48-bilet: YHQ test savollari va javoblari

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

48-biletni onlayn yechish

Mashq bazasidagi 48-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.

1-savol. Qaysi yoʻl chizigʻi maktablar oldidagi piyodalar oʻtish joylarida qoʻllaniladi?

Qaysi yoʻl chizigʻi maktablar oldidagi piyodalar oʻtish joylarida qoʻllaniladi?
  1. 2-chiziq
  2. 1-chiziq
  3. 3-chiziq
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. 3-chiziq

YHQ 2 ilova: 1.14.4 — oq-qizil rangli yoʻl chizigʻi maktab va maktabgacha taʼlim muassasalari oldida piyodalarning oʻtish joyini belgilaydi.

Mavzu boʻyicha videodars: 19-dars «Yotiq chiziqlar» →

2-savol. Oraliq masofa deb nimaga aytiladi?

Oraliq masofa deb nimaga aytiladi?
  1. «А» masofa
  2. «Б» masofa
  3. «А» va «Б» masofa
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. «А» masofa

YHQ 10 – bobi 73 – bandiga asosan: Haydovchi oʻzidan oldinda harakatlanayotgan transport vositasi keskin tormoz berganida toʻqnashib ketmaslik kafolatini beradigan darajadagi oraliq masofani, shuningdek yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlaydigan yonlama oraliq masofani saqlashi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 22-dars «Qatnov qismida joylashuv» →

3-savol. Tormoz yoʻli deb nimaga aytiladi?

  1. Haydovchi tormoz tepkisini bosgandan to avtomobil toʻliq toʻxtaguncha bosib oʻtilgan masofa
  2. Haydovchi biron bir xavfni aniqlab, avtomobilni toʻliq toʻxtaguncha bosib oʻtgan masofasi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Haydovchi tormoz tepkisini bosgandan to avtomobil toʻliq toʻxtaguncha bosib oʻtilgan masofa

Haydovchini tormoz pedaliga bosgandan boshlab avtomobilni toʻxtaguncha bosib oʻtgan yoʻli – tormoz yoʻli deb ataladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →

4-savol. Haydovchi oʻzidan oldinda harakatlanayotgan transport vositasi bilan qancha oraliq masofa saqlab harakatlanishi kerak?

  1. Haydovchi oʻzidan oldinda harakatlanayotgan transport vositasi keskin tormoz berganida toʻqnashib ketmaslik kafolatini beradigan darajadagi oraliq masofani saqlashi kerak
  2. 20 m
  3. 50 m
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Haydovchi oʻzidan oldinda harakatlanayotgan transport vositasi keskin tormoz berganida toʻqnashib ketmaslik kafolatini beradigan darajadagi oraliq masofani saqlashi kerak

Yoʻl harakati qoidalarining 73 bandiga asosan, haydovchi oʻzidan oldinda harakatlanayotgan transport vositasi keskin tormoz berganda, toʻqnashib ketmaslik kafolatini beradigan darajadagi oraliq masofani, shuningdek, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlaydigan yonlama oraliq masofani saqlashi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 22-dars «Qatnov qismida joylashuv» →

5-savol. Agar tuproq yoʻlda bevosita chorraha oldida toʻshamali (qoplamali) yoʻl qismi boʻlsa, bu uni ahamiyati jihatidan kesib oʻtilayotgan yoʻl qismi bilan teng huquqli qiladimi?

  1. Yoʻq
  2. Ha
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Yoʻq

YHQ 1-bobi 6-bandi 12-tushunchasiga asosan, asosiy yoʻl — tuproqli yoki shagʻalli yoʻlga nisbatan qattiq qoplamali (asfalt, sement-betonli va shunga oʻxshashlar yotqizilgan), kesishayotgan yoki tutashgan yoʻlga nisbatan 2.1, 2.3.1 - 2.3.3 yoki 5.1 yoʻl belgilari bilan belgilangan yoxud yondosh tutashgan yoʻlga nisbatan har qanday yoʻl. Ikkinchi darajali yoʻlning bevosita chorrahaga tutash qismining qoplamali boʻlishi uni asosiy yoʻl bilan teng huquqli qilmaydi.

Mavzu boʻyicha videodars: 1-dars «Umumiy qoidalar va atamalar» →

6-savol. Kunning yorugʻ vaqtida aholi punktlaridan tashqarida Siz quvib oʻtayotgan transport vositasi haydovchisining eʼtiborini qanday jalb qilasiz?

  1. Faqat tovushli ishoralarni qoʻllab
  2. Faqat chiroqlarni yoqib-oʻchirish bilan
  3. Sanab oʻtilgan barcha usul bilan va ularni birgalikda qoʻllash bilan
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Sanab oʻtilgan barcha usul bilan va ularni birgalikda qoʻllash bilan

Yoʻl harakati qoidalarining 49 bandiga asosan, quvib oʻtish haqida tovushli ishora oʻrniga yoki u bilan birga fara chiroqlarini yoqib-oʻchirib, ogohlantirish ishorasini ham berish mumkin.
Yoʻl harakati qoidalarining 48 bandiga asosan, tovushli ishoralar faqat quyidagi hollarda qoʻllanilishi mumkin: aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib oʻtish haqida ogohlantirish uchun; zarur boʻlgan hollarda yoʻl-transport hodisasining oldini olish uchun.
Yuqorida koʻrsatilgan hollardan tashqari tovushli ishoralardan foydalanish taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →

7-savol. Ushbu yoʻl belgisi nima haqida ogohlantiradi?

Ushbu yoʻl belgisi nima haqida ogohlantiradi?
  1. Shlagbaum bilan jihozlanmagan bir izli temir yoʻl kesishmasi borligidan
  2. Bir izli temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashayotganligi haqida
  3. Shlagbaum bilan jihozlanmagan ikki izli temir yoʻl kesishmasi borligidan
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Shlagbaum bilan jihozlanmagan bir izli temir yoʻl kesishmasi borligidan

YHQ 1-ilovasining 1-boʻlimidagi 1.3.1 belgi "Bir izli temir yoʻl" – shlagbaum bilan jihozlanmagan bir izli temir yoʻl kesishmasi haqida ogohlantiradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 4-dars «Ogohlantiruvchi belgilar» →

8-savol. Yuk avtomobili haydovchisi rasmda koʻrsatilgan holatda maxsus tovush ishorasini eshitib yoki miltillovchi ishorani koʻrib nima qilishi kerak?

Yuk avtomobili haydovchisi rasmda koʻrsatilgan holatda maxsus tovush ishorasini eshitib yoki miltillovchi…
  1. Qatnov qismidagi oʻz boʻlagi boʻylab harakatni davom ettirish
  2. Haydovchi maxsus tovushli ishoralarini yoqqan holda yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga yoʻl berishlari, zarur boʻlgan hollarda ularning toʻsiqsiz oʻtib ketishlari uchun oʻzlarini yoʻlning oʻng tomoniga olib toʻxtashlari shart
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Haydovchi maxsus tovushli ishoralarini yoqqan holda yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga yoʻl berishlari, zarur boʻlgan hollarda ularning toʻsiqsiz oʻtib ketishlari uchun oʻzlarini yoʻlning oʻng tomoniga olib toʻxtashlari shart

YHQ 6-bobi 26-bandiga asosan, haydovchilar tezkor va maxsus xizmatlarning koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan holda yaqinlashayotgan transport vositalariga, shuningdek ularning kuzatuvidagi, yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilgan transport vositasi (transport vositalari)ga yoʻl berishlari shart. Mazkur turdagi transport vositalarini quvib oʻtish taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 32-dars «Maxsus transport: signal va mayoqchalar» →

9-savol. Koʻrsatilgan yoʻl belgilaridan qaysi biri taqiqlovchi belgilar ilgari kiritgan barcha cheklovlarni bekor qiladi?

Koʻrsatilgan yoʻl belgilaridan qaysi biri taqiqlovchi belgilar ilgari kiritgan barcha cheklovlarni bekor…
  1. V va G
  2. V
  3. A va B
  4. Barchasi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. V

YHQ 1-ilovasining 3-boʻlimi 3.31 “Barcha cheklovlarning oxiri” belgisiga muvofiq, 3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 — 3.30 taqiqlovchi belgilaridan bir nechtasiga bir vaqtda amal qiladigan oraliqlarning oxirini bildiradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 6-dars «Taqiqlovchi belgilar» →

10-savol. Qaysi yoʻl belgisi piyodalar yoʻlkasini bildiradi?

Qaysi yoʻl belgisi piyodalar yoʻlkasini bildiradi?
  1. Faqat «Б»
  2. Faqat «Б» va «В»
  3. Barcha belgilar
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Faqat «Б»

YHQ 1-ilovasining 4-boʻlimidagi 4.6 belgiga asosan, «Piyodalar yoʻlkasi».

Mavzu boʻyicha videodars: 7-dars «Buyuruvchi belgilar» →

11-savol. Tartibga soluvchining mazkur ishorasi quyidagini bildiradi:

Tartibga soluvchining mazkur ishorasi quyidagini bildiradi:
  1. Koʻk, yashil avtomobillarga harakatlanishga ruxsat etiladi. Qizil, sariq, oq avtomobillarga taqiqlanadi
  2. Koʻk, qizil, yashil avtomobillarga harakatlanishga ruxsat etiladi. Sariq, oq avtomobillarga taqiqlanadi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Koʻk, qizil, yashil avtomobillarga harakatlanishga ruxsat etiladi. Sariq, oq avtomobillarga taqiqlanadi

YHQ 7-bobi 38-bandiga asosan, tartibga soluvchining oʻng qoʻli oldinga uzatilganda: chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yoʻnalishlarda; oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat oʻngga harakatlanishga ruxsat beriladi; orqa tomonidan va oʻng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi; piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonida qatnov qismini kesib oʻtishga ruxsat etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 17-dars «Tartibga soluvchi ishoralari» →

12-savol. Qaysi javobda orqaga harakatlanish taqiqlangan joylar koʻrsatilgan?

  1. Chorrahalarda
  2. Barcha javoblar toʻgʻri
  3. Piyodalarning oʻtish joylarida
  4. Tunnellarda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Barcha javoblar toʻgʻri

Yoʻl harakati qoidalarining 63 bandiga asosan, transport vositasini orqaga harakatlantirishda haydovchi yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashi va yoʻl harakatining boshqa qatnashchilariga xalaqit bermasligi shart. Zarurat tugʻilganda haydovchi boshqa shaxslarning yordamidan foydalanishi kerak.
Orqaga harakatlanish chorrahalarda va ushbu Qoidalarning 62-bandiga muvofiq qayrilib olish mumkin boʻlmagan joylarda taqiqlanadi.
Yoʻl harakati qoidalarining 62 bandiga asosan, quyidagi joylarda qayrilib olish taqiqlanadi: piyodalarning oʻtish joylarida; tunnellarda; koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgichlar, estakadalar va ularning ostida (tegishli yoʻl belgilari bilan bunday manevrni bajarish ruxsat berilgan yoʻl qismlari bundan mustasno); temir yoʻl kesishmalarida; yoʻlning koʻrinishi biror-bir yoʻnalishda 100 metrdan kam boʻlgan joylarda.

Mavzu boʻyicha videodars: 21-dars «Harakatni boshlash va manyovr» →

13-savol. Qaysi belgi 50 km/soatdan kam tezlikda harakatlanishni taqiqlaydi?

Qaysi belgi 50 km/soatdan kam tezlikda harakatlanishni taqiqlaydi?
  1. 2
  2. 4
  3. 5
  4. 3
  5. 1
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. 3

YHQ 1-ilovasining 4-boʻlimidagi 4.7 belgi talabiga asosan, "Eng kam tezlik" faqat belgida koʻrsatilgan yoki undan yuqori tezlikda (km/soat) harakatlanishga ruxsat etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 7-dars «Buyuruvchi belgilar» →

14-savol. Qishloq xoʻjalik ishlari olib boriladigan dalada yuk avtomobili va traktorning harakat traektoriyasi kesishadi. Kim yoʻl berishi kerak?

  1. Traktor haydovchisi yuk avtomobili haydovchisiga
  2. Oʻng tomondagi haydovchi
  3. Yuk avtomobili haydovchisi traktor haydovchisiga
  4. Oʻng tomonidan transport vositasi yaqinlashayotgan haydovchi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. Oʻng tomonidan transport vositasi yaqinlashayotgan haydovchi

YHQ 9-bobi 60-bandiga asosan: Transport vositalarining harakat yoʻnalishlari kesishadigan va oʻtish navbati Qoidalarda nazarda tutilmagan hollarda haydovchi oʻng tomondan yaqinlashib kelayotgan transport vositasiga yoʻl berishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 21-dars «Harakatni boshlash va manyovr» →

15-savol. Projektor-faradan foydalanishga ruxsat etiladi:

  1. Kunning qorongʻi vaqtida yoʻlning barcha qismlarida
  2. Faqat aholi yashaydigan joylardan tashqarida roʻparadan kelayotgan transport vositalari boʻlmaganda
  3. Faqat yetarli koʻrinmaydigan sharoitda
  4. Agar bunga zaruriyat tugʻilsa, barcha joylarda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Faqat aholi yashaydigan joylardan tashqarida roʻparadan kelayotgan transport vositalari boʻlmaganda

YHQ 23-bobi 139 - bandiga muvofiq, projektor-fara chiroqlari va izlovchi-fara chiroqlaridan aholi punktlaridan tashqarida, qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanayotgan transport vositalari boʻlmaganda foydalanish mumkin.

Mavzu boʻyicha videodars: 33-dars «Tashqi yoritish asboblari» →

16-savol. Transport vositalari chorrahani quyidagi tartibda kesib oʻtadilar:

Transport vositalari chorrahani quyidagi tartibda kesib oʻtadilar:
  1. Qizil, koʻk, yashil avtomobillar
  2. Koʻk, yashil, qizil avtomobillar
  3. Koʻk, qizil avtomobilni oʻtkazib yuboradi, soʻng esa burilishni tugallaydi; yashil avtomobil
  4. Yashil, qizil, koʻk avtomobillar
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Koʻk, yashil, qizil avtomobillar

YHQ 16-bobi 106-, 105- va 104-bandlariga asosan, asosiy yoʻlning yoʻnalishi chorrahada oʻzgarganda, asosiy yoʻlda harakatlanayotgan haydovchilar oʻzaro teng ahamiyatli yoʻllar chorrahasidan oʻtish qoidasiga amal qilishlari kerak. Teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yoʻldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yoʻnalishidan qatʼi nazar, yoʻl berishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 11-dars «Chorrahalardan oʻtish asoslari» →

17-savol. Motosiklning haydovchisi qanday holda chapga toʻgʻri burildi?

Motosiklning haydovchisi qanday holda chapga toʻgʻri burildi?
  1. Toʻxtadi va tartibga soluvchining ruxsat etuvchi ishorasida toʻxtamay chapga burildi
  2. Chorrahaga chiqdi va tartibga soluvchining ruxsat etuvchi ishorasini kutib, burilishni tugalladi
  3. Chorrahaga chiqdi, yuk avtomobilini oʻtkazib yubordi, burilishni tugalladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Toʻxtadi va tartibga soluvchining ruxsat etuvchi ishorasida toʻxtamay chapga burildi

YHQ 7-bobi 38-bandiga asosan, tartibga soluvchining qoʻllari yon tomonga uzatilganda yoki tushirilganda: chap va oʻng yon tomonidan tramvayga toʻgʻriga, relssiz transport vositalariga toʻgʻriga va oʻngga harakatlanishga, piyodalarga qatnov qismini kesib oʻtishga ruxsat beriladi; old va orqa tomonidan barcha transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi. Oʻng qoʻli oldinga uzatilganda: chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yoʻnalishlarda; oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat oʻngga harakatlanishga ruxsat beriladi; orqa tomonidan va oʻng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi;
piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonida qatnov qismini kesib oʻtishga ruxsat etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 17-dars «Tartibga soluvchi ishoralari» →

18-savol. Haydovchi qanday holda bu belgining talablarini toʻgʻri bajaradi?

Haydovchi qanday holda bu belgining talablarini toʻgʻri bajaradi?
  1. Kesishadigan yoʻl boʻylab harakat qilayotgan mexanik transport vositalariga yoʻl beradi
  2. Kesishadigan yoʻl boʻylab harakat qilayotgan transport vositalariga yoʻl beradi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Kesishadigan yoʻl boʻylab harakat qilayotgan transport vositalariga yoʻl beradi

YHQ 1-ilovasining 2-boʻlimidagi 2.4 "Yoʻl bering" belgisida haydovchi kesib oʻtilayotgan yoʻldan, 7.13 qoʻshimcha-axborot belgisi boʻlganda esa asosiy yoʻldan harakatlanayotgan transport vositasiga yoʻl berishi (toʻsqinlik qilmasligi) kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 5-dars «Imtiyoz belgilari» →

19-savol. Egiluvchan yoki qattiq ulagichda shatakka olingan mexanik transport vositasida odamlar tashishga ruxsat etiladimi?

  1. Taqiqlanadi
  2. Yuk avtomobili kabinasida va yengil avtomobilda ruxsat etiladi
  3. Avtobus va trolleybusda ruxsat etiladi
  4. Yuk va yengil avtomobillarda ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Yuk avtomobili kabinasida va yengil avtomobilda ruxsat etiladi

YHQ 24 – bobi 143 – bandiga asosan: Qattiq yoki egiluvchan ulagich yordamida shatakka olingan avtobusda, trolleybusda va yuk avtomobili yukxonasida odam tashish, qisman ortish yoʻli bilan shatakka olishda esa shatakka olingan transport vositasining kabinasida va yukxonasida, shuningdek shatakka olgan transport vositasining yukxonasida odamlar boʻlishi taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 34-dars «Shatakka olish» →

20-savol. Belgilangan yoʻnalishdagi transport vositalari yoki taksilarning toʻxtab turish maydonchalaridan ular boʻlmagan hollarda, (yoʻnalishli transport vositalari harakatiga xalaqit bermasa) belgi koʻrsatkichlaridan qanday masofada toʻxtash va toʻxtab turish taqiqlanadi?

  1. 25 m
  2. 20 m
  3. 5 m
  4. 10 m
  5. 15 m
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 5. 15 m

YHQ 13-bobi 91-bandi 13-xatboshiga asosan, toʻxtash va toʻxtab turish taqiqlanadi - bekat maydonchalarida, yoʻnalishli transport vositalari toʻxtash joylarida, jumladan, 1.17 chizigʻi bilan belgilangan, ular boʻlmaganda esa yoʻnalishli transport vositalari toʻxtash joyi belgilari va bekatdan harakatlanish yoʻnalishi boʻylab (yetmasdan va oʻtib ketib) 15 metrdan kam masofada (yoʻnalishli transport vositalari harakatiga xalaqit bermasa yoʻlovchilarni chiqarish yoki tushirish uchun toʻxtash bundan mustasno).

Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

48-biletni onlayn yechish

Keyingi: 49-bilet →

Qoʻngʻiroq qilish