49-bilet: YHQ test savollari va javoblari

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

49-biletni onlayn yechish

Mashq bazasidagi 49-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.

1-savol. Qaysi hollarda bir yoʻnalishda harakatlanish uchun uchtadan kam boʻlagi boʻlgan yoʻlda toʻxtash va toʻxtab turish taqiqlanadi?

  1. Koʻpriklarda, estakadalarda va osma yoʻllarda
  2. Koʻpriklar, estakadalar va osma yoʻllar ostida
  3. Barcha sanab oʻtilgan hollarda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Barcha sanab oʻtilgan hollarda

YHQ 13-bobi 91-bandiga asosan, bir yoʻnalishda harakatlanish uchun uchtadan kam tasmaga ega boʻlgan koʻprik, yoʻl oʻtkazgich va estakadalarning ustida, koʻprik, yoʻl oʻtkazgich va estkadalarning ostida (tegishli yoʻl belgilari bilan toʻxtab turish ruxsat berilgan yoʻl qismlari bundan mustasno) toʻxtash va toʻxtab turish taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →

2-savol. Qizil avtomobil chorrahani nechanchi boʻlib kesib oʻtadi?

Qizil avtomobil chorrahani nechanchi boʻlib kesib oʻtadi?
  1. Ikkinchi boʻlib
  2. Oxirgi boʻlib
  3. Birinchi boʻlib
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Ikkinchi boʻlib

YHQ 16-bobi 106-, 105- va 104-bandlariga asosan, asosiy yoʻlning yoʻnalishi chorrahada oʻzgarganda, asosiy yoʻlda harakatlanayotgan haydovchilar oʻzaro teng ahamiyatli yoʻllar chorrahasidan oʻtish qoidasiga amal qilishlari kerak. Teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yoʻldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yoʻnalishidan qatʼi nazar, yoʻl berishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 11-dars «Chorrahalardan oʻtish asoslari» →

3-savol. Qaysi transport vositasi oʻngga toʻgʻri burilmoqda?

Qaysi transport vositasi oʻngga toʻgʻri burilmoqda?
  1. Barchasi toʻgʻri burilmoqda
  2. Sariq va yashil avtomobil
  3. Mototsikl
  4. Oq avtomobil
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. Oq avtomobil

YHQning 9-bob. 56-bandiga asosan: 56. Aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi oʻngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yoʻnalishda harakatlanishi uchun moʻljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart.
Agar 5.8.1 yoki 5.8.2 yoʻl belgilari yoxud 1.18 yoʻl chizigʻi bilan boshqa harakatlanish tartibi oʻrnatilmagan boʻlsa, qatnov qismining oʻrtasida u bilan bir sathda joylashgan bir yoʻnalishdagi tramvay izidan chapga burilish va qayrilib olishga ruxsat etiladi. Biroq, bu tramvay harakatiga xalaqit bermasligi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 31-dars «Yoʻnalishli transport ustunligi» →

4-savol. Tormoz yoʻli deganda nimani tushunasiz?

  1. Haydovchiga xavf maʼlum boʻlgan vaqtdan boshlab avtomobilning toʻliq toʻxtagungacha bosib oʻtgan masofasi
  2. Tormoz tepkisini bosilgan vaqtidan boshlab avtomobilning toʻliq toʻxtagungacha bosib oʻtgan yoʻli
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Tormoz tepkisini bosilgan vaqtidan boshlab avtomobilning toʻliq toʻxtagungacha bosib oʻtgan yoʻli

Haydovchini tormoz pedaliga bosgandan boshlab avtomobilni toʻxtaguncha bosib oʻtgan yoʻli – tormoz yoʻli deb ataladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 23-dars «Harakatlanish tezligi» →

5-savol. Turar joy dahalarida qanday eng katta tezlikda harakatlanishga ruxsat etiladi:

  1. 30 km/soat
  2. 40 km/soat
  3. 5 km/soat
  4. 20 km/soat
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. 20 km/soat

YHQ 11 – bob 78 – bandiga asosan: Aholi punktlarida transport vositalarining tezligini soatiga 70 kilometrdan, tegishli yoʻl belgilari oʻrnatilgan maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlariga yetmasdan va oʻtib ketib 300 metrdan kam masofada soatiga 30 kilometrdan, turar joy dahalari va yondosh hududlarda (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasida) esa soatiga 20 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 23-dars «Harakatlanish tezligi» →

6-savol. Qaysi transport vositalariga harakatlanish uchun ruxsat berilgan?

Qaysi transport vositalariga harakatlanish uchun ruxsat berilgan?
  1. Motosiklga, yengil va yuk avtomobillariga
  2. Yengil va yuk avtomobillariga
  3. Yengil avtomobilga va motosiklga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Yengil avtomobilga va motosiklga

YHQ 7-bobi 38-bandiga asosan, tartibga soluvchining oʻng qoʻli oldinga uzatilganda: chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yoʻnalishlarda; oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat oʻngga harakatlanishga ruxsat beriladi; orqa tomonidan va oʻng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi; piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonida qatnov qismini kesib oʻtishga ruxsat etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 17-dars «Tartibga soluvchi ishoralari» →

7-savol. Haydovchi aholi punktidan tashqarida harakat qoidalarini buzmoqdami?

Haydovchi aholi punktidan tashqarida harakat qoidalarini buzmoqdami?
  1. Yoʻq
  2. Ha
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Ha

YHQ 10-bobi 67-bandiga asosan, aholi punktlaridan tashqaridagi yoʻllarda haydovchilar transport vositalarini mumkin qadar qatnov qismining oʻng chetiga yaqinroq olib harakatlanishlari kerak. Oʻng tasmalar boʻsh boʻlganda chap tasmalarni egallash taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 22-dars «Qatnov qismida joylashuv» →

8-savol. Chorrahada harakatlanishning majburiy yoʻnalishini qaysi belgi koʻrsatadi?

Chorrahada harakatlanishning majburiy yoʻnalishini qaysi belgi koʻrsatadi?
  1. 2
  2. 1
  3. 5
  4. 3
  5. 4
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 5. 4

YHQ 1-ilovasining 4-boʻlimidagi 4.1.3 belgi "Harakatlanish chapga" - faqat yoʻnaltirgichlar koʻrsatgan tomonga harakatlanishga ruxsat etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 7-dars «Buyuruvchi belgilar» →

9-savol. Bu joyda quvib oʻtishga ruxsat etilganmi?

Bu joyda quvib oʻtishga ruxsat etilganmi?
  1. Taqiqlanadi
  2. Quvib oʻtilayotgan transport vositasi 40 km/soat dan kam tezlik bilan harakatlanganda ruxsat etiladi
  3. Agar quvib oʻtish temir yoʻl kesishmasigacha tugasa, ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Taqiqlanadi

YHQ 12-bobi 86-bandi 6-xatboshiga asosan, tepalikning oxirida va yoʻlning koʻrinishi cheklangan joylarida quvib oʻtish taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 24-dars «Quvib oʻtish» →

10-savol. Avtobuslarda bolalar guruhini tashkiliy ravishda tashishda qanday hollarda kunning yorugʻ vaqtida yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqib qoʻyilishi kerak?

  1. Tashish amalga oshirilayotgan barcha hollarda
  2. Haydovchining xohishiga koʻra
  3. Faqat koʻrinish yetarli boʻlmagan sharoitlarda
  4. Faqat harakat serqatnov boʻlganda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Tashish amalga oshirilayotgan barcha hollarda

YHQ 23-bobi 138-bandi 3-xatboshiga muvofiq, kunning yorugʻ vaqtida quyidagi hollarda yaqinni yorituvchi faralar yoqilishi kerak: avtobusda bolalar guruhini tashkiliy tashishda.

Mavzu boʻyicha videodars: 33-dars «Tashqi yoritish asboblari» →

11-savol. Ushbu holatda Sizga temir yoʻl kesishmasiga chiqishga ruxsat etiladimi?

Ushbu holatda Sizga temir yoʻl kesishmasiga chiqishga ruxsat etiladimi?
  1. Ha, yaqinlashib kelayotgan poezd yoʻq boʻlsa
  2. Yoʻq
  3. Ha
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Yoʻq

Yoʻl harakati qoidalarining 118 bandiga asosan, quyidagi hollarda temir yoʻl kesishmasiga kirish taqiqlanadi: agar kesishmadan keyin, haydovchini kesishmada toʻxtashga majbur qiladigan tirbandlik paydo boʻlsa.

Mavzu boʻyicha videodars: 27-dars «Temir yoʻl kesishmalari» →

12-savol. Qayrilib olish taqiqlanadi:

  1. Koʻpriklarda, osma yoʻllarda, estakadalarda va ularning ostida
  2. Piyodalar oʻtish joylarida
  3. Temir yoʻl kesishmalarida
  4. Tunnellarda
  5. Hamma sanab oʻtilgan hollarda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 5. Hamma sanab oʻtilgan hollarda

YHQ 9-bobi 62-bandiga asosan, quyidagi joylarda qayrilib olish taqiqlanadi: piyodalarning oʻtish joylarida; tunnellarda; koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgichlar, estakadalar va ularning ostida (tegishli yoʻl belgilari bilan bunday manevrni bajarish ruxsat berilgan yoʻl qismlari bundan mustasno); temir yoʻl kesishmalarida; yoʻlning koʻrinishi biror-bir yoʻnalishda 100 metrdan kam boʻlgan joylarda.

Mavzu boʻyicha videodars: 21-dars «Harakatni boshlash va manyovr» →

13-savol. Qaysi transport vositasining haydovchisi yoʻl berishi lozim?

Qaysi transport vositasining haydovchisi yoʻl berishi lozim?
  1. Yuk avtomobil haydovchisi
  2. Yengil avtomobil haydovchisi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Yengil avtomobil haydovchisi

YHQ 9-bobi 55 - bandiga muvofiq, haydovchi qayta tizilishda harakatlanish yoʻnalishini oʻzgartirmasdan harakatlanayotgan yoʻlakay transport vositalariga yoʻl berishi kerak. Chap boʻlakda harakatlanayotgan avtomobil haydovchisi imtiyozga ega, shuning uchun yoʻl berishga majbur emas.

Mavzu boʻyicha videodars: 21-dars «Harakatni boshlash va manyovr» →

14-savol. Yondosh hududlardan yoʻlga chiqish joylarida yoki yoʻlning dala, oʻrmon yoʻllari va boshqa doimiy harakatlanish, oʻtib ketish uchun moʻljallanmagan yoʻllar bilan kesishgan (tutashgan) joylarida, ularning oldida tegishli belgilar oʻrnatilmagan boʻlsa, bu belgilarning taʼsiri yoʻqoladimi?

Yondosh hududlardan yoʻlga chiqish joylarida yoki yoʻlning dala, oʻrmon yoʻllari va boshqa doimiy…
  1. Yoʻqolmaydi
  2. Yoʻqoladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Yoʻqolmaydi

YHQga 1-ILOVA 3.Taqiqlovchi belgilarning 46 va 47-xatboshiga asosan: 3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 — 3.30 belgilarining taʼsiri belgi oʻrnatilgan joydan keyingi eng yaqin chorrahagacha, ular boʻlmaganda — aholi punktining oxirigacha taʼsiri qiladi.
Yondosh hududlardan yoʻlga chiqish joylarida yoki yoʻlning dala, oʻrmon yoʻllari va boshqa doimiy harakatlanish, oʻtib ketish uchun moʻljallanmagan yoʻllar bilan kesishgan (tutashgan) joylarida, ularning oldida tegishli belgilar oʻrnatilmagan boʻlsa, bu belgilarning taʼsiri yoʻqolmaydi.

Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →

15-savol. Ushbu vaziyatda quvib oʻtishdan soʻng Siz oʻrta boʻlakda qolishingiz mumkinmi?

Ushbu vaziyatda quvib oʻtishdan soʻng Siz oʻrta boʻlakda qolishingiz mumkinmi?
  1. Yoʻq
  2. Ha
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Yoʻq

Yoʻl harakati qoidalarining 66 bandiga asosan, harakat ikki tomonlama boʻlgan va chiziqlar bilan belgilangan (1.9 yoʻl chizigʻi bilan belgilanganidan tashqari) uchta tasmali yoʻllarda, ikki yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan oʻrta qatorga faqat quvib oʻtish, aylanib oʻtish, chapga burilish va qayrilib olish uchungina chiqishga ruxsat etiladi. Qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan chetki chap qatorni egallash taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 22-dars «Qatnov qismida joylashuv» →

16-savol. Bu belgilarning taʼsir oraligʻida qaysi avtomobil uchun toʻxtashga ruxsat beriladi?

Bu belgilarning taʼsir oraligʻida qaysi avtomobil uchun toʻxtashga ruxsat beriladi?
  1. Ikkala avtomobilga
  2. Qizilga
  3. Hech qaysi biriga
  4. Sariq avtomobilga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. Sariq avtomobilga

YHQ 1-ilovasi 3-boʻlimi 3-xatboshiga asosan, Qoidalarning 176-bandiga binoan "Nogiron" taniqlik belgisi bilan belgilangan avtomobillar va kajavali motosikllarni boshqarayotgan nogiron haydovchilarga 7.18 "Nogironlar mustasno" belgi boʻlganda 3.27 "Toʻxtash taqiqlangan" belgisining taʼsir doirasida toʻxtashga ruxsat etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 10-dars «Qoʻshimcha axborot belgilari (jadvallar)» →

17-savol. Svetofor ishoralari qaysi guruh yoʻl belgilarini bekor qiladi (miltillovchi sariq ishoradan tashqari)?

  1. Imtiyoz belgilari
  2. Barcha sanab oʻtilganlari
  3. Taqiqlovchi belgilar
  4. Buyuruvchi belgilar
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Imtiyoz belgilari

YHQ 7-bobi 43-bandiga asosan, svetofor ishoralari imtiyoz belgilari talablariga zid kelgan hollarda haydovchilar svetofor ishoralariga amal qilishlari kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 16-dars «Svetofor ishoralari» →

18-savol. Qayta tizilish deb nimaga aytiladi?

  1. Xavf tugʻilganda yoʻldagi boshqa harakat qatnashchilarining harakatlanishiga toʻsqinlik qilmaslik uchun haydovchilar tomonidan bajariladigan harakat(manevr)
  2. Dastlabki harakat yoʻnalishini saqlagan holda oʻz harakatlanish tasmasidan boshqa harakatlanish qatoriga oʻtish
  3. Qatnov qismining maxsus ajratilgan,5.35 - 5.37 yoʻl belgilari, 1.9 yoʻlchizigʻi bilan belgilangan va ustida reversiv svetofor oʻrnatilgan boʻlagida harakatlanish yoʻnalishini qarama-qarshi tomonga oʻzgartirish
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Dastlabki harakat yoʻnalishini saqlagan holda oʻz harakatlanish tasmasidan boshqa harakatlanish qatoriga oʻtish

YHQ umumiy qoidalar: Qayta tizilish - dastlabki harakat yoʻnalishini saqlagan holda oʻz harakatlanish tasmasidan boshqa harakatlanish qatoriga oʻtish.

Mavzu boʻyicha videodars: 1-dars «Umumiy qoidalar va atamalar» →

19-savol. Aholi punktlaridan tashqarida yengil avtomobillarning qanday eng katta tezlik bilan harakatlanishiga ruxsat etiladi?

  1. 80 km/c
  2. 110 km/c
  3. 90 km/c
  4. 70 km/c
  5. 100 km/c
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 5. 100 km/c

YHQ 11-bobi 79-bandi 1-xatboshiga asosan, aholi punktlaridan tashqarida yengil avtomobillarga va ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 100 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 23-dars «Harakatlanish tezligi» →

20-savol. Aholi punktlarida quvib oʻtishda qanday ogohlantirish ishoralaridan foydalanish mumkin?

  1. 1 va 2
  2. Tovushli ishoralardan
  3. Faralarning uzoqni yorituvchi chiroqlaridan
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Faralarning uzoqni yorituvchi chiroqlaridan

YHQning 8-bob. 48-band 2 va 3-xatboshi va 49-bandiga asosan: 48. Tovushli ishoralar faqat quyidagi hollarda qoʻllanilishi mumkin:
aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib oʻtish haqida ogohlantirish uchun; Yuqorida koʻrsatilgan hollardan tashqari tovushli ishoralardan foydalanish taqiqlanadi.
49. Quvib oʻtish haqida tovushli ishora oʻrniga yoki u bilan birga fara chiroqlarini yoqib-oʻchirib, ogohlantirish ishorasini ham berish mumkin.

Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

49-biletni onlayn yechish

Keyingi: 50-bilet →

Qoʻngʻiroq qilish