51-bilet: YHQ test savollari va javoblari

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

51-biletni onlayn yechish

Mashq bazasidagi 51-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.

1-savol. Toliqish haydovchining diqqatiga va eʼtiboriga qanday taʼsir qiladi?

  1. Haydovchining diqqati va eʼtibori oshadi
  2. Haydovchining diqqatiga va eʼtiboriga taʼsir qilmaydi
  3. Haydovchining diqqati va eʼtibori pasayadi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Haydovchining diqqati va eʼtibori pasayadi

Haydovchining charchashi, toliqishi shubhasiz harakat xavfsizligiga taʼsir qiladi. Haydovchining diqqati pasayadi, reaktsiya vaqti oshadi. Yaxshi haydovchi vaqti-vaqti bilan boshqaruvning monotonligini bartaraf etib, harakatni toʻxtatib turishi kerak. Koʻpincha xavfsiz harakatlanish uchun zarur boʻlgan diqqat darajasini tiklash uchun bir necha daqiqa kifoya qiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 39-dars «YTHda birinchi yordam» →

2-savol. Rasmda koʻrsatilgan chorraha- ...

Rasmda koʻrsatilgan chorraha- ...
  1. Tartibga solingan chorraha
  2. Tartibga solinmagan, teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorraha
  3. Tartibga solinmagan, teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorraha
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Tartibga solingan chorraha

Yoʻl harakati qoidalarining 98 bandiga asosan, harakatlanish navbati svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari bilan boshqariladigan chorraha — tartibga solingan chorraha hisoblanadi.
Miltillovchi sariq ishora yonib-oʻchayotgan, svetoforlar ishlamayotgan yoki tartibga soluvchi boʻlmagan chorraha — tartibga solinmagan chorraha hisoblanadi. Haydovchilar tartibga solinmagan chorrahalardan oʻtish qoidalariga hamda chorrahada oʻrnatilgan imtiyoz belgilariga amal qilishlari shart.

Mavzu boʻyicha videodars: 11-dars «Chorrahalardan oʻtish asoslari» →

3-savol. Qaysi javobda shatakka olingan transport vositasidagi yoritish asboblarini yoqishning toʻgʻri holati koʻrsatilgan?

  1. Aholi punktlaridan tashqaridagi yoʻllarda istalgan yoritish chiroqlarini
  2. Aholi punktlarida gabarit chiroqlari
  3. Kunning qorongʻi vaqtida yoki tuman boʻlgan sharoitda faralarning yaqinni yoritish chiroqlari
  4. Avariya yorugʻlik ishoralari, u nosoz boʻlganda yoki boʻlmagan hollarda uning orqa tomoniga avariya sababli toʻxtash belgisi oʻrnatilishi kerak
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. Avariya yorugʻlik ishoralari, u nosoz boʻlganda yoki boʻlmagan hollarda uning orqa tomoniga avariya sababli toʻxtash belgisi oʻrnatilishi kerak

YHQ 8 – bobi 50 – bandining ikkinchi xatboshisiga asosan, avariya ishorasi quyidagi hollarda yoqilishi kerak: shatakka olishida (shatakka olingan transport vositasida). YHQ 8 – bobi 52 – bandiga asosan: Shatakka olingan transport vositasida avariya yorugʻlik ishoralari boʻlmasa yoki ular ishlamasa uning orqa tomoniga avariya sababli toʻxtash belgisi oʻrnatilishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 34-dars «Shatakka olish» →

4-savol. Quyidagi izoh qaysi atamaga tegishli? Texnik nuqson, tashilayotgan yuk, haydovchi va yoʻlovchining holati, yoʻldagi biror toʻsiq tufayli xavf yuzaga kelganda yoxud ob-havo sharoitiga bogʻliq holda transport vositasi harakatini toʻxtatish

  1. Yoʻl transport hodisasi
  2. Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash
  3. Majburiy toʻxtash
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Majburiy toʻxtash

Yoʻl harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, majburiy toʻxtash — texnik nuqson, tashilayotgan yuk, haydovchi va yoʻlovchining holati, yoʻldagi biror toʻsiq tufayli xavf yuzaga kelganda yoxud ob-havo sharoitiga bogʻliq holda transport vositasi harakatini toʻxtatish. Haydovchining ushbu xatti-harakati oxirgi zarur chora boʻlib, qoidabuzarlik deb eʼtirof etilmaydi.

Mavzu boʻyicha videodars: 1-dars «Umumiy qoidalar va atamalar» →

5-savol. Miniladigan uy hayvonlarini boshqarishga necha yoshdan ruxsat etiladi?

  1. 18 yosh
  2. 16 yosh
  3. 12 yosh
  4. 14 yosh
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. 14 yosh

YHQning 28-bob. 165-bandga asosan: 165. Yoʻlda velosiped, individual harakatlanish vositalarini va aravani boshqarish, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlarni haydab oʻtish 14 yoshdan kichik boʻlmagan, moped va skuterni boshqarish esa 16 yoshdan kichik boʻlmagan shaxslarga ruxsat etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 38-dars «Velosiped, moped, aravalar va hayvonlar» →

6-savol. Qaysi avtomobil chorrahada burilish qoidasini buzdi?

Qaysi avtomobil chorrahada burilish qoidasini buzdi?
  1. Har ikkisi ham buzmagan
  2. Har ikkisi ham buzdi
  3. Qizil avtomobil
  4. Koʻk avtomobil
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Qizil avtomobil

YHQning 9-bob. 61-band va 11-bob. 77-band 3-xatboshi hamda 1-bob. 6-band 35 va 62-xatboshiga asosan: 61. Sekinlashish boʻlagi bor boʻlgan yoʻlda burilmoqchi boʻlgan haydovchi oʻz vaqtida ushbu tasmaga qayta tizilishi va tezlikni faqat unda kamaytirishi kerak.
Yoʻlga chiqish joyida tezlashish boʻlagi boʻlsa, haydovchi unda harakatlanishi va qoʻshni tasmada harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berib, transport oqimiga qoʻshilishi kerak.
Haydovchi transport vositasini boshqarish paytida aniqlay olishi mumkin boʻlgan xavf yuzaga kelsa, u transport vositasining tezligini toʻliq toʻxtashni taʼminlaydigan darajada kamaytirishi yoki toʻsiqni boshqa harakat ishtirokchilari uchun xavf tugʻdirmagan holda aylanib oʻtish choralarini koʻrishi kerak.
Majburiy toʻxtash — texnik nuqson, tashilayotgan yuk, haydovchi va yoʻlovchining holati, yoʻldagi biror toʻsiq tufayli xavf yuzaga kelganda yoxud ob-havo sharoitiga bogʻliq holda transport vositasi harakatini toʻxtatish. Haydovchining ushbu xatti-harakati oxirgi zarur chora boʻlib, qoidabuzarlik deb eʼtirof etilmaydi.
Toʻsiq — yoʻlning qatnov qismida harakatsiz holda boʻlgan jism (buzilib qolgan transport vositasi, tushib qolgan yuk, yiqilgan daraxt va boshqalar).

Mavzu boʻyicha videodars: 21-dars «Harakatni boshlash va manyovr» →

7-savol. Qaysi haydovchi toʻxtab turish qoidasini buzdi?

Qaysi haydovchi toʻxtab turish qoidasini buzdi?
  1. Hech kim buzmadi
  2. Trotuarda toʻxtab turgan avtomobil haydovchisi
  3. Mototsikl haydovchisi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Trotuarda toʻxtab turgan avtomobil haydovchisi

Yoʻl harakati qoidalarining 88 bandiga asosan, transport vositalariga yoʻlning oʻng tomonida yoʻl yoqasida, u boʻlmaganda esa qatnov qismining chetida va Qoidalarning 89-bandida koʻrsatilgan hollarda trotuarda toʻxtash va toʻxtab turishga ruxsat etiladi.
Yoʻl harakati qoidalarining 89 bandi 3 xatboshiga asosan, qatnov qismiga chegaradosh trotuar chetida faqat yengil avtomobillar, mototsikllar, mopedlar va velosipedlarga toʻxtab turishga 5.15 yoʻl belgisi bilan birga 7.6.2, 7.6.3, 7.6.6 — 7.6.9 qoʻshimcha axborot belgilaridan biri oʻrnatilgan joylarda ruxsat etiladi.
Yoʻl harakati qoidalarining 91 bandiga asosan, quyidagilarda toʻxtash taqiqlanadi: toʻxtagan transport vositasi bilan boʻylama sidirgʻa chiziq (qatnov qismining chetini belgilovchi chiziqdan tashqari), ajratuvchi mintaqa yoki qatnov qismining qarama-qarshi cheti orasidagi masofa 3 metrdan kam boʻlgan joylarda.

Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →

8-savol. Qaysi transport vositasining haydovchisi chorrahadan birinchi boʻlib oʻtadi?

Qaysi transport vositasining haydovchisi chorrahadan birinchi boʻlib oʻtadi?
  1. Tramvay haydovchisi
  2. Avtomobil va avtobus haydovchisi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Avtomobil va avtobus haydovchisi

YHQ 15-bobi 100 - va 101 - bandlariga asosan, svetoforning taqiqlovchi qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qoʻshimcha tarmoqning koʻrsatkichli yashil ishorasi yoʻnalishida harakatlanayotgan haydovchi boshqa yoʻnalishlardan harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi kerak. Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qoʻshimcha tarmogʻining yoʻnaltirgichli yashil ishorasi yoʻnalishida harakatlanayotgan tramvay boshqa yoʻnalishlarda harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 11-dars «Chorrahalardan oʻtish asoslari» →

9-savol. Bu joyda avtomobilning toʻxtab turishiga ruxsat berilganmi?

Bu joyda avtomobilning toʻxtab turishiga ruxsat berilganmi?
  1. Taqiqlangan
  2. Berilgan
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Taqiqlangan

YHQ 1-ilovasining 3-boʻlimidagi 3.28. "Toʻxtab turish taqiqlangan" belgi talabiga asosan, transport vositalarining toʻxtab turishi taqiqlanadi. Uning taʼsiri belgi oʻrnatilgan joydan keyingi eng yaqin chorrahagacha, qayrilib olish joyigacha, ular boʻlmaganda – aholi punktining oxirigacha taʼsiri qiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →

10-savol. Ushbu koʻrsatilgan holatda mototsikl haydovchisi sizga yoʻl berishi kerakmi?

Ushbu koʻrsatilgan holatda mototsikl haydovchisi sizga yoʻl berishi kerakmi?
  1. Ha
  2. Yoʻq
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Ha

YHQ 20-bobi 126-bandiga asosan, turar-joy dahalaridan chiqishda haydovchilar boshqa harakat qatnashchilariga yoʻl berishlari kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 21-dars «Harakatni boshlash va manyovr» →

11-savol. Bu «toʻxtash» yotiq chiziq qaysi yoʻl belgisi bilan qoʻllaniladi?

Bu «toʻxtash» yotiq chiziq qaysi yoʻl belgisi bilan qoʻllaniladi?
  1. «Yoʻl bering» belgisi bilan va «Toʻxtamasdan harakatlanish taqiqlangan» belgisi bilan
  2. «Yoʻl bering» belgisi bilan
  3. «Toʻxtamasdan harakatlanish taqiqlangan» belgisi bilan
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. «Toʻxtamasdan harakatlanish taqiqlangan» belgisi bilan

YHQ 2-ilovasining 1-boʻlimidagi 1.12 chizigʻiga asosan, 1.12 (toʻxtash chizigʻi) – 2.5 "Toʻxtamasdan harakatlanish taqiqlangan" belgisi yoki svetoforning (tartibga soluvchining) taqiqlovchi ishorasida haydovchi toʻxtash kerak boʻlgan joyni koʻrsatadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 19-dars «Yotiq chiziqlar» →

12-savol. Transport vositasi qiyalikda joyidan qoʻzgʻalishda toʻxtab turish tormoz dastagini qay vaqtda tushirishni boshlash kerak?

  1. Harakatni boshlashdan avval
  2. Harakatni boshlagandan soʻng
  3. Harakatni boshlash bilan bir vaqtda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Harakatni boshlash bilan bir vaqtda

Tik balandlikka harakatlanishni boshlayotganda avtomobilni orqaga siljishini (toʻxtab turish tormozi harakatni boshlashdan oldin qoʻyib yuborilganda) va dvigatelni oʻchib qolishini (toʻxtab turish tormozi harakatni boshlagandan keyin qoʻyib yuborilgani) oldini olish uchun toʻxtab turish tormozi harakatni boshlash bilan bir vaqtda qoʻyib yuboriladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 40-dars «Harakat xavfsizligi asoslari» →

13-savol. Yoʻlning chapga burilishiga yaqinlashganingizda, u oʻylaganingizdan koʻra ancha keskinroq boʻlib chiqsa, Siz

  1. Tezlikni oʻzgartirmay va yoʻl qatnov qismining chap yoqasidan harakatni davom ettirishingiz kerak
  2. Harakat tezligini kamaytirishingiz kerak
  3. Burilishdan tezroq oʻtish uchun tezlikni oshirishingiz kerak
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Harakat tezligini kamaytirishingiz kerak

Burilishda oʻtayotgan vaqtda haydovchi shuni inobatga olishi lozimki, avtomobilning harakat tezligi kattalashganida markazdan qochirma kuch tezlik kvadratiga mos ravishda ortadi va transport vositasini agʻdarilishiga olib kelishi mumkin.

Mavzu boʻyicha videodars: 23-dars «Harakatlanish tezligi» →

14-savol. Qaysi transport vositalarining haydovchilari toʻxtab turish qoidasini buzdilar?

Qaysi transport vositalarining haydovchilari toʻxtab turish qoidasini buzdilar?
  1. «А» va «Б»
  2. «В» va «Г»
  3. Faqat «Г»
  4. «Б» va «Г»
  5. «Б», «В» va «Г»
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 5. «Б», «В» va «Г»

YHQ 1-ilovasining 7-boʻlimidagi 7.6.2 "Transport vositasini toʻxtab turish joyiga qoʻyish usuli" qoʻshimcha axborot belgisi 5.15. "Toʻxtab turish joyi" belgisi bilan birga trotuar yonidagi toʻxtab turish joyiga yengil avtomobillar va motosikllarni qoʻyish usulini bildiradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 10-dars «Qoʻshimcha axborot belgilari (jadvallar)» →

15-savol. Chorrahani ikkinchi boʻlib kesib oʻtadi?

Chorrahani ikkinchi boʻlib kesib oʻtadi?
  1. Koʻk avtomobil ayni vaqtda sariq bilan birga
  2. Qizil avtomobil
  3. Yashil avtomobil
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Koʻk avtomobil ayni vaqtda sariq bilan birga

YHQ 16-bobi 104-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yoʻldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yoʻnalishidan qatʼi nazar, yoʻl berishi kerak. YHQ 16-bobi 107-bandiga asosan, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yoʻldan qarama-qarshi yoʻnalishdan toʻgʻriga yoki oʻngga harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart.

Mavzu boʻyicha videodars: 15-dars «Chorraha: asosiy yoʻl burilganda» →

16-savol. Bu yoʻl belgisi qanday nomlanadi?

Bu yoʻl belgisi qanday nomlanadi?
  1. Piyodalarning qatnov qismidan yurishi mumkin boʻlgan hudud
  2. Piyodalarning yoʻl yoqasidan yurishi mumkin boʻlgan hudud
  3. Piyodalarning trotuardan yurishi mumkin boʻlgan hudud
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Piyodalarning yoʻl yoqasidan yurishi mumkin boʻlgan hudud

YHQ 1 ilova: 1.35 “Piyodalarning yoʻl yoqasidan yurishi mumkin boʻlgan hudud”.

Mavzu boʻyicha videodars: 4-dars «Ogohlantiruvchi belgilar» →

17-savol. Agar haydovchi oʻzi harakatlanayotgan yoʻlning qoplamasining bor-yoʻqligini aniqlay olmasa (qorongʻi vaqt, loy, qor) va imtiyoz belgilari boʻlmasa?

Agar haydovchi oʻzi harakatlanayotgan yoʻlning qoplamasining bor-yoʻqligini aniqlay olmasa (qorongʻi vaqt…
  1. Oʻzini asosiy yoʻlda deb hisoblashi kerak
  2. Oʻzini ikkinchi darajali yoʻlda deb hisoblashi kerak
  3. Barchasi toʻgʻri
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Oʻzini ikkinchi darajali yoʻlda deb hisoblashi kerak

YHQ 16-bobi 108-bandi: Agar haydovchi oʻzi harakatlanayotgan yoʻlning qoplamasining bor-yoʻqligini aniqlay olmasa (qorongʻi vaqt, loy, qor va boshqalar) va imtiyoz belgilari boʻlmasa, unda u oʻzini ikkinchi darajali yoʻlda deb hisoblashi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 1-dars «Umumiy qoidalar va atamalar» →

18-savol. Reversiv svetoforlar boʻlmaganda yoki ular oʻchirib qoʻyilganda ikkitali uzuq-uzuq chiziqni kesib oʻtishga ruxsat etiladimi?

Reversiv svetoforlar boʻlmaganda yoki ular oʻchirib qoʻyilganda ikkitali uzuq-uzuq chiziqni kesib oʻtishga…
  1. Taqiqlanadi
  2. Istalgan tomondan ruxsat etiladi
  3. Agar u haydovchining chap tomonida boʻlsa ruxsat etiladi
  4. Agar u haydovchining oʻng tomonida boʻlsa ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. Agar u haydovchining oʻng tomonida boʻlsa ruxsat etiladi

YHQ 2-ilovasining 1-boʻlimidagi 1.9 chizigʻiga asosan: 1.9 — reversiv harakat tashkil etilgan tasmalarning chegarasini belgilaydi; reversiv harakatlanish amalga oshirilgan yoʻllarda (reversiv svetofori oʻchirilgan holatda) qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport oqimini ajratadi. Reversiv svetoforlar boʻlmaganda yoki ular oʻchirib qoʻyilganda, 1.9 chizigʻini faqat u haydovchining oʻng tomonida boʻlsa, bosib oʻtishga ruxsat etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 19-dars «Yotiq chiziqlar» →

19-savol. Bu yerda avtomobilning toʻxtashiga ruxsat berilganmi?

Bu yerda avtomobilning toʻxtashiga ruxsat berilganmi?
  1. Oyning juft kunlarida taqiqlangan
  2. Taqiqlangan, chunki uzuq-uzuq yotiq chizigʻi bilan toʻxtab turgan va avtomobil orasidagi masofa 3 metrdan kam
  3. Ruxsat berilgan
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Ruxsat berilgan

YHQ 1-ilovasining 3-boʻlimidagi 3.28 belgi talabiga asosan, “Toʻxtab turish taqiqlangan” belgisi faqat toʻxtab turishni taqiqlaydi. Transport vositasiga yoʻlovchilarni chiqarish yoki tushirish bilan bogʻliq boʻlgan hollarda transport vositasining harakatini toʻxtatish taqiqlanmagan.

Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →

20-savol. Chorrahadan ikkinchi boʻlib qaysi transport vositasi kesib oʻtadi?

Chorrahadan ikkinchi boʻlib qaysi transport vositasi kesib oʻtadi?
  1. Qizil avtomobil
  2. Yashil avtomobil tramvay bilan bir vaqtda
  3. Yashil avtomobil
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Yashil avtomobil tramvay bilan bir vaqtda

Yoʻl harakati qoidalarining 100 bandiga asosan, svetoforning taqiqlovchi qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qoʻshimcha tarmoqning koʻrsatkichli yashil ishorasi yoʻnalishida harakatlanayotgan haydovchi boshqa yoʻnalishlardan harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi kerak.
Yoʻl harakati qoidalarining 101 bandiga asosan, agar svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari tramvay va relssiz transport vositalariga bir vaqtda harakatlanishga ruxsat bersa, harakatlanish yoʻnalishidan qatʼi nazar, tramvay oldin oʻtish huquqiga ega boʻladi.
Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qoʻshimcha tarmogʻining yoʻnaltirgichli yashil ishorasi yoʻnalishida harakatlanayotgan tramvay boshqa yoʻnalishlarda harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 11-dars «Chorrahalardan oʻtish asoslari» →

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

51-biletni onlayn yechish

Keyingi: 52-bilet →

Qoʻngʻiroq qilish