tasmasi chegarasini va velosipedchilar uchun tasmaning chegarasini bildiradi; yoʻlning kirish taqiqlangan qismi chegarasini belgilaydi; transport vositalarining toʻxtab turish joyi chegarasini hamda avtomagistral qatoriga kiritilmagan yoʻlning qatnov qismi chegarasini bildiradi. 1.1 chizigʻini bosib oʻtish taqiqlanadi, qatnov qismining chetini bildirish uchun qoʻllanilgan 1.1 chizigʻi bundan mustasno.
15-savol. Chorrahadan oxirgi boʻlib qaysi transport vositasi kesib oʻtadi?
- Velosiped
- Avtomobil
- Avtobus
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Avtomobil
Yoʻl harakati qoidalarining 105 bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham oʻzaro amal qilishlari kerak. Bunday chorrahalarda keyingi harakat yoʻnalishidan qatʼiy nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin oʻtish huquqiga ega boʻladi.
Ushbu chorrahani velosiped birinchi, avtobus ikkinchi, koʻk avtomobil oxirgi boʻlib kesib oʻtadi.
Mavzu boʻyicha videodars: 13-dars «Teng ahamiyatli chorrahalar» →
16-savol. Rasmda koʻrsatilgan holatda qizil avtomobilning haydovchisi qanday yoʻl tutishi kerak?
- Chapga burilish ishorasini yoqishi va oʻng qatorni boʻshatishi
- Oʻngga burilish ishorasini yoqishi va oʻngga burilishi
- Svetoforning ruxsat ishorasini kutishi va toʻgʻriga oʻtishi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Oʻngga burilish ishorasini yoqishi va oʻngga burilishi
Yoʻnaltirgich koʻrinishidagi qizil, sariq va yashil rangli svetofor ishoralari ham doirasimon shaklidagi svetofor ishoralari bilan bir xil maʼnoga ega boʻladi. Ular faqat koʻrsatilgan yoʻnalishga taʼsir etadi. Agar tegishli yoʻl belgisi bilan qayrilib olish taqiqlanmagan boʻlsa, chapga burilishga ruxsat beruvchi yoʻnaltirgich qayrilib olishga ham ruxsat beradi. Qoʻshimcha tarmoqdagi yashil yoʻnaltirgich ham xuddi shu maʼnoni bildiradi. Svetoforning qoʻshimcha tarmoqdagi ishora oʻchirilgan boʻlsa, shu tarmoq tartibga solayotgan yoʻnalishda harakatlanish taqiqlanganligini bildiradi.
Mavzu boʻyicha videodars: 12-dars «Tartibga solingan chorrahalar» →
17-savol. Avtomobillar chorrahani quyidagi tartibda kesib oʻtadilar:
- Yashil, koʻk, qizil
- Qizil, koʻk, yashil
- Yashil ayni vaqtda qizil bilan, koʻk
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Yashil, koʻk, qizil
YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart.
Mavzu boʻyicha videodars: 13-dars «Teng ahamiyatli chorrahalar» →
18-savol. Qayrilish taqiqlanadi:
- Chorrahalar oldiga 15 metrdan yaqinroqda
- Loaqal bir yoʻnalishda yoʻlning 100 metrdan kamroq qismi koʻringanda
- Yoʻlning loaqal bir yoʻnalishida 100 metrdan kamroq qismi koʻrinadigan aholi punktlaridan tashqarida
- Chorrahalarda va ularga 15 metrdan yaqinroqda
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Loaqal bir yoʻnalishda yoʻlning 100 metrdan kamroq qismi koʻringanda
YHQ 9-bobi 62-bandiga asosan, quyidagi joylarda qayrilib olish taqiqlanadi: piyodalarning oʻtish joylarida; tunnellarda; koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgichlar, estakadalar va ularning ostida (tegishli yoʻl belgilari bilan bunday manevrni bajarish ruxsat berilgan yoʻl qismlari bundan mustasno); temir yoʻl kesishmalarida; yoʻlning koʻrinishi biror-bir yoʻnalishda 100 metrdan kam boʻlgan joylarda.
Mavzu boʻyicha videodars: 21-dars «Harakatni boshlash va manyovr» →
19-savol. Yuk avtomobili haydovchisi toʻxtab turish qoidasini buzdimi?
- Buzmadi, agar uning ruxsat etilgan toʻliq vazni 3,5 tonnadan oshmasa
- Xato qilmadi
- Buzdi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Buzdi
YHQ 1-ilovasining 7-boʻlimidagi 7.6.4 belgiga asosan, «Transport vositasini toʻxtab turish joyiga qoʻyish usuli». 7.6.4 trotuar yonidagi toʻxtab turish joyiga yengil avtomobillar va mototsikllarni qoʻyish usulini bildiradi.
Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →
20-savol. Qaysi rasmda ajratuvchi mintaqa koʻrsatilgan?
- A
- Hech qaysida
- Б
- A va Б
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Hech qaysida
Yoʻl harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, ajratuvchi mintaqa — yoʻlning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, transport vositalari harakatlanishi yoki toʻxtashi uchun moʻljallanmagan, yoʻl sathidan koʻtarilgan yoki maysazor, ariq, maxsus toʻsiqlar bilan ajratilgan baland qismi.
Mavzu boʻyicha videodars: 1-dars «Umumiy qoidalar va atamalar» →
20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan
52-biletni onlayn yechish