50-bilet: YHQ test savollari va javoblari
20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan
50-biletni onlayn yechishMashq bazasidagi 50-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.
1-savol. Qaysi hollarda Sizga harakatni davom ettirish taqiqlanadi, hatto taʼmirlash ustaxonasiga ham, agarda faralar va orqa gabarit chiroqlar nosoz boʻlsa?
- Faqat yetarlicha koʻrinmaslik sharoitida
- Har ikki sanab oʻtilgan holda
- Kunning qorongʻi vaqtida
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Har ikki sanab oʻtilgan holda
Yoʻl harakati qoidalarining 12 bandiga asosan, haydovchiga quyidagilar taqiqlanadi: tormoz tizimi, rul boshqaruvi ishlamayotgan, ulagich moslamasi (avtopoyezd tarkibida) nosoz boʻlgan, sutkaning qorongʻi vaqtida yoki koʻrinish cheklangan vaziyatlarda yonmaydigan fara chiroqlari va orqa gabarit fara chiroqlari, yomgʻir yoki qor yogʻayotgan vaqtda oyna tozalagich ishlamaydigan transport vositasini boshqarish.
Mavzu boʻyicha videodars: 33-dars «Tashqi yoritish asboblari» →
2-savol. Bu yoʻl chizigʻi nimani bildiradi?
- Yakka 40 km/soat dan kam tezlik bilan harakat qiluvchi ikki gʻildirakli motosikllar, velosipedchilardan tashqari barcha transport vositalarini quvib oʻtishni taqiqlovchi hududga
- Qatnov qismining torayishiga yoki qarama-qarshi yoʻnalishdan kelayotgan transport oqimini ajratuvchi 1,1 yoki 1,11 chizigʻiga yaqinlashayotganini
- Faqat belgilangan yoʻnalishdagi transport vositalari harakati uchun moʻljallangan qatnov qismi boʻlagiga
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Qatnov qismining torayishiga yoki qarama-qarshi yoʻnalishdan kelayotgan transport oqimini ajratuvchi 1,1 yoki 1,11 chizigʻiga yaqinlashayotganini
YHQ 2-ilovasining 1-boʻlimidagi 1.19 chizigʻiga asosan, qatnov qismining toraygan (shu yoʻnalishdagi harakatlanish tasmalarining soni kamaygan) joyiga yoki qarama-qarshi yoʻnalishdan kelayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizigʻiga yaqinlashganlik haqida ogohlantiruvchi chiziq. Birinchi holda 1.18.1 – 1.18.3 belgilari bilan qoʻllanilishi mumkin.
3-savol. Siz uchta boʻlagi boʻlgan ikki tomonlama harakatli yoʻl boʻylab ketayapsiz, oʻrta boʻlakka oʻtishga qanday holda ruxsat etiladi?
- Faqat chapga burilish yoki orqaga qayrilish uchun
- Barcha sanab oʻtilgan hollarda
- Faqat quvib oʻtish uchun
- Faqat aylanib oʻtish uchun
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Barcha sanab oʻtilgan hollarda
YHQ 10-bobi 66-bandiga asosan: Harakat ikki tomonlama boʻlgan va chiziqlar bilan belgilangan (1.9 yoʻl chizigʻi bilan belgilanganidan tashqari) uchta tasmali yoʻllarda, ikki yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan oʻrta qatorga faqat quvib oʻtish, aylanib oʻtish, chapga burilish va qayrilib olish uchungina chiqishga ruxsat etiladi. Qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan chetki chap qatorni egallash taqiqlanadi.
Mavzu boʻyicha videodars: 22-dars «Qatnov qismida joylashuv» →
4-savol. Quyidagi hollarning qaysi birida temir yoʻl kesishmasiga kirish taqiqlanadi?
- Qishloq xoʻjaligi mashinasini mexanik transport vositasiga yuklab olib oʻtish holatida
- Tezligi 8 km/soat dan koʻp boʻlgan transport vositalari
- Svetoforning taqiqlovchi ishorasida shlagbaum ochiq turgan holatda
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Svetoforning taqiqlovchi ishorasida shlagbaum ochiq turgan holatda
YHQ 18 – bobi 118 – bandining ikkinchi xatboshisiga asosan, temir yoʻl kesishmasiga quydagi hollarda kirish taqiqlanadi: shlagbaum holatidan qatʼi nazar, svetoforning taqiqlovchi ishorasida.
Mavzu boʻyicha videodars: 27-dars «Temir yoʻl kesishmalari» →
5-savol. Serqatnov harakatda transport vositasini keskin tormozlash:
- Serqatnov harakatda boshqarishning odatdagi usuli hisoblanadi
- Avtomobilning faqat texnik holatida koʻrinadi
- Orqadan kelayotganlarning urib ketishini keltirib chiqarishi mumkin
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Orqadan kelayotganlarning urib ketishini keltirib chiqarishi mumkin
YHQ 11-bobi 81-bandining toʻrtinchi xatboshisiga asosan, haydovchilarga quyidagilar taqiqlanadi: yoʻl-transport hodisasining oldini olish zaruriyati boʻlmaganda keskin tormoz berish.
Mavzu boʻyicha videodars: 21-dars «Harakatni boshlash va manyovr» →
6-savol. Tibbiyot qutichasi va oʻt oʻchirgich boʻlmagan qanday transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi?
- Faqat «N2, N3» toifali transport vositasi
- Faqat «M2; M3; N1» toifali transport vositasi
- Faqat «M1» toifali transport vositasi
- Hamma sanab oʻtilgan transport vositalaridan
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 4. Hamma sanab oʻtilgan transport vositalaridan
YHQ 3 – ilovasi 7.10 – bandiga asosan: Transport vositalari quyidagilar bilan jihozlanmagan boʻlsa ulardan foydalanish taqiqlanadi:
M2, M3 toifadagi – favqulodda holatlarda oynani sindirish uchun foydalaniladigan bolgʻacha, tibbiyot qutichasi, 2 ta oʻt oʻchirgich (bittasi haydovchining kabinasida, ikkinchisi – yoʻlovchilar salonida), majburiy toʻxtaganini bildiruvchi belgi (yoki miltillovchi qizil chiroq) va nur qaytargichli kamzul (jilet);
M1, N1, N2, N3, toifadagi, mikroavtobus va gʻildirakli traktorlarda tibbiyot qutuchasi, oʻt oʻchirgich, majburiy toʻxtaganligini bildiruvchi belgi (yoki miltillovchi qizil chiroq) va nur qaytargichli kamzul (jilet);
M3, N2, N3 toifadagi – oʻzi yurub ketishidan saqlovchi, gʻildirak diametriga muvofiq (kamida ikkita) tirgak;
O toifadagi, traktorlar, aravalar va boshqa oʻziyurar mashinalarda – tashqi nur qaytargichlar;
kajavali mototsikllarda – tibbiyot qutuchasi, majburiy toʻxtaganligini bildiruvchi belgi.
Mavzu boʻyicha videodars: 41-dars «Nosozliklar: qachon haydash mumkin emas» →
7-savol. Yoʻl yoqasi mavjud boʻlganda haydovchi transport vositasini qayerda toʻxtatishi kerak?
- Yoʻl chekkasida, yoʻl yoqasidan 0,5 m masofada
- Yoʻl yoqasi ustida
- Qatnov qismining chetida
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Yoʻl yoqasi ustida
YHQ 13-bobi 88-bandiga asosan, transport vositalariga yoʻlning oʻng tomonida yoʻl yoqasida, u boʻlmaganda esa qatnov qismining chetida toʻxtash va toʻxtab turishga ruxsat etiladi.
Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →
8-savol. Chuqur kechuvdan oʻtgach, haydovchi nima qilishi shart?
- Tezlanish bilan yuqoriroq uzatmalarda harakatlanishga
- Qisqa masofa oraligʻida tormoz tepkisini bir necha bor bosib tormoz mexanizmi friksion ustqoplamalarini quritishi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Qisqa masofa oraligʻida tormoz tepkisini bir necha bor bosib tormoz mexanizmi friksion ustqoplamalarini quritishi
Suv toʻsiqlaridan oʻtgandan keyin, tormoz kolodkalarini quritish lozim. Tormoz tepkisini koʻp marotaba qisqa-qisqa bosib, tormoz mexanizmining friksion ustqoplamalarini quritish avtomobilning barcha gʻildiraklari tormozlarining samaradorligini qayta tiklaydi.
Mavzu boʻyicha videodars: 40-dars «Harakat xavfsizligi asoslari» →
9-savol. Ushbu yoʻl belgisi qoʻshimcha axborot belgisi bilan nimani bildiradi?
- Yengil avtomobillar va motosikllarni toʻxtab turishga qoʻyish joyi va usuli
- Ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 t dan ortiq transport vositalarining toʻxtab turish joyi koʻrsatkich qatnov qismining chetida baland toʻsiq, toshi borligini bildiradi
- Transport vositalarining toʻxtab turish joyiga avtomobilni koʻrsatilgan usulda qoʻyish taqiqlanadi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Yengil avtomobillar va motosikllarni toʻxtab turishga qoʻyish joyi va usuli
YHQ 1-ilovasiga asosan: 7.6.1-7.6.9. “Transport vositasini toʻxtab turish joyiga qoʻyish usuli”. 7.6.1 barcha turdagi transport vositalarini toʻxtab turishi uchun yoʻlning qatnov qismida, trotuar yoniga qoʻyish usulini, 7.6.2 - 7.6.9 trotuar yonidagi toʻxtab turish joyiga yengil avtomobillar, mototsikllar, mopedlar va skuterlarni qoʻyish usulini bildiradi.
Mavzu boʻyicha videodars: 10-dars «Qoʻshimcha axborot belgilari (jadvallar)» →
10-savol. Manevr vaqtida haydovchi har doim ogohlantiruvchi ishorasi berishi kerakmi?
- Faqat agar uning orqasida boshqa transport vositasi harakatlanayotgan holda
- Faqat u harakatning boshqa ishtirokchilarini chalgʻitmagan hollarda
- Faqat serqatnov harakatli yoʻlda
- Faqat agar uning transport vositasi burilishini koʻrsatuvchi chiroqlar bilan jihozlangan holda
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Faqat u harakatning boshqa ishtirokchilarini chalgʻitmagan hollarda
YHQ 8-bobi 45 - va 46-bandlariga muvofiq, haydovchi manevrni bajarishdan oldin tegishli yoʻnalishni koʻrsatuvchi yorugʻlik ishoralarini yoqishi shart. Ishoralar boshqa yoʻl harakati qatnashchilarini chalgʻitmasligi kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 18-dars «Avariya va ogohlantiruvchi ishoralar» →
11-savol. Qoidalarning qanday hollarida tumanga qarshi orqa chiroqlarni qoʻllashga ruxsat beriladi?
- Transport vositasi bilan shatakka olganda
- Sanab oʻtilgan barcha hollarda
- Kunning qorongʻi vaqtida
- Yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda qoʻllash mumkin
- Saf tarkibida harakatlanganda
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 4. Yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda qoʻllash mumkin
YHQ 23-bobi 140-bandiga muvofiq, tumanga qarshi orqa fara chiroqlarini faqat yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda qoʻllash mumkin.
Mavzu boʻyicha videodars: 33-dars «Tashqi yoritish asboblari» →
12-savol. Odamlarni quyidagi hollarda tashishga ruxsat etiladi:
- Yuk tashiladigan tirkamalarda
- Bolalarni yuk avtomobilining yukxonasida
- Traktorlarda
- Barcha hollarda tashish taqiqlanadi
- Tirkama-uychada
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 4. Barcha hollarda tashish taqiqlanadi
YHQning 26-bob. 159-band 2 va 4-xatboshiga asosan: 159. Odamlarni tashish quyidagi hollarda taqiqlanadi:
bolalarni yuk avtomobillarining yukxonasida;
Traktorlar va boshqa oʻziyurar uskunalar, yuk tashiladigan tirkamalar, tirkama-uycha, yuk mototsikllari, elektromototsikllar, mopedlar va skuterlar yukxonasida.
13-savol. Yuk avtomobili haydovchisiga qaysi yoʻnalishda harakatlanishga ruxsat beriladi?
- Toʻgʻriga va oʻngga
- Oʻngga chapga va orqaga
- Barcha yoʻnalishlarga
- Faqat oʻngga
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Toʻgʻriga va oʻngga
YHQ 1-ilovasining 3-boʻlimidagi 3.4 belgiga asosan, «Yuk avtomobillarining harakatlanishi taqiqlangan». Ruxsat etilgan toʻliq vazni 3,5 tonnadan (agar vazni belgida koʻrsatilmagan boʻlsa) yoki ruxsat etilgan toʻliq vazni belgida koʻrsatilgandan ortiq boʻlgan yuk avtomobillari va transport vositalari tarkiblarining, shuningdek traktorlar, oʻziyurar uskunalarning harakatlanishi taqiqlanadi.
3.4. yoʻl belgisi bortlariga qiya oq chiziq tortilgan yoki odamlarni tashish uchun moʻljallangan yuk avtomobillarining harakatlanishini taqiqlamaydi.
YHQning 56 bandiga asosan, aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi oʻngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yoʻnalishda harakatlanishi uchun moʻljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart.
Ushbu holatda belgi talabi boʻyicha, yuk avtomobiliga toʻgʻriga harakatlanish taqiqlanmaydi, shuningdek, yuk avtomobili shu yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan qatnov qismining oʻng chetki holatini egallaganligi uchun oʻngga harakatlanishga ham ruxsat etiladi.
14-savol. Qaysi javobda ruxsat etilgan harakatlanish yoʻnalishlari toʻgʻri koʻrsatilgan?
- «Б»
- «А» va «Б»
- «А»
- «В»
- «А» va «В»
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. «А» va «Б»
YHQ 1-ilovasining 3-boʻlimi 4-xatboshiga asosan, 3.18.1 "Oʻngga burilish taqiqlangan" belgisi qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga oʻrnatilsa, shu kesishmaga tatbiq etiladi.
15-savol. Svetoforning ushbu ishorasida qaysi transport vositalariga harakatlanishga ruxsat etilgan?
- Tramvayga va motosiklga
- Motosiklga, yengil avtomobilga va yuk avtomobiliga
- Yengil va yuk avtomobillariga
- Barcha transport vositalariga
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Yengil va yuk avtomobillariga
YHQ 7-bobi 32-bandi 3-xatboshiga asosan, svetoforning qoʻshimcha tarmoqdagi ishora oʻchirilgan boʻlsa, shu tarmoq tartibga solayotgan yoʻnalishda harakatlanish taqiqlanganligini bildiradi.
16-savol. Bu yoʻl belgisi nimani bildiradi?
- «Kilometr belgisi» vazifasini bajaradi
- Yoʻl (marshrut) raqamini koʻrsatadi
- Eng yaqin aholi yashaydigan joygacha boʻlgan masofani koʻrsatadi
- DANning eng yaqin mahkamasigacha boʻlgan masofani koʻrsatadi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Yoʻl (marshrut) raqamini koʻrsatadi
YHQ 1-ilovasining 5-boʻlimi 5.29.1 "Yoʻl raqami" belgisiga muvofiq, — yoʻlga berilgan raqam, belgilangan tartibda tasdiqlangan yoʻl(marshrut) raqamini koʻrsatish uchun qoʻllaniladi. 5.29.1 belgisi yoʻlning boshlanishida oʻrnatiladi va har 15-20 km qaytariladi. Yashil rangdagi belgilar avtomagistrallarga oʻrnatish uchun moʻljallangan.
Mavzu boʻyicha videodars: 8-dars «Axborot-koʻrsatkich belgilari» →
17-savol. Reversiv harakatlanish amalga oshiriladigan harakat boʻlaklari chegaralarini belgilash uchun bu yotiq chiziqlarning qay biridan foydalaniladi?
- 2-chiziq
- 2- va 3-chiziq
- 3-chiziq
- 1-chiziq
- 3- va 4-chiziq
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. 2-chiziq
YHQ 2 – ilovasi 1 – boʻlimining oʻn birinchi xatboshisiga asosan: 1.9 – reversiv harakat tashkil etilgan boʻlaklarning chegarasini belgilaydi;
reversiv harakatlanish amalga oshirilgan yoʻllarda (reversiv svetofori oʻchirilgan holatda) qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport oqimini ajratadi.
18-savol. «Toʻxtash taqiqlangan» belgisi bilan birga toʻsiqning usti boʻylab uzluksiz sariq chiziq chizilgan joyda yoʻlovchilarni tushirishga ruxsat beriladimi?
- Belgilangan yoʻnalishdagi transport vositalari yoʻq boʻlganda ruxsat beriladi
- Belgilangan yoʻnalishdagi transport vositalariga ruxsat beriladi
- Ruxsat beriladi
- Taqiqlanadi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Belgilangan yoʻnalishdagi transport vositalariga ruxsat beriladi
YHQ 2 – ilovasi 1 – boʻlimining oltinchi xatboshisiga asosan: 1.4 – toʻxtash taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.27 “Toʻxtash taqiqlangan” yoʻl belgisi bilan qoʻllaniladi hamda yoʻlning qatnov qismi chetiga yoki yoʻl chetidagi toʻsiq ustidan chiziladi.
YHQ 1 – ilovasi 3 – boʻlimining oʻttiz sakkizinchi xatboshisiga asosan: 3.27 belgisiga amal qilish yoʻnalishli transport vositalariga taʼsir qilmaydi.
Shunga koʻra, yoʻlovchilarni tushirishni toʻxtash taqiqlangan joyni bildiruvchi 3.27 belgisi bilan birgalikda sariq sidirgʻa chiziq chizilgan joyda faqatgina belgilangan yoʻnalishdagi transport vositalari amalga oshirishi mumkin.
19-savol. Yuk avtomobilining yukxonasida qancha miqdorda odamlarni tashishga ruxsat beriladi?
- Tashilayotgan odamlar soni oʻtirish uchun jihozlangan oʻrinlar miqdoridan ortiq boʻlmasligi kerak
- 20 kishidan ortiq emas
- Maʼmuriyatning koʻrsatmasiga koʻra
- Haydovchining xohishiga koʻra
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Tashilayotgan odamlar soni oʻtirish uchun jihozlangan oʻrinlar miqdoridan ortiq boʻlmasligi kerak
Yuk avtomobilining yukxonasida tashilayotgan odamlar soni oʻtirish uchun jihozlangan oʻrinlar miqdoridan ortiq boʻlmasligi kerak
20-savol. Sanab oʻtilgan qaysi hollarda transport vositasidan foydalanish mumkin?
- Yorituvchi chiroq nurining yoʻnalishi buzilganda
- Tashqi yoritgichlar va nur qaytargichlar belgilangan tartibda ishlamaydi yoki ifloslangan
- Ishlab chiqarilishi toʻxtatilgan yengil avtomobillarga boshqa turdagi va rusumdagi transport vositalarining tashqi yoritgichlari oʻrnatilgan
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Ishlab chiqarilishi toʻxtatilgan yengil avtomobillarga boshqa turdagi va rusumdagi transport vositalarining tashqi yoritgichlari oʻrnatilgan
YHQ 3 – ilovasi 3 – boʻlimining 3.1 – bandiga asosan: tashqi yoritgichlar soni, turi, joylashuvi va ishlash tartibi transport vositasining konstruksiyasi talabiga mos kelmasa. Ishlab chiqarilishi toʻxtatilgan yengil avtomobillarga boshqa turdagi va rusumdagi transport vositalarining tashqi yoritqichlarini oʻrnatishga ruxsat etiladi.
Mavzu boʻyicha videodars: 41-dars «Nosozliklar: qachon haydash mumkin emas» →
20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan
50-biletni onlayn yechish